Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9,86 Mb. Pdf ko'rish
|
I ikki qutbli kod
120
ikki holda ham impulslarning qutblarini davriy almashinuvi buziladi. ikkilamchi tarmoq kanali ingl.: secondary network channel rus.: канал вторичной сети Telekommunikatsiyalarning ikkilamchi tarmog‘ini uzib-ulash bog‘lamalari va stansiyalari nuqtalari oralig‘idagi telekommunikatsiya kanalining qismi. Ikkilamchi tarmoqning turiga qarab uning kanallari quyidagicha nomlanadi: telefon
tarmog‘i kanali, telegraf tarmog‘i kanali, ma’lumotlar uzatish kanali va h. k. ikkinchi avlod tili ingl.: second generation language (2GL) rus.: язык второго поколения Assembler tili. Tushunchalari kompyuter arxitekturasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili.
Tarmoqlararo ekranning (brandmauerning) dasturiy ta’minoti ishlab turgan kompyuter. Ikki uyli shluz ikkita tarmoq kartasiga ega, ulardan birinchisi tashqi tarmoqqa, ikkinchisi esa ichki tarmoqqa ulangan. Shluz bir tarmoqdan ikkinchisiga axborot uzatadi, ularning bevosita o‘zaro ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Ikki uyli shluzlarga, seans pog‘onasi va amaliy pog‘onasi shluzlari ham mansub. ikonacha ingl.: icon rus.: иконка Displey ekranida Microsoft Windows muhitida obyekt yoki dasturni aks ettiruvchi kichik tasvir.
Ilmiy-texnikaviy axborotni tashkil
qilish, to‘plash, tartibga keltirish, tahliliy-sintetik qayta ishlash, yozish,
saqlash, tarqatish va foydalanuvchi (iste’molchi)ga taqdim qilish bilan bog‘liq harakatlar majmui. ilmiy-texnikaviy axborot ingl.: scientific and technical information rus.: научно-техническая информация Ilmiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va ijtimoiy faoliyat davomida yig‘ilgan hujjat va faktlar haqidagi ma’lumot. ilmiy-texnikaviy axborot tizimi ingl.: science and technology information system rus.: система научно-технической информации Ilmiy-texnikaviy axborotni davlat, yuridik va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini qondirish uchun yaratish, to‘plash, ishlov berish, tizimga keltirish, izlash va taqdim etish jarayonlarini bajaruvchi tartibga solingan jami ilmiy- texnikaviy axborot resurslari va tashkiliy- texnologik vositalar. ilmiy-texnikaviy mahsulot ingl.: scientific and technical information production rus.: научно-техническая информационная продукция Ilmiy-texnikaviy axborot foydalanuvchilari (iste’molchilari) ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot ilmiy-texnikaviy faoliyatning moddiy natijasi.
Internet xabarlaridan erkin
foydalanish bayonnomasi, IMAP bayonnomasi. e-mail xabarlarini qabul qilish va jo‘natish, hamda pochta serverida xabarlarni saralash va yo‘q qilish uchun standart bayonnoma. RFC 2060 da belgilangan. Foydalanuvchilarga markaziy serverda joylashgan o‘zlarining pochta
qutilarini boshqarish va unda ishlash uchun boy imkoniyatlarni taqdim qiladi. Bu bayonnoma pochta serverida joylashgan elektron pochta va e’lonlarning elektron taxtasidagi xabarlardan erkin foydalanishni belgilaydi. O‘zgacha qilib aytganda, u jo‘natmani oluvchisining pochta dasturiga serverdagi xatlar omboridan shunday erkin foydalanishni amalga oshiradiki, ular xuddi oluvchining kompyuterida joylashgandek bo‘ladi. IMAP ni ishlatib, mijozning pochta dasturi faqatgina pochtani qabul qilishi emas, balki serverda saqlangan xabarlarni, hattoki to‘la qabul qilmay, ularni boshqarishi ham mumkin.
imitoqo‘yish ikkilamchi tarmoq kanali
121
ingl.imitation insert: rus.: имитовставка qarang: xabarlar butunligi kodi IMS qisq.: Information Management System Axboriy boshqaruv tizimi. imzo ingl.: signature rus.: подпись Familiya, ism, manzil va boshqa axborotdan iborat kichik matn. Uy katalogidagi maxsus fayldan olinadigan imzo avtomatik ravishda jo‘natilayotgan xat
va teleanjumanda jo‘natilgan maqolalar oxiriga qo‘shiladi. Raqamli imzo – shaxsingizga guvoh bo‘luvchi maxfiy kod. imzo kaliti sertifikati egasi ingl.: owner of key certificate rus.: владелец сертификата ключа подписи Nomiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan imzo kaliti sertifikati ajratilgan va tegishli o‘z yopiq elektron-raqamli imzo (ERI) kalitiga ega jismoniy shaxs. ERI kaliti ERI vositalari yordamida elektron hujjatlarda o‘z elektron raqamli imzosini yaratish (elektron hujjatlarga imzo chekish) imkonini beradi. imzo kaliti sertifikati foydalanuvchisi ingl.: e-signature certificate user rus.: пользователь сертификата ключа подписи Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanuvchi jismoniy shaxs. U bunday ma’lumotlarni yoki sertifikatni ro‘yxatga olish markazidan olib, elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo kaliti sertifikati egasiga tegishliligini tekshirish jarayonida ishlatadi. informatika ingl.: informatics rus.: информатика 1. Axborot xususiyatlari va uni taqdim etish, to‘plash, unga avtomatik ishlov berish va uni uzatish usullarini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalish. Informatikaga hisoblash texnikasini yaratish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan turli masalalar bilan shug‘ullanuvchi fanlar guruhi kiradi: amaliy matematika, dasturlashtirish, sun’iy tafakkur, kompyuter arxitekturasi, hisoblash tarmoqlari va h.k. 2.
Axborotning tabiat
va jamiyatda harakatlanishining qonuniyatlari va shakllari to‘g‘risidagi fan. Fanlararo tavsifga ega murakkab ilmiy yo‘nalish. Bugungi kunda ilmiy bilimning axborot jarayonlari, axborotni olish, o‘zgartirish, uzatish, saqlash va
undan foydalanish usullari va vositalarini o‘rganuvchi asosiy sohalaridan biridir. Inson amaliy faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan
jadal rivojlanuvchi va muntazam kengayuvchi soha. 3. Inson faoliyatining barcha sohalarida axborot, axborot jarayonlari va axborot tizimlarini o‘rganuvchi fan.
1. Ma’lum vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, axborotga ishlov
berish uchun
texnika vositalarining majmuasi bo‘lgan ko‘chmas yoki ko‘chma obyekt. 2.
Turli vazifalarning avtomatlashtirilgan tizimlar, aks ettirish va ko‘paytirish, telekommunikatsiya tizimlari, ular o‘rnatilgan binolari bilan birgalikda, hamda ayrim
axborotga ishlov berish texnika vositalari va maxfiy
muzokaralar olib
borish uchun
mo‘ljallangan binolar. Informix Software korporatsiyasi ingl.: Informix Software corporation rus.: корпорация Informix Software Ma’lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. 1980 yilda
yaratilgan. Informix kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni boshqarish relyatsion tizimlari mijoz-server me’moriy tuzilmasi uchun mo‘ljallangan, turli xil operatsion tizimlar muhitida ishlaydi, ommaviy parallel ishlov berish texnologiyasini keng qo‘llaydi.
Axborot va uning o‘zini o‘zi tashkil qilishiga oid noyob
hodisa, axborot
hodisalari bo‘ysunuvchi qonun (qoidalar) haqidagi fan. U axborot hodisalarini energetika hodisalari bilan aloqalari, jumladan jami axborot hodisalari va I informodinamika
122
tafakkur, aql, umuman barcha negentropiya jarayonlarini ham qamrab oladi. informografiya ingl.: informography rus.: информография Axborot resurslarining jahon hamjamiyatida hamda u
bu mamlakat hududida taqsimlanish topologiyasini o‘rganuvchi fan. U shuningdek, resurslar xususiyatlari, tegishliligi, ulardan erkin foydalanish osonligi, samarali foydalanish mumkinligini o‘rganadi.
O‘rganish obyekti makon,
axborotning makondagi tashkillanishi, hamda
axborot tizimlarining makonda qurilishi qonuniyatlari bo‘lgan fan.
V.S.Mokiy, A.O.Jamborova, O.YE.Shegay fikricha, uni, konsepsiyasi tashqi dunyoni tadqiq qilishda umumiy tizimli yondashuvning mumkin bo‘lgan turi sifatidagi fan kabi qabul qilish lozim. Informologiyaning umumiy vazifasi turli tadqiqot tamoyillariga asoslangan ilmiy yo‘nalishlar doirasida olingan bilimlarni umumlashtirish va tartibga solishdir. Maqsadi ushbu barcha bilimlarni umumiy mazmun bilan to‘ldirishdir.
Qurilmalarni simsiz ulash uchun ishlatiladigan interfeys. Bunda qurilmalar orasidagi aloqa infraqizil oraliqda ba’zi turdagi svetodiodlar tarqatadigan elektromagnit to‘lqinlari orqali o‘rnatiladi. Masalan, infraqizil interfeys orqali infraqizil portga ega noutbuk va printer ullanishi mumkin. Ma’lumotlarni infraqizil usulda uzatish uchun standart ishlab chiqilgan.
Cheka
qurilmalarni simsiz
ulash uchun
infraqizil interfeysni ta’minlovchi port. Masalan, infraqizil port mobil kompyuterlarda printerni ulash yoki mahalliy hisoblash tarmog‘i bilan aloqa bog‘lash uchun ishlatilishi mumkin. initsializatsiyalash ingl.: initializing rus.: инициализация 1. Dastur yoki tizimni yurgizish jarayoni. 2. Dasturlashtirishda – dastlabki qiymatli o‘zgaruvchini belgilash. 3. Apple Macintosh kompyuterlari muhitida disk
initsializatsiyalash uni
formatlashni bildiradi. inkapsulyatsiya ingl.: encapsulation rus.: инкапсуляция Obyektga-yo‘naltirilgan dasturlashtirish atamasi. Dasturni sinflar
deb ataluvchi hamda ma’lumotlarni va ularga ishlov berish tartibotini birlashtiruvchi alohida turdagi modullarga ajratishni bildiradi. Bunda sinfdagi ichki ma’lumotlarga faqat mazkur sinf uchun mo‘ljallangan tartibda ishlov berilishi mumkin. Har bitta bunday sinf amalga oshirish (yoki taqdim etish) deb ataluvchi ichki va interfeys deb ataluvchi sirtqi qismga ega. Amalga oshirish faqat interfeys orqali mumkin. Shunday qilib, sinfni amalga oshirish xuddi kapsulaga solingan va yashirilgan bo‘lib, inkapsulyatsiya atamasi shundan kelib chiqqan.
1. Kommunikatsiyaga kiritilgan subyektlardan birini, muloqotdan to‘la yoki qisman voz kechishi. Kommunikatsiya usullari va mexanizmlarini tavsiflashda, «inkor mumkin emasligi « tushunchasi, ko‘p hollarda, almashuvga kiritilgan subyektlar, o‘zlarining kommunikatsiyada ishtiroklarini inkor qila olmaydigan holatini ifodalaydi. 2. Bul algebrasining NOT operatori. Operatorni bajarish natijasi, rost (TRUE) yoki yolg‘on (FALSE) bo‘ladi. INMARSAT qisq.: INternational MARitime SATellite organization Xalqaro dengiz yo‘ldosh aloqasi tashkiloti. INRIA qisq.: Institute Nationale de Recherche en Informatique et en Automatique Informatika va avtomatashtirish [sohasida] tadqiqotlar milliy instituti (Fransiya). W3C konsorsiumi ishtirokchisi. inson-kompyuter o‘zaro ishlashi informografiya
123
ingl.: human-computer interaction rus.: взаимодействие человека с компьютером «Inson-mashina» axborot tizimida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy- tadqiqot yo‘nalishi. integral mikrosxema ingl.: integral microcircuit rus.: интегральная микросхема 1. O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich materialdan yasalgan kichik tarkibiy qism. 2. Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va (yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan. 3. Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy amallarni bajarish va axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun integral mikrosxema axborotga ishlov berish, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi mumkin. Katta integral mikrosxemalar (KIM) bitta kristallda minglab elektron mantiqiy elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘ta kattalari (O‘KIM) esa millionlab elementlardan yaralgan. integral mikrosxema topologiyasi ingl.: topology of integral microcircuit rus.: топология интегральной микросхемы Integral mikrosxema elementlari majmuasini va ular orasidagi aloqalarni moddiy tashuvchida qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi. integral sxema ingl.: integral circuit rus.: интегральная схема qarang: integral mikrosxema Intel korporatsiyasi ingl.: Intel corporation rus.: корпорация Intel Dunyodagi eng katta kompyuter protsessorlari va mikrosxemalari ishlab chiqaruvchisi. AMD va
Cyrix kompaniyalaridagi raqiblarning so‘nggi muvaffaqiyatlariga qaramasdan, Intel shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar bozorida hanuzgacha birinchi o‘rin egallab turibdi. Intel kompaniyasi 1968 yilda Bob Noyce va Gordon Moorelar tomonidan yaratilgan.
Sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga ega xalqaro tashkilot. INTELSAT «xalqaro sun’iy yo‘ldosh aloqasi tashkiloti» ITSO sifatida 1964 yilda yaratilgan, va 1995 yilga kelib unga 200dan ortiq mamlakat tashkilotlari a’zo bo‘lgan. INTELSAT vazifasi birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish va sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanishdir. U, shuningdek, aloqa
yo‘ldoshlariga bo‘lgan
talablarni tayyorlashni ham amalga oshiradi. INTELSAT yer usti stansiyalari barcha qit’alarda joylashgan. Mavjud tizimning uzib-ulash bog‘lamalari aloqa yo‘ldoshlarida joylashgan.
Ma’lumotlarni Internet tarmog‘idan shaxsiy kompyuterlarga teleko‘rsatuvlar tarmog‘i orqali uzatish uslublari. Intercast texnologiyasi Intel korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. Uni amalga oshirish uchun shaxsiy kompyuter maxsus plata
yordamida teleko‘rsatuvlar tarmog‘iga ulanadi. Teleko‘rsatuvlar tarmog‘i esa, o‘z navbatida Internet tarmog‘iga ulanadi. Maxsus yaratilgan dasturiy ta’minot berilgan mavzu bo‘yicha Internetda axborot izlaydi, uni guruhlaydi va kompyuterga uzatadi. Eng ommaviylashgan mavzularga quyidagilar kiradi: artistlarning tarjimai holi, konsert dasturlari haqidagi e’lonlar, musiqali videofilmlarning yangi yozuvlari. interfeys ingl.: interface rus.: интерфейс Ikki tizim o‘zaro samarali aloqada bo‘lgan makon. 1.
Ikkita funksional qurilmalar orasida
birgalikda foydalaniladigan berk makon. U vazifa, jismoniy o‘zaro ishlash va signal almashinuvlari hamda boshqalarga xos turli tavsifnomalar bilan belgilanadi. 2. Qurilma va dasturlarning o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan o‘zaro ishlashiga oid jami qoidalar va ushbu o‘zaro ishlashni amalga
interfeys
124
oshiruvchi vositalar. Interfeys tushunchasi turli qurilma
yoki dasturlarni o‘zaro yoki
foydalanuvchi bilan bog‘lovchi apparatli va dasturli vositalarni ham, ushbu vositalar asoslanib yaratilgan qoida va algoritmlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, qurilmalar interfeysi – bu ular orasidagi aloqa liniyalari ham, biriktirish qurilmalari ham,
qurilmadan qurilmaga uzatiluvchi signal va ma’lumotlarni o‘girish usuli ham, aloqa kanalining jismoniy xususiyatlari ham. Internet ingl.: Internet rus.: Интернет 1. Butun jahon global tarmog‘i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP (Inter-network Protocol) ma’lumotlarni uzatish bayonnomasiga asoslangan. 2. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP bayonnomasiga asoslangan noyob manzil makoni orqali o‘zaro bog‘liqdir. 3. Yer sharini qamrab olgan o‘zaro bog‘liq kompyuter tarmoqlari to‘plami. Internet, barchasi IP bayonnomasidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Download 9,86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling