Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Internet banki ingl.: Internet bank rus.: Интернет-банк Internet - bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank. Mijozlarga Internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi an’anaviy bank ham, virtual bank ham Internet - bank hisoblanishi mumkin.
Internet treyding xizmatlarini ko‘rsatuvchi brokerlik (sarmoya) kompaniyasi.
Mahsulotlarni iste’molchilarga to‘g‘ridan- to‘g‘ri sotishni amalga oshiradigan veb-server. Bunda
iste’molchilarga axborot
berish, mahsulotga buyurtma berish va shartnoma tuzish Internet do‘koni saytida amalga oshiriladi.
Internet amalda qonunlar bilan tartibga solinmaydi. Bundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri unga tatbiq
qilsa bo‘ladigan «voqeiy hayot»
qonunlari, istisno. Ammo Internet hamjamiyatining ayrim
urf-odatlari va
madaniyati mavjud, ularga vebustalar va foydalanuvchilar bo‘ysunadilar. Bu yozilmagan qonun netiket deb ataladi, ya’ni «tarmoq etiketi» («net» – tarmoq so‘zidan). Internet foydalanuvchilarining motivatsiyasi ingl.: Internet user motivations rus.: мотивации пользователей Интернета Foydalanuvchilarni faollikka chorlovchi va ularning tarmoq axborot makonida ishlashga yo‘naltirilishini belgilovchi mayllar. Motivatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi (ahamiyatliligi kamayib borgan tartibda): ish, bilish, hamkorlik, o‘zini ifoda etish, affilativ (ijtimoiy mohiyatni ifoda etish), dam olish va o‘yin, o‘z mavqeini aniqlash, kommunikativ. Foydalanuvchilar motivatsiyalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi – ish va kasbiy tavsifdagi mayllar ahamiyati sekin kamayib, komunikativ, korporativ va ijodiy ma’noli mayllar ahamiyati oshadi.
Internet futurologiyasi ingl.: Internet futurology rus.: футурология Интернет Ilmiy bilimlar sohasi (sinonimi-bashoratlash, prognostika). U tarmoq axborot makonining rivojlanish istiqbollarini qamrab oladi. Bu Internet sanoatini voqeiy rivojiga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi, tahlilchilarning tadqiqotlarida va nashr etishda ajratilmaydigan mavzudir.
Nisbatan barqaror aloqalar va munosabatlar tizimi. U tarmoq axborot makoni
Internet
125
foydalanuvchilari orasidagi birgalashgan faoliyat jarayonida tashkil topgan. Shaxslararo aloqalardan farqli o‘laroq, Internet hamjamiyati agentlari «barcha barcha bilan» turidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot almashuvi asosida o‘zaro aloqada ishlaydilar. Internet inkubatori ingl.: Internet incubator rus.: Интернет-инкубатор Internet kompaniyalari va loyihalarini tezkor ravishda tayyorlash va bozorga chiqarishga qaratilgan venchur sarmoya modeli. Internet jamiyati ingl.: Internet society (ISOC) rus.: общество Internet Internetni rivojlantirish sohasida hamkorlikni tashkillash va tirishishlarni muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadigan xalqaro notijorat tashkiloti. ISOC 1991 yili AQSH da manfaatdor tashkilotlar tomonidan tuzilgan. Uning asosiy vazifasi bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalarini ommalashtrish va axborot tarmoqlarini global axborot
infratuzilmasiga birlashishiga yordam berish hisoblanadi. Jamiyat, Internet tarmog‘ini ekspluatatsiya qilmaydi, lekin, uni yaratishda, rivojlantirishda va ishlatishda yordam ko‘rsatadi. U, shu bilan birga, Internet arxitekturasini o‘rganish va tarmoqni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish olib
boradi, tarmoq
tadqiqotlarini va
ishlanmalarini rag‘batlantirish uchun texnik va tadqiqot ishchi guruhlarini yaratadi. Internet kimoshdi savdosi ingl.: Internet auction rus.: Интернет-аукцион Elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi. Odatda
«iste’molchi-iste’molchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin. Kimoshdi savdolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biznes- biznes» sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin, masalan, energiya kimoshdi savdolari.
Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda haqiqiy biznes (jumladan, savdo) yurituvchi kompaniyalardan uni farqlash lozim.
Internet tarmoqlari resurslaridan foydalanishga asoslangan onlayn marketing.
Huquq, soliq, firmalarni ta’sis etish va boshqa masalalar bo‘yicha onlayn maromida o‘zaro aloqada ishlash . Ularni yo‘lga qo‘yish uchun elektron pochtasi, Internet anjumanlaridan foydalaniladi. Elektron biznes turi bo‘lgan elektron konsaltingdan farqlash lozim.
Ovoz berishning turli shakllari. U ijtimoiy fikrni o‘rganish, referendumlardan tortib Internet orqali o‘tkaziladigan siyosiy saylovni ham o‘z ichiga oladi. Saylovchi ma’lum veb-saytda elektron bulletenini olib o‘z ovozini beradi. Bulleten haqiqiyligi raqamli imzo orqali kafolatlanadi. Ovoz berish sirini ta’minlash, elektron bulletenlari bilan turli
shakl o‘zgartirishlar va xakerlik hujumlari muhim muammolardan hisoblanadi. Elektron hukumati faoliyati doirasida alohida ahamiyatga ega. Kelajak texnologiyasi.
Foydalanuvchilarga Internet orqali kerakli axborotni izlashda yordam beruvchi sayt. Ba’zan bunday saytlar navigatsiya saytlari deyiladi.
Foydalanuvchilarga Internetdan erkin
foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya. Internet qonuniyatlari ingl.: Internet regularities rus.: закономерности Интернет I Internet qonuniyatlari
126
Tarmoqli axborot
makoni jarayonlarining obyektiv turg‘un
tartiblanganligi. Ularga,
bechegaralik, giperbog‘langanlik, kirishimlilik, gipervaqt ko‘lamida kommunikatsiya, hududiy cheklanishlarning yo‘qligi kiradi.
Internet tarmog‘idagi reklama. Odatda ikki pog‘onali bo‘ladi: 1 – reklama tashuvchisi: reklama beruvchi tomonidan nashr qiluvchida joylashtiriladigan tashqi reklama. 2 – bevosita reklama beruvchining saytlari.
Tayinli vaqtda, biror bir Internet – resurs (xuddi shunday, teledastur, bosma nashr, radiostansiya) bilan
qamrab olingan
maqsadli guruh
auditoriyasi foizi. Reytingni har bir bandi bir foizga mos keladi. Internet sanoati ingl.: Internet industry rus.: индустрия Интернет Tarmoq
axborot makonining faoliyatini ta’minlovchi moddiy va aqliy ishlab chiqarish sohasi. Shartli ravishda oltita sohaga bo‘linadi: apparatura, dasturiy ta’minot, erkin foydalanish, axborot to‘ldirilishi, xizmatlar, maslahatlar.
Xohlagan kerakli Internet xizmatlar faoliyatini ta’minlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: http
(sayt), Email
(elektron pochtasi), anjumanlar, ftp va h.k. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida http xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi Intenet serveri zarur.
Tuzilmalashtirilgan axborot yig‘masi. Undan Internet tarmog‘i vositalari tamonidan ochiq erkin foydalanish maromida taqdim qilinadigan noyob manzilga ega.
IP telefoniyasining xususiy holi. U telefon trafigini uzatish liniyalari sifatida oddiy Internet kanallaridan foydalanishni nazarda tutadi. Internet treyding ingl.: Internet trading rus.: Интернет-трейдинг Internet orqali savdo
(sarmoya) hisob
raqamlariga aksiyalarni va boshqa
fond qiymatlarini sotib olish/sotish bo‘yicha amallarni amalga oshirish imkoni bilan
masofada turib erkin foydalanish. Internet uzatishi ingl.: Internet broadcasting rus.: Интернет-вещание Internet kanallari orqali
uzatiladigan axborotning (yangilik lentalari, radio, video, saylov natijalari to‘g‘risidagi xabarlar va h.k.) dinamik o‘zgarishi. O‘zaro faol televideniye asosi. Internet orqali teleuzatish kuchli kompyuter va dekoder, yuqori tezlikdagi aloqa va ixtisoslashtirilgan server mavjudligini talab qiladi.
Eng tez
rivojlanayotgan texnologiyalardan biri. Internet xizmatlari ingl.: Internet services rus.: Интернет-услуги 1. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy bayonnomalar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui:
elektron pochta, fayllarni qabul qilish va uzatish, veb- hujjatlarni o‘qish, voqeiy vaqtdagi muloqot (chat), terminal orqali erkin foydalanish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ishlash va h.k. 2. Foydalanuvchilar uchun xizmatlar. Unga tarmoqdan erkin
foydalanish, Internet resurslarini ishlab chiqish, tashkiliy va axborot ta’minlash, tarmoqda reklamani yaratish va joylashtirish kiradi.
Yangi Internet infratuzilmasini yaratish loyihasi. Yangi IPv6 bayonnomasiga asoslangan bo‘lib, allaqachon 150 dan
ko‘p universitetni birlashtirgan. Yuqori samaradorlik, ishonchlilik va
ma’lumotlarni uzatish
tezligiga ega
(soniyasiga 2,4 Gigabit). Tasvir va tovushni uzilishlarsiz uzatilishini va uzatish kanallarining Internet reklama
127
barqaror kengligini kafolatlaydi. Uning
yordamida tarmoqning ortiqcha yuklanishi muammosi hal bo‘ladi, trafikni tartibga solish va uning deyarli darhol uzatilishi imkoni paydo bo‘ladi. Kelajakda tarmoq televideniyesini yaratish, golografik va sezish mumkin bo‘lgan tasvirni uzatishga yo‘l ochiladi. Internetda muloqot ingl.: communication in Internet rus.: общение в Интернете Internet – bu nafaqat ommaviy axborot vositasi va butundunyo ma’lumotnomasi, balki muloqot muhiti hamdir. Internetning, muloqot joylarini – chatlar, forumlar, mehmon kitoblari, tarqatish ro‘yxatlari. Shunga o‘xshash tashkiliy imkoniyatlar beradigan vositalari ko‘p. Qoida bo‘yicha, har bir bunday joy o‘z egasiga ega bo‘lib, u (moderator) o‘sha yerdagi tartibni nazorat qiladi. Odatda, bunday joylar o‘z- o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, balki qandaydir mavzuviy saytlarning qismi bo‘ladi. Agar mavzu qiziqish uyg‘otadigan va sayt yetarlicha davomatli bo‘lsa, bunday joylar atrofida, «kommyuniti» (ingliz tilidagi community so‘zidan) yoki «uyushma» yig‘ilishi mumkin.
Sahifa. Fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil.
Internetdagi manzil odatda to‘rtta elementdan iborat:
resursdan erkin
foydalanish bayonnomasi, masalan http://; odatda resursni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot nomi bilan bir xil bo‘lgan
server nomi;
resursni qo‘llab-
quvvatlovchi tashkilot turini belgilovchi qo‘shimcha. Internetdagi manzil, shuningdek. URL (Uniform Resource Locator) manzili deb ham ataladi.
Internetga ruhiy bog‘liq bo‘lishning haqiqatan mavjud bo‘lgan hodisasi. (Uni kasallik deb hisoblash uchun ayni paytda klinik ma’lumotlar yetarli emas). Internetga bog‘liqlik ko‘rinishlari orqasida, shuningdek, boshqa ruhiy og‘ishlar ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Voqelikdan o‘ziga xos uzoqlashish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda tarmoqdan foydalanish jarayoni subyektni shu darajada o‘ziga rom qiladiki, u voqe dunyoda
to‘la faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. Internetga ulanish ingl.: Internet connection rus.: подключение к Интернет 1. Ajratilgan aloqa kanali (optik tolasi, yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan uzib-
ulanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish
2. Uzib-ulanadigan (Dial-up) ulanish. To‘lov bepul yoki ishlash vaqti uchun aniq bo‘lishi mumkin.
Amaliy ilmiy yo‘nalish. U global kompyuter tarmog‘ining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishiga oid xususiyatlar, qonuniyatlar va foydalanish usullarini o‘rganadi. Informatikaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish jihatida qarashda uning mantiqiy davomidir. Internetika obyekti va predmeti ingl.: Internet science objects rus.: объект и предмет интернетики Axborot muhiti, uning xossalari, hamda unda yuz berayotgan jarayonlar. Bular global kompyuter tarmog‘i vositasida kommunikatsiyalar amalga oshirgan holatga tegishliligi nazarda tutiladi. Internetni rostlash ingl.: Internet regulation rus.: регулирование Интернет Internetni rivojlantirish va
quvvatlashga qaratilgan qonunchilikka oid va tashkiliy tadbirlar majmui. Bularga: tijorat sohasidagi qonunchilik, raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, texnologiya standartlari, narxlarni rostlash, soliq solish, intellektual mulkni, iste’molchilarni, pinhoniylikni muhofazalash, provayderlarning ma’suliyatini ta’minlash, kompyuter jinoyatchiligini ta’qib qilish va boshqalar kiradi. Internetni rostlash tadbirlari shaffoflikni va oshkoralikni ta’minlashi zarur. Internetning noyob tabiati sababli, uni tartibga solish mushkul va ko‘pgina mamlakatlarda maxsus “Internet to‘g‘risida”
Internetni rostlash
128
qonun qabul qilinmagan. Hukumatlarning xaddan ziyod bu masaladagi harakatlari Internetning eng asosiy yutuqlaridan biri – uning ozodligini yo‘q qilish xavfi ham mavjud. Internetni tartibga solish ingl.: sorting of Internet rus.: упорядочение Интернет Tarmoq axborot makonining ichki tartibga solinishi. U asosiy axborot bog‘lamalarini tartibga solish, guruhlarga qayta ajratish va ularni muayyan
mavzular bo‘yicha birlashtirishni ko‘zlaydi. Axborot resurslari inson faoliyatining aniq sohalari atrofida birlashadi, masalan ilm, ta’lim, iqtisodiyot, san’at, siyosat va h.k. Birlashish nuqtalari sifatida ushbu
sohalarning tarmoqlari (ko‘rinishlari, turlari) bo‘ladi. Bunday
yondashuv tarmoq arxitekturasini o‘zgartirish zarurligidan kelib chiqib,
quyidagilarni ta’minlashni talab qiladi: axborotni taqdim etish standartlarini ishlab chiqish; resurslarni maqsad, haqqoniylik va ahamiyatliligi, iqtisodiy imkoniyati bo‘yicha aniqlash; foydalanuvchi harakatlarini nazorat
qiluvchi qoida
va bayonnomalarni qabul qilish. Internetni tartibga solish boshqarishdan farq qilib,
aslida texnologik jarayonlar tartibidir. Internetning ichki tahdidlari ingl.: internal Internet threats rus.: внутренние угрозы Интернет Tarmoq
axborot makonining ahvoli va
rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot
kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish, uzellar va
trafikning «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini to‘sish maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsion kanallarning tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarning mukammal emasligi; protokollarning «ma’naviy» eskirib qolishi va boshqalar. Internetning tashqi tahdidlari ingl.: external Internet threats rus.: внешние угрозы Интернет Foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Texnologik: sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k. Ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va
psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan ta’sir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta’sir; axborot terrori va jinoyati; resurslarni ingliz tilida chop etish tendensiyasi va boshqalar.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling