Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


izlash  tizimida  veb-saytni  ro‘yxatga


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103

 

izlash  tizimida  veb-saytni  ro‘yxatga 

kiritish 

ingl.: web-site registration in searching system 

rus.: регистрация веб-сайта в поисковой системе 

Veb-saytning 

manzilini 

izlash 


tizimi 

ma’lumotlar 

bazasining 

indekslanadigan 

serverlar  yoziladigan  sohasiga  bepul  kiritib 

qo‘yish 


tartiboti. 

Agar 


siz, 

saytingizda 

joylashtirilgan 

axborot 


bilan 

yetarlicha 

foydalanuvchilar  tanishishini  istasangiz,  izlash 

tizimida  reklama  qilinayotgan  serverning  URL 

ni  ro‘yxatga  olish  kerak.  Buning  uchun,  izlash 

tizimining  birinchi  sahifasida  «URL  qo‘shish  / 

Add URL» murojaatiga chertish yetarli. 

 

izlovchi 

ingl.: search engine 

rus.: поисковик 

qarang: izlash tizimi 

 

izomorfizm 

ingl.: isomorphism 

rus.: изоморфизм 

Obyektlardan  tuzilgan  ikki  to‘plam  orasidagi 

munosabat 

bo‘lib, 


birinchi 

to‘plamdan 

tanlangan  har  bir  obyekt  uchun  ikkinchi 

to‘plamning  yagona  elementi  mos  keladi. 

Izomorfizm 

analogiya 

tushunchasining 

matematik  aniqlashgan  holidir.  Izomorfizm 

ushbu  ikki  to‘plam  uchun  bir  xil  bo‘lgan  jami 

xususiyatlarni  belgilaydi,  ya’ni  ularning  biri 

uchun  chiqarilgan  xulosalar  boshqasi  uchun 

ham  to‘g‘ridir.  S  tizimiga  izomorf  bo‘lgan  S’ 

har  qanday  obyektlar  tizimi  S  tizimining 

«modeli» hisoblanishi va S tizimining xilma-xil 

xususiyatlarini  o‘rganish  S’  «model»  tizimi 

xususiyatlarini o‘rganishga keltirilishi mumkin. 



 

ish guruhi 

ingl.: working group 

rus.: рабочая группа 

Umumiy  resurslarga  ega  bo‘lib,  ulardan 

foydalanuvchilar 

to‘plami. 

Mahalliy 

tarmoqlarda  ish  guruhi,  foydalanuvchilarning 

funksional  majburiyatlari  belgilagan  vazifalar 

majmuini  bajarish  uchun  tuziladi.  Masalan, 

loyiha  ishlab  chiqish,  elektron  marketing 

o‘tkazish.  Tarmoqda  bu  guruhga  maxsus 

resurslar:  axborot  tizimlari,  amaliy  dasturlar, 

qurilmalar  ajratiladi.  Shunga  mos  tarzda,  ish 

guruhining 

resurslari 

qolgan 

tarmoq 


foydalanuvchilaridan 

mantiqiy 

yakkalab 

qo‘yiladi.  Guruh  ixtiyoridagi  axborotdan  erkin 

foydalanish  huquqi  faqat  guruh  a’zolarigagina 

tegishli.  Ish  guruhining  faoliyatida,  elektron 

pochta  va  videokonferensiyalar  muhim  rol 

egallaydi.  Ish  guruhi  g‘oyasi  taraqqiyoti  virtual 

tarmoqlar yaratilishiga olib keldi. 

 

ish stansiyasi 

ingl.: workstation 

rus.: рабочая станция 

1.Bitta  foydalanuvchi  uchun  mo‘ljallangan 

shaxsiy  kompyuterdan  quvvatliroq  kompyuter. 

Odatda 


kasbga 

yo‘naltirilgan 

avtomatlashtirilgan  ish  joyi  sifatida  ishlatiladi. 

Ish  stansiyasi  foydalanuvchi  tomonidan  bir 

necha 

vazifa 


ishga 

tushirilishi, 

ya’ni, 

ma’lumotlarga 



ko‘pvazifali 

ishlov 


berish 

maromi bilan tavsiflanadi. Bu amaliy jarayonlar 

guruhini bajarish imkonini beradi. Ish stansiyasi 

arxitekturasida  axborotga  ko‘rib  turib  ishlov 

berish muhim ahamiyatga ega. 

2.  Mahalliy  hisoblash  tarmog‘iga  ulangan 

kompyuter.  U  foydalanuvchining  vazifalarini 

tarmoq 


bilan 

birgalikda 

bajarishga 

ixtisoslashgan 

Dastlabki  ish  stansiyasi,  SUN  «  Stanford 

universitetining tarmoq mahsuloti» deb atalgan, 

SUN  Microsystems  korporatsiyasi  tomonidan 

«tarmoq bu kompyuter» shiori ostida yaratilgan. 

Bu,  ish  stansiyasi  eng  avvalo  axborot  tizimida 

ishlash uchun mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq. 



 

ish varag‘i 

ingl.: work sheet 

rus.: рабочий лист 

Tuzilmalashtirilgan ma’lumotlarga ishlov berish 

va 

ularni 


yozishga 

mo‘ljallangan 

rasmiylashtirilgan  anketa.  Ish  varaqasi,  ishlov 

berilayotgan  hujjatlar  yoki  ma’lumotlar  turiga 

mos  keladigan  ma’lumotlar  maydoni  tarkibini 

ish varag‘i 

 


 

134 


hamda ularning mazmuni va to‘ldirish qoidalari 

haqida ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. 



 

ishlab  chiqarishni  kompyuterlashgan 

avtomatlashtirish 

ingl.: Computer-Integrated Manufacturing (CIM) 

rus.: комплексная автоматизация производства 

Kompyuterlar 

yordamida  ishlab 

chiqarish 

jarayonlarini  avtomatlashtirish  uslubiyati.  U 

o‘zida  loyiha  ishlari,  texnologik  vositalar  bilan 

bir qatorda rejalashtirish, nazorat, boshqarish va 

hisob  tizimlarini  birlashtiradi.  CIM  ni  ishlatish 

avtomatlashtirilgan 

ishlab 


chiqarish 

korxonalarini  yaratish  imkoniyatlarini  ochadi. 

Natijada  korxona  qo‘shimcha  harajatlarni  va 

moliya  sarfini  sezilarli  kamaytiradi.  Bundan 

tashqari,  energiyani  va  xom  ashyoni  tejash 

ta’minlanadi,  yaroqsiz  mahsulot  va  chiqindilar 

kamayadi.  CIM  asosida  kompyuterlashgan 

logistik tizimlar yaratiladi. 



 

ishlamaydigan gipermurojaat 

ingl.: not-working hyperlink 

rus.: неработающая гиперссылка 

Noto‘g‘ri 

URL 

manzilga 



yoki 

mavjud 


bo‘lmagan  sahifa  yoki  faylga  ko‘rsatuvchi 

gipermurojaat. 



 

ishonchli hisoblash bazasi 

ingl.: reliable computer base 

rus.: достоверная вычислительная база 

Hisoblash  tizimining  muhofaza  mexanizmlari 

majmuasi,  shu  jumladan  xavfsizlik  siyosatiga 

javobgar  dastur  va  apparat  komponentlari. 

Ishonchli  hisoblash  bazasi  tizim  doirasidagi 

yagona  xavfsizlik  siyosatini  amalga  oshirish 

uchun  birgalikda  javob  beruvchi  bir  yoki  bir 

necha 


komponentlardan 

iborat. 


Ishonchli 

hisoblash 

bazasining 

yagona 


xavfsizlik 

siyosatini  to‘g‘ri  amalga  oshirishi  birinchi 

navbatda 

ishonchli 

hisoblash 

bazasining 

mexanizmlari 

hamda 


tizim 

ma’muriyati 

tomonidan to‘g‘ri boshqarishga bog‘liq. 

 

ishonchli hisoblash tizimi 

ingl.: reliable computing system 

rus.: надежная вычислительная система 

Ma’lumotlarni  qayta  ishlash  tizimi.  Bunda  turli 

erkin 

foydalanish 



huquqlariga 

ega 


foydalanuvchilarning  turli  muhofaza  tasnifi  va 

muhofaza  darajalaridagi  ma’lumotlarni  bir 

vaqtning  o‘zida  olishiga  ruxsat  etish  uchun 

yetarli  kompyuter  muhofazasi  borligi  nazarda 

tutilgan. 

 

ishorat 

ingl.: link 

rus.: ссылка 

qarang: gipermurojaat 

 

ichki gipermurojaat 

ingl.: internal hyperlink 

rus.: внутренняя гиперссылка 

Faol  veb  bog‘lamasidagi  xohlagan  veb-sahifa 

yoki 

faylga 


ko‘rsatuvchi 

gipermurojaat 

(bog‘lamasi ichidagi gipermurojaat). 

 

ichki korporativ tarmoq 

ingl.: internal corporate network 

rus.: внутрикорпоративная сеть 

qarang: Intranet 

 

ichki veb bog‘lama 

ingl.: internal web-node 

rus.: внутренний веб-узел 

Tashkilot  doirasida  yaratilgan  va  faqat  o‘sha 

tashkilot  ichki  tarmog‘idan  erkin  foydalanish 

mumkin  bo‘lgan  veb  bog‘lamasi.  Ichki  veb 

bog‘lamasidan  faqat  ushbu  tashkilot  a’zolari 

foydalanishi mumkin. 



 

ishlab chiqarishni kom... 



 

135 


Jj

 

 

J2EE 

qisq.: Java 2, Enterprise Edition 

Java  2,  korxonalar  uchun  tahrir.  Java  asosida 

korxona  pog‘onasi  uchun  qo‘llanmalarni  ishlab 

chiqish  va  yoyish  muhiti.  J2EE,  ko‘ppog‘onali 

Web-yo‘nalgan  qo‘llanmalarni  ishlab  chiqish 

uchun 


API 

bilan 


to‘ldirilgan 

xizmatlar 

yig‘masidan iborat. 

 

JAAS 

qisq.: Java Authentication and Authorization Service 

Java  maslagi  uchun  muvofiqlash  va  mualliflash 

xizmati. 

 

Jabber 

Internet  chatini  yakka-yakka  yoki  ko‘pga  bir 

usulida  amalga  oshiruvchi  zamonaviy  tarmoq 

bayonnomasi. 

Bayonnoma 

XML 


tiliga 

asoslangan. O‘z serveridagi vositalar yordamida 

shaffof  ravishda  ICQ,  IRC,  AIM,  Yahoo 

Messengerlar  bilan  aloqada  bo‘lish  imkonini 

beradi. 

 

jadval 

ingl.: table 

rus.: таблица 

1. Har bir element boshqa elementlarga nisbatan 

tutgan  o‘rni  bilan  aniqlanadigan  ma’lumotlar 

majmuasi.  Jadval  bir  necha  ustunlar  va 

qatorladan  iborat  bo‘lib,  ular  kesishgan  joy 

kataklardan  iborat.  Jadvalning  o‘lchami,  uni 

saqlaydigan  va  unga  ishlov  beruvchi  abonent 

tizimning  imkoniyatlariga  bog‘liq.  Kataklarga, 

jadvalning 

bir 


katagini 

boshqa 


katakga 

bog‘liqligini  aniqlaydigan  belgilar,  matnlar  va 

formulalar  yoziladi.  Turli  ma’lumotlarni  aks 

ettirishga 

mo‘ljallangan 

ko‘p 


sonli 

ixtisoslashgan 

jadvallar 

mavjud. 


Ularga 

quyidagilar kiradi: 

- tizim yoki tarmoqdagi obyektlarning mantiqiy 

va jismoniy manzillari orasidagi mutanosiblikni 

aniqlaydigan manzillar jadvali; 

-  uzatilayotgan  har  bir  ma’lumotlar  blokining 

manziliga  uzib-ulash  bog‘lamasida  optimal 

chiqish 


kanalini 

ko‘rsatuvchi 

yo‘naltirish 

jadvali; 

-  bir  kodni  boshqa  kodga  o‘zgartirishni 

aniqlaydigan qayta kodlash jadvali; 

chekli 


avtomatnning 

kirishidagi 

o‘zgaruvchilarning 

holatiga 

qarab 

chiqish 


o‘zgaruvchilari qiymatlarini ifodalovchi holatlar 

jadvali. 

2.  Aksariyat  veb-saytlar  dizaynining  asosiy 

elementi.  Masalan,  veb-sahifada  yonma-yon 

turgan  ikki  fotosurat  va  ular  orasiga  matnni 

joylashtirish uchun, bu sahifaga uch kolonkadan 

iborat jadval  tuziladi.  Ikki kolonka  fotosurat  va 

bittasi matn uchun ajratiladi. 



 

JAF 

qisq.: JavaBeans Activation Framework 

JavaBeans  tarkibiy  qismlarini  faollashtirish 

Frameworki, JAF API. U, Java tilidagi dasturga 

ma’lumotlar 

massivi 

turini 


(formatini) 

avtomatik  ravishda  aniqlashga,  u  bilan  ishlash 

uchun  usullar  ro‘yxatini  olishga,  ularni  amalga 

oshirish  uchun  tegishli  JavaBean  nusxasini 

yaratishga imkon beradi. 

 

Jamiyat tarmog‘i 

ingl.: public network 

rus.: общественная сеть 

Davlat tasarrufidagi axborot tarmog‘i. 



 

jamiyatning axborot imkoniyati 

ingl.: information potential of society 

rus.: информационный потенциал общества 

1.  Axborot  resurslarini  faollashtirish  va  ulardan 

samarali  foydalanish  imkonini  beruvchi  jami 

vosita, usul va sharoitlar. 

2.  Axborotni  ishlab  chiqish  va  axborot 

xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati. 



 

jamiyatning axborot madaniyati 

ingl.: information culture of society 

rus.: информационная культура общества 

Jamiyatning  o‘z  ixtiyorida  bo‘lgan  axborot 

resurslari 

va 


axborot 

kommunikatsiyasi 

vositalaridan  samarali  foydalanish  qobiliyati. 

Shuningdek, 

ushbu 

maqsadlarda 



axborotlashtirish  va  axborot  texnologiyalari 

vositalarini  rivojlantirish  sohasidagi  ilg‘or 

yutuqlardan foydalanish ham nazarda tutiladi. 

 

JAR 

qisq.: Java ARchive 

Java  arxivi,  JAR  fayli.  Java  sinfi  fayllarini 

taxtlangan  shaklda,  ko‘makchi  sinflarni  va 

metaaxborotni  («manifest»)  o‘z  ichiga  oladi. 



JAR 


 

 

136 


Bundan  tashqari  raqamli  imzolarni  ham  o‘z 

ichiga olishi mumkin. 



 

jarayon 

ingl.: process 

rus.: процесс 

1.  Berilgan  sharoitlarda  erishiladigan  maqsad 

yoki  natija  bilan  belgilanuvchi  voqealarning 

berilgan ketma-ketligi. 

2.  Dastur  yoki  uning  qismi  bajarilayotganda 

ro‘y  beradigan  voqealarning  berilgan  ketma-

ketligi. 

 

Java texnologiyasi 

ingl.: Java technology 

rus.: технология Java 

Java  amaliy  maslakiga  asoslangan  texnologiya. 

U  ishlatilayotgan  kompyuter  turiga  nisbatan 

dasturiy  ta’minot  mustaqilligini  ta’minlaydi. 

Java 

texnologiyasi 



SUN 

Microsystems 

korporatsiyasi  tomonidan  taklif  qilingan  bo‘lib, 

u uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat: 

- dasturlash tili; 

- virtual mashina; 

-  dasturlash  interfeyslarini  amalga  oshiruvchi 

fayllar. 

Texnologiyaning  muhim  xususiyati  bo‘lib  har 

biri,  amaliyotda  ixtiyoriy  apparat  maslakida 

xilma  xil  operatsion  tizimlar  yordamida, 

bajarilishi 

mumkin 

bo‘lgan 


dasturlarning 

rusumlarini  yaratish  imkoni  hisoblanadi.  Java 

texnologiyasi  ma’lumotlarga  tarmoqda  ishlov 

berishning 

sodda 

modeliga 



asoslangan, 

dasturlarni  yaratishda  qulay,  uzoqdagi  axborot 

tizimlaridagi 

ma’lumotlarning 

xavfsizligini 

ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  texnologiya 

kuchli ommabop Java tilini taklif qiladi. 

 

Java tili 

ingl.: Java language 

rus.: язык Java 

1.  Obyektga-yo‘naltirilgan  me’moriy  tuzilmali 

dasturlash tili.  Java tili  1992  yili  paydo  bo‘lgan 

va 


SUN 

Microsystems 

korporatsiyasi 

tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb 

atalib, 

elektron-maishiy 

asboblarning 

boshqarish  tili  sifatida  ishlab  chiqilgan.  Ammo, 

1995  yili  nomini  Javaga  almashtirib,  tarmoqda 

foydalanilayotgan  maslakdan  mustaqil  ravishda 

amaliy  dasturlarni  yaratish  imkonini  beradigan 

vosita  bo‘lib  qoldi.  Shu  sababli,  bu  til  bir 

maslakdan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan 

tavsiflanadi, 

axborotni 

muhofazalashning 

rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash 

imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet 

tarmog‘iga  va  uning  global  ulanish  xizmatiga 

tegishli. 

Java 

tili 


sintaksisi 

S++ 


ning 

sintaksisiga  o‘xshash  bo‘lib,  u  maxsus  ochiq 

tarmoq  muhitida  ishlashga  mo‘ljallangan.  Java 

tilining 

texnologiyasiga 

tayanib 


SUN 

Microsystems  korporatsiyasi  operatsion  tizim 

ishlab  chiqdi. Java  asosida,  shuningdek JavaOS 

operatsion  tizimi  hamda  Java  texnologiyasi 

yaratilgan  va  xilma  xil  operatsion  tizimlar 

ishlab chiqilmoqda. 

2.  Internetga  tatbiqan  -  «appletlarni»  yaratish 

texnologiyasi  foydalanuvchining  kompyuteriga 

saytning  sahifasi  bilan  birga  yuklanib,  shu 

sahifani 

«jonlashtirish» 

imkonini 

beradi. 

Appletlar  sahifaga  qo‘shimcha  funksionallikni 

ta’minlashi  mumkin,  multiplikatsion  reklamani 

amalga  oshirishi  va  hattoki,  sahifaning  ichiga 

o‘rnashtirilgan 

katta 


bo‘lmagan 

o‘yinni 


ifodalashi mumkin. 

 

Java virtual mashinasi 

ingl.: Java virtual machine 

rus.: виртуальная машина Java 

Java  qo‘llanmalari  va  dasturlarini  bajaruvchi 

dastur.  Java  virtual  mashinasi  ko‘pchilik  veb-

brauzerlari tarkibiga kiradi. 



 

JavaOS operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: JavaOS operating system 

rus.: операционная система JavaOS 

Java tilida yozilgan amaliy jarayonlarni bajarish 

uchun  yaratilgan  operatsion  tizim.  JavaOS 

operatsion 

tizimi 

JavaSoft 



kompaniyasi 

tomonidan 

Java 

texnologiyasi 



doirasida 

ishlangan 

va 

turli 


xildagi 

shaxsiy 


kompyuterlarda 

foydalanish 

uchun 

mo‘ljallangan.  JavaOS  uchun  uning  tarkibiy 



qismlarini 

tarqoq 


ishlashi, 

ma’lumotlar 

xavfsizligi,  hamda  server  ham,  mijozning  ham 

resurslarini ishlatishni nazorati tavsiflidir. 



 

JavaScript tili 

ingl.: JavaScript language 

rus.: язык JavaScript 

SUN  Microsystems  va  Netscape  kompaniyalari 

tomonidan  o‘zaro  faol  veb-saytlarni  yaratish 

uchun  ishlab  chiqilgan  Skriptlar  tili.  Soddaligi 

va  foydalanilayotgan  maslaklarga  nisbatan 

mustaqilligi 

bu 

tilning 


ustunliklaridir. 

jarayon 


 

 

137 


Nomlarining  o‘xshashligiga  qaramay  Java  va 

JavaScript 

bir 

biridan 


sezilarli 

darajada 

farqlanadi.  Agar  Java  –  to‘la  funksional 

obyektga-yo‘naltirilgan 

me’moriy 

tuzilmali 

dasturlash tili bo‘lsa, JavaScrip esa, gipermatnli 

markerlash  tillariga  yaqinroq.  JavaScript  tili 

HTML  kodi  bilan  o‘zaro  ishlashi  mumkin  va 

barcha 


asosiy 

brauzerlar 

tomonidan 

quvvatlanadi, shu jumladan Netscape Navigator 

va Microsoft Internet Explorer tomonidan ham. 

 

JavaSoft 

Sun 


Microsystems 

kompaniyasining 

Java 

texnologiyasi uchun mas’ul bo‘limi. 



 

JAXM 

qisq.: Java API for XML Messaging 

XML-xabarlar  almashish  uchun  Java  API. 

Shuningdek  «M  loyihasi»  (Project  M)  nomi 

bilan ham mashhur. 



 

JAXP 

qisq.: Java API for XML Processing 

XML  ga ishlov  berish  uchun  Java  API.  O‘qish, 

ishlov  berish  va  XML-  hujjatlarni  yaratish 

uchun  API  ni  ta’minlaydigan  Java  maslagini 

kengaytiruvchi  paket.  Shuningdek  «X  loyihasi» 

nomi bilan ham mashhur. 



 

JB 

qisq.: Java Beans 

Java tarkibiy qismlari, JavaBeans texnologiyasi. 

Java tilida vizual va novizual tarkibiy qismlarni 

yaratish  texnologiyasi.  JavaBeans  va  EJB 

tarkibiy  qism  modellari  bir-biri  bilan  bog‘liq 

emas. 


 

JBOD 

qisq.: Just a Bunch Of Disks 

RAID  bo‘lmagan  shunchaki  bir  necha  qattiq 

disklar. 

 

JCA 

qisq.: Java Cryptography Architecture 

Java  kriptografiyaviy  arxitekturasi.  Kelishuvlar 

va  spetsifikatsiyalar  yig‘masi,  hamda  Java. 

tilining  Security  API  qismi  (kriptografiya 

vazifalari). 

 

JCE 

qisq.: Java Cryptography Extension 

Java  ni  kriptografiyaviy  kengaytmasi.  Asosiy 

kriptografiya  algoritmlarini  amalga  oshiruvchi 

va  JCA  (Java  Cryptography  Architecture)  API 

vazifalarini  kengaytiruvchi  Sun  Microsystems 

mahsuloti. 



 

JCL 

qisq.: Job Control Language 

Topshiriqlarni boshqarish tili, JCL tili. 



 

JDBC 

JDBC 


texnologiyasi. 

Java 


tilidagi 

qo‘llanmalardan  bazalardan  erkin  foydalanish 

uchun API spetsifikatsiyasi. ODBC ga o‘xshash, 

JDBC ni ko‘pincha Java DataBase Connectivity 

shaklida  talqin  etadilar,  vohalanki,  JDBC 

rasman qisqartma emas. 



 

JDK 

qisq.: Java Development Kit 

Sun  Microsystemsdan,  Java  tilidagi  dasturlarni 

ishlab  chiqish  uchun  uskunaviy  paket.  Yangi 

nomi-  Java SDK.  Java-qo‘llanmalarini  va  Java-

appletlarini  yozish,  testlash  va  sozlash  uchun 

bepul  tarqatiladigan  vositalarni,  shu  jumladan 

JRE ni ham, o‘z ichiga oladi. 

 

JEDEC 

qisq.: Joint Electron Device Engineering Council 

Elektron 

qurilmalar 

bo‘yicha 

birlashgan 

muhandislar 

kengashi 

(AQSH). 


Elektron 

sanoatda  qator  standartlarni  belgilaydigan 

tashkilot. 1958 yili tuzilgan. 

 

JEITA 

qisq.: Japan Electronics and Information Technology 

Industries Association 

JEITA  uyushmasi.  Elektron  sanoat  va  axborot 

texnologiyalari 

ishlab 


chiqaruvchilarining 

Yaponiya uyushmasi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling