Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 44.33 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi44.33 Kb.
#1338046
1   2   3   4
Bog'liq
AKT

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi. Fan dasturida bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qiydigan talabalar uchun “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o’rganish katta ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor beriladi. Jumladan, talabalarda:

  • kompyuterning ishlash prinsipi, texnik va dasturiy ta’minoti to’g’risida umumiy tushunchalar hosil qilish;

  • fanlar sohasidagi ta’lim yo’nalishiga oid masalalarni hal qilish ko’nikmalarini va tayyor dasturiy ta’minotdan foydalana olish malakasini hosil qilish;

-zamonaviy kompyuterlardan foydalanishni bilish;
-foydalanuvchi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlata olish;
-Windows muhitida ishlash, MS Office paketi dasturlaridan va Internetdan foydalana olish;
Fanning asosiy vazifasi esa, talabalarga mana shu sanab o’tilgan maqsadlar va kasbiy talablarni ham hisobga olgan holda zarur ma’lumotlarni berishdan iboratdir.

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” premetini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha talabalardan talab qilinadigan bilim:

  • kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti, ishlash prinstiplarini bilish;

  • zamonaviy dasturiy ta’minotdan samarali foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

  • Windows muhitida ishlash, MS Office paketi dasturlaridan va Internetdan foydalana olish;



Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” predmeti bakalavriat ta’lim yo’nalishida asosan 6- semestrlarda o’qitiladi. Ayni shu paytda ularda ba’zi bir mutaxassislikka kirish fanlari o’tilayotganligi sababli, talabalarning bu predmet bo’yicha o’zlashtirishlari birmuncha osonlashadi. Qolaversa, bu fan kelgusida dasturlar bilan ishlashga, internet va elektron kutubxonalardan foydalanishga katta yordam beradi.



Download 44.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling