Site map, My tests and surveys, My tracker, Directory, Export content, Chat,
Links, Polls, Blogs, Web search va h.k. Bu tizimda yaratilgan kurslar ob‘yektga
mo`ljallangan dasturlash tillarida klasslarni yaratish jarayoni kabi uch xil tipda
aniqlanadi. Chunonchi, public, Private, Protected. Foydalanuvchilar bilan
ishlashda ham ular uchun bir qancha rollar mavjud bo`lib, ular disabled
(ta‘qiqlangan), deconfirmed (faollashtirilmagan), student (talaba), instructor
(o`qituvchi/tyutor), administrator(administrator).
Open ELMS – erkin va ochiq kodli navbatdagi masofaviy ta‘lim jarayonini
tashkillashtirish imkoniyatini beradigan tizim bo`lib, GNU GPL litsenziyasi
asosida foydalanuvchilarga foydalanishlari uchun tarqatiladi. Tizimning o`zi erkin
va ochiq kodli bo`lganligi bois ham, dasturiy majmuani yaratishda ochiq kodli
dasturiy ta‘minotlardan foydalanilgan.
eFront – dasturiy majmua PHP ni qo`llab-quvvatlovchi barcha operatsion
tizimlarda ishlaydi. Ma‘lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL dan
foydalanish mumkin. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni
qo`llab- quvvatlaydi. Tizim 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu qatorida
o`zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. eFront tizimining bir qancha versiyalari
ishlab chiqarilgan, ular Editions, Enterprise, Educational va Open-source.
Open-source versiyasidan foydalanish bepul hisoblanib, qolgan versiyalaridan
foydalanish uchun ma‘lum qo`shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin
bo`ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy
ta‘lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi. Mazkur tizimda
o`quv jarayonini tashkil etish uchun bir qancha umumiy modullar mavjud ular
qatoriga quyidagilar kiradi: youtube, wiki, workbook, translate, translator,
Do'stlaringiz bilan baham: |