Axborot komunikatsiya texnologiyalari bo’yicha meyoriy xujjatlar. Reja: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo'limining asosiy funksiya va vazifalari 2


Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari bo'limining asosiy funksiya va vazifalari


Download 23.85 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1106207
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot komunikatsiya texnologiyalari

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari bo'limining asosiy funksiya va vazifalari

  • Qo'mitada AKTni joriy etish va rivojlantirish, ma'lumotlarni to'plash, saqlash va ularga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish bo'yicha dasturlar majmuini tashkil etish;

  • Axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologiyalari bo'yicha o'zaro munosabatlarini ta'minlash, ma'lumotlar bazalarini yaratishni ta'minlovchi infratuzilmani shakllantirishni va rivojlantirishni tashkil etish;

  • Qo'mitaning tizimidagi tashkilot va korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me'yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahlil ma'lumotlar bilan ta'minlash;

  • Qo'mita rasmiy veb-sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta'minlash;

  • Qo'mitaning axborot resurslari va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;

  • Qo'mitaning rasmiy veb-sayti va Ochiq ma'lumotlar Portalida majburiy e'lon qilinishi kerak bo'lgan ochiq ma'lumotlari to'plamlarining ro'yxatiga muvofiq Portal operatori tomonidan ishlab chiqilgan jadvallar (shakllar)ni to'ldirish yo'li bilan ochiq ma'lumotlar to'plamlarini shakllantirish;

  • Qo'mitada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanganda axborot xavfsizligi siyosatini yuritish, unga qat'iy rioya etilishini ta'minlash.

  • O'zbekiston Respublikasi Axborot, texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha sohalariga axborot resurslari, ma'lumot bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari joriy etish bo'yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini ta'minlash;

  • O'zbekiston Respublikasi Axborot, texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha dasturlarning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borish;

  • Qo'mita tizimidagi tashkilot va korxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlardan va ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalardan, aloqa va ma'lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot havfsizligini ta'minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;

  • Qo'mitaning xarajatlar smetalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligi ta'minlash hamda xodimlarni malakasini oshirish bo'yicha alohida bandlar kiritilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • Qo'mitada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligi ta'minlash bo'yicha rejalar ishlab chiqish, o'rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;

  • Qo'mitaning korporativ tarmog'ini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlarini, dasturiy vositalari, ma'lumotlar almashish va saqlash tizimlarini yaratish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Qo'mitaning veb-saytini takomillashtirish, texnik jixatdan ishlashini ta'minlash;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha samarali tizimlarni tashkil etish


Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling