Axborot kutubxona katalogi va fondi


Download 5.22 Mb.
Pdf просмотр
bet1/20
Sana08.12.2019
Hajmi5.22 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

В.  GANIYEVA
AXBOROT 
KUTUBXONA 
KATALOGI  VA  FONDI

O'/BEKISTON  KKSPUBLIKASI  OLIY VA  0 ‘RTA MAXSUS 
TA’LIM  VAZIRLIGI 
0 ‘ZBKKIST0N  RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH  VAZIRLIGI
B.I.  GANIYEVA
AXBOROT-KUTUBXONA 
KATALOGI VA FONDI
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus ta ’lim  vazirligi 
tomonidan  oliy o‘quv yurtlarining 5350600
 — 
Axborotlashtirish 
va  kutubxonashunoslik ta ’lim yo'nalishi talabalari uchun  o‘quv 
qoilanma sifatida  tavsiya  etilgan
0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti 
Toshkent  — 2017

UO‘K:025.3+025.7/.9(075.8)
КВК:78.37
G-21
Ganiyeva  B.I.
Axborot-kutubxona  katalogi  va  fondi:  o ‘quv  qo‘lla n m a / 
B.I. Ganiyeva;  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi.  —  Toshkent: 
0 ‘zbekiston faylasuflari  m illiy jam iyati  nashriyoti,  2017.  —  212  b.
Ushbu  o‘quv  qo‘llanma  Axborot-kutubxona  muassasalarining  kata- 
loglari, Axborot-kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o‘rni, katalog 
turlari,  tasvir prinsiplari,  hujjatlarga  ishlov  berish,  sistemalashtirishning 
nazariy  asoslari,  tarixiy  negizlari  haqida  tushuncha  beradi.  Xususan, 
kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyalarining  vujudga  kelishi:  Uni­
versal  o‘nlik  klassifikatsiyaning  yaratilishi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi  jadvalining  tuzilishi,  u  bilan 
ishlash  metodikasi  masalalarini,  axborot-kutubxona  fondi,  uning  belgi 
va  xususiyatlari,  fondni  shakllantirish  prinsiplari  va jarayonlarini  qam- 
rab  oladi.  Shuningdek,  Axborot-kutubxona  muassasalarining  katalog  va 
kartotekalar tizimini tuzish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi.
Ushbu  o‘quv  qo'llanma  Axborotlashtirish  va  kutubxonashunos- 
lik  yo'nalishi  talabalari  uchun  mo‘ljallangan  bo'lib,  shu  jumladan 
qo‘llanmadan  katalog  va  kartotekalar  tizimi  bilan  faoliyat  yurituvchi 
mutaxassislar,  Axborot-kutubxona  muassasalari xodimlari  foydalanish- 
lari  mumkin.
Taqrizchilar:
Ganiyeva  Dono Akmalovna  —  Respublika  ilmiy  pedagogika
kutubxonasi  direktori,  p.f.n.
Raxmatullayev  Marat Alimovich  — Toshkent axborot texnologi
yalari  universiteti  professori,  t.f.d.
UO‘K:025.3+025.7/.9(075.8)
KBK:78.37
'43-07-556-6
:Д©  0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jamiyati  nashriyoti,2017

KIRISH
Rcspublikamiz  kutubxonalarining  oldida  turgan  dolzarb  ma- 
snlalardan  biri  -   yangi  zam on  kishisini  yetuk m alakali  m utaxas- 
sis,  madaniyatli  va  m a’rifatli  inson  qilib  tarbiyalashdan  iboratdir.
«Axborot-kutubxona 
faoliyati 
to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi  qonunining  2011-yil  13-aprel  kuni  Respublikam iz- 
ning  Birinchi Prezidenti I.A .K arim ov tom onidan im zolanishi ku­
tubxonachilik  ishi  taraqqiyotida  m uhim   ahamiyatga  molik  voqea 
bo'ldi.  Kutubxonachilik  ishining  tatbiq  etilishi  va  hal  qilinishi 
lo/.im  bo'lgan  m asalalari  qonun  orqali  muvofiqlashtirildi.
Axborot-kutubxona 
sohasi 
foydalanuvchilariga 
xizm at 
ko'rsatishda  yangi  texnologiyalarning  kirib  kelishi,  bunga  javo- 
ban  yangi  xizm atlarning  joriy  qilinishi  mutaxassislarimiz  oldiga 
bir  qator dolzarb  vazifalarni  qo‘yadi.  Axborotlashtirish  va kutu b ­
xonashunoslik  ta ’lim   yo'nalishi  talabalari  uchun  A xborot-kutub­
xona  muassasalarining  kataloglari  ham da fondi  axborot-kutubxo­
na  m uassasasining  asosiy  o‘zagi  hisoblanadi.
U shbu  o‘quv  q o lla n m a   Axborot-kutubxona  katalogi  va  fondi 
kursi uchun m oljallangan bo£lib,  katalog va fondni shakllantirish, 
axborot- kutubxona muassasalari faoliyatini,  katalog va kartoteka- 
lar  tizim ini,  fondini  to ‘g‘ri  va  u num li  tashkil  etish,  boshqarish 
prinsiplari  va  m odellarini  o ‘rgatadi.  Zero,  Axborot-kutubxona 
m uassasalarining ishini sam arali tashkil  etilishi katalog va fondni 
tashkil  etilishiga bog‘liqdir.
Axborot-kutubxona  m uassasalarining kataloglari, A xborot-ku- 
tubxonalar  ishi  faoliyatida  ularning  tutgan  o‘rni,  katalog  turlari, 
tasvir  prinsiplari,  hujjatlarga  ishlov  berish,  sistem alashtirishning 
nazariy  asoslari,  tarixiy  negizlari  haqida  tushuncha  beradi.  Xu- 
susan,  m azkur  o‘quv  qo‘llanm a  kutubxona-bibliografik  klassifi- 
katsiyalarining  vujudga  kelishi:  Universal  o‘nlik  klassifikatsiya­
ning  yaratilishi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi kutubxona-bibliografik 
klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi  ham da  u bilan  ishlash  m eto- 
dikasini  o ‘rgatadi.  Shuningdek,  A xborot-kutubxona  m uassasala­
rining  katalog  va  kartotekalar tizim ini  tuzish  bo‘yicha nazariy  va 
am aliy  bilim lar  beradi.  A n’anaviy  kutubxona  kataloglaridan  na-
3

zariy bilim larga ega bo‘lish,  yangi texnologiyalar asosida Axborot- 
kutubxona muassasalarida  elektron katalog tuzish va am alda joriy 
etishga asos bo‘la oladi.  Sistemali  katalog  kursi  -  Alfavit katalogi 
kursining  mantiqiy  davomi  hisoblanib,  m azkur  q o llan m ad a  qu­
yidagi  mavzularni:  H ujjatlarni  klassifikatsiyalash  haqida  um um iy 
tushuncha,  sistemali  klassifikatsiyaning  rivojlanish  bosqichlari 
va  yo‘nalishlari, 
Kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasining 
yaratilish  tarixi,  rivojlanish  bosqichlari,  shuningdek,  hujjatlarni 
sistemalashtirishning  metodikasi:  barcha  fanlarga  oid  hujjatlarni 
sistem alashtirishning  usullarini,  katalog  va  kartotekalar  tashkil 
qilishni yoritib beradi.  M azkur o ‘quv qo‘llanm a axborot-kutubxo­
na  fondi,  uning  belgi  va  xususiyatlari,  fondni  shakllantirish prin- 
siplari  va jarayonlarini  aks  ettiradi.
Ushbu  o ‘quv  qo‘llanm a  A xborotlashtirish  va  kutubxonashu- 
noslik  yo‘nalishi  talabalari  uchun  m o‘ljallangan  bo‘lib,  shu jum - 
ladan  qo‘llanm adan  katalog  va  kartotekalar  tizim i  bilan  faoli- 
yat  yurituvchi  mutaxassislar,  Axborot-kutubxona  muassasalari 
xodim lari  foydalanishlari  m um kin.
4

1-bob.  AXBOROT-KUTUBXONA KATALOGLARINING 
VUJUDGA K EL ISH I.  ULA RN IN G   TU RLA RI,  AHAMIYATI 
VA KUTUBXONA ISH ID A  TUTGAN  0 ‘R N I
X alqim izning  tu rm u sh   m adaniyatini  oshirishda,  ularni 
m a’naviy  dunyosini  boyitishda  A xborot-kutubxona  m uassa­
salarining  o 'rn i  beqiyosdir.  A xborot-kutubxona  m uassasalari­
ning  ijtimoiy  vazifasi  hozirgi  ku n   talabidan  kelib  chiqib,  to - 
bora  kengayib  borm oqda.  A xborot-kutubxona  m uassasalarining 
oldida turgan dolzarb m asalalardan biri  — yangi zam on kishisini 
yetuk  m alakali  m utaxassis,  m adaniyatli  va  m a’rifatli  inson  qilib 
tarbiyalashdan  iboratdir.  Respublikam izdagi  mavjud  A xborot- 
kutubxona  m uassasalarining  fondlari  keng  doiradagi  k ito b ­
xonlarning  talabiga  javob  beradigan  resurslar  bilan  m untazam  
to'ldirilib  boriladi.  A xborot-kutubxona  m uassasalarining  fond­
lari  qanchalik  to ‘liq  va  m ukam m al,  elektron  resurslar  bilan 
ta ’m inlangan  bo ‘lsa,  ulardan  foydalanuvchilarning  ehtiyojla­
rin i  qondirishga  shunchalik  keng  im koniyatlar  yaratiladi.  Ayni 
bir  vaqtda,  bir  tom ondan,  ulardagi  fondlarning  k atta  hajm da 
ekanligi  va  m azm unining  boyligi,  ikkinchi  tom ondan  Axborot- 
kutubxona  m uassasalariga  m urojaat  qiluvchi  kitobxonlar  ta- 
lablarining  nihoyatda  xilm a-xilligi,  m avjud  barcha  resurslarni 
h ar  tom onlam a  ko‘rsatib  berish  zaruriyatini  q at’iy  talab  qiladi. 
A xborot-kutubxona  m uassasalarining  fondlarini  h ar  tom onlam a 
ochib  berishda  kataloglar  asosiy  rol  o‘ynaydi.
Katalog grekcha — «ro‘yxat» demakdir.  Binobarin,  «kutubxona 
katalogi»  degan  terrnin  «Axborot-kutubxona  muassasasida  mav­
ju d   bo‘lgan  barcha  resurslarning  ro‘yxati»  degan  m a’noni  bildi- 
radi.  A m m o  bunday  aynan  tarjim a  qilish  kataloglarning  haqiqiy 
aham iyatini yetarli  darajada  to ‘liq tushuntirib  bermaydi.
Kutubxona  kataloglari  Axborot-kutubxona  muassasasida 
m uayyan  tartibda  tuzilgan  bo‘lib,  A xborot-kutubxona  muassasasi 
fondining  m azm unini  ochib  berish,  u  haqida  to ‘liq  axborot  b e­
rish,  mavjud  resurslarni  targ‘ib  etrish,  kitobxonlarga  m a’lum ot 
olishlarida g‘oyaviy-tarbiyaviy,  ilmiy-axborot vazifalariga  muvofiq 
tarzda  yo‘llanm a  berish  kabi  funksiyalarni  bajaradi.
5

1.1.  Kataloglarning  turlari
Zamonaviy  Axborot-kutubxona  muassasalarida  mavzu  va 
turlari  bo‘yicha  xilm a-xil  resurslar  mavjud.  Axborot-kutubxona 
muassasasiga  murojaat  qiladigan  kitobxonlarning  talablari  ham 
xilma-xildir.  K itobxonlarni  m uayyan  m uallifning  familiyasi,  ki- 
tobining  nomi,  m uharrirning  nom i  yoki  boshqa  belgilari,  muas- 
sasaning  nomi,  nashr  etgan  nashriyotning  nomiga  o‘xshash 
m a’lumotlari bo‘lgan  kitoblar qiziqtiradi.  Ba’zi  birlarini  soha ada- 
biyotlari,  boshqalarni  texnik jurnallar,  DTSlar,  patentlar  qiziqti­
radi.  Ayrim  kitobxonlar  chet  el  adabiyotlarini  so‘rab  murojaat 
etadilar.  H am m a  so‘rovlarni  qam rab  olib javob  beradigan  yagona 
katalog  tuzishning  imkoniyati  yo‘q.
Kutubxona  klassifikatsiyasi  125  yildan  buyon  o‘quv  fani  sifa­
tida  o‘qitilib  kelinmoqda.  Shunga  qaramasdan,  sohaning  ushbu 
yo‘nalishini  o‘rganish va  ilmiy  tadqiqotlar olib  borish  ishlari  yaqin 
yillardan  boshlandi.  Bunga  zarurat  esa  ushbu  term inning  keng 
o‘rganilmaganligi va m a’lum  m uam m olarning yechilmaganligidir1.
Kutubxona  klassifikatsiyasi  bir  qancha  m a’nolarga  ega.  Kutub­
xona javonlaridagi  kitoblar yoki  boshqa  hujjatlarni joylashtirilayot- 
gandagi bu jarayon  -  kitoblar klassifikatsiyasidir.  Bu jarayon kitob­
lar  bilan  emas,  balki  ularning  bibliografik  tavsifi,  ya’ni  kataloglar 
bilan  amalga  oshirilsa  bu  -   bibliografik  klassifikatsiya  deyiladi2.
1  Library  C lassification  T heory:  H istorical  P ersp ectiv e/  Rai  T echnology 
U niversity,  2014,—  p .4
2  Library  C lassification  T heory:  Types  o f  Library  C lassificatio n /  Rai 
T echnology  U niversity,  2014.  —  p. 10
6

Axborot-kutubxona  xizm ati  ko‘rsatish  nazariyasi  va  am ali- 
yotida  kataloglarning  m u h im   turlari  yaratilganki,  ularning  har 
biri  m a’lum  bir xarakterdagi  talablarni  qondirishga  imkon  beradi. 
Shu  kunga  qadar  m am lakatim iz  kutubxonalarida  nashr turlariga, 
fondni  qam rab  olishiga  ko‘ra  farqlanadigan  kataloglarning  bir 
nechta  turlari  qo‘llaniladi.  Kataloglar bibliografik  tavsiflarini  gu- 
ruhlash  usullariga  ko‘ra   asosiy  turlarga  bo‘lingan.  Bu  guruhdagi 
kataloglar  orasida  eng  ko‘p  tarqalgani  alfavit  katalogi,  sistemali 
katalog,  predm et  kataloglaridir.  Bugungi  kunda  bular  qatoriga 
elektron  katalog  ham  qo'shildi  va  u  am aliyotda  keng  miqyosda 
qo‘llanilm oqda.
Alfavit  katalogda  barcha  mavjud  resurslarining  tavsifi  mual- 
liflarning  ism i-shariflari  yoki  sarlavhalarning  alfaviti  bo‘yicha 
joylashtiriladi.  Tasvirlarning  shu  tartibda  joylashtirilishi,  birin- 
chidan,  muallifi  va  sarlavhasi  kitobxonga  m a’lum  bo‘lgan  aniq 
bir  asarning  bor  yoki  yo'qligini  aniqlash,  ikkinchidan,  muayyan 
m uallifning  kutubxona  muassasasi  fondida  mavjud  bo‘lgan  asar- 
lari  bilan  tanishish  im konini  beradi.
Alfavit  katalogi  kutubxonada  biror  m uallifning  qanday  kitob- 
lari  bor,  degan  savolga  javob  beradi.  Alfavit  katalogini  m ualliflar 
katalogi  deb  ham   atashadi.
Kitobxonlarning  muayyan  masalalarga  yoki  tor  konkret  ma- 
salalarga  doir  m anbalarga  bo‘lgan  talablari  sistemali  va  predm et 
kataloglari  yordamida  qondiriladi.
7

Sistemali  katalogda  barcha  resurslar  ularning  fan  sohalari 
bo‘yicha m azm uni va belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi.  U lar 
um um iydan xususiyga  tom on  izchillikda  bo‘linadigan  tarm oqlar- 
ga  ko‘ra guruhlanadi.
Predm et katalogi tuzilayotganda barcha resurslarning m azm u­
niga  asoslanadi,  bibliografik tasviri bilim   sohalari bo‘yicha  emas, 
hujjatda  bayon  etilayotgan  predm et  nom larining  alfavit  tartibiga 
binoan joylashtiriladi.
Kutubxonalarda  yana boshqa  kataloglar:
•   nom erli  katalog,
•   xronologik  katalog,
•   geograflk  katalog,
•   lug'at  kataloglari  ham   mavjud  bo‘lib,  bunday kataloglar  ku- 
tubxonalarning  tu ri  va  tipiga  qarab  tashkil  etilgan.
Elektron  katalog  —  elektron  kutubxonaning  asosiy  elementi 
hisoblanadi.  Elektron  katalogi  bo‘lmagan  elektron  kutubxonani 
«elektron  kolleksiya»  deb  atash  m um kin.  Elektron  kutubxo­
na  fondi  elektron  shakldagi  resurslardan  iborat  bo‘lgani  sababli, 
elektron resurslar tavsifmi tuzishga m oljallangan «Dublin yadrosi» 
m etam a’lum otlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq.  M a’lumki, 
an’anaviy  kutubxona kataloglari  kutubxona fondidan alohida joyda 
saqlanadi  va  katalog  kitoblar  fondini  kitobxonga  ochib  berishga 
xizmat qiladi.  Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxona­
ga  borishi  kerak1.  Elektron  kutubxona  elektron  katalogining  har 
bir  elektron  kartochkasi  elektron  kutubxonadagi  har  bir  hujjatga 
bog'langan b o lad i va undan masofadan turib foydalanish m um kin.
Kataloglarning  vazifasi  bo‘yicha bir-biridan  farqi
Vazifasi  bo'yicha  kataloglar  2  ga  bo‘linadi:
1.  Kitobxon  katalogi.
2.  X izm at  katalogi.
K itobxonlar keng  foydalanayotgan asarlar bilan  bir qatorda es- 
kirib  qolgan  va  ko‘pchilik  uchun  aham iyatini  yo‘qotgan  asarlar
1  Karimov  U .F.,  Raxmatullayev  M.A. 
Elektron  kutubxona  yaratish 
texnologiyasi  va  resurslardan  foydalanish.—  Т.:  A.Navoiy  nomidagi  0 ‘zbekiston 
Milliy  kutubxonasi  nashriyoti,  2009.— b. 12.
8

ham  saqlanayotgan  katta  fondli  kutubxonalarda  kutubxona  kata­
loglari  o‘z  vazifasiga  ko‘ra  kitobxon  katalogi  va  xizm at  katalogla- 
riga  bo‘lingan.  K utubxonaning  butun  asosiy  fondini  aks  ettiruv- 
chi  kitobxonlar  kataloglari  ancha  operativ  kataloglar  hisoblanib, 
ular doimiy ravishda kitobxonlar ixtiyorida bo‘lib,  ularning asosiy 
talablarini  qondiradi.
Xizmat  kataloglaridan,  o datda,  kutubxona  xodim lari  turli 
m a’lum otlar  olish  uchun  foydalanadilar,  lekin  bu  kataloglar 
faqat  xizm at  vazifasi  uchungina  m o‘ljallanm agan:  agar  kitob­
xonlar  kutubxonada  bor  bo‘lgan  b u tu n   adabiyotlar  bilan  tan i- 
shishlari  zaru r  bo ‘lganda,  xizm at  katalogidan  ham   foydalanish- 
lari  m um kin.
K ataloglar gu ruh   usuli  bilan  bo ‘linishidan  tashqari  hujjat  tu r­
lari  bo'yicha  ham   bo‘linadi.  M asalan:  kitoblar  katalogi,  vaqtli 
m atbuot va  davomli  nashrlar katalogi,  gazeta va jurnallarda bosil- 
gan  m aqolalar  katalogi  va boshqalar.
Kutubxonalarda  olingan  gazeta  va  jurn allarn in g   plakat 
ko'rinishidagi  ro ‘yxati  kabi  kataloglarning  eng  oddiy  shakllari 
qo‘llanilgan.  U ncha  katta  bo'lm agan  bolalar  kutubxonalarida 
turtniket  kataloglari  ham   tashkil  qilingan  edi.  B unda  kitoblar­
ning  tasviri  o‘zagi  atrofida  aylanadigan  shit  joylashtirilgan  kar- 
tochkali  kataloglarda  b o la r edi.
K artochkalar lentada joylashgan  «chegarasiz tasm a» prinsipida 
harakat  qiladigan  «panorama»  kataloglari  ham   mavjud  bo‘lgan. 
A lohida  qalin  qog‘ozlardan  tashkil  topgan  bloknot  shaklidagi 
kataloglar  ham   borligi  tarixdan  m a’lum.
Fondlarni  to‘liq  aks  ettirish  bo‘yicha  kataloglarning 
bir-biridan  farqi
Mavjud  fondni  qam rab  olishga  qarab,  bosh  katalog  va  ayrim 
fond  kataloglari va  fond  qism lari  kataloglari  tuzilishi  m um kin.
K atalogda  butun  fond  yoki  m a’lum  sabablarga  ko‘ra  uning 
oz  qismi  aks  ettiriladim i-yo‘qmi,  bun d an   qat’i  nazar  kutubxona 
ka-taloglari  kutubxona  fondini  to ‘liq  aks  ettirishi  jihatidan  bir- 
biridan  farq  qiladi.  Fondni  ancha  to ‘liq  aks  ettiruvchi  kataloglar 
asosiy  kataloglar  deb  ataladi.
9

Bosh katalog  — bu  kutubxonaning  asosiy katalogi  hisoblanadi. 
U   kutubxonada  mavjud  barcha  fondlardagi  resurslarning  bib­
liografik  tasvirini  qam rab  olgan  bo‘lishi  kerak.  K utubxonalarda 
kataloglarni  hujjatlar  turlariga  qarab  ajratadilar.  Odatda,  faqat 
kitoblarni,  am m o  uni  m aksim al  darajada  to ‘liq  aks  ettiruvchi 
katalogga  —  bosh  katalog  deyiladi.  Ayrim  hujjat  turlarining  kata­
loglari  —  kutubxona  bosh  katalogiga  tarkibiy  qism  bo‘lib  kirib, 
kitoblar  katalogini  to‘ldiradi.  Bosh  katalog  ham   xizm at  katalogi, 
ham   kitobxon  katalogi  b o lish i  m um kin.  U lar  tuzilishiga  qarab 
Alfavit katalog,  Sistemali katalog,  Predm et katalog bo‘lishi m um ­
kin.  Asosiy  katalog  bilan  bir  qatorda  har  qaysi  bo‘lim larda  ham  
katalog  tuzilgan  —  masalan:  abonem ent katalogi,  o‘quv  zali kata­
logi,  ko‘chm a  fond  katalogi  va boshqalar.
Kutubxona  ishida  yig‘m a  katalog  deb  atalgan  kataloglar- 
ning  aham iyati  katta.  K ataloglarning  yuqorida  ko'rib  chiqilgan 
turlaridan  farqli  o‘laroq,  yig‘m a  kataloglar  bir  necha  m usta­
qil  kutubxonalarning  fondlarini  aks  ettiradiki,  bu  kutubxonalar 
o ‘rtasida  kitobxonlarga  xizm at  ko‘rsatishda  m uayyan  o'zaro  yor- 
dam   ko‘rsatishni  tashkil  qilish  m aqsadga  muvofiq1.  Jum ladan, 
bir shahar yoki tum andagi,  bir viloyat yoki  respublikadagi kutub­
xonalarning fondlarini aks  ettiruvchi  territorial yig‘m a kataloglar; 
bilim ning bir tarm og‘iga  yoki bir ixtisosga  doir kutubxonalarning 
fondlari  uchun  tarm oq  yig‘m a  kataloglari,  bir  idora,  muassasa 
yoki  tashkilotga  tegishli  kutubxonalarning  fondlari  uchun  rasmiy 
yig‘m a  kataloglar  tuzilishi  m um kin.  Yig‘m a  kataloglar  ba’zan 
bunday  belgilarni  o‘zlarida  birga  aks  ettirishlari  m um kin,  m asa­
lan,  bir shahar kutubxonalarining  tibbiyotga doir adabiyoti uchun 
tuzilgan  yig‘m a  kataloglar  ayni  vaqtda  ham   territorial,  ham   tar­
moq  kataloglari  bo ‘ladi.
Bir  necha  kutubxonalar  fondini  aks  ettiruvchi  yig‘ma  kata­
loglar  tajribada  sinovdan  o'tganligi  m a’lum.
M arkaziy kataloglar — filiallari mavjud bo‘lgan kutubxonalarda 
tuzilgan.  K itobxonlarning  kitoblar  va  boshqa  nashrlarga  bo‘lgan 
talabini  qondirilishi  kataloglarning  formalariga  ham   bog‘liq.
1  Library  Classification  Theory /   Rai  Technology  University,  2014.— p. 12
10

Kutubxonalar  xilm a-xil  formadagi  kataloglardan  foydalandi- 
lar.  Turniketli,  plakat  shaklidagi,  panoram ali  kataloglar  haqida 
yuqoridagi  m a’lum otlar kiritilgan edi.  Biroq  katalogning eng ko‘p 
tarqalgan formasi  kitob  va  kartochka  formasidir.  Juda  uzoq yillar 
katalogning kitob  formasi  asosiy bo‘lib xizm at qilib  kelgan.  Oldin 
kitob  -   kataloglar kitoblarning qo‘lda  yozilgan  ro‘yxatidan iborat 
edi.  Kitob  bosish  k ash f  etilgach,  bosm axona  usulida  tayyorlan- 
gan  kataloglar paydo  bo'ldi.  X IX   asrning  oxiri  XX  asr boshlariga 
kelib,  kartochkali  formasi  kutubxonalarda  ishlatila  boshladi.  Bu 
katalogning afzalligi shundaki,  hujjatning bibliografik tasviri alo­
hida kartochkalarda berildi va ular maxsus yashiklarga qattiq tar­
tib  ostida joylashtirildi.
Kitob  katalogi  ixcham ligi  bilan  o‘z  yutug‘iga  ega  edi.  10  000 
tom lik  hujjat  fondi  tasvir  form ati  o‘rtacha  bo‘lgan  500—600  betli 
kitobga  sig‘adi.  Shuncha  kitobni  kartochkali  katalogda  aks  etti­
rish  uchun  taxm inan  lm 2 joyni  egallovchi  14—16  katalog  yashik- 
chasi  yoki  shkaf-javon  kerak b o 'lad i1.
H ujjatlarni  tasvirini  belgilangan  nam una  (7,5x12,5  sm)dagi 
katalog  kartochkalarida  am alga  oshirildi.  Bu  form at  deyarli  bar­
cha kutubxonalarda hozirgacha qo‘llanilib xalqaro  form at nom ini 
oldi.  H ar bir kartochka  enining  o‘rtasida  pastki  chetidan  0,75  sm 
oraliqda teshikcha bo‘lib,  un d an  yashikdagi kartochkalarni m etall 
sterjen  yordam ida  m ahkam lab  qo‘yish  uchun  foydalaniladi.
H ar bir yashikchaga odatda 800 tad an   1000 tagacha kartochka 
joylashtiriladi.
A xborot-kutubxona 
m uassasalaridagi 
mavjud 
resurslar 
targ'ibotida,  kutubxona  fondlari  boyligini  ochish,  tobora  o‘sib 
borayotgan 
axborot 
oqim idan 
foydalanishda  kataloglardan 
tashqari  boshqa  bibliografiya  vositalari,  adabiyotlar  ro‘yxati,  bib­
liografik  obzor,  bibliografik  ko‘rsatkichlar,  kartoteka  va  internet 
m a’lum otlari  majmuyi  ham   am alga  oshirildi.  B ulardan  tashqari, 
bibliografik  qo‘llanm alarning  barcha  turlaridan  kutubxona  kata- 
loglariga  eng  o ‘xshashi  bibliografik  kartotekalar  hisoblanib,  ular
1  Introduction  to  Library  and  Information  Science.-3.1  Collection
development.—p.  31
11

kutubxona  m a’lum ot  -   bibliografik  apparatining  mustaqil  qis- 
m in i  tashkil  etadi.
K artotekaning  katalogdan  asosiy  farqi  shuki,  katalog  kutub­
xona  fondida  aniq  mavjud  nashrlarni  aks  ettiradi.  K artoteka­
ning  m azm uni  ko‘pincha  kengroq  bo‘ladi,  unga  kitob,  m aqola va 
boshqa  m ateriallarning  kutubxonada  aniq  bo‘lish-bo‘lm asligidan 
q at’i  nazar tasviri  kiritiladi.
1.2.  Alfavit  katalogni  tashkil  qilish  xususiyatlari
Alfavit  katalog  -   m ualliflar familiyalari,  m uallif sifatida qabul 
qilingan m uassasa va  tashkilotlar,  asarlarning sarlavhalarining al­
favit tartibida joylashtirilgan katalogidir.  U  h ar bir kutubxona ka­
taloglari  sistemasida majburiy,  tarkibiy qism hisoblangan1.  H ozir­
gi  zam on  A xborot-kutubxona  m uassasalarida  u  elektron  katalog 
bilan  bog‘liqdir.
Alfavit  katalogi  kutubxonada  axborot, 
qidiruv  spravka 
(ma’lumot)  beruvchi  vazifalarni  bajaradi.  C hunki,  m a’lum  m ual- 
lifning  barcha  asarlarini  ularning  m azm unidan,  shu  shaxs  m us­
taqil  m uallif yoki  m uallifdosh,  m uharrir  yoki  tarjim on,  tuzuvchi 
yoki  sharhchi  va  shu  kabilar sifatida  ishtirok etishidan qat’i  nazar 
bir joyga  to‘plash  im konini  beruvchi,  ya’ni  katalogda  m ualliflar 
kompleksini  hosil  qiluvchidir.
Alfavit  katalogi  kutubxona  fondini  m ualliflik belgisi  bo ‘yicha 
ochib  beradigan  va  kitobxonga  m uallifning  familiyasi,  jam oa- 
ning  nom i,  nashrning  sarlavhasi  bo'yicha  m a’lum  b o ig a n   kitob- 
ni  izlashni  ta ’m inlaydi,  uning axborot va qidiruv vazifalarini b a­
jaradi.
Alfavit katalogini Mualliflar kompleksi,  deb  aytilishi bejiz emas, 
chunki  boshqa  hech  bir  an ’anaviy  katalogda  kutubxona  fondining 
m azm uni  bu  katalogchalik  ochib  berilmagan.  Asarlari  fondda 
mavjud  bo‘lgan  m ualliflarning  hammasi  alfavit  katalogida  aks  et- 
tirilavermaydi,  shuning  uchun  «mualliflar  kompleksi»  term inini 
shartli  deb  tushunm oq  kerak.  To‘rt  va  undan  ortiq  m ualliflar  to-

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Kutubxonashunoslik arxivshunoslik kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. Axunjanov E.pdf [Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> V a z I r L i g I


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling