Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Ganiyeva  B.  Hujjatlarga  analitik-sintetik  ishlov  berish:  Sistemali


Download 5.22 Mb.
Pdf просмотр
bet2/20
Sana08.12.2019
Hajmi5.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

1  Ganiyeva  B.  Hujjatlarga  analitik-sintetik  ishlov  berish:  Sistemali 
katalog..—Т.,  2010.16-b.
12

monidan  yozilgan  kitoblarni  tasvirlashda  qo‘shimcha  tasvir  sifati­
da,  odatda,  birinchi  m uallif familiyasiga  qo‘shimcha  tasvir beradi.
To‘plam,  asarlar,  ilm iy  ishlarga  kiritilgan  maqolalardagi  bar­
cha  m ualliflarning  ism i-shariflari  aniq  ko‘rsatilmaydi.  Alfavit 
katalogining  m a’lum ot  beradigan  vazifalari  bosh  (asosiy)  alfavit 
katalogi yordam ida  am alga  oshiriladi.  K utubxonalarni komplekt- 
lash,  qancha  kitob  borligini  va  necha  nusxada  ekanligini  tek­
shirish  zarur  bo‘lganda,  yangi  kitoblarga  ishlov  berish,  biblio­
grafik  qo‘llanm alarni  tuzishga  aloqador  har  qanday  m a’lum otlar 
ana  shu  bosh  (asosiy)  katalogdan  olinadi.
Alfavit  katalogi  resurslarni  targ ‘ibot  qilish  vositasi  bo‘lib,  u 
xizm at  qilish  va  kitobxonlarga  o ‘zlarini  qiziqtirgan  asarlarini 
topishlarida  yordam  berish  va  shu  orqali  ayrim  darajada  yangi 
qiziqishlarini  uyg‘otishi  m um kin.
Kutubxona  fondini  m ualliflar  tarkibi  bo‘yicha  ochib  berish 
qim m atli  aham iyatga  ega.  Alfavit  katalogining  asosiy  xususi­
yati  -   u   bilan  ishlashning  oddiyligidir.  Qidirilayotgan  resurs 
haqidagi asosiy bibliografik m a’lum otlarni bilish,  alfavit katalogi- 
dan  u n i  topish  uchun  yetarlidir.  Kitobxon  resurs  haqida  zarur 
m a’lum otlarni  bilm asa  ham   yordam chi  tasvir  va  yordam chi  kar­
tochkalar  vositasida  un i  topa  olishi  m um kin.  Yo‘naltiruvchi  va 
m a’lum ot  beruvchi  kartochkalar  yordam chi  kartochkalarga  ham  
taalluqlidir.  Yordamchi  kartochkalar,  yordam chi  tasvirlardan jid- 
diy  farq  qiladi,  chunki  ularda  bibliografik  tasvir bo‘lmaydi* va  bi- 
ror  muayyan  nashrga bog‘liq  emas.
Yo‘naltiruvchi  (ссылочные)  kartochkalar ikki  turga bo‘linadi.
1.  U m um iy  kartochkalar.
2.  Xususiy kartochkalar.
U m um iy  yo‘naltiruvchi  «qarang» 
(
c m
.) 
so‘zi  —  kitobxonni  rad 
etilgan m uallif familiyasi yoki m uassasa nom idan tasvir sarlavha- 
sida  qabul  qilingan  formaga  yo'llaydi1.
Ayrim  m ualliflar  o ‘z  asarlarini  haqiqiy  familiyalari  ostida, 
boshqalari  esa bir  yoki  bir  necha  taxallus  ostida  nashr  ettiradilar. 
Ayrim lari  esa  asarlarini  ham   fam iliyalari  bilan  ham   taxalluslari
1  Library  Classification  Theory /   Rai  Technology  University,  2 0 1 4 .-  p.41
13

bilan  nashr  ettiradilar.  Alfavit  katalogida  ayni  bir  m uallifning 
asarlarini,  doimo  bir  xil  nom ida,  ya’ni  eng  ko‘p  tanish  bo'lgan 
haqiqiy  familiyasida  yoki  taxallusida  aks  ettiriladi.
Xususiy  havolalar  «shuningdek,  qaralsin»  (см.  также)  so‘zlari 
yordam ida  o‘zaro  bir  tasvir  sarlavhasidan  boshqasiga  m azkur  ka­
talogda  qabul  qilinganiga  yo‘llaydi.
Yo‘naltirishning  bu  tu ri  asosiy  nom i  o ‘zgargan  muassasa  yoki 
tashkilotlarning  rasmiy  nashrlarini  tasvirlashda qo ‘llaniladi.
Y irik  kutubxonalarda  xususiy  havolalar  turli  alfavit  qatorida- 
gi  bir  xil  sarlavha  (kitob  nom lari)ni  bog‘lashda  ham   qo‘llanishi 
m um kin.
M a’lum ot  kartochkalari  ham   havolalar  singari  tasvirga  ega 
bo'lm aydi.  U lar katalogda muayyan yakka yoki m ualliflar jam oa- 
sining  asarlarini  qidirib  topishga  mo‘ljallangandir.
Tipovoy sarlavha  (nom )lar uchun  bir m arta tuzilgan  m a’lum ot 
kartochkalari 
bir 
qator 
qo‘shim cha 
tasvirlarning 
o‘rniga 
qo‘llaniladi,  bu  katalogni  ortiqcha  kartochkalar  bosib  ketishidan 
saqlaydi,  shu bilan birga  kutubxonachining  vaqti  ham   tejaladi.
Bosh  (asosiy)  alfavit katalogida kutubxona fondi  haqidagi bar­
cha m a’lum otlar to ‘planishi va uning kataloglarida ochib berilgan 
bo‘lishi  kerak.  Bunga kutubxona belgilari,  ya’ni  xizm at yozuvlari 
yordam ida erishiladi.  U lard an  biri kartochkaning  oldi tom oniga, 
ikkinchisi  orqa  tom oniga  yoziladi.  Kutubxona  belgilariga:
•   inventar nomeri;
•   yordam chi  tasvirlar  haqida  m a’lumot;
•   to liq   indeks;
•   predm et  rubrikalari  taalluqlidir.
Shifr  —  m atbuot  asarini tokchadagi  o‘rn in i  shartli belgisidir.
Alfavit  katalogidan  asosiy  va  barcha  yordam chi  tasvirlarning 
kartochkalarida,  shuningdek,  boshqa  katalog  va  kartotekalarda 
old  tom onining  yuqori  chap  burchagida  ko‘rsatiladi.
Inventar  —  tartib  raqam i  bo'lib,  m azkur  asar  kutubxonaga 
keltirilganda  shu  raqam   bilan  inventar daftariga  kiritilgan1.
1  Ganiyeva  B.  Kutubxona  kataloglari.—Т.:  Fan,  2012.14-b.
14

Inventar raqam ning kartochkalarda ko'rsatilishi m azkur kitob­
dan  qancha  nusxasi  borligini  tezda  aniqlash  im konini  beradi. 
U lar (bosh)  asosiy alfavit katalogi kartochkasining orqa tom onida 
ko'rsatilgan.  K itoblarning  inventar-form ati  bo‘yicha  joylashtiri- 
ladigan  ham da  inventar  raqam i  ayni  bir  vaqtda  kitobning  shifri 
xizm atini  o ‘taydigan kutubxonalar bundan  mustasnodir.
Yordamchi  tasvirlar  haqidagi  m a’lum otlar  —  yordamchi  tas- 
virlardan  qaysi  biri  alfavit  katalogiga  asarning  asosiy  tasvirlari- 
ga  qo‘shimcha  sifatida  kiritilganligini  aniqlash  im konini  beradi. 
Bunday  m a’lum otnom alar kutubxona  fondidan  chiqarilgan  kitob­
lar kartochkalarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Yordamchi  tasvirlar  haqidagi  m a’lum otlar,  odatda,  faqat  bosh 
alfavit  katalogi  kartochkalari  asosida  tayyorlanadi.
To‘liq  indeks  —  kitob  sistemali  katalogining  qaysi  bo‘lim ida 
turganligini  aks  ettiradi,  alfavit  va  sistemali  katalogning  asosiy 
kartochkalariga  qo‘yiladi.
Predm et  rubrikalari  kitobning  predm et  katalogida  qanday 
aks  etttirilganligini  ko‘rsatadi.  Yana  u   alfavit  katalogini  predm et 
katalogi  bilan  bog‘lab  oxirgisidan  ro ‘yxatdan  chiqarilgan  kitoblar 
tasvirlarini  olishni  tezlashtiradi.
Predm et pubrikalari asosiy tasvirning orqa tom onidan yordam­
chi tasvirlar haqidagi m a’lum otlardan biroz pastroqda ko‘rsatiladi.
Katalogni  tashkil  etish  o ‘zaro  uzviy  bog'langan  quyidagi jara- 
yonlardan:
1.  Katalog  pasportini  tuzish.
2.  K artochkalarni joylashtirish.
3.  Katalogni  rasmiylashtirish.
4.  K atalogdan  foydalanishda  yordam chi  qo‘llanm alar tuzish.
5.  Katalogni  ta h rir  qilishdan  iborat  m urakkab  ishlardan  tash­
kil  topgan.
Bular  barcha  kataloglarni  tashkil  etish  uchun  asosiy  bo'lgan 
operatsiyalar  tarkibida  aks  ettiriladi1.
1  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi: 
Ommaviy  kutubxonalar  uchun  jadval.  /Е .  Y o‘ldoshev  tahriri  ostida.  —  Т.: 
0 ‘zbekiston,  2003.18-b.
15

H ar  bir  katalogni  tashkil  qilishning  xususiyati  -   uning  pas- 
p orti  -   katalog  haqidagi  asosiy  m a’lum otlar  qayd  etilgan  xizm at 
hujjatini  tuzishdan  boshlanadi.  Alfavit  katalogiga  m onand  —  bu 
katalog  tashkil  etilgan  sana,  uning  maqsadi,  fondining  qamrovi, 
tasvir  uslubiyati,  yordam chi  tasvirlarning  qo llan ilish i,  katalogga 
tegishli  yordam chi  qo‘llanm alarning borligidir.
Alfavit  katalogini  tuzishni  faqat  texnik  ish  deb,  kartochkalarni 
alfavit tartibi va joylashtirishdan iborat deb qarash xato hisoblanadi.
Alfavit  katalogida  kartochkalarni joylashtirish  bosm a  m ahsu- 
lotni  tasvirlash  uslubiyoti  bilan  bog‘lanadi  va  tasvirning  asosiy 
qoidalari  asosida  tuziladi.  Adabiyotlarni juda  tez  topish  va  kata­
logdan  foydalanishning  qulayligi  kartochkalarni  joylashtirish
usullariga bog‘liq.
Alfavit  katalogining  vazifalariga  ko‘ra  kataloglarni  joylashti- 
rishning  asosiy  m etodi  -   qat’iy  alfavit  hisoblanadi.
Tasvirlar ularni boshlanish  so‘zlaridagi  harflar tarkibiga  qarab 
joylashtiriladi.  Fam iliya,  muassasa  va  tashkilot,  sarlavha  (nom) 
bilan  qilingan  tasvirlar  yagona  alfavit  qatoriga  joylashtiriladi. 
So‘ngra  nom   (ism)  yoki  butun  gaplarni  alfavit bo‘yicha joylashti- 
rishning  ikki usuli  m a’lum.
Birinchi  usuli  «so‘z»  ketidan  «so‘z»,  ikkinchi  usuli  «harf»  keti- 
dan   «harf»  nom ini  olgan.
Kitobxon  zarur  nashrni juda  tez  topishida,  shuningdek,  ayrim 
yakka  va  m ualliflar jam oasining  asarlarini  targ‘ibot  qilishga  yor- 
dam   berish  uchun  ayrim   hollarda  tasvirlarni  kutubxonada  alfavit 
tartibida guruhlash  o'rniga logik «mantiqiy»  komplekslar yaratish 
maqsadlidir.  M asalan:  bir  m uallifning  ham   alohida,  ham  asarlari 
to ‘plam lari  bo‘lsa,  bu  barcha  asarlarning  tasvirlarini  2  guruhga 
bo ‘lib joylashtirishni  tashkil  etiladi.
B irinchi  guruhiga  asarlar  to ‘plam lari  aks  ettirilib,  ular  guruh 
ichida  nom lari  alfavit  tartibida  emas,  balki  nashrlar  toUiqligi  ka- 
mayib  boruvchi  m antiqiy  tartibda joylashtiriladi.
•   t o l a   asarlar to‘plam i;
•   asarlar to ‘plami;
•   asarlar;
•  tanlangan  asarlar;
16

•   saylangan  asarlar.
Bu  asarlar  to‘plam i,  m asalan,  hikoyalar,  kundaliklar,  biror 
asarning  ayrim  qism lari,  parchalarning  tasvirlaridan  q at’i  nazar 
ikkinchi guruhga kiradi.  Tasvirlar ikkinchi guruh doirasida nom - 
lar  bilan  joylashtirish  um um iy  qoidalariga  binoan  nom lar  (sar- 
lavhalar)ni  birinchi  so‘zlaridagi  alfaviti  bo‘yicha joylashtiriladi.
Kataloglarni  rasmiylashtirish  deganda  kartochkali  alfavit 
kataloglarida  ajratilgan  va  yashiklardagi  yozuvlar  vositasida  ras­
miylashtirish  tushuniladi.  Alfavit  kataloglarida  turli  formadagi: 
o‘rtasi turtib  chiqqan,  kartochkaning eniga — o ‘ng va chap tom o- 
niga  2/3,  1/3  va j  turtib  chiqqan  ajratkichlar qo‘llaniladi.
Ular  o‘z  vazifalariga ko‘ra:
•   alfavit  katalogida  m o‘ljallash  uchun;
•   m a’lum ot  tipidagi;
•   bibliografik  turdagi  ajratkichlarga  bo lin ad i.
Alfavit  katalogida  mo'ljallash  uchun  harf,  bo‘g‘in  va  so‘zli 
ajratkichlar taalluqlidir.
H a rf  ajratkichlar  m azkur  harfdan  boshlanuvchi  tasvirlarni 
cheklaydi.
Bo‘g‘in  ajratkichlari  m azkur bo‘g‘in  yoki bir necha  bo‘g‘indan 
boshlanuvchi  tasvirlarni  ajratadi.
H arf va bo‘g‘in ajratkchilari odatda kichik kataloglarda ishlatiladi.
So‘zli  ajratkichlar  —  butun  so‘z  (familiya)  yoki  bir  necha 
so‘zlarni  ko‘rsatib,  ayni  bir  so‘zdan  boshlanuvchi  sarlavha  (nom) 
li  kartochkalar  ko‘p  m iqdorda  to ‘planib  qolganda,  ju d a  m ashhur 
va tez so‘raladigan m ualliflarga q o llan ilad i.  H a rf va bo‘g‘ in ajrat­
kichlari odatda biroz turtib chiqqan bo‘ladi:  so'zli ajratkichlar eng 
keng  va  o ‘rtasida biroz turtib  chiqqan joyi  bo'ladi.
Ayrim  m uallif familiyalarini  ajratib  ko'rsatish  m aqsadida  o ‘ng 
tom ondan  turtib  chiqqan,  m ualliflar  jam oasi,  nom i  (sarlavhasi) 
yoki  kitoblar  nom lari  uchun  chap  tom oni  turtib  chiqqan  alohi­
da  asar  uchun  bir  o ‘ng  va  bir  chap  tom oni  turtib  chiqqan  ajrat- 
kichlardan  foydalaniladi1.

Ayrim  ajratkichlarda  familiyadan  tashqari  to£liq  ismi,  otasi- 
ning  ismi,  yashagan  yillari,  faoliyati  sohasi,  kasbi,  ilmiy  darajasi, 
unvoni,  faxrli  unvoni  va  m uallifi,  davlat  mukofotiga  ega  b o £lgan 
asarlarning  nom ini  yozishga  ruxsat  etilgan.
Ma’lumot  tipidagi  ajratkichlar  ayni  bir  joylashtirish  so£ziga 
ega bo£lgan kartochkalarni joylashtirish tartibini ko£rsatish  uchun 
q ollaniladi.  M asalan:  ajratkich  bir  m uallif asarlari,  tasvirlari  ol- 
dindan,  ayni  bir  asarning  turli  nashrlar  oldidan,  m ualliflar  ja- 
moasi  tom onidan  qilingan  tasvirlar  oldidan  qo£yiladi.  M a’lum ot 
tipidagi  ajratkichlarni  izlash  muayyan qiyinchiliklar bilan bog£liq 
bo£lgan  tasvirlar  oldidan  qo'yish  zarur.  Bunga  sarlavhasi  standart 
so'zlar  bilan  boshlanadigan  nashrlar:  «instruksiya»,  «esdalik», 
«programma»  va boshqalar  kiradi.
M a’lumot  turidagi  ajratkichlar  uchun  o£rtasi  turtib  chiqqan 
ajratkichlar  qo£llaniladi.  Agar  m atn  ajratkichga  sig£masa  uning 
davomi  u n dan  keyingi  katalog  kartochkasiga  yoziladi.
Bibliografik  ajratkichlar  -   m uallif  ajratkichlarining  bir  turi- 
dir.  U larda  m ualliflar va  ularning  asarlari  haqidagi  m a’lumotlar, 
familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi,  yashagan  yillari,  m uallif  o £z 
asarlariga  bergan  taxallusi,  mutaxassisligi,  ilm iy  darajasi,  faxrli 
unvoni, ju d a  qisqa  qilib  keltiriladi.
Katalogda  ajratkichlar  m iqdori  qancha  bo£lishi  kerakligini 
faqat  kitobxonlarning  katalogidan  foydalanishlarini  kuzatish  aso- 
sida  aniqlash  m um kin.  Kutubxonalar  am aliyotida  ularni  3 -5   sm 
dan,  ya’ni  60—75  kartochkadan  keyin  qo£yish  qabul  qilingan. 
Shunday  qilib  1000  ta  kartochka  sig£adigan  standart  katalog  ya- 
shigiga  15  tad an   20  tagacha  ajratkich  to £g ‘ri  keladi.
K artochka  va  ajratkichlar  qo‘yilgan  katalog  yashiklari  va 
shkaflarga  ularning  m azm uniga  mos  keluvchi  yozuvlar  tayyor- 
lanadi.  Yozuvlar  yashikning  old  tom oniga  joylashtiriladi.  K u­
tubxonada  tarkib  topgan  am aliyot  va  katalogning  o £lcham lariga 
ko£ra,  yozuvlar h ar bir yashikdagi  birinchi va oxirgi kartochkalar, 
sarlavhasini  yoki  faqat  tasvirlar  sarlavhasi  boshlanadigan  h a rf va 
bo£g£inlarni  ko£rsatib  turishi  m um kin.
Katalog  shkaflarida  belgilangan  tartibni  saqlash  uchun  bar­
cha  yashiklarni  raqam lab  chiqish  zarur.  Yashiklar  yoniga  qarab
18

(chapdan  o ‘ngga)  yoki  yuqoridan  pastga  raqam lanadi.  Y irik  ku­
tubxonalarda  ikkinchi  usul  qo‘llaniladi.
Kartochka  ajratkichlar  joy-joyiga  qo‘yilib,  yashiklarga  kerakli 
yozuvlar  qo‘yilgandan  so‘ng  katalog  tashkil  etildi,  deyish  m um ­
kin.  H ar bir katalog yangi  kelgan asarlar tasviri  yozilgan kartoch­
kalar bilan to ‘ldirilib  turilishi  talab  qilinadi.
Kutubxonada  kitobxonlarga  kutubxona  fondi  haqida  to£liq 
va  h ar  tom onlam a  axborot  berish,  kerakli  nashrlarni  izlashni 
ta ’m inlash,  kitoblarni  tanlashlarida  yordam  berish  singari  nati- 
jalarga  erishish  taqozo  qilinadi.  K ataloglar h ar doim   ko‘zdan  ke- 
chirib  turilishi  kerak.
Katalog  tahriri:
1.  K undalik joriy  tekshirish.
2.  Rejali  davriy tekshirishlardan  iborat.
Joriy  tahrir  kartochkalarini  joylashtirish  va  katalogdan  foy­
dalanish jarayonida  amalga  oshiriladi.  Bu  tahrir:
1.  Tasvirlar sarlavhalarining  bibliografik  tahriri.
2.  K artochkalarni joylashtirishning  to ‘g‘riligini  tekshirish1.
Kataloglar  uzoq  vaqt  davomida  yaratiladi.  Kutubxonalarda
joriy  ta h rir  bilan  birga  rejali  tahrir  h am   qilinadi.  Kataloglarning 
joriy  tahriri  qanchalik  puxta  qilinm asin,  baribir  undagi  barcha 
xato  va  nuqsonlarni  b artaraf  etib  boim aydi.  Joriy  ta h rir  davo­
m ida  nuqsonlarning  barchasi  aniqlanm asligi  m um kin,  ikkinchi- 
d an   aniqlanganda  ham   jiddiy  ish  olib  borm ay  turib  ham m asini 
tuzatib  boim aydi.
Rejali  tahrir:
1.  K artochkalarni  katalogda joylashtirilishini  tekshirish.
2.  Tasvirlarni  «yagona  qoidalar»ning  so‘nggi  nashriga  binoan 
to ‘g‘riligini  aniqlash.
3.  Tasvirlar  sarlavhalarining  to ‘liqroq  va  aniq  formasiga  kelti­
rish  uchun  bibliografik  ta h rir  qilish  (ismi,  otasining  ismi,  uning 
to ‘liq  yozilishi,  m ualliflarni  aniqlash,  familiyasi  bir  xil  muallif- 
larni  chegaralash).
1  Abdulwahab  Olanrewaju  ISSA,  Fundamentals  o f  library  and  information 
science.  /  Abdulwahab  O.  ISSA.  -   Ilorin  Publisher,  2009.  -   p. 12.
19

4. 
K atalogni  ajratkichlar  bilan  ta ’m inlanganligini  va  katalog 
um um an  qay  darajada  rasm iylashtiriganligini  tekshirish jarayon- 
laridan  tashkil  topadi.
K ataloglarni  rejali  tah riri  ikki  yo‘l:  yalpisiga  va  tanlab  tek­
shirish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.
Yalpisiga  tekshirish  katalogiga  kiritilgan  barcha  tasvirlar  ket- 
m a-ket,  harfm a-h arf ta h rir  qilishni  nazarda  tutadi.
Tanlab  tekshirish  katalogning  ayrim   qism larida  o‘tkazish  n a ­
zarda  tutiladi.  Tanlab  ta h rir  qilishda  ayrim   nozarur  uchastkalar 
tekshirilm ay  qolishi  m um kin.
K ataloglar 
kutubxona 
ro‘yxatidan 
chiqarilgan  kitoblar­
ning  yordam chi  kartochkalarini  olib  tashlash  ham da  katalogda 
kerakli  barcha  qo'shim cha,  seriya,  analitik  tasvirlar,  havola  va 
m a’lum otnom a  kartotekalari  bor-yo‘qligini,  yashiklarni  ajrat­
kichlar bilan  ta ’m inlash darajasini  puxta tekshirishlarsiz  tasavvur 
qilib  bo‘lmaydi.
K atalogni  ta h rir  qilishda  hatto  kichik  kutubxonalar  kata- 
logining  o‘zidagi  m ateriallar  bilan  cheklanib  bo'lmaydi.  Bunda 
qo‘shim cha  ravishda  ensiklopediya,  spravochnik,  bibliografik 
ko‘rsatkichlardan,  ba’zan  esa  kitobning  m atn in i  ko‘rib  chiqish 
foydadan  xoli  bo‘lmaydi.
Alfavit  katalogini  tah riri  tasvirlarni  kitob  fondi  bilan  taqqos- 
lashni  (to‘liq va qisman) ba’zan kitoblar,  sistemali,  katalog,  kitob­
lar  form ulyarlaridan shifrlarni  alm ashtirishni  sh art qilib  qo‘yadi.
Nazorat  savollari:
1.  Kutubxona  kataloglari  va  ularning  aham iyatini  tushuntirib 
bering.
2.  Alfavit  katalogining  sistemali  katalogdan  farqli  jihatlarini 
asoslab  bering.
3.  Fondlarni  to ‘liq  aks  ettirish  bo‘yicha  kataloglarning  bir- 
biridan  farqini  ayting.
4.  M arkaziy  kataloglar  qanday  m uassasalar  fondini  aks  etti- 
radi?
5.  Kutubxona  kataloglarining  turlariga  xarakteristika  bering.
20

2-bob.  BIBLIOGRAFIK TASVIRNING  NAZARIY 
ASOSLARI.  TASVIR NAZARIYASI  VA  METODIKASI 
TARAQQIYOTI
2.1.  Tasvirlash  ilmiy  axborot  elementlaridan  biri.
Tasvir prinsiplari
Bosma  asar  yoki  mavjud  resurs  haqidagi  m a’lum otlar 
yig‘indisiga  bibliografik  tasvir  deyiladi.  Bibliografik  tasvir  uchun 
asosiy m anba  hujjatning  o ‘zi  hisoblanadi.
Bibliografik  tasvir  —  resursning  m azm unini,  qanday  kitob­
xonlarga  mo‘ljallanganligini,  uning  m uallifini,  sarlavhasini,  kim  
tom onidan  va  qachon  nashr  etilganini,  un i  nashrga  tayyorlashda 
qatnashgan  shaxslar,  resursning  hajmi  va  boshqa  m a’lum otlarni 
yoritib beradi.
Kutubxonachi  hujjat tu rin i,  uning xarakterli belgilarini  farqlay 
olishi  kerak.
Axborot-kutubxonalar fondlarining  ko‘p  qism ini kitoblar egal- 
laydi.
Tasvirlash  m etodikasidan  oldin  kitob  turlari,  un i  tuzilishi, 
hujjat  elementlari  deb  ataluvchi  ayrim   m asalalar  bilan  tanishib 
chiqish  lozim.  H ujjatni  m azm uni  em as,  uni  bezatilishini  ham 
tushunib  olish  hujjat  tu rin i  to ‘g ‘ri  tasvirlashga  im kon beradi.
Muallifli resurslar — m uallifi  ko‘rsatilib  nashr qilingan  resurs- 
lardir.  0 ‘z  navbatida  ular  bir  darajali  va  ko‘p  darajali  (individual 
yoki  bir  nechta  m uallifli)  nashrlar  (hujjatlar)  bo‘lishi  ifiumkin. 
Bir  darajali  (individual)  yoki  yakka  m uallif deganda  asarni  yoz- 
gan  yoki  bir  nechta  m uallifning  asarlarini  to‘plab,  nashrga  tay- 
yorlagan  shaxsni  —  tuzuvchini  tushunish  m um kin.
To‘plam  —  turli  xil  hujjatlar:  adabiy,  ilm iy va  boshqa  asarlarni 
o ‘z  ichiga  oladi.
To'plam lar  bir  m uallifning  asarlaridan  tuzilgan  muallifli 
to‘plamga,  bir  nechta  m uallifning  bitta  mavzuga  oid  asarlarini 
qam rab  olgan  umumiy  sarlavhaga  ega  bo‘lgan  to‘plamlarga  yoki 
bir  nechta  m ualliflarning  bitta  mavzuga  oid  asarlarini  yoki  turli 
masalalarga bag‘ishlangan asarlarini  o ‘z  ichiga  olgan  umumiy sar­
lavhaga  ega  bo‘lmagan  to‘plamlarga  bo‘linadi.
21

Tasvir tuzish  metodikasiga qarab  m uallifli va sarlavhali tasvir- 
larga  bo ‘linadi.
Hujjatlarni  tasvirlash  -   keng  m a’noda  ishlatilib,  m a’lum  tar- 
tibda joylashgan  nashrlar haqida  m a’lum otlar beradi.
H ujjatlarni  tasvirlashda  —  hujjatning  turini,  ularning  aham i- 
yatini,  nashrning  yoki asarning xarakteristikasini tashkil qiluvchi 
m a’lum otlarni juda yaxshi  bilish  talab  qilinadi.
Hujjatlarni  bibliografik  tasvirlash  —  kitobxonga  hujjatning 
m azm unini  va  iste’molchi  uchun  zarur  aham iyatini  to ‘liq  ochib 
berishdir.  Kutubxonaga  kelgan  kitobxon  hujjat  to‘g‘risidagi  dast­
labki  m a’lum otni  ko‘pincha  bibliografik  ko‘rsatkichlardan  bilib 
oladi.  Shuning  uchun  bibliografik  tasvir  bilan  katalog  tasviri 
o‘rtasida  farq  bo‘lishi  kerak  emas,  balki  ular  o ‘zaro  bog‘langan 
holda b o lis h i  kerak.  Kutubxona kataloglar ini tuzishda hujjatlarni 
bibliografik  tasviri  asos  bo‘ladi.  Barcha  m am lakatlar  o‘rtasida 
bibliografik  m a’lum otlarni  alm ashlash  uchun  (IFLA )  Xalqaro 
H ujjatlar  Assotsiatsiyasi  va  m uassasa  federatsiyasi  doirasida  u n i­
versal  hisobga  olish  xizm ati  tashkil  qilingan.  Shu  asosda  k u tu b ­
xona  kataloglari  va bibliografik tasvir  uchun  tuziladigan  tasvirlar 
bir  holatga  keltirilgandir.
Axborotlashtirish, 
kutubxonashunoslik  va  nashriyotchilik 
ishi  standartlari  tizim iga  kiruvchi  0 ‘zbekiston  Davlat  S tan­
d a rd   —  2009-yil  14-aprelda  1215  raqam i  ostida  tasdiqlandi1. 
Xalqaro  talablarga  asoslangan  «Библиографическая  запись. 
Библиограф ическое  описание  —  G O ST  7,1—2003  (G O ST 
7,1—2003  —  «Bibliografik  yozuv,  Bibliografik  tasvir)ga  asoslanib 
tasdiqlangan—  Axborotlashtirish,  kutubxonashunoslik  va  nashri­
yotchilik  ishi  standartlari  tizim iga  kiruvchi  0 ‘zbekiston  Davlat 
Standartining  buyurtm asiga  ko‘ra  kutubxonachilik  va  nashriyot 
ishi  sohasida  m e’yoriy huquqiy hujjatlarni  ishlab  chiqish  bo‘yicha 
maxsus  ishchi  guruhi  (X.M am atraim ova,  D.Kudratova)  tom oni­
dan  ishlab  chiqildi.  M azkur  standart  (O’zD St  1215—2009)  2009-
1  0 ‘zDSt  1215:  Bibliografik  yozuv.  Bibliografik  tavsif.  Umumiy 
talablar va  tuzish qoidalari.—T .:0 ‘zStandart,  2009.—86  b.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Kutubxonashunoslik arxivshunoslik kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. Axunjanov E.pdf [Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> V a z I r L i g I
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Erkin axunjanov kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling