Axborot kutubxona katalogi va fondi


Download 5.22 Mb.
Pdf просмотр
bet4/20
Sana08.12.2019
Hajmi5.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

sifikatsiyalash  deganda  ularni  m azm uniga  muvofiq  tarzda  g u ­
ruhlarga  ajratish  nazarda  tutiladi.  Faqat  bilim   sohalariga  ko‘ra 
guruhlarga  ajratishga  matbuot  asarlarini  klassifikatsiyalash  deb 
aytiladi.  K itobxonlarning  turli  ehtiyojlarini  qondirishda  shu 
tarzd a hujjatlarni  m azm uniga  ko‘ra klassifikatsiyalash maqsadga 
muvofiqdir.
Shunday qilib,  hujjatlarni bilim ning m uayyan sohasiga m uno- 
sabati  belgisiga  qarab  klassifikatsiyalash  kitobxonlarni  o‘zlariga 
aynan  kerakli  adabiyotni  tanlab  olishlariga  im kon  beradi.
Klassifikatsiyalash  jarayoni  Axborot  resurs  m arkazlari,  Ax­
borot-kutubxona m arkazlari kutubxona fondlarini har tom onlam a 
chuqur  yoritib  berish,  kitobxon,  kutubxonachini  unum li  ishla- 
shiga  im kon yaratadi2.
Kutubxona—bibliografiya  ishi  nazariyasi  va  amaliyotida  huj­
jatlarn i  klassifikatsiya  tushunchasi  deb,  aynan  sistemali  (fan  so­
halari  bo ‘yicha)  klassifikatsiyaga  aytiladi.
Sistemali  klassifikatsiyaning  asosiy  xususiyatlari  shundan 
iboratki,  bunda  barcha  bilim lar  majmuasi  fan  sohalarining 
bo‘linishiga  asoslanib,  alohida  bo‘lim larni  hosil  qiladi.  Bo‘lim 
ichida  yana  mayda  bo‘linm alar  va  bo'lim chalar  tashkil  qilinadi. 
Bu  bo ‘linm alarning  h ar birida  bilim ning  muayyan  sohalariga  te-
1  Brian  Buchanan,  Theory o f Library  Classification,  C.  Bingley.—  p.32
2  Ganiyeva  B.  Kutubxona  kataloglari.  0 ‘quv  qo‘llanma.  —  Т.:  Fan,  2012.
-   b.  29
34

gishli m asalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi.  B o'linm alar 
ichida yana  kichik bo‘lim chalar  hosil  qilinadi.
Klassifikatsiya  bo ‘lim larini  um um iy  tushunchadan  (ya’ni 
bo‘limdan)  xususiy,  ju z ’iy  tor  m a’nodagi  tushunchaga  bo‘linm a, 
bo'linm achalarga  o‘tishi  ierarxik  —  sistemali  tartib  deyiladi.  M a­
salan,  musiqa  tushunchasi  um um iy  deb  olsak,  vokal  musiqasi,  es- 
trada orkestri -  bu xususiy tor m a’noni anglatadigan tushunchalar.
Bo‘lim,  bo‘lin m alar  va  bo ‘linm achalarni  ierarxik  bog‘lanishi 
kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini  asosini  tash ­
kil  etadi.
Sistemali  kataloglar  ham da  Axborot-resurs  m arkazlari,  Ax- 
borot-kutubxona m arkazlari, kutubxonalarning fondlari ham  xud- 
di  shu  klassifikatsiya asosida  tuziladi.  Klassifikatsiya bo‘lim larini 
um um iydan  (bo‘lim dan) ju z ’iyga  (bo‘linm a  va bo‘linm achalarga) 
tom on  bunday joylashtira  borish  sistemali  tartib  deyiladi.  «Siste­
mali  joylashtirish»  va  «sistemali  katalog»  degan  tushunchalar 
shuning  mantiqiy  ifodasidir.
Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham  bilim ning h ar 
xil bo‘lim lari  bo‘yicha  kitob  va  kartochkalar bo‘lim,  bo‘linm alar, 
bo‘Unmachalan
  tashkil  qilinib  um um iydan ju z ’iyga yoki xususiy- 
ga  tom on  ketma-ket joylashtiriladi.
Um um iy  va  ju z ’iy  degan  tushunchalar  nisbiy  tushunchalar- 
dir,  albatta.  M asalan,  fizika  bo‘linmasi  -   tabiiy  fanlar  asosiy 
bo'lim iga  nisbatan ju z ’iydir  —  ayni  chog‘da  u  akustika,  optika  va 
boshqa mayda  bo‘linm alarga  nisbatan  umumiydir.
Klassifikatsiya  bo ‘lim larini 
um um iydan  ju z’iyga 
tom on 
joylashtirish  prinsipiga  am al  qilib,  ularning  nom larida  muay­
yan  izchil  tartib:  bo‘lim ,  bo‘linm a,  bo ‘lim cha  degan  tartib  bel- 
gilash  m um kin  bo‘lur  edi.  Biroq  kutubxonashunoslik  tajribasida 
«bo‘lim»  term ini  odatda  h ar bir bo‘linishga  nisbatan  q o llan ilad i, 
«bo‘linma»,  «bo'limcha»  term inlari  esa  bo‘lim ning  tobelik 
m a’nosini  bildirishi  lozim  b o lg a n   hollardagina  ishlatiladi.  M a­
salan,  «Akustika  bo‘limi»  ayni  chog‘da  bu  fizika  bo‘lim ining 
bo‘limchasi  deyiladi.
Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo‘llaniladi. 
Xuddi  kutubxona  sistemali  katalogi  singari  bibliografik  nashrlar-
35

da  ham   hujjatlarning  tasvirlari  m azm uniga  qarab,  bu  asarlarning 
m avzusini  ochib  beruvchi  rubrikalar  ostida  guruhlarga  ajratiladi. 
Bibliografik  nashrlarda  hujjatlarni  m azm uniga  qarab  guruhlarga 
ajratish  ham m a  vaqt  h am   bilim   sohalariga  qarab  klassifikatsi­
yalash  bilan bog‘layverilmaydi.
Bibliografik  nashrlarning  ko‘pchiligida  hujjatlarni  predm et 
katalogiga  yaqinlashtirib  predm et  asosida  guruhlarga  ajratish 
usullaridan  yoki  geografik  belgilariga  qarab,  guruhlarga  ajratish 
usulidan  foydalaniladi.  Bibliografiyaning  turli  xillarini  guruhlar­
ga  ajratishning  xarakteri  va  usullari  m azkur  nashrning  m aqsad- 
lari  bilan  belgilanadi.  Biroq  bilim ning  barcha  sohalariga  yoki 
ko‘p sohalariga oid  m atbuot asarlarini o ‘z ichiga oluvchi universal 
xarakterdagi  ko‘pgina  bibliografik  nashrlarda,  shuningdek  katta 
sohali  bibliografiyalarda  asarlar  rubrikalar  bo ‘yicha  guruhlarga 
ajratiladi  va  rubrikalar  sistemali  katalogning  tuzilishiga  o ‘xshash 
tartibda,  ya’ni bilim   sohalariga  qarab joylashtiriladi.
3.2.  Fanlarni  klassifikatsiyalash  tarixi
Fanlar klassifikatsiyasi tarixiga m urojaat qilsak,  har bir davrda 
yaratilgan  fanlar  klassifikatsiyasi  o‘z  zam onasining  talablariga 
muvofiq  ekanligini  ko'rish  m um kin.
Turli davrlarda yaratilgan kutubxona klassifikatsiyalari qancha­
lik  xilm a-xil  bo ‘lm asin,  ularning  barchasiga  xos  xarakterli  belgi 
bu  birm uncha  bo‘lsa  ham   fanlar  klassifikatsiyasiga  asoslangan- 
ligidir.  C hunki,  kutubxona  klassifikatsiyasining  h ar  bir  bo'lim i 
bilim ning  muayyan  sohasiga  muvofiq  keladi.
Fanlar  klassifikatsiyasiga  m aterialistik  dunyoqarash  nuqtayi 
nazaridan  kelib  chiqsak,  fanlarning  rivojlanishi  tabiatdagi  ro ‘y 
beradigan  hodisalarga,  tabiat,  materiya,  obyektiv borliqqa  asosla- 
nadi.
Idealistik  dunyoqarash  b o ‘yicha  m a’lum ki  —  ruh  birlam chi, 
tashqi  tabiat,  hayot  esa  ikkilam chi  deb  hisoblangan  edi.  F an ­
nin g   vazifasi  esa  tabiat  va  jam iyat  taraqqiyoti  qonuniyatlarini 
ochib  berishdan,  m ateriyaning  harakat  form alari  klassifikatsi­
yasiga  muvofiq  ravishda  tuzilishi  lozim.  F an lar  o ‘rtasidagi, 
obyektlar  o‘rtasidagi  m avjud  aloqa  ham da  m unosabatlar  fan-
36

lam in g   chinakam   ilm iy  klassifikatsiyasi  tuzilish in in g   asosini 
tashkil  qiladi.  Faylasuflar  va  o lim lar  ilm iy  b ilim ning  o‘zlari 
yashagan  davrdagi  darajasini  aks  ettirgan  fanlarning  klassifi- 
katsiyalari  —  sistem asini  tuzganlar.  Bu  sistem alardan  b a’zi  bir- 
lari  klassifikatsiyaning  kutubxona-bibliografiya  sistem alarini 
tuzishda  foydalanilgan  edi.  Bu  sxem alarni  tuzuvchilar  o ‘z  sxe- 
m alarida  assosiy b o ‘lim larn in g  joylashish  tartib in i  belgilaganlar 
va  b ilim larnin g   odatdagi,  fan larn i  klassifikatsiyalashning  ular 
tan lab  olgan sistem asida qabul  qilingan  sinflarga ajratishga m u­
vofiq  ravishda  detallashtirganlar.
Matbuot  asarlarini  klassifikatsiyalash  tarixidan.
Qadimgi  dunyo  va  ilk  o‘rta  asrlar
K utubxonachilik  ishi  va  bibliografiya  taraqqiyoti  tarixida 
kutubxona-bibliografiya  klassifikatsiyasi  sxem alarini  ishlab  chi- 
qish  katta  o‘rin   tutadi.  Juda  qadim   zam onlardayoq  o ‘sha  vaqt- 
dagi  mavjud kutubxonalarda qo‘lyozm alarni ularning m azm uniga 
ko‘ra  bir  qadar  sistemalashtirilgan,  qo‘lyozmalar  ro‘yxatlari  tu- 
zilgan,  bu  ro‘yxatlar katalog vazifasini  o'tagan  edi.  Afsuski,  kata- 
loglarning  asl  nusxalari  saqlanib  qolm agan  va  ularning  tuzilishi 
haqida  o‘sha  davr  adabiy  m anbalarida  mavjud  bo‘lgan  fikrlarga 
qarabgina  m uhokam a  yuritish  m um kin.  Bu  m anbalardan,  m asa­
lan,  ilgari eslatib  o‘tilgan  m ashhur Aleksandriya  kutubxonasining 
katalogi  haqida  m a’lum otlar  borligi  m a’lum   bo‘ldi.  Bu  katalogni 
yunon  olim i  K allim ax  (eram izdan  avvalgi  III  asr)  tuzgan.
K utubxonada  saqlangan  qo‘lyozm alarning  ancha  qismi  (90 
000  ga  yaqin)  batafsil  ro‘yxatga  olingan  ham da  epos,  lirika,  ta- 
rix,  falsafa  va  boshqa  bo‘lim lar  bo‘yicha  sistemaga  solingan  edi. 
H ar  bir  bo‘lim  qolyozm aning  m azm uniga  muvofiq,  tuzilgan 
bo‘linm alarga  ham   ega  bo'lgan.  Q adim gi  R im   kutubxonalari- 
da  eram izning  dastlabki  asrlarida  qo‘lyozm alarning  tasvirlari 
m azm uniga  muvofiq  ravishda  guruhlarga  ajratilgan  kataloglar 
bo‘lganligi  ham  m a’lum.
Q adim gi  dunyo  kutubxonalarida  foydalanilgan  kutubxona 
klassifikatsiya sxemalari to ‘g‘risida aniq m a’lum otlarning yo‘qligi 
m azkur  sxem alarning  ilm iy  darajasi  haqida  fik r  yuritishga  im -
37

kon  bermaydi.  Biroq,  an tik   davrda  ilm iy  bilim larning  shun- 
dan  keyingi  taraqqiyotiga  k atta  ta ’sir  ko‘rsatgan  fanlarni  klas­
sifikatsiyalash  tizim ining  ishlab  chiqilishi  (qadimgi  zam onda 
Platon,  A ristotel  va  boshqa  faylasuflar  tuzgan  sistem alar)  o‘sha 
vaqtlardagi  kutubxona  klassifikatsiyalari  ham   antik  davrdagi 
fanning  yuqori  darajasini  aks  ettirgan,  deb  tax m in   qilishga  im ­
kon  beradi.  Bu  taxm in  haqiqatga  ancha  yaqin,  chunki  G retsiya 
va  R im   kutubxonalari  ilm iy  tafakkur  m arkazlaridan  b o ‘lgan  bu 
kutubxonalarda  yirik  olim lar,  faylasuflar,  shoirlar  faoliyat  yurit- 
ganlar.
Ilk o ‘rta asrlar davrida  cherkov hukm ronligi  fan va m adaniyat- 
ni  inqirozga  olib  borgan bir vaqtda  m onastirlar va  soborlar huzu- 
rida  ishlab  turgan  kutubxonalardan  kishilarning juda  cheklangan 
doirasigina  bahram and  bo‘lish  imkoniga  ega  edi,  xolos.  Bu  k u ­
tubxonalar  fondlarining  asosini  ilohiyotga  oid  kitoblar,  «cherkov 
otaxonlari»ning  ijodlari  tashkil  etar  edi.  Bu  kutubxonalarda  qa­
dimgi  dunyo  m utafakkirlarining  saqlanib  qolgan  asarlari va o ‘sha 
vaqtlardagi  m aktablarda  o ‘qitiladigan  fanlarga  doir  dunyoviy 
xarakterdagi  kitoblar  nihoyatda  oz  edi.  K itoblar javonlarda  yirik 
bo‘lim lar bo‘yicha uncha  detallashtirm asdan guruhlarga  ajratilar, 
kataloglar esa,  kitoblarning  tokchalardagi  o‘rn i  ko‘rsatilgan javon 
ro‘yxatlaridangina  iborat  bo‘lar  edi.
0 ‘sha  davrdagi  kutubxona  klassifikatsiyasi  sxemalariga  o 'rta 
asrlarda  rasm   bo‘lib,  m aktab  ta ’lim iga  asos  qilib  olingan  «yetti 
erkin  san’at»  sistemasi  bir  qadar  ta ’sir  ko‘rsatgan  edi.  Bu  sistema 
fanlarning  ikki  kompleksini:  «trivium»  (uch  fandan  iborat  kom- 
pleks)  va  «kvadrivium»  (to‘rt fandan  iborat kompleks)ni o ‘z  ichiga 
oladi.  B irinchi  kompleksga  —  gram m atika,  dialektika  va  rito- 
rika,  ikkinchi  kompleksga  —  arifm etika,  geometriya,  musiqa  va 
astronom iya  kirar  edi.  Bu  fanlarning  m azm unini  o ‘sha  davrdagi 
o‘qim ishli  kishi  uchun  zaru r  deb  hisoblanadigan  oddiy  amaliy 
bilim lar  tashkil  qilardi.  M asalan,  gram m atika,  asosan  katoliklar 
cherkovining  rasmiy  tili  bo‘lgan  lotin  tilini  o ‘rgatish  bilan  tugar, 
dialektika  deganda  ilohiyot  mavzularida  uzoq  sxolastik  bahs  olib 
borish  m ahorati  tushunilar  edi.
38

3.3.  Sharqda  klassifikatsiyaning  paydo  bo‘lishi  va  shakllanishi. 
Markaziy  osiyolik jahonga  mashhur  olimlarimiz  tomonidan  ilmlar 
tasnifi  (ya’ni  klassifikatsiyasi)ning  ishlab  chiqilishi
M arkaziy  osiyolik  jahonga  m ashhur  olim larim iz  tom onidan 
ilm lar  tasnifi  (ya’ni  klassifikatsiyasi)  ishlab  chiqilgan.  M uham ­
m ad  Muso  Xorazmiy,  Abu  N asr  Forobiy,  Abu  Abdullah  al-Xo- 
razmiy,  Abu R ayhon Beruniy,  Abu Ali ibn Sinolar Yaqin va 0 ‘rta 
Sharqda  tanilgan  faylasuflar  o‘z  asarlarida  fanlar  klassifikatsiyasi 
to ‘g‘risida  yozib  qoldirganlar.
Abu  Nasr  Forobiy
Abu Nasr Forobiy (873—950-yilIar)  o ‘rta 
asr  sharoitida  barcha  m a’lum  bo‘lgan  fan- 
larning birinchi  va  eng  m ukam m al  tasnifi- 
ni yaratdi.  Uning lotin tiliga tarjim a etilgan 
«Ilmlarni kelib chiqishi va tasnifi»  (arabcha 
«Ixso  al-ulum»)  risolasida  Ilm lar  bir-biri 
bilan  uzviy  bog‘liq  holda  va  o ‘zaro  yaqin 
munosabatdadir»  degan  fikrni bildiradi.
M azkur  kitobda  Forobiy  barcha  fan­
larni besh  yirik guruhga  ajratadi.
1.  Til  haqidagi  ilm .  Bu  ilm   yetti 
b o lim d a n   iborat.
2.  M antiq  ilmi.
3.  M atematika.  Bu  ilm   yetti  bo ‘lim dan  iborat:  arifm etika, 
geometriya,  optika,  yulduzlar  haqidagi  ilm,  musiqa  ilm i,  vazn 
haqidagi  ilm,  mexanika.
4.  Tabiiy  va  ilohiy bilimlar.
5.  Shaharni boshqarish haqidagi ilm ,  huquqshunoslik.  Forobiy 
bilim larni  amaliy  (kasb-hunar)  va  nazariy  (fan)  qismga  bo‘ladi. 
U   arifmetika,  geometriya,  astronom iya  va  musiqani  tarbiyaviy 
fan,  deb  ko‘rsatadi.  Forobiy  til,  gram m atika  va  m antiqni  birinchi 
fanlar  qatoriga  qo‘yadi.  C hunki  insonni  o‘z  fikrini  boshqalarga 
bildirishida  va  boshqalar  fikrini  aniq  tushunib  olishida  bularga 
e ’tibor berish  zarur,  deb  hisoblaydi.
39

Abu Abdulloh  al-Xorazmiy
Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy  (vafoti 
997)  o ‘sha  davrda  yuqori  darajada  rivoj- 
langan  fanlarni  m a’lum  tartibga  tushi- 
rish  va  tasn if  qilishni  o‘z  oldiga  vazifa 
qilib  qo‘yadi.
U ning  bizga  yetib  kelgan  «Mafotih 
al-ulum»  o‘ziga  xos  qomusiy  asar  bo‘lib, 
o‘sha  davrdagi  deyarli  ham m a  fan  so- 
halarini  o‘z  ichiga  qam rab  olgan.  M ual­
lif  0 ‘rta   asrlardagi  har  bir  ilm   m azm unini  sharhlash  yo‘li  orqa­
li  tushuntirib  beradi.  Olim  ilm larni  ikkiga  bo ‘lib,  ularga  «arab
—  sh ar’iy»  va  «arab  bo‘lmagan»larga  ajratdi.  «Mafotih  al-ulum» 
(«Ilmlar  kaliti»)  asarida  fanlarni  ikki  qism dan  iborat  qilib  bo'lib, 
birinchi  qism  shariat  va  u  bilan  bog‘liq  arab  ilmlariga,  ikkinchi 
qism  esa  arab  bo'lm agan,  ya’ni  yunonlar  va  boshqa  xalqlar  ilm ­
lariga  bag‘ishlanadi.
Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy,  Arastu  va  Abu  N osir  Forobiylar 
kabi  fanlarni  ikkiga,  ya’ni  nazariy  va  amaliy  qismlarga  bo‘ladi. 
Nazariy qism esa o‘z navbatida uchga:  fizika,  matematika va m eta- 
fizikaga bo‘linadi.  Bu boMinish m odda va shaklning o ‘zaro m uno- 
sabatiga asoslanadi.  Xorazmiy ta ’kidlashicha  «Fizika — element va 
m oddaga ega bo‘lgan narsalarni o ‘rgatuvchi»  fandir.  Fizikaga olim  
fikricha  tibbiyot,  meterologiya,  kimyo,  m exanika  kiradi.
Faylasuf  Abu  Abdulloh  ilm lar  tasnifini  um um iy  holda  qu- 
yidagicha  bo‘ladi:
I.  A rab  bo‘lm agan  ilm lar  (yunon va boshqa  xalqlar):
1.  N azariy  falsafa.
a)  Tibbiy ilm lar — tibbiyot  (tib,  samoviy hodisalar — ob-havoni 
aniqlash,  mineralogiya,  alkimyo,  mexanika)  —  quyi;
b)  Riyoziyot  ilm lari  (arifmetika,  handasa,  ilm   an-nujum ,  m u- 
siqa)  —  o‘rtancha;
d)  Ilohiy,  ya’ni  m etafizika  —  oliy  ilm;
e)  M antiq.
2.  A m aliy  falsafa:
40

a)  Axloq  — etika  (odam ni  boshqarish);
b)  Uyshunoslik  (uyni  boshqarish);
d)  Siyosat  (shaharni,  m am lakatni  boshqarish);
Olim   tarafidan  ilm larni  alohida-alohida  o ‘rganish  esa  ularni 
diniy ilmga bog‘liqlikdan ozod qiladi.  Abu Abdulloh  al-Xorazmiy 
o‘z  tasnifida  o‘sha  davr  an ’anasi,  ya’n i  ilm larni  ikkiga  b o lish n i 
qollab-quvvatlab,  sh ar’iy va  falsafiy  ilm larga  ajratadi.
Birinchi guruhga  Xorazm iy quyidagi  fanlarni  kiritadi:
1.  Fiqh,  m usulm on  qonunshunosligi.
2.  Kamol,  ya’ni  islom  ilohiyotchilik ilmi.
3.  Sarfu  nahv  —  gram m atika.
4.  M ahkam ada  ish yuritish  ilmi.
5.  She’riyat va  mezon  ilm i  (metrika).
6.  Tarix,  ya’n i  xronologiya  ilmi.
Abu Ali  ibn  Sino
0 ‘rta  asr  boshlarida  ilg‘or  m utafakkir- 
4
lar  singari  Abu  Ali  ibn  Sino  (980—1037) 
ham   fanlar  klassifikatsiyasi  haqida  fikr 
‘ '
yuritadi.  U  birinchi  o‘ringa tibbiyot fanla- 
rin i  qo‘yadi  va  fanlarni  nazariy  va  am aliy 
qisrnga  b o lad i.  M asalan,  falsafa  fanining 
nazariyasini  kishining  o'zidan  tashqi  bor- 
liq  to ‘g‘risidagi  bilim larni  egallashdan 
iborat  deb  biladi.  A m aliyotda  kishi  ishi- 
ning  faoliyati  deb  hisoblaydi.
Abu Ali  ibn  Sino  fanlar  tasnifiga  «Aq- 
som  ul-ulum   ul-aqliya»  «Aqliy  bilim lar 
tasnifi»  nom li  risola  bag'ishlagan.  Barcha  falsafiy  fanlarni  Ibn 
Sino  ikki  qismga  b o‘ladi  nazariy va  am aliy  falsafa  fanlari.
Birinchisi  uch  qismga  bo‘linadi:
1.  Quyi  darajadagi  ilm,  tabiatshunoslik.
2.  Oraliq  ilm   —  m atem atika.
3.  Oliy  darajadagi  ilm  —  m etafizika.
Ibn  Sinoning  fikricha,  tabiatshunoslikning  tarm oqlari  qu- 
yidagilarga  bo‘linadi:
41

1.  Tibbiyot.
2.  Astrologiya.
3.  Fiziognom ika.
4.  Tush  ta ’biri  ilmi.
5.  Tilsim ot  ilmi.
6.  Ilm i  nayrang.
7.  Ilm   al-kimyo.
Ib n   Sino  tasnifi  bo‘yicha  m atem atika  fanining  asosiy  qism lari 
to'rtta:
1.  Sonlar haqidagi  ilm   —  ilm   ul-adad.
2.  G eom etriya  ilm i—handasa.
3.  A stronom iya  ilm i—ul-xay’a.
4.  Ilm   ul-m usiqa.
A m aliy  qism ni  ham   uchga  ajratadi:
1.  Shaxs  haqidagi  ilm.
2.  0 ‘rganish,  axloq  odob,  muom ala,  o‘zaro  m unosabatlar 
haqidagi  ilm.
3.  D avlatni,  m am lakatni boshqarish  haqidagi  ilm.
Ibn  Sino  tibbiyot  fanlarini  quyidagicha bo'ladi:
1.  B utun tibbiyotga  xos  bo‘lgan  um um iy  m asalalar 
(o‘sish,  rang,  ko‘payish).
2.  Dunyo  asosini  tashkil  etuvchi jism lar  (osmon,  yer,  tog‘,  suv).
3.  Paydo  bo ‘lish,  yo‘qolib  borish  (chirish,  yo‘q bo'lish,  o ‘lim).
4.  Bulut,  yomg‘ir,  shamol-meteorologiya.
5.  O rganik dunyoni  o‘rganish.
6.  Hayvonot  dunyosini  o'rganish.
7.  Kishi  ru h in i  o‘rganish.
Xulosa qilib aytganda,  fanlarni klassifikatsiya qilish bilan birga 
fanlar sohasida yetuk va chuqur bilimga ega bo‘lgan m utafakkirlar 
shug‘ullanganlar.  B ulardan dunyoda birinchi bo‘lib  fanlarni  klas­
sifikatsiya  qilgan  qadim gi  dunyo  Gretsiya  faylasufi  A ristoteldir 
(Arastu).  Sharqda bu  m asalani  Forobiy bilan  Ibn  Sino  o‘rta  asrda 
haqiqatga yaqinroq  tarzda hal  etishdi1.  Uyg‘onish davrida faylasuf
1  Ganiyeva  B.  Kutubxona  kataloglari.  0 ‘quv  qo‘llanma.  -   Т.:  Fan,  2012. 
-b.37.
42

Bekon  fan  klassifikatsiyasini  yaratgan  bo‘lsa,  yangi  davrda  esa 
Sen-Sim on  va  Gegellar  o‘z  davrlariga  nisbatan  katta  ahamiyatga 
va  haqiqatga  ega  bo'lgan  fanlar klassifikatsiyasini  yaratdilar
3.4.  X II-X H I  asrlarda  G‘arbiy Yevropada kutubxona 
klassifikatsiyalarining vujudga kelishi
X II—X III  asrlarda  G ‘arbiy  Yevropada  dastlabki  universitetlar 
vujudga  kelib,  ularda  kutubxonalar  tashkil  etiladi.  Universitetlar 
uzoq  vaqt  cherkov bilan  m ustahkam   bog'langan  bo‘lib,  cherkov- 
da  o ‘qitiladigan  fanlar  doirasini  va  ularn i  o‘qitish  xarakterini 
nazorat qilib tu rar edi;  ilohiyot fakulteti asosiy fakultet edi.  Biroq 
iqtisodiy  shart-sharoitlarning  o ‘zgarishi,  savdo  aloqalarining  va 
ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  fanning  dindan  ajrala borishiga 
zam in   hozirladi.  U niversitetlardagi  kutubxonalarning  fondlari 
sekin-asta  xilm a-xil  tem atikadagi  kitoblar  bilan  to ‘la  boshlaydi. 
X III -X IV  asrlarda,  bosm a  dastgoh  k ash f qilinm asidan  oldinoq, 
qo‘lyozma  kitoblarni  xattotlar  tom onidan  ko‘paytirish  birm un- 
cha  ortadi.
X V   asrda  bosm a  kitoblarning  vujudga  kelishi  universitet 
kutubxonalarining  kengayishiga  im kon  berdi.  K utubxonalar- 
d a n   foydalanuvchi  kishilar  doirasi  ham   kengaydi.  A na  shunday 
sharoitda  fondlarning  m azm u n in i  ochib  beruvchi  kataloglarga 
b o ‘lgan  ehtiyoj  ortdi.  Xuddi  shu  davrda bilim larn i  sistem alashti- 
rishga  urin ib   ko‘rilgan  ensiklopedik  xarakterdagi  bosm a  asarlar 
yaratildi.  Bu ensiklopedik asarlar universitet kutubxonalari  kata- 
loglaridagi  kitoblarning  sistem alashtirilishiga  ta ’sir  etm ay  qolol- 
m asdi.  XV  asr  oxirlaridan  boshlab  universitet  kutubxonalarida 
kitoblarni  universitetlarda  o ‘rganiladigan  o ‘quv  fanlariga  m u ­
vofiq  tarzda  sistem alashtirish  qaro r  topdi.  K utubxona  klassifi- 
katsiyasining  X V I—X V II  asrlarda  keng  yoyilgan  «fakultet  siste- 
malari»  ham   xuddi  shu  davrga  taalluqlidir.  Bunday  sistem alar 
uch u n   fondlarni  o‘sha  vaqtdagi  ko‘p ch ilik   universitetlarda  m av­
ju d   bo ‘lgan  to ‘rtta,  ya’n i  falsafa,  tibbiyot,  yuridik  va  ilohiyot 
fakultetlariga muvofiq ravishda to ‘rt qismga  bo‘lish  xarakterlidir. 
K itoblar bu  bo ‘lim lar ichida  alfavit  tartib id a yoki  hech  bir detal- 
lashtirilm asdan  shartli  raqam lar  b o ‘yicha joylashtirilgan.
43

Conrad  Gesner  (1516—1565)
Shvetsariyalik  ensiklopedist  olim   va  bibliograf  K onrad 
G esner  birinchilardan  b o ‘lib,  insoniyat  tom onidan  hayvonlar  va 
o‘sim liklar  haqidagi  m a’lum otlarni  tizim lashtirgan  olim lardan 
biri  edi.
Shvetsariyalik  olim   va  bibliograf  K onrad  G esner  (XVI  asr) 
klassifikatsiyasi  juda  m ashhur  bo‘lib,  Gesner  bu  klassifikatsiyani 
o‘zi  tuzgan  «umumiy kutubxona»  degan  katta  bibliografiya  uchun 
ishlab  chiqqan  edi.  Bu  asar  tom laridan  birida  har  xil  tillardagi 
kitoblar  250  dan  ortiq  bo'linm adan  iborat  bo‘lgan  klassifikatsiya 
asosida  sistemali  tartibda  joylashtirilgan  edi.  K.G esner  klassifi- 
katsiyasida  m aktabda  o‘qitiladigan  «yetti  erkin  san’at»  sistemasiga 
kiradigan fanlar b o lim la ri ham da «fakultet»  fanlari — falsafa,  tib­
biyot  yurisprudensiya  va  ilohiyot  bo‘lim lari  o‘ziga  xos  bir  tarzda 
birga qo‘shilgan edi.  K .G esner klassifikatsiyasi sxemasi, shubhasiz, 
o ‘z  davrida juda  katta voqea bo‘lgan  edi.  0 ‘sha  zamondagi ham da 
birm uncha  keyingi  bir  qancha  kutubxona  va  bibliografiya  klas- 
sifikatsiyalaridan  bu  sxemani  quyidagi  xususiyatlar:  bo‘lim larning 
batafsil ishlab chiqilganligi; o ‘sha davrdagi yangi ilmiy m asalalarni 
yorituvchi  kitoblar uchun  maxsus bo‘linm alar ajratilganligi;  rubri­
kalari keng m azm unli kitoblarni bilim ning xuddi o ‘sha tarm og‘iga
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Kutubxonashunoslik arxivshunoslik kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. Axunjanov E.pdf [Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> V a z I r L i g I
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Erkin axunjanov kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling