Axborot kutubxona katalogi va fondi


Download 5.22 Mb.
Pdf просмотр
bet5/20
Sana08.12.2019
Hajmi5.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

44

doir  ju z ’iy  masalalarga  bag‘ishlangan  tor  m azm unli  kitoblardan 
ajratishga  im kon  beradigan  sxemaning  amalda  foydalanishga 
qulayligi,  bir-biriga  o‘xshash  tem atikalarni  bog'lab  turuvchi juda 
ko‘p  yo'naltirgichlarning  borligi  ajratib  turadi.  Klassifikatsiyaning 
progressiv  xarakteri  yana  shu  narsada  ifodalanardiki,  unda  «in- 
son turm ushi  uchun foydali m exanik san’at»  degan alohida bo‘lim  
birinchi  bor  ajratib  ko‘rsatilgan  edi.  Bu  bo‘lim  arxitektura  va  bi- 
nokorlikka  doir,  kasbkorlik  va  hunarm andchilik  haqidagi,  taom  
tayyorlash  va  texnika  kompleksini  tashkil  etuvchi  boshqa  m asa­
lalarga  doir adabiyotni  o ‘z  ichiga  olar edi.
Uzoq  vaqt,  yirik  xususiy  kutubxonada  ishlagan  nemis  ide­
alist  faylasufi  G otfried  Leybnitsning  (1646—1716  yillar)  kutub­
xona  klassifikatsiyasi  ju d a  m ashhurdir.  G archi  uning  sxemasiga 
«fakultet sistemalari»  uchun tipik bo ‘lim lar —  teologiya  (ilohiyot), 
yurisprudensiya,  tibbiyot  va  falsafa  kiritilgan  bo‘lsa-da,  ular  an ­
cha  detallashtirilgan.  B ulardan  tashqari,  Leybnits  sxemaga  ikki 
bo‘lim ni:  beshinchi  —  tarix  va  oltinchi  —  aralash  m ateriallar  va 
um um iy  kitoblar b o lim la rin i  kiritgan.
Gotfried  Leybnits  (1646—1716)
N em is  filosof va  m antiqshunosi,  m atem atik,  fizik,  kashfiyot- 
chi,  tarixchi  va  tilshunos  olim i  G otfried  Leybnitsning  kutubxona 
klassifikatsiyasi juda  m ashhurdir.
U ning  sxemasida  logika,  etika  va  siyosat  bilan  bijrga  tabiiyot 
fanlarini,  m atem atika va filologiyani  h am  o ‘z  ichiga olgan falsafa 
b o lim i  ancha  mufassal  ishlangan  edi.  Falsafani  o ‘sha  vaqtdagi 
ju d a ko‘p  ilmiy klassifikatsiyalar  uchun xarakterli b o ‘lgan bunday 
talqin  qilish  X V III  asr  oxirigacha  davom  etgan1.
G 'arb iy  Yevropadagi  h ar  xil  universitet  kutubxonalarida  foy­
dalanilgan  «fakultet  sistem alari»  b ilan  b ir vaqtda  «fransuz siste- 
masi»  deb  atalgan  sistem a  ham   keng  yoyildi;  ikki  asr  davom ida 
(X IX   asr  boshlariga  qadar)  F ransiyaning  nashriyotlari  va  kitob 
d o ‘konlari  bibliografiyalarida  h am d a  bosm a  kataloglarida  ana 
shu  sistem a  qo ‘llanilgan.  Bu  bibliografiya  va  kataloglar  m ash-
1  https://ru.wi]cipedia.org/wiki/JIeii6Hiiu,_roT
45

h u r  fransuz  bibliograflari  va  kutubxonachilari  tom onidan  tuzi- 
lar  edi.
«Fransuz  sistemasi»ning  variantlari  goho  juda  detallashtirib 
yuborilar,  ayrim lari  500  tagacha  bo‘linm ani,  shu  jum ladan 
nashrlarning  xarakteri  va  tur,  belgilariga  qarab  tashkil  etilgan 
ju d a  ko‘p  bo'linm alarni  o‘z  ichiga  oladi.  «Fransuz  sistemasi», 
«fakultet  sistemalari»ga ko‘p jih atd an  o‘xshashdir.  «Fransuz siste- 
masida»  ilohiyot,  yuridik  fanlar  va  falsafa  (tibbiyot,  odatda,  fal­
safa  bo'lim iga  kiritilar  edi)  bo‘lim lari  asosiy  o‘rinda  turar  edi. 
Biroq bu sistem aning bir qancha variantlarida ayrim  fanlar falsafa 
qism idan  ajratilgan:  tarix,  ijtimoiy  fanlar,  badiiy adabiyot  m usta­
qil  bo‘lim lari  va boshqa ayrim   mustaqil bo‘lim lar vujudga kelgan. 
K eyinchalik  «fransuz  sistemasi»  birm uncha  o‘zgartirilgan  holda 
Yevropadagi  bir  qancha  m am lakatlar  kutubxonalarida  qo‘llanila 
boshladi.
Tuzilishi  o ‘z  davridagi  ilm iy  bilim lar  darajasiga javob  bergan 
K.  G esner  va  G.  Leybnits  sistem alaridan  farqli  o ‘laroq  «fransuz 
sistemasi»  kitob  klassifikatsiyasining  amaliy  vazifalari  bilan  ko‘p 
darajada  bog‘langan  ham da  klassifikatsiyaning  ko‘p  variantlarida 
katolitsizm ning  reaksion  qarashlarini  aks  ettirgan  edi.
Gannover  ommaviy  kutubxonasidagi  G.  Leybnits portreti
46

Ingliz faylasufi  Frensis  Bekonning (1561—1626 yillar)  X V II  asr 
boshlarida  tuzgan  fanlar  klassifikatsiyasi  XVII  va  X IX   asrlardagi 
kutubxona  klassifikatsiyasi  sxem alarining,  shu  jum ladan,  «fran­
suz  sistemasi»  eng  keyingi  variantlarining  tuzilishiga  katta  ta ’sir 
ko'rsatdi.
U   fanni  taraqqiy  ettirish  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 
Shuni  ta ’kidlab  o ‘tish  kerakki,  oradan  bir  yarim   asr  o‘tgandan 
so‘ng  bu  klassifikatsiya  birm uncha  o ‘zgartirilgan  va  to‘ldirilgan 
holda  D.  Didro  bilan  J.  L.  D alam ber  tom onidan  nashr  etilgan 
ko‘p  tom li  fransuz  ensiklopediyasiga  asos  qilib  olingan  ham da 
feodalizmga,  absolyutizm ga  va  reaksion  cherkov  ideologiyasiga 
qarshi  kurashda  revolutsion  burjuaziyaning  g'oyaviy  quroli  bo‘lib 
xizm at  qilgan  edi.
Frensis  Bekon  (1561-1626)
Frensis  Bekon  tuzgan  klassifikatsiyada  fanning  XV asr  ik k in ­
chi  yarm i  davridayoq  boshlangan  jad al  rivoji  um um lashtirilgan 
ham   o ‘rta  asrlardagi  sxolastik  sxemalarga  qaram a-qarshi  o ‘laroq 
tabiat  hodisalarini  va  jam iyat  hayotini  o‘rganishga  tayanadigan 
fanlarga  keng  o‘rin  berilgan  edi.
Biroq  Frensis  Bekon  fanlarni  ju d a   ko‘p  idealistik  sistemalar 
uchun  a n ’anaviy  bo‘lgan  guruhga,  —  «inson  ruhining  qobiliyat- 
lariga»  ko‘ra,  biror  fanning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishini  qan­
day  «qobiliyat»  belgilashiga  muvofiq  ravishda  guruhlarga  ajrat- 
gan  edi.  Frensis  Bekonning  qarashlariga 
ko‘ra,  bunday  qobiliyat  uchta:  xotira, 
tasavvur va aql-idrokdir.  X otira inson bi- 
lim lari  birinchi  guruhining  —  tarixning 
paydo  bo‘lishini  belgilab  bergan;  tasav­
vur negizida poeziya paydo  bo‘lgan;  aql- 
idrokning  faoliyati  fanlarning  eng  katta 
guruhi  falsafani,  yoki  fanning  o‘zini  vu­
judga  keltirgan.
Bunday  ajratish  asossiz,  tasodifiy 
va  aslida  idealistik  bo‘lib,  u  asosiy  deb 
hisoblash  lozim  bo‘lgan  belgidan  —  fan
47

predmetidan,  uni  o‘rganish  obyektidan  kelib  chiqm agan  edi.  Ak- 
sincha,  bir  predm et  to ‘g‘risidagi  fanlar  h ar  xil  guruhlarga  kiritil- 
gan  edi.  M asalan,  tabiat  tarixi  (xuddi jam iyat tarixi,  kashfiyotlar 
tarixi — «mexanik tarix»  singari)  birinchi guruhga,  tabiat haqida­
gi  fanlar esa  (xuddi jam iyat  haqidagi,  m exanik san ’atlar  haqidagi 
fanlar singari)  uchinchi guruhga  kirib  qolgan  edi.
Frensis  Bekon  klassifikatsiyasida  g‘ayriilmiy  tushunchalarni 
fanlar  jum lasiga  kiritish  hollari  ham   uchrab  turadi.  M asalan, 
uchinchi guruh «Xudo haqidagi fan»  «ijtimoiy falsafa» bilan bosh- 
lanadi,  inson  haqidagi  fanlar bo'linm alari jum lasiga  «aql-idrokli, 
ilohiy  ruh  haqida»gi  bo‘lim   kiritilgan.  Bu  ziddiyatlar  ham da  il­
miy va diniy dunyoqarashlarni bir-biri bilan kelishtirishga  urinish 
Frensis  Bekon  klassifikatsiyasi  tuzilgan  davr uchun  tabiiydir.
Bu  klassifikatsiyada  fanlarni  ajratishning  tam om ila  shartliligi 
va  subyektivligiga  qaramay,  unda  ilm iy  bilim larni  sistem alashti- 
rishga  yangicha  yondashish  belgilari  paydo  bo ‘lgan  edi.  Frensis 
Bekon  dunyoning  evolutsion  rivojlanishi,  tabiat  tarixi  bo‘lim ida 
samoviy jism lar tarixini  va  dengizlar tarixini,  o‘sim liklar  va  hay- 
vonot  olam i  tarixini  ketm a-ket joylashtiradi.  Inson  haqidagi  fan­
lar  bo‘lim ida  u  «yakka  kishi  to‘g‘risidagi»  va  «jamiyatda  yashov- 
chi boshqa mavjudotlar bilan  aloqador bo ‘lgan inson to ‘g‘risidagi» 
fanlarni  ajratib  ko‘rsatgan.  Frensis  Bekon  o‘z  klassifikatsiyasiga 
endigina  vujudga  kelgan  va  hali  mustaqil  fan  sifatida  shakllanib 
bo‘lm agan  ilm iy  bilim ning  ba’zi  sohalarini  ham   kiritgan  edi. 
M asalan,  u  m ashinalarning  texnika  taraqqiyotidagi  aham iyatini 
oldindan  payqab,  «m ashinalar  haqidagi  fanlar»  g u ru h in i  ajratib 
ko‘rsatgan  edi.  0 ‘z  davrining  buyuk  kashfiyoti  bo‘lgan  Frensis 
Bekon  klassifikatsiyasidan,  kutubxona  klassifikatsiyasi  sxemala- 
rin i tuzgan  ko‘p  kishilar,  chunonchi,  X IX  asrda,  garchi bu vaqtga 
kelib  u  ilm iy  bilim lar  darajasining  ancha  o‘sganligi  tufayli  juda 
eskirganligiga  qaram ay  foydalanganlar.
Rossiyada  kitoblarni  m azm uniga  qarab  sistemaga  solish  ehti- 
yoji  X V III  asr  boshlarida  paydo  bo‘ladi;  bu  vaqtda  ilmiy  kutub­
xonalar tashkil  etish  yo‘lida  dastlabki  qadam lar  qo'yilgan  edi.
R ossiyaning  m onastir  kutubxonalari  xuddi  G ‘arbiy  Yevro- 
padagi  singari  asosan  shkaf  ro ‘yxatlari  tipidagi  kataloglarga  ega
48

bo‘lib,  ularda kitoblar tasviri  kitoblarning  shkaflarda joylashuviga 
muvofiq  —  ba’zan  bichim iga,  tiliga,  goho,  m ualliflar  ism larining 
alfavit tartibiga  qarab  guruhlarga  ajratilar  edi.
Peterburgda  1714-yilda  K unstkam era  (Noyob  buyum lar  kabi- 
neti)  huzurida  bunyod  etilgan  Xalq  kutubxonasida  (keyinchalik 
u  Fanlar  Akadem iyasining  kutubxonasiga  aylangan)  kitoblarni 
joylashtirishda,  shuningdek,  katalogda  tasvirlarni  guruhlarga 
ajratishda  «fakultet  sistemasi»  variantlaridan  biri  qocllanilar edi.
Fanlar  akademiyasi  kutubxonasida  qo‘llanilgan  klassifikatsiya 
sxemasi  asosida  Rossiyada  birinchi  m arta  bu  kutubxona  kitob- 
larining  sistemali  katalogi  tuzilgan  va  lotin  tilida  nashr  qilin- 
gan  edi1.  Keyinchalik  bibliograf va  kutubxonachi  I.  Bakmeyster 
o ‘zining  «Опыт о  Библиотеке»2  degan  qiziqarli  asarida bu  klas­
sifikatsiyaning kam chiliklarini h ar tom onlam a tanqid qilib,  uning 
rasmiy  xarakterini  ham da  detallashtirilishining  cheklanganligini 
ko‘rsatib  o‘tgan  edi.  Bekmeysterning  o ‘zi  m azkur  klassifikatsi­
yaga juda  ko‘p  tuzatishlar va  qo'shim chalar  kiritgan  edi.
3.5.  XIX  asrning  birinchi  yarmida  matbuot  asarlarini 
klassifikatsiyalashning  rivojlanishi
X V III 
asrning  so‘nggi  yillari  va  X IX   asrning boshlarida  fran­
suz  burjua  revolutsiyasi  g'oyalari  ta ’sirida  Fransiyada  yangi  prin- 
siplarga  asoslangan  kutubxona-bibliografiya  klassifikatsiyalari 
tuzishga  intilish  yuzaga  keldi.  0 ‘sha  davrdagi  h ar  xil  loyihalarda 
ilohiyotni  oldingi  o'rinlardan  biriga  qo‘yishdan  keskin  voz  ke- 
chish  g‘oyasi  nam oyon  bo‘ladi.  Ba’zi  m ualliflar  uchun  shunday 
tartib  o‘rnatishga  urindilarki,  bu  tartib  insoniyat  tarixidagi  bi­
1  Garchi  titul  varag'ida  1742-yil  deb  ko'rsatilgan  bo‘lsa-da,  taxminan 
1742-1744-yillarda bosilgan.  Bu katalogning  keyinchalik  rus tilida  nashr etilgan 
bir  qismi  (nashr  etilgan  yili  ko‘rsatilmagan)  «Камерный  каталог»  degan  nom 
bilan  mashhur.
2  Bakmeyster,  «Опыт  о  Библиотеке  и  Кабинете  редкостей  и  истории 
натуральной  Санкт-Петербургской  императорской  Академии  наук»;  bu 
asar  Fanlar akademiyasining ichki kutubxonachisi  Iogann  Bakmester tomonidan 
fransuz  tilida  nashr  etilgan,  rus  tiliga  esa  Vasiliy  Kostigov  taijima  qilgan.  Spb., 
1799.
49

lim  olish  izchilligiga,  olam   va  tabiat  haqidagi  bilim lardan  inson 
ham da  jam iyat  haqidagi  bilim lar  tom on  boradigan  izchillikda 
o‘rganishga  mos  bo‘lishi  lozim  edi;  boshqa  m ualliflar  fanlarning 
har xil  ehtiyojlar:  moddiy  va  m a’naviy  ehtiyojlar ta ’sirida  vujudga 
kelish  izchilligini  to ‘g‘riroq  deb  hisoblar  edilar.  0 ‘sha  davrdagi 
ko‘pd an   ko‘p  klassifikatsiya  loyihalari  uchun  asos  qilib  olingan 
g'oyalarning  progressiv  xarakterida bo'lganligiga  qaramay,  ularda 
asosiy  e ’tibor  fanlarni  klassifikatsiya  qilishga  qaratilgan  ham da 
kutubxona  klassifikatsiyasi  tuzilishi  bilan  bog‘liq bo'lgan  m asala- 
lar  yetarlicha  hisobga  olinm agan  edi.  Fransiyada  reaksiya  bosh- 
langanligi  va  reaksiya  bilan  birga  cherkov  ta ’sirining  kuchayishi 
munosabati  bilan bu  sxemalar am alda  qo‘llanilm adi.
G ‘arbiy Yevropa  kutubxonalarida  «Fransuz  sistemasi»ning  eng 
keyingi va ideologik jih atd an  ju d a reaksion variantlaridan biri — J. 
Sh.  Bryune  (1810-yil)  klassifikatsiyasi  keng  yoyildi.
Bryune fransuz revolutsiyasidan keyin boshlagan reaksiya yan- 
giliklarini  aks  ettirib  kutubxona  klassifikatsiyasining  ilm iy  bilim  
rivojiga  bog‘liqligini  q at’iy  su r’atda  rad  etadi  va  kutubxona  klas­
sifikatsiyasiga  kitoblarni joylashtirish uchun  qulay bo‘lgan  am aliy 
sxema  deb  qaraydi.  U   revolutsiya  davridagi  sistem alarning  m ual- 
liflarini  «ilohiy  kitoblarni»  m ensim aslikda  ayblab,  ilohiyot  detal- 
lashtirilgan  sinfni  yana  birinchi  o‘ringa  qo'yadi.  Bryune  sistema- 
sida ijtimoiy fan bo'lim lari tartibsiz joylashtirilgan bo‘lib,  ularning 
o ‘zaro  aloqasini  anglab  olish  m um kin  emas.  Yurisprudensiya 
bo‘lim i  ijtimoiy  fanlar  kompleksidan  chiqarib  tashlanib,  ilohiyot 
b o lim ig a yaqinlashtirilgan  edi.  Bryune  sistemasi Yevropada  X IX  
asrning  birinchi  choragida  hukm ronlik  qilgan  reaksion  g‘oyaga 
ham ohang  edi.  Bu  sistem aning  ta ’siri juda  katta  bo‘ldi  va  keyingi 
davrlardagi ko‘p sistem alarning  strukturasida, jum ladan  Parijdagi 
M illiy  kutubxona  va  Londondagi  Britaniya  muzeyi  kutubxonasi 
hozirga  qadar  qo‘llanayotgan  sxemalarda  aks  etdi.
N em is universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarm ida 
«fakultet  sistemasi»ning  h ar  xil  variantlaridan  ularni  yanada  de- 
tallashtirilgan holda foydalanganlar.  50-yillarda A.  Shleyermaxer- 
ning  puxta  ishlab  chiqilgan  bibliografik  klassifikatsiyasi  munosib 
ravishda  shuhrat  qozondi;  unda  «fakultet  sistema»larining  asosiy
50

bo‘lim lari  sxemaning  oxiridan joy olgan bo‘lib,  ulardan  oldin  esa 
um um iy  bo'lim ,  adabiyot  va  san’at,  tarix,  m atem atika  va  tabi- 
atshunoslik  bo‘lim lari joylashtirilgan  edi;  bundan  tashqari,  o‘nta 
iqtisodiy va  texnika  fanlarining  katta  bo‘lim i  ham   kiritilgan  edi.
Pavel  Grigoryevich  Demidov
X IX  
asrning  birinchi  yarm ida  rus  kutubxona  va  bibliografik 
klassifikatsiyalari  ju d a  taraqqiy  etdi.  N aturalist  olim   Pavel  G ri­
goryevich  Demidov  o ‘z  kutubxonasining  katalogi1  uchun  ishlab 
chiqqan  sxema  eng  dastlabki  klassifikatsiyalardan  biri  bo‘lib,  bu 
sxema  Rossiya  va  Yevropadagi  g‘oyat  nodir  nashrlarni  o ‘z  ichiga 
olgan  edi.  Bu  sxemaning  tabiiyot  fanlari  va  texnologiya  bo ‘lim i 
kutubxonaning  asosiy  mundarijasiga  muvofiq  tarzda  ko‘proq  de- 
tallashtirilgan  edi.  Fanlarni  bir-biridan  um umiy  tarzda  chegara-
1  Bu  katalog  1806-yilda  nashr  etilgan;  uning  bir  qismi  oradan  40  yil 
o'tgach,  bibliograf V.M.  Undolskiy  tomonidan  quyidagi  nomda  nashr  qilingan: 
«Каталог  Российским  книгам  библиотеки  Павла  Григорьевича Демидова, 
Составленный  им  самим».  —  М.,  1846.
51

lashda Pavel Grigorevich Demidov X V III asr oxiri va XIX asrning 
boshlaridagi  progressiv  fransuz  klassifikatsiyalarining  birm uncha 
ta ’sirida  bo‘lganligi  ko‘zga  tashlanadi.
Pavel  Grigoryevich  Demidov  o‘zi  qabul  qilgan  fanlar tartibini 
«bilish qobiliyatiga qarab» degan a n ’anaviy bo‘lim  bilan asoslangan 
bo‘lishiga  qaramay,  u  fanlarni  Frensis  Bekon  klassifikatsiyasidagi 
a n ’anaviy ajratishdan  chetga chiqqan.  U ning  sxemasiga  ko‘ra  ilo­
hiyot  falsafa bo‘lim idan  chiqarib  tashlangan,  alohida  texnologiya 
b o ‘lim i  ajratilgan,  tarix bo‘lim ida faqat jam iyat tarixi va geografi- 
ya  qoldirilgan.  Sxema  yozma  va  og‘zaki  ijodiyot  tarixiga,  fanlar 
tarixi,  bibliografiya,  ensiklopediyaga  doir  adabiyotni  va  um u­
m iy  m azm undagi  boshqa  kitoblarni  o ‘z  ichiga  oladigan  um um iy 
bo‘lim   (Polimatiya)  bilan  tugallanadi.
A.  N.  Olenin  (1763-1843)
X V III 
asr  oxiri  va  XIX  asr­
ning 
boshlarida 
Peterburg- 
dagi  Xalq  kutubxonasiga  asos 
bo‘lib  xizm at  qilgan  katta  kitob 
kolleksiyasi  sistemaga  solindi. 
1809-yilda  A.N.  Olenin  Xalq 
kutubxonasi fondini  tashkil  etish 
va  kataloglarini  tuzish  uchun 
foydalanilgan 
klassifikatsiyani 
e’lon  qiladi.  O lenin  Xalq  ku- 
tubxonasida  direktor  yordam- 
chisi lavozimida  (keyinchalik di­
rektor  lavozimida)  ishlagan.  Bu 
asarga1  so‘zboshida  A.N.Olenin 
o‘sha 
vaqtda  juda 
m ashhur 
bo‘lgan  chet  el  klassifikatsiya  sxemalarini  tahlil  qilib  chiqqan. 
Bu sxem alarning asosiy kam chiligi m ualliflarning bahosiga ko‘ra,
1  Оленин  A.H.  Опыт  нового  библиографического  порядка для  Санкт- 
Петербургской  имп.  библиотеки.  Пб.,  1809.
52

bo‘limlarning  qabul  qilingan  tartibi  yetarlicha  asoslab  beril- 
maganligidir.
A.N.  Olenin  —  Imperator  ommaviy  kutubxonasi  direktori, 
Imperator  badiiy  akademiyasi  prezidenti,  arxeolog,  rassom,  yo- 
zuvchi.  Uning sa’y-harakatlari natijasida Imperator ommaviy ku­
tubxonasi  tartibga  keltirilib,  sistemalashtirilgan.  Kutubxonaning 
ishiga  Olenin  zamonasining  eng  yaxshi  yozuvchi  va  shoirlari  — 
Krilov,  Gnedich,  Batyushkovich,  Delviglarni jalb  qildi.
A.N.  Olenin  o‘z  sxemasida  «bir  bilimdan  ikkinchisiga»  qu- 
yidagicha mantiqiy «o‘tishni»  belgilab  bergan:
I.  Fanlar
Aqliy  fanlar:
1.  Ilohiyot
2.  Huquqshunoslik
3.  Falsafa
4.  Tarix
Tabiiyot  fanlari:
5.  Tabiatshunoslik tarixi
6.  Tabiblik (tibbiyot)
7.  Fizika
8.  Kimyo
Aniq fanlar:
9.  Matematika
II.  San’at:
1.  Mexanik san’at
2.  Erkin san’at
3.  So‘z  san’ati
III.  Filologiya:
1.  Tilshunoslik
2.  Poligrafiya
3.  Tanqid
Bu  sxemada  fanlarning  mantiqiy  o‘zaro  aloqasi  bo‘limlarning 
joylashuvida  aks  ettirilgan:  oxirgi  «aqliy  fanlar»  tarix  bo‘limi 
«tabiiyot  fanlari»—  tabiatshunoslik  tarixining  birinchi  bo‘limiga 
o‘tish  bo‘lib  xizmat  qiladi;  matematika  tabiiyot  fanlari  va  aniq
53

fanlardan  «san’atlar»ning  birinchi  bo‘limiga  —  mexanik  san’atga 
o‘tishdir.  So‘z san’ati — oxirgi guruhga — tilshunoslik bilan bosh- 
lanadigan  «filologiya»ga  o‘tishdir.
Fanlarning  bunday  tartibi  birmuncha  sun’iy  tartibliligiga  qa- 
ramasdan  fanlar  keskin  uzilishlarsiz  bamisoli  yaxlit  bir  butunni 
tashkil  etadigan  sxema  tuzish  g‘oyasi  qiziqish  uyg‘otadi.  Klassifi­
katsiya  sxemalarining  an‘anaviy  tuzilishdan  chetga  chiqish,  chu- 
nonchi tibbiyot,  tabiatshunoslik tarixi,  fizika va boshqa fanlarning 
falsafadan  ajratilishi  ham diqqatga sazovordir.
XIX 
asr  birinchi  choragining  oxirlarida  Moskva  universiteti 
kutubxonasining  fondlari  sistemalashtirilgan  edi.  Kutubxonaga 
rahbarlik  qilgan  professor  F.F.  Reyss  o‘zi  tuzgan  klassifikatsiyani 
bu ishga asos qilib oldi.  Reyss sxemasining mantiqiy strukturasini, 
garchi  muallif so‘z  boshida  klassifikatsiyaning  vazifalari  va  siste­
mali katalog haqida to‘g‘ri  fikrlarni aytgan bo‘lsa-da,  ilmiy sxema 
deb bo'lmaydi.  F.F.  Reyss «ikki tomga bolish» degan rasmiy prin- 
sipini,  ya’ni  har  bir  tushunchani  izchillik  bilan  ikkiga  ajratishni 
klassifikatsiyaga asos qilib olgan edi.  U hamma fanlarni «ilohiy va 
«bashariy»  fanlarga  bo‘ladi,  «bashariy»  fanlar yana  «sezishga  mo- 
yil  bo‘lmagan  fanlar»ga  va  «sezsa  bo‘ladigan  fanlar»ga  bo‘linadi; 
«sezsa bo‘ladigan fanlar»,  «moddiy narsalar haqidagi» hamda «ilo­
hiy narsalar haqida»gi fanlarni va boshqa fanlarni o‘z ichiga oladi. 
Bunday  bo‘lishning  sun’iyligi  ko‘rinib  turibdi:  u  fanlarning  ko‘p 
tomonlama aloqalarini hech bir ochib berolmaydi.
Biroq  bu  sxemaning  ijobiy  tomonlari  ham  bor  edi:  u  har  xil 
turdagi nashrlar — lug'atlar,  o‘qish kitoblari,  kartalar, jadvallar va 
boshqalar  uchun  ko‘p  bo'linmalarga  ega  edi.  Unda  arab  raqam- 
laridan  va  lotin  hamda  yunon  alfavitlari  harflaridan  tuzilgan 
bosqichli  indekslar sistemasi  yaxshi  ishlab  chiqilgan  edi.
1843-yilga  kelib  «План расположения  библиотеки...»ni  tuz­
gan K.K. Foygt Qozon universiteti kutubxonasida original klassifi­
katsiya sxemasini ishlab chiqqan edi.  U o‘z sxemasining muqaddi- 
masida rus va chet el klassifikatsiyalari eng muhim  sxemalarining 
muntazam  va  tanqidiy  obzorini  bergan.  K.K.  Foygt  sxemasining 
asosiy g‘oyasi — inson bilimining yaxlitligidir.  Muntazam sharhda 
ta’riflab  berilgan  bu  to‘g‘ri  fikr A.N.  Oleninning  fikriga  nisbatan
54

birmuncha chuqurroq va to‘laroq  fikr bo‘lsa-da,  afsuski,  sxemada 
aniq aks  ettirilmagan  edi.
K.K.  Foygt fanlarni  «insonning ehtiyojlariga qarab»  ajratishni 
sxemaga  asos  qilib  olgan  edi.  U  insonning  moddiy  zaruratini 
(ehtiyojlarini)  belgilovchi  narsa deb bilib,  asosiy bo'lim lar sxema- 
sini ishlab  chiqdi;  bu sxemada birinchi o'rinni  «oziq-ovqat»  ehti- 
yoji bilan bog‘liq bo‘lgan «Sanoat» bo'limi olgan,  so'ngra «Harbiy 
ish»  («tashqi  xavfsizlik»  ehtiyoji)  «Yurisprudensiya»  («ichki  xavf- 
sizlik»  ehtiyoji)  va  hokazolar qo‘yilgan.
Fanlarni  «inson  ruhining  qobiliyatlariga  qarab»  ajratish  qan- 
chalik  shartli  bo‘lsa,  ularni  «insonning  ehtiyojlariga»  qarab 
ajratish  ham  shunchalik  shartlidir.  Masalan,  K.K.  Foygt  tarix- 
ni  «izzat-nafs»  ehtiyoji  bilan,  tabiiyot  fanlarini  —  «sinehkovlik» 
ehtiyoji  bilan  bog‘laydi;  bu  -   Foygt  fanlarining  haqiqiy  kelib 
chiqishini,  kishilarning  ijtimoiy  praktikasi bilan  ishlab  chiqarish 
faoliyati aloqasini  tushunmaganligidan dalolat beradi.
XIX  asrning  birinchi  yarmida  klassifikatsiyaning  kitob 
do'konlari  bosma  kataloglari  uchun  mo‘ljallangan  bibliografik 
sxemalari  ham  ishlab  chiqildi.
Bu davrdagi rus klassifikatsiya sxemalarining ko‘pchiligiga xos 
xususiyat  mazkur  sxemalar  mualliflarining  «fakultet»  va  «fran­
suz»  sistemalari  qoidalaridan  chetga  chiqishga  intilishlari  edi; 
«fakultet»  va  «fransuz»  sistemalarida  ilohiyot,  albatta  yetakchi 
o‘rinda  turar,  juda  ko‘p  mustaqil  fanlar  falsafaga  kiritilar  edi. 
Klassifikatsiya tuzilishining yangi formalarini izlash,  uning m an­
tiqiy asosini belgilash XIX asr birinchi yarmidagi  rus klassifikat- 
sion  fikrining dolzarbligini xarakterlab  beradi.
Bu  intilishlar  akademik  K.E.  Berning  klassifikatsiyasida  ifo- 
dalab  berilgan  bo‘lib,  u  Fanlar  akademiyasining  Peterburgdagi 
chet  el  bo‘limiga  moljallangan  edi1.  K.E.  Ber  fanlarni  ularning 
mazmuniga  muvofiq  ravishda  dunyoning  taraqqiy  etish  tarixini 
aks ettiradigan izchillikda:  anorganik tabiat haqidagi,  organik ta-
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Kutubxonashunoslik arxivshunoslik kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. Axunjanov E.pdf [Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> V a z I r L i g I


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling