Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Lotin  tilida  1841  va  1908-yiIlarda  bosib  chiqarilgan;  ruscha  tarjimasida


Download 5.22 Mb.
Pdf просмотр
bet6/20
Sana08.12.2019
Hajmi5.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Lotin  tilida  1841  va  1908-yiIlarda  bosib  chiqarilgan;  ruscha  tarjimasida: 
К.Э.Бер, Система классификации  11-го отделения библиотеки Российской 
Академии  наук.
55

biat  haqidagi,  inson  haqidagi,  jamiyat  haqidagi  fanlar  tartibida 
joylashtirishga urinib ko'rgan edi.  Uning klassifikatsiyasi umumiy 
mazmunga  ega  bo‘lgan uchta bo‘lim  bilan boshlanadi:
I
Bibliografiya va adabiyot umumiy tarixi.
II
Umummilliy  va  poligrafik  kitoblar  (ensiklopediyalar, 
yunonistonlik va rimlik mualliflarning kitoblari).
III
Tilshunoslik
IV
Matematika
V-VII
Tabiatshunoslik
VIII
Antropologiya yoki inson tanasi va ruhi to‘g‘risidagi 
ta’limot
IX-XII
Tarix va geografya, siyosat va huquq, iqtisod va texnologi- 
ya
XIII-XIV
San’at va nafis adabiyot
XV-XVI
Ilohiyot va falsafa
XVII
Tibbiyot
XVIII
Harbiy ish va dengiz ishi
XIX
Arxitektura.  Binokorlik
XX-XXI
Qo‘l yozmalar va kutubxona kataloglari
K.E.  Ber  klassifikatsiyasida  fanlarning  mantiqiy  silsilasini 
yaratishga  harakat  qilingan.  Tabiat  haqidagi  fanlar  umumiy  ta- 
biatshunoslik  —  fizika  va  kimyo  (V)  bo‘limi  bilan  boshlanadi, 
so‘ngra  anorganik  tabiat  haqidagi  —  geologiya  va  mineralogiya 
(VI)  fanlari  bo‘limlari  va  organik  tabiat  haqidagi  (VII)  fanlar 
bo‘limlari keladi. Antropologiya,  umumiy fiziologiya va psixologi- 
ya  alohida  bo‘lim  —  inson  haqidagi  fanlar  (VIII)  bo‘limi  qilib 
ajratilgan  hamda jamiyat  haqidagi  fanlar  kompleksiga  (IX—XII) 
o‘tish  bo‘lib  xizmat  qiladi.  San’at  va  adabiyot  mustaqil  bo‘limlar 
qilib berilgan.
K.E.  Ber  nazariy  va  amaliy  fanlarni  yorituvchi  adabiyotni, 
masalan,  kimyo  hamda  kimyo  texnologiyasiga  doir,  nazariy  va 
texnikaviy fizikaga doir kitoblarni birlashtirishdek murakkab ma- 
salani  hal  etishga  birinchi  bo‘lib  kirishgan  edi.  Biroq,  u  amaliy 
jihatdan  maqsadga  muvofiqligiga  asoslanib,  mustaqil  taraqqiy et-
56

gan  fanlar  (masalan,  tibbiyot,  harbiy  ish  va  dengiz  ishi,  arxitek- 
tura)ni  alohida  bo‘limlarga  ajratgan.
Bu  sxema  yaxshilab  bezatilgan.  Sxemaning  bo‘limlari  va 
bo‘linmalari  aniq  bosqichli  indekslar  bilan  ko‘rsatilgan:  asosiy 
bo‘limlari  raqamlar bilan,  bo‘limchalar  —  lotin  alfavitining  bosh 
harflari bilan, bundan keyingi bo‘linm alar — kichik lotin harflari, 
ba’zan  yunon  harflari  bilan  ifodalangan.
K.E.  Berning  o‘z  davridagi  ilg‘or  ilmiy  qarashlarini  aks  et- 
tirgan  va  amalda  foydalanishga  yetarli  darajada  moslashtirilgan 
sxemasi  XIX  asr  birinchi  yarmidagi  kutubxona  klassifikatsiyala- 
rining  eng yaxshilari jumlasiga  kiritilishi  mumkin.
3.6.  Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa  sxemalari 
(XIX  asr  oxiri  va  XX  asr boshlari)
Kutubxona  klassifikatsiyasining  xuddi  shu  davrda  tuzilgan  va 
e’lon qilingan boshqa  sxemalari  birmuncha kamroq yoyildi.  Gar- 
chi  ulardan  ayrimlari  o‘nli  klassifikatsiyaga nisbatan  ma’lum  us- 
tunlikka  ega  bo‘lsada  (o‘nli  klassifikatsiyada  bo'lim lar  bir  qadar 
mantiqiy  joylashtirilgan  edi),  o‘nli  klassifikatsiya  ustun  turardi; 
chunki  boshqa  klassifikatsiyalar indekslarining  tuzilishi  nisbatan 
oddiy boclib,  beso'naqay va foydalanishga noqulay edi.
Ko‘pchilik  sxemalarda  indekslarning  kombinatsion  tuzilish 
usuli  (Ch.  Ketter,  D.  Braun,  G.  Bliss  va,  ayniqsa,  Sh.  Ranga- 
natan  sxemasida)  o‘z  ifodasini  topdi.  Tekshirilayotgan  muallif- 
larning  sxemalar tuzilishini  fanning  zamonaviy darajasiga  yaqin- 
lashtirishga  intilishlariga  qaramay,  bu  sxemalarning  hammasida 
ayniqsa  ijtimoiy-siyosiy  adabiyot  bo‘limlari  strukturasida  burjua 
dunyoqarashining  cheklanganligi  aks  etgan.
Ch.Ketter klassifikatsiyasi
XIX  asrning  oxirgi  o‘n  yillarida  amerikalik  kutubxonashunos 
Ch.  Ketter sxemasi vujudga  keldi.  Unda asosiy bo‘lim lar — yangi 
joylashish  izchilligi  o‘nli  klassifikatsiyadagiga  qaraganda  an­
cha  mantiqiyroqdir:  tarix  va  ijtimoiy  fanlar,  tilshunoslik  hamda 
adabiyot  bo‘limlari  bir-biriga  yaqinlashtirilgan,  tibbiyot  amaliy 
fanlardan  ajratilib,  tabiiyot  fanlari  bo‘lim idan  keyin  keladi,  bi-
57

nokorlik  ishi  va  sanoat  ishlab  chiqarishi  bo‘limlari  bir-biridan 
ajratilgan.
Ch.  Ketter  o‘z  klassifikatsiyasini  har  xil  ko‘lamdagi  —  juda 
kichik,  1000  jilddan  kam  kitobga  ega  bo‘lgan  kutubxonalardan 
tortib,  fondida bir necha yuz  ming jild kitob bo‘lgan yirik kutub- 
xonalarning  ham  foydalanishiga  qulay  qilishga  intilgan  edi.  Ket­
ter  bo‘limlarning  katta-kichikligi  har  xil  bolgan  sxemalarning 
oltita  variantini  e’lon  qilgan;  birinchi  variant  faqat  11  ta  yirik 
bo'lim ni o‘z ichiga oladi.  Navbatdagi har bir variant o‘zidan oldin 
kelgan variantni  rivojlantiradi1.
Ch.  Ketter  sxemaning  sekin-asta  detallashtira  borish  imkoni- 
yatini  yaratish  uchun  bosqichli  indekslarni  qo‘lladi,  biroq  Ketter 
sxemasida  indekslar  lotin  alfaviti  harflarining  birikmasidan  ibo­
ratdir.  Bu hoi har bir bo‘limda  10 dan ortiq bo‘linma (lotin alfavi- 
tida  26  harf bor)  tuzishga  imkon  bergan,  lekin  ayni vaqtda  talaf- 
fuz qilish qiyin bo‘lgan va esda yaxshi qolmaydigan indekslarning 
hosil  bo‘lishiga  olib  kelgan.  Ana  shu  nuqson,  shuningdek  sxe­
ma  e’lon  qilingan  vaqtga  kelib  (1891—1893-yillar)  AQSHning 
ko‘pchilik kutubxonalari  o‘nli  klassifikatsiyani  qo‘llay boshlagan- 
ligi fakti  Ch.  Ketter sxemasidan Amerika kutubxonalarining juda 
oz  foydalanishiga  sabab  bo'lgan.
Ch.  Ketter sxemasi  diqqatga  sazovordir.  Bu  sxemada  «kengay- 
tirish»  usuli  qo‘llanilishi  ijobiy  bahoga  loyiqdir.  Umumiy  klassi­
fikatsiya  asosida bo‘linm alarining katta-kichikligi har xil bo‘lgan 
sxemalarning  bir  qancha  variantlarini  ishlab  chiqish,  shubhasiz, 
ratsional g‘oyadir,  chunki  u  fondining  hajmi  turlicha bolgan ku- 
tubxonalarda umumiy (asos qilib olingan)  sxemani qo‘llashga im­
kon beradi.  Ch.  Ketterning  xizmati  yana  shundaki,  u  kutubxona 
klassifikatsiyasi  tarixida  birinchi  bo‘lib  sxemaga  aniqlagichlar- 
ning  yetarli  darajada  batafsil jadvallarini  (geograflk aniqlagichlar 
va  forma  aniqlagichlarni)  kiritdi2.  Birmuncha  keyingi  davrdagi
1  So'nggi,  yettinchi,  eng  mukammal  variant tugallanmay  qolgan.
2  Ch.  Ketter kutubxona klassifikatsiyasining  dastlabki sxemalari  1879-yildan, 
ya’ni  o ‘nli  klassifikatsiyaning  ikkinchi  variantidan  ancha  oldin  e ’lon  qilina 
boshlagan  edi.
58

sxemalarni  tuzuvchilarning  hammasi  bu  samarali  g‘oyani  ri- 
vojlantiradilar,  bo‘lim larni mazmun va shaklning ayni bir xildagi 
belgilariga  ko‘ra detallashtirishga  imkon beruvchi  aniqlagichlarni 
yaxshilab  ishlab  chiqish  usullarini  qidiradilar.
AQSH  Kongressi  kutubxonasining  klassifikatsiyasi
XIX 
va XX asrlar bo‘sag‘asida AQSHda Kongress kutubxonasi 
uchun  klassifikatsiyasi  sxemasi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  hozir 
Amerika  qo‘shma  Shtatlarining  ilmiy  kutubxonalarida  keng  tar- 
qalgan.  Bu  vaqtga  kelib,  1800-yilda  asos  solingan  Kongress  ku­
tubxonasida kitob fondi  ancha ko'paydi va shu sababli uni batafsil 
klassifikatsiya  qilish  zarurati  paydo  bo‘ldi.
Klassifikatsiya  sxemasini  kutubxonaning  Ch.  Martel  rah- 
barligidagi  bir  guruh  xodimlari  tuzgan.  Ish  boshlangan  chog‘da 
asosiy  bo‘lim larning  sxemasi  belgilab  olingan  edi.  Keyincha­
lik  har  bir  bo‘lim ni  bilimning  muayyan  sohasidagi  mutaxas- 
sislar  guruhi  mustaqil  ravishda  detallashtirgan.  Bu  guruhlar 
bir-biridan  alohida-alohida  ishlab,  ayni  bir  masalani  ko‘pincha 
har  xil  hal  qildi.  Masalan,  m am lakatlar  bo‘yicha  bo‘lish  har  xil 
bo‘limlarda har xil izchillikdagi xilm a-xil texnik usullar bilan hal
59

s
Tarix fanlari
D
Tarix  va  o'lkashunoslik  (umuman  Amerika  mamlakatlaridan 
boshqa hamma mamlakatlarning ham tarixi va olkashunosligi)
Y
Amerika (AQSHdan tashqari)
F
AQSH
Mantiqiy tuzilishdan voz kechish hamda Amerika bilan AQSH- 
ni alohida-alohida bo‘limlar qilib ajratish  Kongress kutubxonasida 
Amerika to‘g‘risidagi kitoblar boshqa mamlakatlar haqidagi kitob- 
lardan,  AQSH  haqidagi  kitoblar Amerikaning  boshqa  mamlakat- 
lari haqidagi kitoblardan ko‘proq ekanligiga asoslangan.
Hamma bo‘limlardagi bo‘linm alar bo‘lim  indeksiga lotin alfa- 
vitining  ikkinchi  bosh  harfini  qo'shish  yo‘li  bilan  hosil  qilingan, 
masalan:
T
Texnika
TY
Yo‘l ishi
TN
Qurilish
Bundan  keyingi  detallashtirish  indeksning  dastlabki  ikki  bel- 
gisiga  raqamli  birikmalar  qo‘shish  bilan  hosil  qilinadi;  raqamli 
birikmalar  har  qaysi  bo'linm aning  tartib  o‘rnini  ko‘rsatadi.  M a­
salan, TN-123  indeksi bo‘linm aning qurilish b o lim i bo‘linmalari 
qatorida  bir  yuz  yigirma  uchinchi  o‘rinni  egallashini  ko‘rsatadi. 
Kongress  kutubxonasi  sxemasining  indekslari  belgilarning  (harf- 
lar  va  raqamlarning)  birga  qo‘shilishi  jihatidan  ham,  tuzilish 
usuli  (dastlabki  belgilarning  bosqichli,  keyingilarining  raqamli 
bo‘lishi) jihatidan  ham  aralash  sxemadir.
Kongress  kutubxonasi  nashr  etadigan  bosma  kartochkalarda 
AQSHda juda  keng  tarqalgan  ikkita  klassifikatsiya  sxemasining
— o‘nli  klassifikatsiyaning va  Kongress  kutubxonasi  klassifikatsi­
yasining  indekslari  ko'rsatiladi.
Jorj  Braun  klassifikatsiyasi
Ingliz  kutubxonashunosi  Jorj  Braun  XX  asr  boshlarida  juda 
o‘ziga  xos,  ammo  umuman  yaxshi  chiqmagan  va  amalda  foy-
61

etildi.  Bo‘lim la rn i  d etallash tirish   d arajasida  ham   bir  xillik  yo‘q. 
Bo‘lim la rn in g   m ay d alash tirilish i  k utubxonada  b iro r  sohaga  d o ir 
adab iyo tn in g  bo r-yo‘qligiga  muvofiq  keladi.  N atijad a  b o ‘lim lar 
ju d a   no tek is  d etalla sh tirilg an ,  b in o b arin ,  b u tu n   sxema  yaxshi 
bog‘lan m ag an   sohali  klassifikatsiya  sxem alari  yig‘in disidan   ib o ­
rat  b o ‘lib  qolgan.
K ongress 
kutubxonasi 
sxemasida 
o ‘ziga 
xos 
indekslar 
q o ‘llanilgan.  Asosiy b o ‘lim lar lotin alfavitining bosh  harflari  bilan 
belgilangan.  Sxema  um u m iy   b o ‘lim  (A  indeksi)  bilan  boshlanib, 
u n d an   keyin  falsafa,  tarix ,  geografiya  va  ijtim oiy  fanlar  (B —L  in- 
dekslari)  sa n ’at,  tilsh u n o slik   va  adabiyot  (M —P),  an iq  fanlar  (Q) 
keladi,  tibbiyot,  qishloq  xo‘jaligi  va  tex n ik a  (R —T),  shuningdek 
harbiy  ish  va  dengiz  ishi  (L —Y)  alohida  b o ‘lim   qilib  berilgan.
Sxem a  stru k tu ra sin in g   konkret  bilim   sohasiga  d o ir kitoblar so- 
niga  b og‘liqligi  ayniqsa  ta rix   b o lim la ri  kom pleksining  tu zilishida 
n am oyon  b o ‘lganki,  biz  b un i  yuqorida  ko‘rsatib  o ‘tgan  edik:
60

d alan ish   noqulay  bo 'lg an   kutubxona 
klassifikatsiyasi  sxem asini  yaratib, 
u n i  «P redm et  klassifikatsiyasi»  deb 
atagan  edi.  B raun  b ilim n in g   asosiy 
soh alari 
b o ‘lim la rin i 
du ny oning 
an o rg an ik   ta b iatd a n   in so n   va  ja m i- 
yatga  to m on   evolyutsiyasini  aks  et- 
tirad ig an   izchillikda  joylashtirgan; 
am m o   u  bu nd a  tab iat  taraqqiyotini 
idealistik 
tu sh u n ish ga 
asoslangan 
edi.  M asalan,  Jorj  B raun  an o rg an ik  
tabiat  haqidagi  fanlarga  «m ateriya» 
haqidagi  fan lar  deb  q arag an ,  inson  va  jam iy at  haqidagi  fan larn i 
in so n d a  aql-idrok  m avjudligi  bilan  bog‘lagan  edi.
A sosiy  b o ‘lim la r  sx em ada  lotin  h arflari  bilan  belgilangan;  b ir 
g u ru h d ag i  fan lar  b o ‘lim la rig a  bir  necha  bosh  h a rfla r  qo'yilgan. 
K eyingi  b o ‘lin m a la r  u ch   xonali  raqam li  (tuzilishiga  ko‘ra  o ‘n li 
indekslarga  o ‘xshash)  in d ek slar  bilan   ifodalangan.  Jorj  B raun  
texn ik aga  d o ir  fanlar,  tibbiyot,  san ’at  degan  alo h id a  b o ‘lim la r 
hosil  q ilish d an   voz  kechib,  bu  fan larn in g   ayrim   so h alarin i  ularga 
tegishli  n aza riy   fan lar  b o ‘lim larig a  kiritgan  edi.
M a sa la n ,  m e x a n ik a   b o ‘lim id a n   keyin  sxem ad a  m e x an ik a  b i­
lan   a lo q a d o r  «am aliy»  fa n la r  (tex n ik a)  s a n ’at,  y o r u g iik   fizik asi 
(o p tik a)  b o ‘lim id a n   k ey in   —  yo ritish  te x n ik asi  b o ‘lim i,  to - 
v u sh  fizik asi  (ak u stik a )  b o ii m id a n   keyin  —  m u siq a  va  q o ‘shiq 
b o ii m la r i  keladi.  S h u n d ay   qilib,  go‘yo  « p re d m e t  kom p lek s- 
lari»  y a ra tilg a n   «yorug‘lik»  p re d m e ti,  «tovush»  p re d m e ti  b ilan  
b o g ii q   b o ig a n   b a rc h a   b ilim   so h alari  shu  kom pleksga  k iritilg a n  
edi.
Jorj  B rau n   n aza riy   va  am aliy   fan la rn i  b ir-b irig a  y aq in lash ti- 
rish  h aqidagi  to ‘g ‘ri  fik rn i  ra sm an   am alga  o sh irib ,  tex n ik ag a  oid 
fanlar,  s a n ’at,  tib b iy o tn in g   tabiiy  kom plekslarini  buzgan.  B rau n  
a n iq la g ic h la r  xu susida  yoki  u la rn in g   «kategoriyalar»  xususida 
h a m   fik r  b ildirg an .  S xem ada  «kategoriyalar»ning  b itta   jad v ali 
b e rilg an  b o ‘lib,  u ju d a   x ilm a -x il  va  tasodifiy ta rtib d a  jo y lash tiril- 
g an  1000  ta   tu s h u n c h a n i  o ‘z  ichiga  oladi.
62

XX 
asrda  yaratilgan  chet  el  kutubxona  klassifikatsiyasi  sxema- 
la rid an   eng  m ash hu rlari  G .  Bliss  (A Q SH )  va  Sh.  R angan atan  
(H in d isto n )  sxem alaridir.
Nyu-York  sh ah ar  kollejining  kutubxonachisi  G .  Bliss,  q a t’iy 
ilm iy  klassifikatsiya  z a ru r  deb ja r   so lsa-d a,  haqiqatda  fan larn in g 
q a t’iy  izchilligini  belgilab  berm aydi.  U n in g   klassifikatsiyasiga  al- 
ternativlik  prinsipi,  ya’ni  b o ‘lim   uch u n  sxem ada  n azarda  tutilgan 
bir  n ech a  o 'rin d a n   m a zk u r  kutubxona  sharoitida  eng  sam arali 
joy  tan lash   prinsipi  asos  qilib  o lingan.  G .  Bliss  sxem asida  b u n ­
day  altern ativ  y ech im lar ju d a   ko‘p,  m asalan,  psixologiya  bo‘lim i 
yo  falsafa  b o 'lim ig a  kiritilishi,  yoxud  antropologiya  va  ijtimoiy 
fanlar  o ‘rtasid a  m ustaqil  b o ‘lim   qilib  ajratib  q o ‘yilishi  m u m kin ; 
texnika  b o ‘lim in i  fizika  b o ‘lin m a la ri  qatoriga  yoki  am aliy  fanlar 
bo ‘lim ig a joylashtirsa  b o ‘ladi.
A lternativ  y echim lar  p rin sip idan   b ir  m e ’yorda  foydalanm aslik 
G .  Bliss  sxem asini  barq arorlikd an   m a h ru m   etadi:  b ilim n in g   ay­
rim   eng  m uh im   sohalari  b o lim la r i  u n d a  m uayyan  o ‘ringa  ega 
em as.
E tik a  din  b o ‘lim iga  kiritilg an,  «Revolutsiya»  rubrikasi  «Sotsial 
buzg‘unchilik»  rubrikasi  b ilan   yo n m a-yo n  joylashtirilgan.  «Past 
xalqlar»,  «past  irqlar»  degan  te rm in la r  q ay ta-q ay ta  ishlatilgan. 
Tabiiy  ta n la n ish   va  yashash  u ch u n   k u rash n in g   biologik  q on u n - 
lariga  ijtim oiy  taraqqiyot  om illari  deb  qaraladi.
B urjua  kutubxonashunosligida  G .  Bliss  klassifikatsiyasiga 
ko‘p in ch a  had d an   tashq ari  yuqori  b ah o   b eriladi,  biroq  am alda  bu 
klassifikatsiyadan ju d a   kam   foydalaniladi.
A toqli  h in d   k u tu b x o n ach isi  Shiali  Ramamrita  Ranganatan- 
n in g   a sa rla ri  m a sh h u rd ir.  R a n g a n a ta n   k o ‘p  y illa r  davo m ida 
M ad o rasd ag i  universitet  k u tu b x on asiga  rah b arlik   qilgan  va 
keksayib  q olg anligiga  q aram ay,  x alq aro   k u tu b x o n a c h ilik   ta sh - 
k ilo tla rid a   katta  ish  olib  b o rg an.  R a n g a n a ta n n in g   ku tubxona 
is h in in g   m u a m m o larig a   d o ir  a sa rla ri  k u tu b x o n a n in g   ja m iy at 
hayotidagi  roli  h aqid a  progressiv  fik rd a   e k an lig id a n   d alo lat  b e ­
radi.
G.Bliss  va  Shiali  Ranganatan  klassifikatsiyasi
63

Shiali  Ramamrita  Ranganatan  (1892—1972)
Shiali 
R a m a m rita  
R an g an a tan  
(1892—1972) 
h in d  
kutubxonashunos 
olim i. 
A xborotlashtirish 
va 
k u tu b - 
xonashunoslik  sohasida  faoliyat  y urit- 
gan  olim ,  professor.  L ondondagi  Oliy 
kutu b x on achilik   m ak tab in i  tugatgan. 
H in d isto nd ag i 
y irik 
k u tubxonalarni 
birlashtirib, 
1933-yilda  ta sh k il  etil­
gan  kutubxonachi lik  assotsiatsiyasini 
boshqargan.
«K itoblar  u lardan  foydalanishlari 
u ch u n   x izm at  qiladi»,  «H ar  b ir  k ito b ­
xonga  o ‘z  kitobini  taq d im   etish»  kabi 
k u tu b x o n ashu no slikn in g  m u h im   q o id a larin i  yaratgan.  U   faset 
klassifikatsiyasi  n azariyasini  yaratgan.  «Ikki  n u qta  y o rdam ida 
klassifikatsiyalash»  m a zk u r  klassifikatsiya  zam onaviy  klassafi- 
katsiya  n azariy asin ing   yaratilishiga  ta ’sir  ko'rsatgan.
R a n g a n a ta n n in g   ilm iy   ish la ri  k u tu b x o n a   k la ssifik a tsiy a ­
si  va  siste m a li  k atalo g   so h asid ag i  ta d q iq o tla r  b ilan   k o ‘p ro q  
b o g ‘liq d ir.
R a n g a n a ta n   ishlab  ch iqqan  va  birin ch i  b o r  1933-yilda  e ’lon 
q ilin g an   «Bayon  alom ati  yordam ida  klassifikatsiyalash»,  degan 
asarid a  klassifikatsiya  qilinayotgan  asarlar  tem atikasiga  m uvofiq 
keladigan  b arch a  tu sh u n ch alar  uch u n   o ld in d an   ru b rik alar  belgi­
lan g an   «sanam a»  sxem alar  usulidan  q a t’iyan  voz  kechadi.  «U ni­
versal o ‘n li klassifikatsiya»da keng foydalanilgan in dekslarni kom - 
b in atsio n   tu zish   u su lin i  R an g an atan   yanada  rivojlantirdi.  U n in g  
sxem asida  26  ga  asosiy  b o ‘lim   ko‘rsatilgan  (keyingi  n ash rlarid a 
b o ‘lim la rn in g   soni  ko‘paytirilgan).  Bu  b o ‘lim la rn in g   sxem ada 
qabul  q ilin g an   izchilligi  qiziqish  tu g‘dirm aydi.  U   ko‘p  jih a td a n  
B raun  va  Bliss  sxem alariga  o ‘xshaydi,  b in o b arin ,  asosiy  qator- 
n in g   ilm iyligi  m uam m osiga  u n ch a  ah am iyat  berm aydi.  U  asosiy 
e ’tib o rin i  b ilim n in g   asosiy  sohalari  b o 'lim la rin i  detallashtirish  
m asalalarig a  qaratadi.
64

R an g an a tan   h ar  bir  asosiy  b o ‘lim   doirasida  b ir  necha  jadval 
tu zib   chiqadi,  bu jad v allar m a z k u r bilim   sohasini  tu rlicha  nuqtayi 
nazard an   aks  ettiradigan  b o ‘lin m a la rn i  o ‘z  ichiga  oladi.
R a n g a n a ta n   b irin c h i  n a s h rd a   bu  ja d v a lla rn i  « x arak teristi- 
kalar»  deb  ataydi,  k ey in c h alik   u la rg a  «fasetlar»  (b ilim n in g   shu 
so hasi  q arab   ch iq ilish i  m u m k in   b o ‘lgan  n uq tay i  n azarlar)  deb 
nom   b erad i.  M asalan ,  kim yo  b o ‘lim id a  k im y o n in g   asosiy  m a- 
salalari  b o ig a n   m o d d a la rn in g   belgisi  va  elem e n tlarn in g  b irik ish  
u su lla rin in g   jad v alla ri  (fasetlari)  b erilg an .  0 ‘sim lik sh u n o slik  
b o ‘lim id a   o ‘sim lik la r  tu r la rin in g   o ‘sim lik   x iz m ati  tarkibiy  
q ism la rin in g ,  qish lo q   xo‘ja lik   e k in la rin i  p arv arish   qilish  usu l- 
la ri  g eografik  b elg isin in g   fase tlari  bor.  Tibbiyot  b o ‘lim id a 
o d a m   ta n asi  o rg an la ri,  b e m o rla rn i  davolash,  ularga  q arash   il­
m iy  m u a m m o la ri  u su lla ri  n u q ta y i  n a z a rid a n   tu z ilg a n  ja d v a lla r 
berilg an .
F asetlarn in g   b o 'lin m a la ri  raq am li  belgilarga  ega.  K erak li  tu ­
sh u n ch a  indeksi  asosiy  b o ‘lim n in g   harfiy  ifodasiga  tegishli  fa­
setlar  jad v allarid an   o lin g an   ifo d ala rn i  q o ‘shish  yo‘li  bilan  hosil 
q ilin ad i.  R aqam li  ifodalar,  h a r  xil  belgilar  ko‘p incha  bayon  alo- 
m ati  yo rdam ida  b irlash tirilad i;  x uddi  shu  n arsa  «Bayon  alom ati 
y o rd am id a  klassifikatsiyalash»  sistem asin in g  n o m in i  belgilab 
bergan.
R an g an a tan n in g   klassifikatsiya  sxemasi  foydalanish  uchu n 
ju d a   m urakkab  sxema  b o ‘lib  chiq d i  va  keng  yoyilm adi.  U n in g  
klassifikatsiyalashga  d o ir  asarlarida, 
m isol  uch u n ,  Iceltiril- 
g an   b a ’zi  b ir  in d ek slar  u m u m iy   a n iq la g ic h la r  va  faset  belgi- 
la rn i  h a r  xil  ja d v a lla rid a n   o lin g a n   25—30  belg id an   ibo ratd ir. 
In d ek s  ayrim   elem en tlari  ta rtib in in g   m u rak k ab lig i  va  s h a rtli- 
ligi,  in d ek slar  tarkibiga  bu  e le m e n tla rn i  b o g ‘lab  tu ru v ch i  h a r 
xil  q o ‘sh im c h a  b elg ilarn in g   k iritilis h i  in d e k slarn i  k u tu b x o n ach i 
u ch u n   h am ,  katalo g dan  foy dalan ad igan   kitobxon  uch u n   h am  
m u rak k a b lash tirib   q o ‘yadi.
R ang an atan  o ‘zin in g   b u n d an   keyingi  asarlarida  fasetli  klas­
sifikatsiya  g ‘oyasini  ishlab  chiq ish n i  davom   ettiradi.  B ilim ning 
xilm a-xil  sohalarini  fasetlar  b o 'yicha  b o iis h n i  tartibga  solish 
yo‘llaridagi  izlanishlarida  u  m atbuot  asarla rin i  klassifikatsiya  qi-
65

lishning  o‘ziga  xos  standarti  bo‘lib  xizmat  qilishi  lozim  bo‘lgan 
umumiy «fasetli formula»ni  qo'llanish  mumkin deb  o‘ylaydi.  Har 
bir  asar  bu  formulaga  muvofiq  quyidagi  besh  nuqtayi  nazardan 
qarab  chiqilmog'i  lozim:  konkret  tushuncha  (bilim  sohasi,  pred­
met,  masala),  modda (material),  energiya (jarayon,  harakat),  fazo 
(geografik  nuqtayi  nazar),  zamon  (davr,  vaqt,  yil).  Ranganatan 
xuddi  m ana  shu  besh  hadli  formulaga  yopishib  olmay,  fasetlarni 
standartlashtirish  g‘oyasining  o‘ziga  alohida  e’tibor  beradi.  Chet 
el  kutubxonashunoslarining  ko‘pchiligi  bu  g'oyani  qo‘llab-quv- 
vatlamoqdalar,  biroq  fasetli  formulaning  birmuncha  boshqacha 
variantlarini belgilab  olmoqdalar.
Fasetlarga  qarab  klassifikatsiyalash  prinsipi,  shubhasiz,  k u ­
tubxona  fondi  mundarijasini  ochib  berishdan  iborat  bu  jara- 
yonni  tartibga  solish  yo'lini  ko‘rsatadi,  klassifikatsiya  sxema- 
si  tuzilishiga  qonuniy  tus  berish  im konini  tug‘diradi.  Biroq 
bilim ning  xilm a-xil  sohalari  bo‘lim larini  qismlarga  ajratish- 
ning
  um um iy  formulasi  topilishi  dargumon.  Ranganatan  va 
um um iy  fasetli  formula  degan  bu  g‘oyani  ishlab  chiqayotgan 
chet  el  kutubxonashunoslari  xilm a-xil  fanlar  o‘rganadigan 
obyektlar  o‘rtasida  chuqur  sifat  tafovuti  borligini  anglama- 
yotirlar.  M asalan,  ijtimoiy  fanlar  bo‘lim larida  ijtimoiy  hayot 
hodisalari  uchun  tabiat  hodisalarini  yoki  ishlab  chiqarishning 
texnologik  jarayonlarini  tadqiq  etuvchi  farqlar  bo'lim laridan 
m utlaqo  boshqa  nuqtayi  nazarlarda  bo‘linm alar  tashkil  etish 
zarurati  paydo  bo‘ladi.
Ranganatan  ilgari  surgan  bir  qancha  qoidalarning  bahsli 
xarakterda  ekanligiga  qaramay,  uning  klassifikatsiyalash  soha- 
sidagi  asarlari chet el  kutubxonashunosligida katta voqeadir.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Kutubxonashunoslik arxivshunoslik kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. Axunjanov E.pdf [Abu Mansur Hasan Ibn Nuh Qumriy]
78%20Кутубхонашунослик%20иши -> V a z I r L i g I


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling