Axborot-kutubxona markazi


Download 62.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2017
Hajmi62.01 Kb.
#23470

 

O’zbekiston  respublikasi axborot texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini rivojlantirish  



vazirligi 

Respublika  axborot - kutubxona markazi 

Toshkent shahar «Bilim

» 

Axborot-kutubxona markazi 

 

 

 

 

«KaDaTa» — kutubxonalarni axborotlashtirish dasturiy ta’minoti 

 

Uslubiy qo’llanma 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2017 

 

 

Muqaddima 

              O‘zbekiston  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgan  dastlabki  kunlaridanoq  erkin    demokratik 

davlatni    barpo  etish,    xalqning  ma'naviy  boy  va  munosib  hayotini  ta'minlashdek  ezgu  maqsadni 

amalga oshirishga kirishildi. Biz tanlagan rivojlanish yo‘li jahon tajribalarini, shuningdek asrlarga 

tengdosh  milliy  an'analarni,  urf  odatlarni,  an'anaviy  turmush  tarzini  har  tomonlama  hisobga  olib, 

davlat va jamiyatni yangilash va taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan. 

            Mustaqillik  yillari  davomida  barcha  sohalarda  bo‘lgani  kabi  axborot-  kutubxonachilik 

sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar olib borilmoqda. Bu  sohani tizimli rivojlanishi uchun, 

xududlarda aholining  bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga zamin yaratish ya'ni, barcha hududlarda 

namunaviy  tayanch  kutubxonalari  tashkil  etilmoqda.  Ular  zamon  talabida  jihozlangan  bo‘lib, 

aholini  axborot  olish,  kutubxona  xizmatidan  foydalanishi  uchun  sharoit  yaratilayotgani  barcha 

kitobsevar  aholini  birday  xursand  etib  kelmoqda.  Bugungi  kunda  tashkil  etilayotgan  kutubxonalar 

avvalgi kutubxonalardan tubdan farq qiladi.Kutubxonachilik 

sohasidagi 

me'yoriy 

hujjatlar 

yangilanib,  kutubxonalarni  xududlarda  haqiqiy  ma'naviy  maskanga  aylantirilishi  uchun  jahon 

andozalariga  moslashtirilmoqda.  Shu  o‘rinda  unda  faoliyat  yuritayotgan    kutubxonachilarni 

jahonning  yetakchi  mamlakatlaridagi  ilg‘or  kutubxonachilik  texnologiyalari  bilan  tanishib 

qaytayotganligi so‘zimizning yaqqol isbotidir. 

         Kutubxonachilikda  samaradorlikka  erishish,  uni  haqiqiy  ma'naviy-ma'rifiy  maskanga 

aylanrish  maqsadida  turli  ta'lim  muassalari  bilan  hamkorlik  ishlari    yo‘lga  qo‘yilmoqda.  Har  bir 

oquv  yurti  negizida  aholi  uchun  qulay  bo‘lgan  axborot-resurs  markazlari  tashkil  etilib,  ular  fondi 

muntazam boyitilib kelinmoqda.  Natijada  kitobxon aholi,  ayniqcha yoshlar uchun bo‘sh vaqtini 

samarali  o‘tkazishga  mo‘ljallangan  axborot  maskanlari    tashkil  qilinvoqda.    Quyidagi  vazifalarni  

amalga oshirishga Toshkent shahridagi  "BILIM" Axborot - kutubxona  markazi  ham o‘z h  issasini  

qo‘shib kelmoqda.  

        "BILIM" Axborot - kutubxona  markazi  bugungi  kunda  aholiga  yuqori  darajadagi  axborot-

kutubxona  xizmati  ko‘rsatishni  tashkil  qilishga,  ularni  ilmiy, ta'limiy, madaniy  va  axborotga  

bo‘lgan    barcha  talab    va  ehtiyojlarini    an'naviy  usulda  va  yangi  axborot  vositalari        yordamida  

qondirishga  qaratgan.  

        Ushbu qo‘llanma axborot-kutubxona muassasalarining  fondini elеktron kataloglarini yaratish, 

adabiyotlarni  qidirish,  kitob  fondi  hisobotini  olib  boorish,  kutubxonaga  tushayotgan  hujjatlarga 

ishlov  bеrish,  fondni  hisobga  olish  va  tahrirlash,  kitobxonlarga  adabiyotlarni  bеrish  va  qaytarib 

olish jarayonlari haqida ma‘lumot beradi. 



 

Axborot-kutubxona muassasa resurslarini kataloglashtirish 



Kataloglashtirish  –  rejali  tashkillashtirilgan,  o‘zaro  bog‘langan  va  bir-birini  to‘ldiruvchi 

bibliografik  katalog  va  bibliografik  kartotekalar  majmoidan  iborat  bo‘lgan    kutubxonaning 

ma‘lumot-bibliografik  apparatinig  qismidir.  (GOST  7.76-96.)  Axborot,  kutubxonachilik  va 

nashriyotchilik  ishi  bo‘yicha  standartlar  tizimi.  Hujjatlar  fondini  to‘ldirish.  Bibliografiyalash 

kataloglashtirish. Tushunchalar va ta‘riflar ). Kutubxona kataloglari kartochka, mashina o‘qiydigan 

va    kitob  ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkin  .  Kataloglashtirish  tarkibiga  bibliografik  ishlov  berish, 

ma‘lumotlarni  avtomatlashtirilgan  ahborot  kutubxona  tizimiga  kiritish  (AAKT  )  yoki  katalog 

kartochkalarining  nusxasini  ko‘paytirish,  kataloglar  bilan  ishlash  (tashkil  qilish,  yaratish  va  tahrir 

qilish) kiradi.  

         Kataloglashtirishning muhim protseslariga quyidagilar kiradi: 

 

Bibliografik yozuvni yaratish 



 

Ahborot-kutubxona resurslarini sistemalashtirish va predmetlashtirish  

       Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanishi  axborot-kutubxona  muassasalarida 

elektron 

kataloglarning 

yaratilishiga 

olib 

keldi. 


Keyingi 

yillarda 

Internet, 

Intranet 

texnologiyalarining inson faoliyatining turli sohalarga jadallik bilan kirib kelishi axborot-kutubxona 

muassasalarida  yaratilgan  elektron  kataloglar  asosida  yig‗ma  elektron  kataloglar  yaratishga 

imkoniyat berdi. 

Yig‗ma elektron katalog — bu axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmuidir. 

Yig‗ma elektron katalog (YEK) yaratishdan maqsad: 

 

axborot-kutubxona  muassasalarining  axborot-kutubxona  fondiga  kelib  tushayotgan 



hujjatlarni hamkorlikda klassifikatsiyalash va kataloglashtirish

 

yig‗ma  bibliografik  ma‘lumotlar  bazasini  shakllantirish  va  yuritish  hamda  unga 



Internet/Intranet tarmog‗i vositalari orqali on-line kirishni ta‘minlash; 

 

axborot-kutubxona  muassasalari  orasida  MARC-formatlar  (MARC  21,  UNIMARC, 



UZMARC) asosida bibliografik yozuvlarni almashtirish. 

Yig‗ma elektron katalogning samaradorligi: 

 

axborot-kutubxona  muassasalariga  lokal  elektron  katalog  bazasini  shakllantirishning 



samarali usullarini taqdim qilish. 

 

YEK  bazasini  shakllantirishda  ishtirok  etayotgan  har  bir  ishtirokchi  boshqa  axborot-



kutubxona  muassasasining  resurslaridan  (elektron  katalogidan)  foydalana  olish 

imkoniyatiga ega bo‗ladi. 

 

yig‗ma  elektron  katalog  bazasidagi  tayyor  yozuvlardan  foydalanish  hisobiga 



kataloglashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish. 

 

tezkor bibliografik qidiruv imkoniyatini taqdim qilish. 



 

axborot fondlari va resurslari bilan samarali almashtirish imkoniyati. 

 

turli  axborot  mahsulotlarini  (ko‗rsatkichlar,  metodik  qo‗llanmalar,  muammoga 



yo‗naltirilgan  ma‘lumotlar  bazalari  va  boshqalar)  shu  jumladan,  milliy  nashrlarning 

yilnomasini  ham  yaratish  imkoniyatini  beradi.  YEK  tarkibi  quyidagi  modullardan 

iborat bo‗lishi mumkin: 


 

1.



 

Nashrlarning  bibliografik  tavsifidan  iborat  yig‗ma  relyatsion  ma‘lumotlar  bazasini 

yuritish va korporativ kataloglashtirish; 

2.

 



Normativ-ma‘lumotnoma  axborotlari,  sinonimlar  va  ochqich  so‗zlar  lug‗atlari, 

deskriptorli  tezaurus-lug‗atlar,  klassifikatsiyalashning  unifikatsiyalashgan  tizimlari, 

normativ 

(avtoritet) 

yozuvlar; 

3.        Yig‗ma  va  lingvistik  ma‘lumotlar  bazasiga  WWW-tarmoq  (Intranet  tarmoqlari) 

orqali 

on-line 


kirish; 

4.        Unifikatsiyalashgan  bibliografik  tavsif  va  bibliografik  yozuvlarni  almashtiruvchi 

format.  YEK  yaratish  bo‗yicha  amalga  oshirilgan  OSLS  loyihasi  e‘tiborga  loyiq. 

AQSH‘ning  Ogayo shtatida joylashgan va Jahon elektron katalogi  (WorldCat) nomini 

olgan  yig‗ma  elektron  katalogdagi  bibliografik  yozuvlar  soni  50  mln.dan  ortib  ketgan 

bo‗lib,  u  864  million  nusxadagi  hujjatlar  to‗g‗risidagi  bibliografik  ma‘lumotlarni  o‗z 

ichiga oladi. YEK tarkibidagi ma‘lumotlar insoniyatning 4 ming yillik tarixiga oid 400 

tildagi materiallarni qamrab olgan.  

           Respublikamizda ham  bugungi  kunda  axborot-kutubxona  muassasalarining  yig‗ma  elektron 

katalogini yaratish ishlari olib borilmoqda. Respublika Oliy ta‘lim muassasalari(OTM)ning yig‗ma 

elektron  katalogi  «Respublika  OTMlarida  elektron  ta‘limni  joriy  qilish  markazi»  qoshida  tashkil 

qilingan bo‗lib, optik tolali kabellar bilan birlashtirilgan Korporativ tarmoq tarkibidagi bu katalogda 

bibliografik  yozuvlar  soni  800  000dan  oshib  ketgan.  Yig‗ma  elektron  katalog  ma‘lumotlar  bazasi 

ARMAT-U  tizimi  asosida  tashkil  qilingan.  Respublika  FA  Asosiy  kutubxonasi  va  unga  qarashli 

18ta  ilmiy-tadqiqot  institutlari  qoshidagi  kutubxonalar  yig‗ma  elektron  katalogi  tarkibidagi 

bibliografik  yozuvlar  50  000dan  ortiq.  Yig‗ma  elektron  katalog  ma‘lumotlar  bazasi  ARMAT-U 

tizimi asosida tashkil qilingan. 

          Jamiyatning  axborotlashuvi  va  jamiyatda  axborot  rеsurslarining  stratеgik  rеsurs  darajasiga 

ko‗tarilishi  sharoitida  O‗zbеkistonda  axborot-kutubxona  rеsurslarini  yaratish,  rivojlantirish  va 

zamon  talablariga  moslashtrish  sohasida  olib  borilayotgan  ishlarni  ilmiy-amaliy  tadqiq  qilish 

bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 



―KaDaTa‖ kutubxonalarning axborotlashtirish dasturiy ta’minoti 

        O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006-yil 20-iyundagi ―Rеspublika aholisini axborot-

kutubxona  bilan  ta‘minlashni  tashkil  etish  to‗g‗risida‖  gi  PQ-381  sonli  Qarorida  zamonaviy 

talablarni  hisobga  olgan  holda,  axborot-kutubxona  tarmog‗ini  tashkil  qilishni  takomillashtirish, 

yosh  avlodning  intеllеktual  ehtiyojlarini  qondirishga,  madaniy,  ma‘naviy-axloqiy  qadriyatlarni 

saqlab  qolishga  yo‗naltirilgan  prinsipialligi  axborot  markazlarini  barpo  etish,  shuningdеk,  aholini 

yanada  kеngroq  va  tizimli  axborot  bilan  ta‘minlash  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  kabi 

masalalar dolzarb vazifalar sifatida ko‗rsatilgan. 



 

 



         Ushbu  tamoyillarni  ro‗yobga  chiqarish  va  qo‗yilgan  masalalarni  yеchish  maqsadida 

O‗zbеkiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agеntligining  ―Yosh  dasturchilarni  tayyorlash  va  qo‗llab-

quvvatlash‖  markazida  o‗zbеk  tili  va  rus  tilidagi  intеrfеysga  (―intеrfеys‖  ingliz  tilidan  olingan 

―o‗zaro yuzlanish‖) ega, ya‘ni foydalanuvchi va dasturiy ta‘minot o‗zaro muloqot tillari ―KaDaTa‖ 

kutubxonalarning axborotlashtirish dasturiy ta‘minotini ishlab chiqdi. 

        Ushbu  dastur  bir  nеcha  qulayliklarga  ega  bo‗lib,  yurtimizda  yaratilib  kеlinayotgan  ilk 

kutubxona  tеxnologiyalarini  avtomatlashtirishga  mo‗ljallangan  va  jahonda  kеng  qo‗llanilayotgan 

tajriba  asosida  yaratilgan.  Dеmak,  ―KaDaTa‖  xalqaro  talablarga  javob  bеradigan  bibliografik 

yozuvlarni  ayirboshlashga  yo‗naltirilgan  MARC  formati  va  undan  kеlib  chiqadigan  xalqaro 

standartlariga moslashtirilgan. 

 U nashrlarning barcha turlari va ko‗rinishlarini, ya‘ni  elеktron kataloglarni  yaratish,  adabiyotlarni 

qidirish,  kitob  fondi  hisobotini  olib  borishni  tasvirlay  oladi.  Kutubxonaga  tushayotgan  hujjatlarga 

ishlov  bеrish,  fondni  hisobga  olish  va  tahrirlash,  kitobxonlarga  adabiyotlarni  bеrish  va  qaytarib 

olish jarayonlari ham avtomatlashtirilgan. Uni bеmalol ixtiyoriy kutubxonaga tatbiq qilish mumkin. 

Aytib  o‗tish  joizki,  dasturiy  ta‘minot  mijoz-sеrvеr  arxitеkturasida  yaratilgan.  Bunda  alohida 

kutubxonaning bibliografik ma‘lumotlari kutubxonaning kompyutеr bazasida saqlanadi va bir nеcha 

kutubxonalarning bazalar ma‘lumotini tarmoq orqali yagona markaziy bazaga jamlash xususiyatiga 

ega.  Bu  esa  bir  nеchta  kutubxonani  markazlashtirilgan  tarmoq  orqali  bibliografik  ma‘lumotlar, 

kitobxonlar va boshqalarni o‗zaro almashinuvini ta‘minlaydi. 

1-rasmda 

―KaDaTa‖ning 

tarmoq 


usullarda 

ishlash 


sxеmasi 

kеltirilgan. 

Tarmoqqa  ulanmagan  alohida  kutubxonalarning  talablari  joylarga  o‗rnatiladigan  ―KaDaTa‖ning 

bo‗laklari  bo‗lmish  ―Administrator‖,  ―Katalogizator‖,  ―Komplеktator‖,  ―Kitobxon‖,  ―Kitob 

bеruvchi‖, ―Kitobxonlarni ro‗yxatga oluvchi‖ avtomatik ish joylari (AIJ) tomonidan qoniqtiriladi 

 


 

 



 

2-rasmda 

―KaDaTa‖ 

ning 


yakka 

tartibda 

ishlash 

sxеmasi 


kеltirilgan. 

Yurtimizda barcha sohalarda mahalliylashtirish (lokalizatsiya) va innovatsiya ishlari jadal ravishda 

olib  borilayotganini  nazarda  tutib,  ―KaDaTa‖  milliy  dasturiy  ta‘minoti  xorijiy  davlatlarning 

o‗xshash  mahsulotlaridan  ko‗ra  arzonroq  bo‗lib,  markazimizda  yaratilganligi  sababli 

foydalanuvchilarning takliflari, mulohazalari va e‘tirozlari asosida rivojlanib borayapti 

―KaDaTa‖  kutubxonalarining  dasturiy  ta‘minoti  ommalashib,  foydalanuvchilarni  o‗ziga  jalb  qilib 

borishi  bilan,  nafaqat  O‗zbеkistonda,  balki  umumjahon  mamlakatlari  orasida  davlatimiz  yana  bir 

bor o‗z obro‗sini mustahkamlaydi dеgan umiddamiz. 



―KaDaTa‖ dasturiga adabiyotlarni  kiritishning bosqichma bosqich tartibi 

1)Bibliografik tavsif. To’ldirilishi shart bo’lgan maydonlar 

 

 



 

2)dilib.uz



 saytiga kiring 

 

 



3)username ------  Password ------ 

ВОЙТИ 


 tugmasi bosiladi 

 

 



4)Katalogizatsiya / Sirkulyastiya / Kitobxonlar Profil / Shaxsiy kabinet / Chiqsh modullari ochiladi 

 

 

5)Каталогизация 

 moduli bosiladi 

 


 

 



6) Qidiruv oynasi bo’lgan sahifa ochiladi 

 

7) Kitobni dubletlikka tekshirish uchun kitobning sarlavhasi yoki avtorning familiyasi (kalit so‘zi) 



yozilib POISK tugmasi bosiladi 

 

 



8) Xech qanday ma'lumot chimagan holda SOZDAT tugmasi bosilib, Bibliografik yozuv 

kiritiladigan saxifa ochiladi 



 

 



 

9) 010^a ISBN belgisi beriladi 

 

 

10) 100^a  maydoni to‘ldiriladi. Kitob qaysi tilda bo‘lsa, bu yerda xam shu til tanlanadi. 101^a  

Kitobning tili belgilanadi (ro‘yxatdan tanlanadi) 102^a Kitob nashr qilingan davlat(ro‘yxatdan 

tanlanadi) 

 


10 

 

11 )  200 - Sarlavxa va sarlavxaga tegishli ma'lumotlar  200^a Sarlavxa 200^e Sarlavxaga tegishli 



ma'lumotlar  200^f    Kitob  muallifi,  muxarriri,  yiguvchisi,  tarjimoni  va  rassomlarning  familiyasi, 

ismisharifi  qisqartirilgani  (avtorlar  o‘zaro  vergul  orqali,  ismi-sharifi  qisqartirilgani  orasida  probel 

qo‘yiladi. Avtordan keyin muallif kelsa ular orasida (;) belgisi qo‘yiladi, xar bir (;) belgidan avval 

va  keyin  probel  qo‘yiladi    200^g    2  darajali  mualliflik  belgisi,  masalan  Fanlar  akademiyasi, 

institutlar va x.k. 

 

12) 205 - Nashr xaqida ma'lumotlar 205^a Nashr to‘risida ma'lumot (3-e izd., pererab. i dop., 4-e 



izd., pererab. i ispr.) (2-nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan) 

 

 



13) 210 a Kitob nashr etilgan davlat (2 Davlat bo‘lsa a+ bosib ikkinchi maydonochiladi). 210 c 

Nashriyot  (Nashriyotning nomi qo‘shtirnoq ichida berilsa qo‘shtirnoq ichidagi so‘zlar yoziladi). 

210 d Kitob nashr etilgan yil 


11 

 

 



14) 215 a Kitob hajmi (stranitsa) 215 s tablitsa, risunki, fotografiya to‘liq yoziladi 225 a Seriyaning 

asosiy sarlavhasi  225 h Seriyaning Vipusk raqami 

 

15) 606 -UDK, BBK bo‘limi 606 a UDK mavzusi 675 a UDK raqami 686 a BBK raqami 



 

 

16)  16)  700  a-Boshlang‘ich  kiritish  elementi  (Avtor  familyasi).  700  b-  Ismi  sharifi  qisqartirilgan 



shakli 700 g- Shaxs  ismining ism va otasi ismining bosh harflaring kengayishi.  701aBoshlang‘ich 

kiritish  elementi (Ikkinchi  avtor va boshqa avtorlarning familyasi  (701+orqali ko‘paytiriladi), (b-g 

700qara).  702  4-Munosabatlar  kodi.  Bunda  Redaktor,  Sostavitel,  Xudojnik,  Perevodchik 


12 

 

belgilanadi(702+orqali  ko‘paytiriladi),  (b-g  700  qara)710  a-Boshlang‘ich  kiritish  elementi.  Bunga 



Tashkilot nomlari, Kitobni chop etishga mas'ul, sarlavha ustidagi Insitutlar nomi yoziladi 

 

17) 702 - Muxarrirlar xaqida ma'lumotlar 702^4  Funksiya: Redaktor,  Sostavitel 702^a Redaktor 



familiyasi702^b Ism-sharifning qisqartmasi 

 

19) 710 a-Boshlang‘ich kiritish elementi. Bu maydonga vazirlik, tashkilot, institut (kitobning chop 



etilishiga  javobgar  muassasa,  sarlavha  usti  ma'lumoti)  nomi  yoziladi  710  v-  Bu  maydonga  700a 

maydonda  yozilgan  idoraga  qarashli,  uning  tarkibida  bo‘lgan  tashkilot,  insitutlar  nomi  yoziladi.  

"Sozdat" tugmasi bosilib bibliografik yozuv saqlanadi. 

 

 



13 

 

20) Bibliografik yozuv saqlangandan so‘ng bu yozuvga Ekzemplyar raqami kiritiladi 



 

21) Yozuv saqlangandan keyin, bu yozuvga ekzemplyar kiritiladi. 995 - EKZEMPLYARlar haqida 

ma'lumotlar  995^a  qaysi  viloyat  AKMining  ekzemplyari  tanlanadi  995^b  Saqlanish  joyi    995  ^f 

Barcode  995  ^k  Kitobning  shifri    995  ^r  Ekzemplyar  materiali,  masalan  kitob,    komp.fayl  va 

boshqalar. 995 ^9 Kitobning inventar nomeri. 995 ^v Ekzemplyar narxi 

 

 



 

 

 

 

 

 

14 

 

Mundarija 

 Muqaddima………………………………………………………………………………………2 

 Axborot-kutubxona muassasa resurslarini kataloglashtirish……………………………………. 3 

―KaDaTa‖ kutubxonalarning axborotlashtirish dasturiy ta‘minoti………………………………. 4 

―KaDaTa‖ dasturiga adabiyotlarni  kiritishning bosqichma bosqich tartibi ……………………...6 



Download 62.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling