2.Kompyuter turlari va AKlarda ulardan foydalanish
Kompyuter turlari va AKlarda ulardan foydalanish
Kompyuter turlari va AKlarda ulardan foydalanish
Axborot-kutubxonalarda, ofislar, firma, davlat muassasalarida ishlatiladigan
kompyuterlar 2 turga bo‘linadi:
-
stolga qo‘yiladigan kompyuterlar;
-
yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar.
Kompyuter va qurilmalar ishini maxsus dasturlar amalga oshi- radi. Bu dasturlar
mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlash- ga juda qulay. Ular kompyuterning
dastur ta’minoti deb ataladi. Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni
operatsion tizimlar bajaradi. Hozir kompyuterlar Windows operatsion dasturi
asosida ishlaydi.
Stolga qo‘yiladigan kompyuterlar ofislarda, axborot-kutubxo- na muassasalarida,
ishxonalarda ish stoliga o‘rnatiladi. O‘quv yurt- larida esa o‘quv stollariga joylanadi.
Yon daftarcha shaklidagi kompyuterlar kichkina bo‘lib, ular ishlash va namoyish
uchun ishda va safarlarda foydalanishga qulay.
Ixcham kompyuterlardan foydalanib, oddiy klaviaturaga va videomonitorga o‘tish
mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi kompyuterga terminal sifatida ulanishi
mumkin, ko‘pchilik modellari hisoblash tarmog‘iga ulanish imkonini beradi,
ularning ba’zilari esa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog‘iga, hatto radiokanal
bo‘yicha masofadan turib ulanib, o‘z egasining to‘liq erkinligini ta’minlaydi.
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchay- tirish PCMCIA
kartalar deb ataluvchi maxsus tuzilishli platalarni ulash bilan bajariladi
(boshlanishda faqat xotira platasiga mo‘ljal- langan Personal Computer Card
International As-sociation). Deyar- li hamma PCMCIA kartalar (hozir ular,
odatda, qisqacha PC kar- talar yoki PC Card deb atalmoqda) Plug @ Play («Ula
va o‘yna») texnologiyasini qo‘llaydi. Ular qo‘shimcha platalar o‘rnatilganida
ShK uzilishini yoki uning qandaydir qo‘shimcha sozlanishini talab qilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |