Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
 
 
 
O‘QUV TOPSHIRIQ 
4-ilova 
 
 
 
 
5- ilova 
Kichik guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari 
 
Кo‘rsatkichlar 
Maks. 
baho 
Guruh ishi 
natijalarining bahosi 




Ма’lumotning to‘liqligi 

Gurihning faollik darajasi 
(qo‘shimchalar kiritish, savol-javoblar 
berish) 

Baholarning maksimal hajmi 

 
6- ilova 
Guruhlarda topshiriqni bajarish yo‘riqnomasi 
Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan o‘zaro 
aloqasini ta’minlaydigan va unga masofadagi terminalni boshqarish imkonini 
beradigan dasturni ham o‘z ichiga oladi. 
Har bir o’quvchi uchun alohida o’quv topshiriq 
1. Axborot resurslari va axborot tizimlari to`g`risida taqdimot yarating. 
2. Boshqa axborot tizimlari mavzusida slayd qiling. 


 
 
 
 
 
Mashg’ulot yakuni. 
Mavzu: Axborot- resurslari va axborot tizimlari. 
Reja: 
1. Axborot-resurslari haqida tushuncha
2. Boshqa axborot tizimlari. 
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlari 
4. . 
Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish 
Tayanch iboralar-O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11- dekabrdagi 560-II sonli 
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, axborot, axborot resurslari, axborot tizimi. 
 
O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11- dekabrdagi 560-II sonli 
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan axborot resurslari va tizimlariga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot 
tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va 
boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlaridir. 
Ommaviy axborot - bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan 
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, au- diovizual hamda boshqa xabarlar va 
materiallar kiradi. 
Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan 
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot 
resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy to- moni shundan iboratki, 
o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish 
imkonini beradi. To‘g‘ri, sifatli axborot insonlar, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini 
boyiti- shi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lish imkonini beradi, zero, 
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur. 
1. Guruh liderini tanlang. 
2. Topshiriq bilan tanishing va uni bajarish yo`lini
muhokama qiling. 
3. Taqdimotni rasmiylashtiring. 
4. Taqdimot o`tkazing. 
5. Guruhlar ishini baholashni o`tkazing



Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim G‘arb 
davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadri- yatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar 
va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa, 
bunday ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS 
xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlari- miz va an’analarimizga, 
davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va 
ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. 
Bunday holatlarning oldini olish uchun har doim axborotdan o‘rinli va to‘g‘ri 
foydalanishga odatlanishimiz zarur. 
Axborot tizimi tushunchasi. Tizim deganda, bir vaqtning o‘zida ham yagona, yaxlit 
deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida 
birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi. 
Ma’lumki, bugungi kunda ko‘plab turli xil tizimlar yaratilgan bo‘lib, ular o‘z tarkibi 
va bosh maqsadlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir 
necha tizimlardan na- munalar keltirilgan. 
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko‘plab ma’nolarda 
qo‘llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo‘llanilganda, aksari- yat hollarda texnik 
vositalar va dasturlar to‘plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini 
tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish 
va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to‘ldirilgan ko‘plab dasturlarni ham 
tizim deb hisoblash mumkin.
Har bir tizim to‘rt asosiy qismdan iborat: 1) kiritish; 2) ishlov berish; 3) chiqarish; 4) 
teskari aloqa. 
Axborot tizimining maqsadi - muayyan professional faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan 
professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni 
hal qilish jarayonida zarur bo‘ladigan axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish, 
chiqarib be- rishni ta’minlaydi. 
Axborot tizimi qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida axborotni to‘plash, saqlash, 
ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro 
bog‘liq majmuyi hisoblanadi. 
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi ax- borotga ishlov 
berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko‘zda 
tutadi. Axborot-ku- tubxonalarda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga shaxsiy 
kompyuterlar bilan bir qatorda meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari 
kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi 
bo‘lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo‘lmagan odamning roli 
hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o‘zi hech qanday 
ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. 
Kompyuterlar va axborot tizimlari o‘rtasida farq mavjudligi ravshan. Kompyuterlar 
ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan ji- hozlangan bo‘lib, ular axborot tizimlari uchun 
texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan 
ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining maj- buriy tarkibi 


hisoblanadi. 
Axborot tizimlarining qo‘llanish sohalari turli-tuman. Shuningdek, har bir tizimga 
xos bo‘lgan xususiyatlar va o‘ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot 
tizimining xususiyatlari majmuyini belgilovchi ko‘plab omillar orasida uchta asosiy 
omil- ni ajratib ko‘rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan 
axborot xarakteri; axborotni ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizimning hal qilishda 
yordam berishi mo‘ljallangan vazifalari doirasi. Sanab o‘tilgan omillar ham tizimning 
o‘zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga 
ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tash- qi muhit bilan o‘zaro 
aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi. 
Axborot-kutubxonalarda texnika darajasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi 
tizimlarga bo‘linadi: 1) dastaki; 2) mexanizatsi- yalashgan; 3) avtomatlashtirilgan; 4) 
avtomatlashgan. 
Tizimni sanab o‘tish tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma- ketligini aks ettiradi. 
Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo‘lda 
bajariladi. Qo‘lda ishlov beriladigan tizimlar- ning axborot massivlari hajmi uncha katta 
bo‘lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda 
axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini olganda, 
dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum bel- gilar majmuyi bo‘yicha zarur 
axborotni qidirishni yengillashtiruv- chi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, 
ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko‘rsatuvchi xo-
dimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov 
berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalash- gan vositalardan foydalaniladi, ular 
orasida 
hisoblash-perforatsiya 
mashinalari 
eng 
keng 
tarqalgandir. 
Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo‘lib, perfokartalar 
hisoblanadi. 
Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya 
mashinalari to‘plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator 
yordamida axborot dast- labki hujjatlardan perfokartalarga o‘tkaziladi. Saralovchi 
umumiy belgilarga ega bo‘lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo‘yicha joylashtiradi. 
Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridan axborotni saqlash, unga 
ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to‘plash, tayyorlash va 
uzatish, shuningdek, axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog‘liq ope- 
ratsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional 
imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga 
qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir. 
Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga 
ishlov berish texnologik jarayonining turli bos- qichlarida (axborotni to‘plash va uni 
kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson 
AATning tashqi muhitdagi «sherigi» hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan 
unga mo‘ljallangandir. 
AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o‘tadi. Odatda, avtomatlashgan 
tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan, obyektlar va texnologik 


jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. 
Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositalar va boshqalar 
hisoblanadi. Bunday tizimlarga kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik 
kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash 
uchun foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘plab ax- borot-ma’lumot tizimlari 
muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so‘rovlarini qondirish 
uchun yo‘naltiril- gan. Bunday tizimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda 
so‘rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimni doirasida bevosita 
foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga berila- di, u olingan axborotdan istalgan 
maqsadlarda foydalanadi. 
Masalan, Turin universiteti axborot-resurs markazida kutubxona zaliga disepley 
ekran qo‘yilgan bo‘lib, qidirilayotgan axborotlar ekranga qo‘l barmoqlari tekizish orqali 
qidirib topiladi. Axborot qayerda joylashganligi va ulardan foydalanish yo‘llari ketma-
ket- likda beriladi. 
Axborot-ma’lumot tizimi so‘rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida 
saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. 
Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular 
axborot qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling