Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Mashg’ulotni yakunlash 
3.1Baholash mezonini o’qib 
eshittiradi,mavzu bo’yicha yakun qiladi. 
3.2.Guruhlar ishini baholaydi. 
3.3.Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.. 
Har bir 
o’quvchi o’z-
o’zini 
baholaydi 
Savol -
topshiriqni 


daq.) 
yozadilar. 
1-ilova. 
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari 
Ko’rsatkichlar
 
Baholar 




 
Tayanch bilimlarni 
aniqlash: “Blits so’rov 
usuli” usulidagi faolliklari 
Savollarga 
to’liq javob 
beradi 
Savollarga 
noto’liq 
javob beradi 
Savollarga 
qisman 
javob beradi 
Savollarga 
umuman 
javob
bermaydi. 
 
Bilimlarni mustahkamlash: 
O’quv topshiriqlarni bajarish 
O’quv 
topshiriqni 
to’liq tahlil 
qilib, uni 
to’liq 
bajarish 
O’quv 
topshiriqni 
to’liq tahlil 
qilib, uni 
noto’liq 
bajarish 
O’quv 
topshiriqni
tahlil qilib, 
uni qisman 
bajarish. 
O’quv 
topshiriqni
tahlil qila 
olmaydi, 
uni t bajara 
olmaydi 
Jami: 




3-ilova. 
 
 
 
B/BX/B Jadvali. 
Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo‘yiladigan
talabla
.


 Bilaman
Bilishni xoxlayman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-ilova. 
O’quv topshiriqlari. 
 
O’quvchilarni 3 guruhga bo’lgan holda o’quv topshiriqlari beriladi. O’quvchilar kichik 
guruhlarga bo’lingan holda topshiriqni bajaradilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-ilova 
Qanday? 
1-guruh : klaster, toifalash jadvali 
3-guruh : nilufar guli chizmasi orqali fikrlarini bayon qilish 
2-guruh : baliq skleti, nima uchun, qanday 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: Hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari. 
Reja: 
1. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo‘yiladigan 
talablar.
2. Ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari.
3. Standart ma’lumot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari.
4. Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash.


Tayanch iboralar- AKM hujjatlari, axborot-kutubxona muassasalarida hujjatlarni 
saqlash va qidirish vositalari, mikrofilmlar, electron hujjatlar. 
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida hujjatlarni saqlash va qidirish 
vositalari, 
ularning 
turlari, 
qayta 
ishlash 
vositalari 
va 
ularning 
turlari, 
mikrofilmlashtirish va ularning ahamiyati kabi ma’lumotlarni berishdan iborat.
Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga qo‘yiladigan 
talablar 
Axborot-kutubxona muassasalarida hujjatlarni saqlash va qidirish, ularni qayta 
ishlash jarayonida alohida texnika vositalari ishlatiladi. Bunday texnika vositalari orqali 
axborot-kutubxona fondidagi hujjatlarni, nodir qo‘lyozma nashrlarni, katta va kichik 
hajmdagi turli xil hujjatlarni saqlash alohida ahamiyatga ega. Katta hajmli hujjatlarni 
oqilona saqlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Hujjatlarni saqlash tizimiga quyidagi 
asosiy talablar qo‘yiladi:
– hujjatlarni tashkil etish, to‘ldirish va almashtirishning qulayligi va oddiyligi; – 
maksimal sig‘imlilik va band qilayotgan maydonning minimal o‘lchami;
– yuqori bo‘lmagan narx;
– hujjatlarni qidirishning qulayligi va oddiyligi.
Konstruksiyaga bog‘liq ravishda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari dastaki, 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Axborot tashuvchilariga 
bog‘liq ravishda esa ular 2 guruhga bo‘linadi:
– ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatni saqlash va qidirish vositalari;
– standart (bir xil hajmdagi) axborot kartochkalarini saqlash va qidirish vositalari. 
Ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari 
Har xil matnli va grafik hujjatlarni saqlash uchun turli xil vositalar ishlatiladi: 
konvertlar, albomlar, g‘iloflar, yig‘ma jildlar, seksiyalashgan tokchalar va bloklar, 
stellajlar, shkaf-qayd qiluvchilar, seyflar (temir sandiqlar) va boshqalar. Bularning eng 
ko‘p tarqalgan turlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Yig‘ma jild (papka)lar – ixtiyoriy shakldagi hujjatlarni saqlash uchun turli xil 
konstruksiyadagi yig‘ma jildlar ishlatiladi. Yig‘ma jildlar ichidagi mavjud hujjat saqlash 
moslamalariga qarab ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
– mahkamlash moslamasi bo‘lmagan yig‘ma jildlar;
– bog‘ichli yig‘ma jildlar; – qisqichli yig‘ma jildlar;
– tikadigan yig‘ma jildlar va hokazo.


Odatda, kerakli hujjatni qidirishni tezlashtirish maqsadida yig‘ma jildlarning bir 
cheti yig‘ma jilddagi axborot mazmunini tavsiflovchi indikator bilan ta’minlanadi. 
Indikatorlar yig‘ma jildlarda pog‘onali joylashtirilib, ularning ko‘zga tashlanishini 
oshiradi. Shkaf-qayd qiluvchilar. Yig‘ma jildlar va risola (broshyura) qilingan 
hujjatlarni maxsus seksiyalangan shkaflarda yoki shkafqayd qiluvchilarning dumaloq 
tokchalarida saqlash qulaydir. Shkaf-qayd qiluvchi umumiy o‘q atrofida mustaqil 
aylana oladigan bittadan yettitagacha tokchalarga ega. Yig‘ma jildlar joylashish 
tar tibini ko‘rsatish uchun tokchadagi yig‘ma jildlarga rangli qog‘ozlar parchasi, ular 
bir xil og‘ma chiziq tashkil etadigan qilib yelimlanadi. Biror yig‘ma jildning yo‘qligi 
yoki ularning joylashish tartibi o‘zgarishi bir xil chiziqni buzadi va bu bilan tezda 
payqaladi. Shkaf-qayd qiluvchilarning afzalligi: yaxshi ko‘zga tashlanishi, qidirish 
tezkorligi, foydalanish yengilligi, yuqori sig‘imliligi va axborot-kutubxona maydonni 
tejashidan iborat.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling