Axborot-maslahat xizmati va uning qishloq xо‘jaligi rivojidagi tutgan о‘rni


Qishloq xо‘jaligida axborot maslahat xizmatini ishlash


Download 62.5 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1289559
1   2   3   4
Bog'liq
2 seminar konsalting (4)

Qishloq xо‘jaligida axborot maslahat xizmatini ishlash
usullari va axborot maslahat xizmatini boshqarish.
Qishloq xо‘jaligida axborot maslaxat xizmatining maqsadi - mijozlarni muammolariga yechim topish va bu borada maslahat berishdan iborat. Shu sababdan axborot maslahat xizmatida mijozga xizmat kо‘rsatuvchi maslahatchilar nafaqat о‘z bilimlari, balki markazdagi mutaxassislarga murojaat qilgan holda mijoz topshiriqlarini bajaradi. Axborot konsalting xizmatida rahbar, maslahatchilar va mutaxassislar tarkibidan iborat. Maslahatchilar quyidagi guruhlarga bо‘linadilar:
1. ichki va tashqi;
2. tajribali va yosh maslahatchilar.
Ichki maslahatchilar markazning doimiy xodimlari sanalsa, tashqi maslahatchilar ba’zi bir murakkab yoki no’ananaviy muammolarni yechimini topishda malakali mutaxassis olimlar bо‘lishi mumkin va ular markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradilar.
Tajribali maslahatchilar yillar davomida faoliyat olib borayotgan va tajribaga ega bо‘lsalar, yosh maslahatchilar yangi kelgan xodimlar bо‘ladi.
Axborot xizmatidagi mutaxassislar turli yо‘nalishda bо‘ladilar. Bular:

  • Ilg‘or agrotexnologiyalarnijoriyetish bо‘yicha;

  • Chorvachilikva veterinariya xizmatlari bо‘yicha;

  • О‘simliklarni himoya qilish bо‘yicha;

  • Urug‘chilikni tashkiletishbuyicha;

  • Marketing va xuquqiy axborot-konsalting xizmatlari kо‘rsatish bо‘yicha;

  • Shartnomalarva hamkorlik munosabatlaribuyicha;

  • Buxgalteriya hisobi va moliya bо‘yicha;

  • Soliqlar va soliqqa tortish masalalari bо‘yicha;

  • Korxonani biznes-rejalashtirish bо‘yicha va hakozo.

Konsalting (maslahat beruvchi) firma boshqarish vazifalari orqali mijozlar ishlarini bajaradilar. Har qanday tanlovlar firmaning strategiyasi, sifat kafolati, xodimlar-personallarni rivojlantirish va innovatsion mahsulotlar hisobga olinib boshlang‘ich mijoz topshiriqlarini operatsion dastur intervension usullardan foydalangan holda о‘zgartirilishi kerak. Aks holda kelajakda boshqaruv xamkorlari bilan yirik loyihalar va mijozlar bilan olib boriladigan ishlar oldindagidek davom etadi. Bundan tashqari individual mijozlar konsalting firmaning turli xil vazifalardagi negizini boshqarishi ham mumkin. Qо‘pol va ehtiyotsiz boshqaruv vazifalari mijozlar tomonidan samarasiz va faoliyati talab darajasida emas deb e’tirof etiladi.
Umumiy ma’lumotlarga kо‘ra, har bir vazifani qanday boshqarishni mutaxassislik firmasi tanlaydi. Tanlash masalasi qо‘yidagi talablarni о‘z ichiga oladi:

  • standart va maxsus boshqaruv jarayonining qо‘llanilishi;

  • ishchan jamoa yetakchisini tanlash zaruriyati va u bilan kelishuv;

  • bosh maslahatchilar yoki xamkorlarning ish tajribasi turlari va darajasi;

  • batafsil boshqaruvlar nazorati va maqbulligi;

  • mijoz firmasining yuqori darajadagi boshqaruvi haqida axborot olish yoki jalb etish;

  • yangicha usul va yо‘nalishlar imkoniyatini sinab kо‘rish va maqbulligini tekshirish;

  • kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirish ahamiyatliligi.

Bu qarorlarni qabul qilishda konsalting firmasi amaliyotda qо‘llanilgan topshiriqlarning yangicha tahliliga amal qilishi kerak. Garchand xar qanday topshiriqlar о‘rtasida о‘xshashliklar bо‘lsada, lekin hech qachon ikki topshiriq tо‘liq bir xil bо‘la olmaydi, chunki inson omili va sharoitlar xar doim о‘ziga xos bо‘ladi. Agar firma topshiriq tipologiyasini ishlab chiqqan bо‘lsa va xar xil xarakterli boshqaruv talablari belgilab olingan bо‘lsa, bu tipologiyadan extiyotkorona foydalanish lozim.
Jamoa rahbarlari va loyiha menedjerlari topshiriqlarini bajarilishini boshqaruvida asosiy rol о‘ynaydi (qoida bо‘yicha). Umuman , konsultativ firmada tajriba va yuqori darajadagi mutaxassisligi bо‘lgan ishchilar guruhi yuqori о‘rinda bо‘lishlari kerak.
Funksiya, ya’ni vazifa kо‘pincha muzokara va yangi topshiriqlarni tayyorlashni о‘z ichiga oladi: mijoz tashkilotining dastlabki tayinlangan shartnomalari sо‘rov qilsa, katta konsultant mijozga taklif qilingan taklifni tayyorlashni muvofiqlashtiradi. Shunday qilib, jamoa rahbari tо‘liq vakolatni va faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlarning dasturiy ish vaqtini belgilash, ishni tashkil qilish va mijozga berilgan maslahat qarori uchun javobgar bо‘lishi kerak. Ikkala konsalting firmaning yuqori boshqaruv tomonini jamoa a’zolari tomonidan uni tizim menedjeri sifatida qaralishi kerak. Muhim jihati shundaki, konsultantlar turli xil sharoitlar va profillardan tashkil topgan.
Qо‘shimcha qilib aytganda, mutaxassis maslahatchilar shu vaqt ichida bir qancha topshiriqlarga xissa qо‘shishi kerak, xato nafaqat jadvallashtirish va koordinatsiyada, balki texnik yaqinlashuvning kelib chiqish, intelektual zaruriyat va bir yoki boshqa kasbga ishonchida ham. Agar topshiriq kichik va faqatgina bir yoki ikki boshqaruvchi konsultantlarni taqozo etsa, yuqori konsultant amaliyotda bir necha topshiriqlarga nazoratchi sifatida belgilanadi.
Bu nazorat mas’uliyatlari qо‘yidagilarni о‘z ichiga oladi:

  • Boshqaruchi konsultantlarning topshiriq bо‘yicha davomli tashriflari;

  • Topshiriq jarayonidagi nazorat va tahlil;

  • Boshqaruvchi konsultantlarga texnik yordam va kо‘mak;

  • Mijoziga kо‘rib chiqish uchun hisobot va takliflar;

  • Topshiriq davomida va о‘zaro ishonchga mijoz bilan aloqani ushlab turish.

Mijoz bilan kasbiy munosabatlar ochiq-oydin aniqlashtirish har doim muhim hisoblanadi va boshqaruvchi konsultantlar yoki nazoratchilar bilan barcha masalalarni muhokama qilib maslahatlashish zarur. Masalan, mobodo topshiriq bajarilishi tezlashmasa, mijoz boshqaruvchi konsultantga yetarlicha vaqt ajratmagan bо‘ladi, nazoratchi mijoz bilan bu masalani kо‘tarishi kerak va kelishib olishi kerak. Qachonki, mijozlar uchun topshiriq bо‘yicha xulosalar diagnostikasi yaratilsa, ushu vaqtda nazoratchi uchrashuvga kelib, boshqaruvchi konsultantiga uning tajribalari asosida kо‘mak berishi va qо‘llab - quvvatlashi zarur.3
Konsalting firma о‘zlarining xamma konsultantlarini hatto bir ish kunini bekor ketkazmasdan eski amalga oshirganlaridan boshlab, yangisigacha tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xarakatlanishlarini kо‘rgisi keladi. Ishning boshlanish tartibi va topshiriqlarning grafiklarini amalga oshirish maqsadida kelishadilar. Ahloqiy yondashish zarur, biroq, agar sizning mijozingiz qiyin vaziyatda qolsa va tezkor yordamga muhtoj bо‘lsa, siz hech qachon bunga о‘zingizni ishingizni yengillatish maqsadida ishonch hosil qilishi uchun kutmasligingiz zarur. Bundan tashqari, siz va’da bergan bо‘lsangiz о‘z va’dangizda turishingiz zarur.
Konsalting firma xar bir topshiriq uchun reja tuzishdan oldin, tanlangan konsultantlar belgilangan vaqtida mavjud bо‘lishlariga ishonch hosil qilishlari zarur.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling