Axborot matinlar bilan ishlash va media madaniyat tayyorladi


Download 26.77 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1337632
  1   2
Bog'liq
Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat

AXBOROT MATINLAR BILAN ISHLASH VA MEDIA MADANIYAT


Tayyorladi:

Eshonqulova Mo‘tabar

Reja:

I. Axborot matinlar bilan ishlash.

II. Media madaniyat


Axborot matinlar bilan ishlash, (turli manbalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash); o‘zini o‘zi boshqarishning vazifasi sifatida, boshqa vazifalar o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘ladi. Ish vaqti davomida menejerlarga axboratlar oqimi kelib tushadi. Natijada ular vaqtning 80% ga yaqinini o‘qish, yozish, telefonda so‘zlashish, majlislar va x.k ga sarflaydilar. Buning ustiga ular kerak bo‘ladigandan ancha ko‘proq axborotlarni oladilar, qayta ishlaydilar va tarqatadilar.Tadbirkorlik oborotida bo‘lgan barcha axborotlarning yarmisi ortiqcha bo‘ladi. Shuning uchun axborotlarni ishlab chiqish tartibga solinini va tizimlashtirilishi, kasbiy va hayotiy maqsadlarga qaratilishi kerak. Demak, menejer ular bilan ishlashning ratsional usullariga ega bo‘lishi kerak. Bu hammadan avval o‘qishga tegishlidir.

O‘qish uchun ishga doir xatlar, gazetalar, farmoyishlar, xizmat xatlari ko‘rinishidagi axborot oqimlari borgan sari to‘liqroq bo‘lib bormoqda, natijada menejerlar vaqtning 30%ga yaqinini o‘qishga sarflamokdalar. Shuning uchun ratsional o‘qish katta ahamiyatga ega, u tufayli vaqtning ancha qismi tejaladi. Majlislar va anjumanlar menejerlar faoliyatida muhim o‘rin tutadilar. Ular axborotlarni almashtirish,
vaziyatlarni tahlil qilish, qarorlar qabul qilish zaruriyati vujudga kelgan vaqtda o‘tkazilishlari kerak. Bu masalalarni jamoviy hal qilish samaraliroqdir, ammo vaqt va mablag‘larni sarflanishi dastlabki solishtirma tahlil talab qilingandan yuqoriroqdir.

Majlisni tashkil qilishda uning maqsadi, kun tartibi, ishtirokchilar doirasi, o‘tkazish sanasi, vaqti, joyini belgilash, ko‘rgazmali axborotlarning zarur vositalari haqida harakat qilish zarur. Taklifnomalarni kamida majlisdan bir hafta oldin jo‘natish kerak. Bunda ishtirokchilarni uning vaqti, mavzui va maqsadlari haqida iloji boricha
aniqroq xabardor qilish zarur. Majlisni aniq ma’lum vaqtda boshlash kerak.
Hammadan avval ishtirokchilar bilan kun tartibi, reglament, qarorlar qabul qilish tartibi kelishib olinadi. Majlis vaqtida qo‘yilgan maqsadlarga qanday erishilayot-ganligini nazorat qilish, muammoni tahlil qilish, muqobil qarorlarni ilgari surish,
ularni hal qilish yo‘llarini qidirish, ishtirokchilarni xabardor qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kerak.Shu narsa ma’lumki, ko‘p sonli odamlarning birgalikdagi aqliy faoliyatining mavofiq faolligi, qoidaga ko‘ra, 40 - 45 daqiqa davom etadi.


Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling