Axborot soati materialini


Download 162.67 Kb.

Sana08.04.2017
Hajmi162.67 Kb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

4

4

4

 

 

 

A

A

A

p

p

p

r

r

r

e

e

e

l

l

l

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



 

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI «GAZPROM» KOMPANIYASI BOSHQARUVI 



RAISINI QABUL QILDI 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  29-mart  kuni 

mamlakatimizga  amaliy  tashrif  bilan 

kelgan 

Rossiyaning 

«Gazprom» 

kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey 

Millerni qabul qildi.  

Davlatimiz  rahbari  mehmonni  qutlar 

ekan,  mamlakatlarimiz  o‘rtasida  neft-gaz 

sohasida  uzoq  muddatli  va  o‘zaro 

manfaatli  hamkorlik  yuksak  darajada 

rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd 

etdi.  

Bugungi  kunda  dunyodagi  yetakchi 



energetika  kompaniyalaridan  biri  bo‘lgan 

«Gazprom»  O‘zbekistonda  geologiya-

qidiruv  ishlarini  olib  borish  va  istiqbolli 

uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, 

tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.  

Rossiyaning  ushbu  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  Ustyurtda  o‘tkazilgan  keng 

ko‘lamli  geologiya-qidiruv  tadqiqotlari  natijasida  "Jel"  gaz  kondensati  koni  ochildi. 

"Shaxpaxti"  koni  birgalikda  o‘zlashtirilmoqda.  Hozirgacha  u  yerdan  3,5  milliard  kub  metr 

gaz qazib olingan.  

Bundan  tashqari  "Gazprom"  Hisor 

hududida 

konlarni 

o‘rganish 

va 


o‘zlashtirish,  qo‘shimcha  neft  gazlarini 

utilizatsiya 

qilish, 

shuningdek, 

mamlakatimizning  tarmoqdagi  yetakchi 

loyiha  instituti  bo‘lgan  "O‘zLITIneftgaz» 

faoliyatini  rivojlantirishga  doir  loyihalarni 

amalga 


oshirishda 

ham 


ishtirok 

etmoqda.  

Uchrashuvda  O‘zbekistonda  neft-

gaz  sohasini  rivojlantirish,  jumladan, 

2017-2021-yillarda  uglevodorod  qazib 

olishni  ko‘paytirish  dasturi  doirasida 

o‘zaro  manfaatli  hamkorlikni  yanada  kengaytirishga  qaratilgan  istiqbolli  loyihalar  ko‘rib 

chiqildi.  

Mutaxassislar  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  borasida  o‘zaro  hamkorlik 

masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

"Gazprom"  kompaniyasi  boshqaruvi  raisi  Aleksey  Miller  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyevga  samimiy  qabul  va  hamkorlikdagi  loyihalarni  har  tomonlama  qo‘llab-

quvvatlayotgani  uchun  minnatdorlik  bildirdi,  O‘zbekiston  Respublikasi  bilan  keng  ko‘lamli 

hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.  

 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



 

INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH – ASOSIY MAQSADIMIZ 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-mart kuni 

videoselektor majlis bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunal, 

sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish 

masalalari ko‘rib chiqildi.  

Ko‘p  qavatli  uy-joylarni  vaqtida  va 

sifatli 

ta’mirlash, 

hududlarni 

obodonlashtirish, 

xususiy 

uy-joy 


mulkdorlari 

shirkatlari 

faoliyatini 

muvofiqlashtirish 

va 

yanada 


takomillashtirish 

zarurligi 

qayd  etildi. 

Hududlar  rahbarlarining  bu  boradagi 

mas’uliyati 

va 


javobgarligini 

oshirish 

masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Majlisda 

ko‘p 

qavatli 


uylarda 

yashaydigan  aholiga  zarur  sharoitlar 

yaratish, 

kommunikatsiya 

tizimlarini 

ta’mirlash,  hududlarni  obodonlashtirish 

bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.  

Joriy  yilning  9-fevral  kuni  profilaktika 

inspektorlari  faoliyatini  takomillashtirish, 

ularga  qulay  shart-sharoitlar  yaratish  va 

inspektorlarni  xizmat  uylari,  avtomobillar 

bilan 


ta’minlash 

bo‘yicha 

berilgan 

topshiriqlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.  

Davlatimiz 

rahbari 


Shavkat 

Mirziyoyev  raisligida  5-yanvar  va  7-fevral  kunlari  o‘tgan  yig‘ilishlarda  sog‘liqni  saqlash 

tizimidagi  muammolarni  bartaraf  etish,  sohani  yanada  rivojlantirish  masalalari  muhokama 

qilingan edi.  

O‘tgan  vaqt  mobaynida  bu  borada  tegishli  farmon  va  qarorlar  qabul  qilinib,  ijrosiga 

kirishildi.  Majlisda  qishloq  vrachlik  punktlarini  optimallashtirish,  shoshilinch  tez  tibbiy 

yordam xizmatini yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, poliklinikalar ish vaqtini 

uzaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf 

etish,  istiqbolda  amalga  oshiriladigan  vazifalar  yuzasidan  mutasaddi  rahbarlarga  tegishli 

ko‘rsatmalar berdi.  

Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir 



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  joylarda  amalga 

oshirilayotgan  bunyodkorlik  ishlari,  olib  borilayotgan  islohotlar  jarayoni,  yirik 

loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy 

viloyatida bo‘ldi.  

Mustaqillik  yillarida  Birinchi  Prezidentimiz  rahnamoligida  Navoiy  viloyatida  ulkan 

bunyodkorlik  ishlari  amalga  oshirildi.  Navoiy  viloyati  haqida  gap  ketganda,  avvalo,  uning 

mehnatkash  xalqi,  yer  osti  va  yer  usti  boyliklari,  ulkan  iqtisodiy  salohiyati  ko‘z  oldimizda 

namoyon  bo‘ladi.  Mamlakatimizning  yirik  sanoat  hududi  hisoblangan  ushbu  viloyatda 

konchilik,  metallurgiya,  kimyo,  energetika,  qurilish  materiallari,  paxta  tozalash,  oziq-ovqat 

sanoati izchil rivojlanmoqda.  

Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-

metallurgiya  kombinati,  “Navoiyazot”,  “Qizilqumsement”,  “Navoiy issiqlik  elektr  stansiyasi” 

aksiyadorlik  jamiyatlari  va  “Elektrkimyozavodi”  qo‘shma  korxonasi  shular  jumlasidandir. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



“Navoiy”  erkin  iqtisodiy  zonasidagi  18  korxona  tomonidan  100  dan  ortiq  turdagi 

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.  

2016-yilda  viloyatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilgan  izchil 

ishlar  samarasida  yalpi  hududiy  mahsulot  hajmi  10  trillion  5  milliard  so‘mni  tashkil  etdi. 

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2015-yilga nisbatan 5,9 foiz, xalq iste’moli mollari 12, 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7,1, qurilish ishlari 9,3, umumiy xizmatlar 15,5 foiz 

oshdi.  

Viloyatda  o‘tgan  yili  866  yangi  kichik  biznes  subyekti  tashkil  etildi.  Kichik  biznes 

subyektlarini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  611,9  milliard  so‘m  kredit  ajratildi.  2,8  trillion 

so‘m  kapital  qo‘yilmalar  o‘zlashtirildi.  Viloyatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturi 

doirasida  umumiy  qiymati  229  milliard  so‘mlikdan  ortiq  loyihalar  amalga  oshirilib,  9  ming 

500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.  

Shavkat  Mirziyoyev  o‘zining  saylovoldi  dasturida  Navoiy  viloyatini  rivojlantirish 

bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi davomida 

ana  shu  rejalar  ijrosi  bilan  yaqindan  tanishdi.  Mazkur  loyihalarning  amaliyotga  samarali 

joriy  etilishida  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 

ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  hamda  "Xalq  bilan  muloqot  va  inson 

manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Prezidentimiz  dastlab  Qiziltepa  tumanidagi  Toshrabot  mahallasiga  tashrif  buyurib, 

viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi.  

Navoiy viloyatida paxta tolasini chuqur qayta ishlash va jahon bozori talablariga mos 

eksportbop  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  yangi  ish  o‘rinlari  yaratishga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Milliy  bank  krediti  hisobidan  Navoiy  shahrida  “Baxt  tekstil”,  “Baxt  Navoiy”, 

Qiziltepa tumanida “Toshrabot tekstil” va Navbahor tumanida “Navbahor tekstil” mas’uliyati 

cheklangan  jamiyatlari  tomonidan  zamonaviy  va  energotejamkor  texnologik  uskunalar 

asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Umumiy  qiymati  qariyb  70  million  dollarni  tashkil  etuvchi  ushbu  loyihalarni  amalga 

oshirish  uchun  xorijiy  investorlar  ham  jalb  etilmoqda.  Korxonalarga  Shveytsariyaning 

“Riter”  va  Belgiyaning  “Pikanol”  kompaniyalarida ishlab  chiqarilgan  zamonaviy  dastgohlar 

o‘rnatiladi.  

Loyiha  amaliyotga  tatbiq  etilgach,  viloyatdagi  paxta  tolasi  to‘liq  qayta  ishlanadi,  ip-

kalavadan  tayyor  mato  ishlab  chiqarish  70  foizga,  turli  matolardan  trikotaj  mahsulotlar 

ishlab  chiqarish  50  foizga  yetadi.  Yiliga  7,6  ming  tonna  sifatli  ip  kalava  ishlab  chiqarish 

quvvatiga  ega  “Baxt  tekstil”  korxonasi  mahsulotlarining  80  foizini  eksportga  yo‘naltirish 

mo‘ljallanmoqda.  

Prezidentimiz  mazkur  loyihalar  bilan  tanishar  ekan,  hududlarda  yetishtirilayotgan 

paxta  tolasini  o‘sha  yerning  o‘zida  qayta  ishlash  fermerlar  va  tadbirkorlarga  keng 

qulayliklar  yaratib,  xarajatlarning  qisqarishi,  aholining  daromadi  oshishiga  xizmat  qilishini 

ta’kidladi.  

Paxta  tolasidan  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  hajmini  bosqichma-bosqich 

oshirib  borish,  tarmoqdagi  mutaxassislar  salohiyatini  kuchaytirish,  shu  bilan  birga,  kollej 

bitiruvchilarini ishga jalb etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.  

Prezidentimiz  teri  xomashyosini  tayyorlash  va  qayta  ishlash  bo‘yicha  amalga 

oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishdi.  

Ayni paytda viloyatda 450 ming bosh qoramol hamda bir million 950 ming qo‘y-echki 

parvarishlanmoqda. Ulardan yiliga o‘rtacha 930 ming dona teri olinadi. 2017-2019-yillarda 

Karmana,  Qiziltepa  tumani  hamda  Navoiy  shahrida  tayyor  charm  va  poyabzal  ishlab 

chiqarish  yo‘lga  qo‘yiladi.  Bu  davr  mobaynida  xomashyo  ta’minotining  barqarorligini 

ta’minlash uchun chorva mollari qariyb 2 million 600 ming boshga yetkaziladi.  

Davlatimiz  rahbari  Karmana  tumanidagi  “Kamilla  grup”  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatida  Italiya  texnologiyasi  asosida  tayyor  charm  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish 

loyihasini  ko‘zdan  kechirdi.  Ushbu  loyiha  ishga  tushgach,  yiliga  20  million  kvadrat 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



detsimetr  tayyor  charm  ishlab  chiqarish  va  3,2  million  dollarlik  mahsulotni  eksport  qilish 

imkoni paydo bo‘ladi. Korxonada 40 ish o‘rni yaratiladi.  

Prezidentimiz  ushbu  loyihalarning  samaradorligini  oshirishga  alohida  e’tibor  qaratdi. 

Viloyatda sanoat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish 

pirovard  natijada  xalqimizning  turmush  darajasini  yuksaltirishda  muhim  ahamiyat  kasb 

etishi ta’kidlandi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Qiziltepa  tumanidagi  “Vang‘ozi  agro”  fermer  xo‘jaligi  shiyponida 

bo‘lib, viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.  

Qiziltepa  tumanida  ming  bosh  qoramol  va  ming  bosh  echki  boqishga  mo‘ljallangan 

chorvachilik kompleksi hamda sutni qayta ishlash zavodi tashkil etiladi. Loyiha qiymati 18 

milliard so‘m bo‘lgan ushbu majmua uchun 510 gektar yer maydoni ajratish, bu yerda yiliga 

3  ming 650 tonna sut va 150 tonna go‘sht tayyorlash ko‘zda tutilmoqda. Kompleks 2018-

yilda to‘liq ishga tushiriladi.  

Joriy yilda Xalq banki tomonidan Navbahor, Qiziltepa, Nurota tumanlarida qoramol va 

nasldor  echki  parvarishlashga  mo‘ljallangan  yana  5  loyiha  amalga  oshiriladi.  Natijada 

viloyatda  sut  tayyorlash  yiliga  7  ming  700  tonna,  go‘sht  yetishtirish  480  tonnaga  ortadi. 

Qo‘shimcha 173 ish o‘rni tashkil etiladi.  

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi bilan suhbatlar o‘tkazish kerak, dedi 

davlatimiz  rahbari.  Xonadonlarda  100  tadan  parranda  boqishni  yo‘lga  qo‘yish, 

issiqxonalarda  limon,  unabi  ekib,  daromad  olishni  odamlar  ongiga  singdirish  lozim. 

Aholining  o‘z  tomorqasidan  foydalanib,  daromad  topishga  ishtiyoqi  kuchaysa,  ularning 

farovonligi ortadi. Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi.  

To‘dako‘l  suv  ombori  havzasida  Vetnam  texnologiyasi  asosida  yiliga  ming  tonnadan 

ziyod  baliq  yetishtirish  mo‘ljallanmoqda.  Natijada  viloyatda  baliq  yetishtirish  ko‘rsatkichi 

yiliga 8,5 ming tonnaga yetkaziladi.  

“Akva  To‘dako‘l”  qo‘shma  korxonasi  tomonidan  baliq  chavog‘i  yetishtiruvchi 

inkubatsion  sex,  250  tonnalik  muzlatkichli  omborxona,  ming  tonna  baliqni  qayta  ishlash, 

400  tonna  baliq  filesi  hamda  350  tonna  yarim  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  sexlari 

tashkil  etilishi  rejalashtirilgan.  "Ipoteka-bank"  krediti  evaziga  yangi  havzalar  qazish  va 

ularda suv ta’minotini yaxshilash uchun xorijdan maxsus texnika va mexanizmlar, nasoslar 

keltiriladi.  

Loyihaning umumiy qiymati 18,7 milliard so‘m bo‘lib, shundan 13,3 milliard so‘mi bank 

kreditlari, 5,4 milliard so‘mi korxona mablag‘idir. Ushbu loyiha xalqimiz dasturxoniga sifatli 

baliq mahsulotlari yetkazib berish, 90 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.  

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan 

ishlar  to‘g‘risida  ham  ma’lumot  berildi.  Ushbu  havzalardan  foydalanishni  tartibga  solish, 

noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish hisobiga 

yetishtirilayotgan  baliq  hajmini  kelgusi  uch  yilda  20  ming  tonnaga  yetkazish  bo‘yicha 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  qabul  qilingan.  Unga  ko‘ra, 

Davlat  soliq  qo‘mitasi  huzurida  “Aydar-Arnasoy  ko‘llar  tizimi  direksiyasi”  davlat  unitar 

korxonasi tashkil etildi. Ko‘l havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha mamlakatimizning barcha 

viloyatlariga 14 hudud ajratib berildi.  

Prezidentimiz  Jizzax,  Navoiy,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlarida  prokuratura,  ichki 

ishlar  boshqarmasi  xodimlaridan  iborat  maxsus  otryadlar  tashkil  qilish  va  ko‘l  hududini 

brokonerlardan  tozalash  bo‘yicha  mutasaddilarga  topshiriqlar  berdi.  Yetishtirilgan 

mahsulotni eksport qilish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.  

Xatirchi,  Nurota  va  Qiziltepa  tumanlarida  835  gektar  maydonda  yangi  tokzorlar  va 

ko‘chatxonalar tashkil etilmoqda.  

Bugungi  kunda  viloyatda  6,5  ming  gektar  tokzor  mavjud  bo‘lib,  ularning  65  foizida 

kishmish,  30  foizida  xo‘raki,  qolgan  qismida  sanoatbop  uzum  yetishtirilmoqda.  Joriy  yilda 

ushbu tumanlarda 416 gektar, 2018-yilda 419 gektar tokzorlar barpo etish ko‘zda tutilgan.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Viloyatda  joriy  yilda  yangi  intensiv  bog‘  va  issiqxonalar,  muzlatkichli  omborxonalar 

tashkil  etish  hisobiga  meva-sabzavot  yetishtirish  va  uni  qayta  ishlash,  chorvachilik 

yo‘nalishida  istiqbolli  loyihalar  amalga  oshiriladi.  Jahon  banki  va  Osiyo  taraqqiyot  banki 

kredit  mablag‘lari  hisobiga  bu  borada  101  loyihani  hayotga  tatbiq  etish  mo‘ljallanmoqda. 

Jami 1 ming 300 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.  

Davlatimiz  rahbari  hududda  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirishni  ko‘paytirish  va 

uni  qayta  ishlashni  kengaytirish  pirovardida  xalqimizning  turmush  darajasini  yanada 

oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Navoiy  viloyati  qorako‘l  teri  yetishtirish  bo‘yicha  mamlakatimizda  yetakchi  o‘rinni 

egallaydi.  Viloyatda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish,  mulk  shaklini  o‘zgartirish  va 

fermerlik  harakatini  rivojlantirish  borasidagi  ishlar  mazkur  sohada  yangi  imkoniyatlar 

yaratmoqda. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2017-yil 

16-martdagi 

“Chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.  

Qarorga  muvofiq  viloyatdagi  23  qorako‘lchilik  shirkat  xo‘jaligi  fermer  xo‘jaligiga, 

naslchilikka  ixtisoslashgan  iqtisodiy  barqaror  8  shirkat  xo‘jaligi  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatlarga  aylantiriladi.  Natijada  23  shirkat  balansida  bo‘lgan  chorva  mollari,  qo‘ra-

qo‘tonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kimoshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan 

ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar 

yaylovlar beriladi.  

Mol-mulklarni  sotishdan  tushgan  mablag‘lar  kredit  qarzlarni  qoplashga  yo‘naltiriladi. 

Qolgan mablag‘ xo‘jalik a’zolarining pay ulushlari bo‘yicha teng taqsimlanadi. Qorako‘lchilik 

shirkat  xo‘jaliklarida  mulk  shakli  va  unga  bo‘lgan  munosabat  tubdan  o‘zgarib,  sohada  2 

ming 250 ish o‘rni yaratiladi.  

Davlatimiz  rahbari  O‘zbekistonning  korako‘l  terilari  dovrug‘i  butun  dunyoda  mashhur 

ekani,  yangi  mulk  shakliga  o‘tish  tarmoqda  samaradorlikni  oshirishda  muhim  ahamiyat 

kasb  etishini  qayd  etdi.  Shirkat  xo‘jaliklarida  teri  yetishtirishning  texnik-iqtisodiy  asosini 

ishlab chiqish, naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, chorva mollari tuyoq 

sonini,  qorako‘l  teri  va  junni  qayta  ishlash  hajmini  ko‘paytirish,  sohaning  eksport 

salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.  

“Vang‘ozi  agro”  fermer  xo‘jaligining  shiyponida  Malikobod  mahallasi  onaxonlari 

sumalak  tayyorladi.  Davlatimiz  rahbari  ular  bilan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  odamlar 

hayotida  qanday  aks  etayotgani,  xotin-qizlar  turmushini  farovon  qilish,  farzandlar  ta’lim-

tarbiyasi to‘g‘risida samimiy suhbat qurdi.  

Malikobod mahallasida yashovchi Jumagul Fayzullayeva barcha islohotlardan avvalo 

odamlar  manfaat  ko‘rayotgani,  mamlakatimizdagi  o‘zgarishlar  xalqimizning  ertangi  kunga 

ishonchini mustahkamlayotganini faxr bilan ta’kidladi.  

Odamlarning quvonchi, ertasiga ishonchi ko‘p jihatdan oilasidagi hayot tarzi, turmush 

darajasiga  bog‘liq,  dedi  Prezidentimiz.  Bizga  shu  ham  bo‘laveradi,  degan  qarash  bilan 

yashash  vaqti  allaqachon  o‘tdi.  Uyida  daromad  topgan,  farzandlarini  ham  shu  ruhda 

o‘stirgan  oila  farovonligiga  zamin  yaratadi.  Davlatimiz  tomonidan  amalga  oshirilayotgan 

islohotlardan  asosiy  maqsad  odamlarga  yelkadosh  bo‘lish,  farzandlarining  baxti-kamolini 

ko‘rishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir.  

Prezidentimiz  Karmana  tumanidagi  Mustaqillik  massivida  barpo  etilayotgan  qulay, 

arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari 

rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari bilan tanishdi.  

Qishloq  joylarda  qurilayotgan  namunaviy  loyihalar  asosidagi  zamonaviy  massivlar 

yurtimiz  qiyofasini  tubdan  o‘zgartirib,  aholi  turmush  farovonligini  yuksaltirishga  xizmat 

qilmoqda.  Joriy  yilda  Navoiy  viloyatida  yangilangan  namunaviy  loyihalar  asosida  1  ming 

185 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.  

Karmana  tumani  “Talqoq”  mahalla  fuqarolar  yig‘inida  yangilangan  loyihalar  asosida 

32 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli va 46 oila uchun 2 sotixli uylar barpo etildi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda 

qishloq  joylarda  yangilangan  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  arzon  uy-joylar  qurish  dasturi 

to‘g‘risida”gi  qarori  asosida  qurilayotgan  uylar  aholi  turmush  farovonligini  yuksaltirishda 

muhim omil bo‘lmoqda.  

Prezidentimizning 

2016-yil 

22-dekabrdagi 

“Mahalliy 

hokimliklar 

va 


davlat 

organlarining  hududiy  bo‘linmalari  rahbarlari  uchun  xizmat  uy-joylarini  qurish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy viloyatida 2017-2018-yillarda 105 xizmat uyi 

qurilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilda 60 uy-joy uchun pudratchilar tanlanib, qurilish ishlari 

jadal sur’atlarda olib borilmoqda.  

Karmana  tumani  rahbarlari  uchun  Mustaqillik  massivida  9  xizmat  uyidan  4  tasida 

qurilish  tugallanib,  kommunikatsiya  tarmoqlariga  ulandi.  Qolgan  5  uy  mamlakatimiz 

mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi.  

Prezidentimiz  yangilangan  namunaviy  loyihalar  asosidagi  zamonaviy  uy-joylar  bilan 

davlat idoralari rahbarlari uchun xizmat uylari yonma-yon qurilayotgani xalq bilan muloqot 

va inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

2017-yilda profilaktika inspektorlari uchun 2 sotix bo‘lgan yer uchastkalarida 3 xonali 

94  uy-joy  qurilishi  rejalashtirilgan  bo‘lib,  ularni  qurish  uchun  12,2  milliard  so‘m  mablag‘ 

ajratiladi. Bugungi kunda namuna sifatida Karmana tumanining Mustaqillik massivida bitta 

uy qurib bitkazildi.  

Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi Chashma ziyoratgohi yonidagi muzey binosi, 

“Hunarmandchilik  markazi”  majmuasi,  50  o‘ringa  mo‘ljallangan  mehmonxona  loyihalari 

bilan ham tanishdi.  

Davlatimiz  rahbari  ushbu  loyihalarni  vaqtida  sifatli  amalga  oshirish,  Chashma 

ziyoratgohi  maydonini  kengaytirish  va  obodonlashtirish  bo‘yicha  mutasaddilarga 

ko‘rsatmalar berdi.  

Energetika  tizimining  barqaror  faoliyat  ko‘rsatishi  hududlar  infratuzilmasini  tubdan 

yaxshilash,  yangi  iqtisodiyot  tarmoqlarini  tashkil  etish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.  

Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasi  Qizilqum  yer  osti  boyliklarini  o‘zlashtirish,  tog‘-kon 

sanoati  va  ishlab  chiqarish  majmuasini  barpo  etishda  muhim  o‘rin  tutdi.  Atigi  25  ming 

kilovatt  quvvatli  stansiya  bilan  ish  boshlagan  korxona  bugun  batamom  yangi  tizimga 

o‘tmoqda.  Korxonada  ikkinchi  bosqichda  450  megavatt  quvvatli  zamonaviy  bug‘-gaz 

qurilmasi  loyihasi  amalga  oshirilayotir.  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati,  “Navoiyazot”, 

“Qizilqumsement”  aksiyadorlik  jamiyatlari  kabi  yirik  korxonalar,  iqtisodiyotimizda  salmog‘i 

tobora  oshib  borayotgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  samarali 

faoliyati  aynan  shu  stansiyada  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  loyihalariga  bevosita 

bog‘liq.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ana shu loyiha taqdimotida ishtirok etdi.  

Ikkinchi  bug‘-gaz  qurilmasi  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati,  “Navoiyazot” 

aksiyadorlik  jamiyati  va  hududdagi  qishloq  xo‘jaligi iste’molchilarini  elektr  energiyasi  bilan 

uzluksiz  ta’minlash  imkonini  beradi.  Loyihani  amalga  oshirish  natijasida  1  kVt  soat  elektr 

energiyasi  ishlab  chiqarish  uchun  shartli  yoqilg‘ining  sarfi  kamayishi  hisobidan  yiliga 

o‘rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.  

Viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko‘lamini kengaytirishda elektr 

energiyasi uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi, dedi davlatimiz rahbari.  

Yaponiyaning  “Mitsubishi  Corporation  and  MHPS”  konsorsiumi  va  Navoiy  issiqlik 

elektr  stansiyasi  o‘rtasida  2016-yil  oktabr  oyida  mazkur  loyihani  amalga  oshirishga  doir 

shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi 

qurilish maydonida mobilizatsiya va yer ishlarini olib bormoqda.  

Ilgari  investorlarga  o‘zimiz  taklif  bilan  chiqqan  bo‘lsak,  bugun  ular  o‘zlari  yurtimizga 

kelib,  mamlakatimizdagi  investitsion  muhit  barqarorligini  ko‘rib  hamkorlik  qilish  istagini 

bildirmoqda, dedi Prezidentimiz.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Davlatimiz  rahbari  Navoiy  IES  ikkinchi  bug‘-gaz  qurilmasi  qurilishi  boshlanishi 

munosabati bilan kapsula qo‘ydi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Navoiy  davlat  konchilik  institutiga  tashrif  buyurdi.  Bu  yerda 

Auminzo-Amantoy  oltin  konlari  negizida  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinatining  5-

gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib 

o‘tdi.  


Mamlakatimizning barcha sanoat tarmoqlarida bo‘lgani kabi Navoiy kon-metallurgiya 

kombinatida  ham  modernizatsiya  ishlari  olib  borilmoqda.  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan 

2017-2026-yillarda 

kombinatda 

27 

loyiha 


amalga 

oshirilishi 

belgilangan. 

5-

gidrometallurgiya  zavodi  ularning  eng  muhimlaridan  biridir.  Umumiy  qiymati  396  million 



AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 

ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.  

Prezidentimiz  yangi  gidrometallurgiya  zavodi  ulkan  iqtisodiy-ijtimoiy  ahamiyat  kasb 

etishini,  bu  kun  mamlakatimiz  solnomasiga  zarhal  harflar  bilan  yoziladigan  tarixiy 

sanalardan bo‘lib qolishini ta’kidladi.  

Davlatimiz  rahbari  Auminzo-Amantoy  oltin  konlarida  o‘zlashtirishni  boshlash  uchun 

ramziy  tugmani  bosdi.  Tadbirni  videokonferensiya  orqali  Tomdi  tumanida,  5-

gidrometallurgiya  zavodi  bunyod  etiladigan  hududda  kuzatib  turgan  kombinat 

mutaxassislari konni portlatdi.  

Shavkat  Mirziyoyev  yangi  zavod  bilan  kombinat  jamoasini,  butun  viloyat  ahlini 

tabrikladi, ishchilar, muhandislar va barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.  

Mehnat  faxriysi  Bahodir  Bo‘ronov,  Navoiy  davlat  konchilik instituti  talabasi  Gulchiroy 

Jo‘raqulova  va  boshqalar  shunday  yirik  sanoat  korxonasining  tashabbuskori  bo‘lgani 

hamda uning qurilishini boshlab bergani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.  

Davlatimiz  rahbari  shu  yerda  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining 

Navoiy bo‘limini tashkil etish borasidagi loyihalar bilan tanishdi.  

Prezidentimizning  2017-yil  17-fevraldagi  “Fanlar  akademiyasi  faoliyati,  ilmiy-tadqiqot 

ishlarini  tashkil  etish,  boshqarish  va  moliyalashtirishni  yanada  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  asosida  faoliyat  boshlaydigan  akademiyaning  mintaqaviy 

bo‘limi  Navoiy  hududini  texnologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  qaratilgan 

fundamental,  amaliy  va  innovatsiya  ilmiy-tadqiqotlarini  olib  borishga  ixtisoslashgan  bo‘lib, 

uning tarkibida 5 ilmiy laboratoriya ish olib boradi.  

Joriy  yilning  III  choragida  ish  boshlaydigan  ilmiy  markaz  fan  va  ishlab  chiqarish 

integratsiyasini  rivojlantirishga,  Navoiy  davlat  konchilik  institutida  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi.  

Sanoat  rivoji  uchun  ilm,  innovatsiya  suv  va  havodek  zarur,  dedi  Prezidentimiz.  Bu 

yerda  Fanlar  akademiyasining  bo‘limini  tashkil  etishni  hayotning  o‘zi  taqozo  etmoqda. 

Bundan 


maqsad 

ilmga 


asoslanib 

mahsulotlarning 

tannarxini 

kamaytirish 

va 

raqobatbardoshligini  oshirishdir.  Shu  bois  tadqiqotlarni  zamon  talablari  asosida  tashkil 



etish,  laboratoriya  ishlarini  takomillashtirish  zarur.  Barcha  izlanishlar  istiqbolga 

yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.  

Shavkat  Mirziyoyev  yaqin  yillarda  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinatida  amalga 

oshiriladigan loyihalarni ham ko‘zdan kechirdi.  

2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. 

Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab 

chiqarish quvvati 30 foizga ortadi. 31 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Pistali  konini o‘zlashtirish  va  6-gidrometallurgiya  zavodini  qurish, 2-gidrometallurgiya 

zavodi  quvvatini  kengaytirish,  Muruntov  konini  o‘zlashtirishning  5-navbati,  texnogen 

chiqindilarni qayta ishlash majmuasi qurilishi va boshqa loyihalar ham namoyish etildi.  

Davlatimiz  rahbari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Navoiy  viloyatidagi  Xalq 

qabulxonasida ham bo‘ldi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Karmana  tumani  hokimligida  viloyat  faollari  yig‘ilishi  o‘tkazildi.  Unda  viloyat 

iqtisodiyotini  yangi  bosqichga  ko‘tarish,  infratuzilmani  rivojlantirish,  muhandislik-

kommunikatsiya  tarmoqlarini  yaxshilash,  aholi  turmush  darajasini  yanada  oshirish 

masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  



Farhod Qurbonboyev (surat), O‘zA 

 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING TO‘QQIZINCHI 

YALPI MAJLISI TO‘G‘RISIDA AXBOROT 

2017-yil  29-mart  kuni  Toshkent  shahrida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.  

Senatorlar  ishni  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining  O‘zbekiston 

Respublikasi  prokuratura  organlarining  2016-yildagi  faoliyati  to‘g‘risidagi  hisobotini 

eshitishdan boshladilar.  

Hisobotda  qayd  etilganidek,  2016-yilda  qonuniylikni  ta’minlash,  fuqarolarning 

huquqlari  va  erkinliklarini,  jamiyat 

hamda 

davlatning 



qonun 

bilan 


qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya 

qilish, 


huquqbuzarliklarning 

oldini 


olish  borasida  prokuratura  organlari 

tomonidan 

katta 

ishlar 


amalga 

oshirildi.  

Xususan, 

aholini 


ijtimoiy 

himoyalashga, 

fuqarolarning 

salomatligini  muhofaza  qilishga  doir 

qonun  hujjatlari  ijro  etilishi,  “Sog‘lom 

ona  va  bola  yili”  Davlat  dasturi,  Ish 

o‘rinlari 

tashkil 


etish 

va 


aholi 

bandligini 

ta’minlash 

dasturi, 

Investitsiya dasturi bajarilishi muntazam nazorat qilib borildi.  

Hisobot  yilida  tadbirkorlik  subyektlarini  ishonchli  huquqiy  himoya  qilish  prokuratura 

organlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Tadbirkorlarning, shu 

jumladan,  tadbirkorlarga  xizmat  ko‘rsatuvchi  davlat  organlari  mansabdor  shaxslarining 

huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan 43 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari 

davomida  tadbirkorlik  subyektlari  huquqlari  buzilgan  19  752  ta  holat,  shu  jumladan, 

ularning  faoliyatiga  noqonuniy  aralashilgan  129  ta  holat,  noqonuniy  tekshiruv  o‘tkazilgan 

54 ta holat, noqonuniy qarorlar qabul qilingan 1 657 ta holat, ortiqcha yig‘imlar undirilgan 

657  ta  holat,  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  murojaatlarini  ko‘rib  chiqishda  qonun  hujjatlari 

buzilgan  887  ta  holat  aniqlandi.  Ushbu  holatlar  bo‘yicha  prokuratura  tomonidan  tegishli 

choralar ko‘rildi.  

Soliq  va  valyuta  jinoyatlariga  hamda  jinoiy  daromadlarni  legallashtirishga  qarshi 

kurashish  bo‘yicha  muayyan  ishlar  bajarildi. 832,7  milliard  so‘mlik  soliqlar  va  to‘lovlarning 

qo‘shimcha hisoblanishi ta’minlandi, valyuta sohasida 771 ta huquqbuzarlik aniqlandi.  

Prokuratura 

organlari 

tomonidan 

jinoyatchilikka 

qarshi 

kurashish, 



huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  tezkor-qidiruv  va  tergov  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

borasida idoralararo hamkorlikni takomillashtirish choralari ko‘rildi.  

Bosh  prokuratura  huzuridagi  telefon  murojaatlarini  qabul  qilish  markazining  34  ta 

vazirlik  va  idora  bilan  elektron  aloqa  tizimining  samarali  ishlashi  ta’minlandi.  2016-yilda 

Markaz tomonidan 103 063 ta, tadbirkorlardan 3394 ta murojaat qabul qilindi. Prokuratura 

organlari  tomonidan  jami  194  817  ta  murojaat  ko‘rib  chiqildi,  173  080  nafar  fuqaroning 

qabul qilinishi ta’minlandi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Aholining  huquqiy  madaniyatini  oshirish  borasida  katta  ishlar  amalga  oshirildi. 

Xalqaro hamkorlik yanada rivojlantirildi.  

Senatorlar  hisobotni  har  tomonlama  tahlil  qilib,  2017-yil  7-yanvar  kuni  prokuratura 

organlarining  bir  guruh  hodimlari  bilan  uchrashuvda  mamlakatimiz  rahbari  tomonidan 

qo‘yilgan  hamda  jamiyatda  adolatni  yanada  mustahkamlashda,  qonun  ustuvorligini 

ta’minlashda,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquqlari  hamda  qonuniy  manfaatlarini 

himoya qilishda, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda prokuratura organlari roli va 

nufuzini  oshirishga  qaratilgan  vazifalarni  ro‘yobga  chiqarish  borasida  O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  tomonidan  ta’sirchan  chora-tadbirlarni  yanada 

kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.  

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar 

organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi 

faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.  

Hisobotda  qayd  etilganidek,  respublika  ichki  ishlar  organlarining  o‘tgan  yildagi 

faoliyati  mamlakatda  xavfsizlik  va  barqarorlikni  mustahkamlashga,  huquqbuzarliklarning 

oldini  olishga,  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  samaradorligini  oshirishga,  jamoat  tartibi 

saqlanishini  ta’minlashga,  fuqarolar  huquqlarini  himoya  qilishga,  jamoatchilik  bilan 

aloqalarni  yanada  mustahkamlashga,  faoliyatning  shu  sohalarida  aniq  natijalarga 

erishishga qaratildi.  

Ichki 


ishlar 

organlari 

faoliyatini  tashkil  etishga  zamon 

talablariga 

javob 

beradigan 



yangi 

yondashuvlarni 

tatbiq 

etish, 


jinoyatchilikka 

qarshi 


kurashishga 

jamoatchilikning 

keng  qatlamlarini  jalb  qilish, 

profilaktika 

inspektorlarining 

bevosita  aholi  orasida  ish  olib 

borishini  tashkil  etishga  doir 

chora-tadbirlarni 

amalga 

oshirish  natijasida  joriy  yilning 



o‘tgan 

davri 


mobaynida 

respublikaning 

253 


ta 

mahallasida  birorta  ham  jinoyat 

sodir etilmadi.  

Jinoyatning  asosiy  ko‘rsatkichlari,  shu  jumladan,  avval  sudlanganlar,  jinoyatchi 

guruhlar  va  voyaga  yetmaganlar  tomonidan  sodir  etiladigan  o‘ta  og‘ir  jinoyatlar, 

huquqbuzarliklar  soni  ancha  kamayishiga  erishildi.  Shaxsga  qarshi  jinoyatlarni  ochish  va 

tergov qilishda, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga, odam savdosiga, terrorizmga, 

diniy  ekstremizmga  va  uyushgan  jinoyatchilikka,  shuningdek,  iqtisodiyot  sohasidagi 

jinoyatlarga qarshi kurashishda muayyan ijobiy natijalarga erishildi.  

Shu  bilan  birga,  hisobotda  ta’kidlanganidek,  joriy  yilning  9-fevralida  IIV  organlari 

xodimlari  bilan  bo‘lib  o‘tgan  yig‘ilishda  davlatimiz  rahbari  tomonidan  bildirilgan  fikr-

mulohazalardan  ichki  ishlar  organlari,  vazirlik  rahbariyati  tegishli  xulosalar  chiqarib  oldi. 

Ichki  ishlar  organlari  faoliyatidagi  mavjud  muammolar  va  kamchiliklarni  hal  qilish, 

huquqbuzarliklarning  oldini  olishga  doir  ishlarni  tubdan  yaxshilash,  mamlakatda  huquqiy 

tartibotni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar tashkil etildi.  

Xususan,  profilaktika  inspektorlari  faoliyatini  baholashning  reyting  tizimiga 

asoslangan  mezonlari  ishlab  chiqildi,  ichki  ishlar  organlari  barcha  bo‘g‘inlari  rahbarlari 

tomonidan  aholi  oldida  muntazam  hisob  berish  amaliyoti  joriy  etildi.  Ichki  ishlar 

organlarining  faoliyatini  tubdan  isloh  qilish,  ichki  ishlar  organlari  xizmatini  bevosita  aholi 

punktlarida  tashkil  etish  orqali  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  samaradorligini  oshirish 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

10 


 

yuzasidan  takliflar  tayyorlandi.  Joylarda  huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  profilaktika 

inspektorlarini  ular  faoliyatiga  xos  bo‘lmagan  yumushlardan  ozod  qilish,  ularning 

jamoatchilik  bilan  aloqalarini  kuchaytirish  bo‘yicha  muntazam  ishlarni  tashkil  etishga 

alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Jinoyat  sodir  etganligi  uchun  qidiruvda  bo‘lgan  shaxslarni  aniqlash  va  qo‘lga  olish, 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organlar  va  sudlar  bilan  hamkorlikda  jinoyatlarni  fosh 

qilish  borasidagi  ishlarni  yaxshilash  maqsadida  idoralararo  ishchi  guruhlar  tuzildi. 

Jinoyatlarni  sodir  etish  sabablari,  shart-sharoitlari  va  omillarini  o‘rganish  bo‘yicha  ishlar 

tashkil  etildi.  Sodir  etilgan  har  bir  jinoyat  holatlarini  muhokama  qilish  uchun  yig‘ilishlar 

muntazam  o‘tkazib  kelinmoqda.  Mazkur  yig‘ilishlarda  ichki  ishlar  organlari  rahbarlari, 

profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirok etmoqda.  

Hisobotda  davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  o‘tkazib  kelinayotgan  jinoyatchilikning 

oldini  olish  va  profilaktika  kunlari  o‘ziga  xos  samara  berayotganligi  qayd  etildi.  Keng 

jamoatchilik,  hokimliklar,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  vakillari  ishtirokida  har 

payshanba  kuni  tashkil  etiladigan  jinoyatlarning  oldini  olishga  doir  kompleks  tadbirlar, 

xususan, 

yoshlar 


va 

voyaga 


yetmaganlar 

o‘rtasidagi 

ma’naviy-ma’rifiy 

ishlar 


samaradorligini oshirish,  ularni  qonunga itoatkorlik  ruhida  tarbiyalash,  ta’lim  muassasalari 

o‘quvchi  va  talabalarining  mashg‘ulotlarda  qatnashish  davomatini  muhokama  qilish,  bu 

borada  tartib  o‘rnatish  yuzasidan  ta’lim  muassasalari  ma’muriyati  va  ota-onalar 

javobgarligini  oshirish  bo‘yicha  tashkiliy-tushuntirish  tadbirlari  o‘zining  ijobiy  natijalarini 

bermoqda.  

Hisobotni  muhokama  qilish  chog‘ida  senatorlar  tomonidan  ichki  ishlar  organlari 

faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xodimlar, ayniqsa, profilaktika inspektorlari 

uchun  munosib  xizmat  va  maishiy  shart-sharoitlar  yaratishga  qaratilgan  aniq  taklif  va 

tavsiyalar  berildi.  Senatorlar  ichki  ishlar  organlari  xodimlarining  kasb  saviyasini  oshirish 

ishlarini  jiddiy  ravishda  yaxshilash,  shu  maqsadda  mintaqaviy  seminarlarini  o‘tkazish 

zarurligini  qayd  etdilar.  Odamlar  dardu-tashvishlariga  befarq  munosabatda  bo‘lgan, 

qonunni  suiiste’mol  qilgan  va  buzgan  xodimlarga  nisbatan  o‘z  vaqtida  qat’iy  choralar 

ko‘rish  muhimligi  ta’kidlandi.  Senatorlar  qayd  etganlaridek,  jinoyatga  qarshi  kurashish  va 

huquqbuzarliklarning  oldini  olish  borasida  ichki  ishlar  organlari  faoliyatining  tubdan 

yaxshilanishi  Harakatlar  strategiyasini  Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yilida 

amalga oshirishga oid Davlat dasturini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishning muhim sharti 

hisoblanadi.  

Shundan  keyin  senatorlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 

qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 

2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.  

Ta’kidlanganidek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yildagi faoliyati 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalarini  bajarishga,  qonunchilik  bazasini 

yanada  takomillashtirishga  hamda  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatdan  oqilona 

foydalanish  sohasidagi  davlat  nazoratini  kuchaytirishga,  mamlakatdagi  ekologik  holatni 

sog‘lomlashtirishga qaratildi.  

Hisobot  davrida  insonlar  salomatligini  mustahkamlash,  ekologik  muvozanatni,  jonli 

tabiat  turlarining  boyligini  va  genetik  fondini,  ekologik  tizimlar  rang-barangligini  saqlab 

qolish  uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratishga,  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashga,  tabiat 

obyektlari  bilan  bog‘liq  madaniy  merosni  saqlashga  qaratilgan  keng  ko‘lamli  ishlar  olib 

borildi.  

Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasining  tabiatni  muhofaza  qilishga  doir  qonun 

hujjatlarini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  tegishli  vazirlik  va  idoralar  bilan 

hamkorlikda  6  ta  qonun  loyihasining  yangi  tahriri,  Vazirlar  Mahkamasining  10  dan  ortiq 

qarori tayyorlangani va shundan 8 tasi qabul qilingani qayd etildi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

11 


 

Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan 

nazorat  davomida  18  270  dan  ziyod  mansabdor  shaxs  va  fuqaro  ma’muriy  javobgarlikka 

tortildi, 2 400 dan ortiq korxona va tashkilotlarga da’vo kiritildi, 4,13 milliard so‘m undirildi.  

2016-yilda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari uchun, xizmatlar, ekologik xavfli 

chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik 

sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi, 3 350 dan ortiq 

ekologik norma belgilandi.  

Davlat  ekologik  ekspertizasining  tavsiyalariga  muvofiq  energetika,  neft-gaz, 

metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligining 318 

ta xo‘jalik yurituvchi subyektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalar 

joriy  etildi.  Ekologik,  shuningdek,  idoraviy  va  jamoat  nazoratini  amalga  oshirish  choralari 

ko‘rilmoqda.  

2013-2017-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasi  atrof-muhitini  muhofaza  qilish  bo‘yicha 

harakat dasturini bajarish choralari ko‘rildi. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish 

bo‘yicha  choralar  tizimli  ravishda  amalga  oshirilmoqda.  Orol  dengizining  qurib  qolgan 

tubidagi 76,1 ming gektar maydonda yangi ihota daraxtzorlari barpo etildi.  

2016-yilda beshta xalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi xalqaro 

loyiha  ishlab  chiqildi  va  2017-yilda  6  ta  yangi  loyihani  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha 

kelishuvga erishildi.  

Hisobotni  muhokama  qilish  vaqtida  senatorlar  ekologiya,  atrof-muhitni  muhofaza 

qilish  va  chiqindilar  bilan  ishlash,  biologik  xilma-xillikni  saqlash  hamda  ko‘paytirish,  Orol 

fojiasi  oqibatlarini  yumshatish  sohalaridagi  boshqaruv  tizimini  yanada  takomillashtirish 

zarurligiga e’tibor qaratdilar. Davlat ekologik nazorati, atrof-muhit monitoringi, shuningdek, 

xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish  sohasida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  davlat  organlarining 

infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.  

Shundan  so‘ng  senatorlar  Oliy  Majlis  Senatining  Byudjet  va  iqtisodiy  islohotlar 

masalalari  qo‘mitasi  raisini  saylash,  O‘zbekiston  Respublikasi  Sudyalar  oliy  kengashining 

raisini  tayinlash  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ayrim  farmonlarini 

tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.  

Senatorlar 

“Mamlakat 

istirohat 

bog‘lari, 

shuningdek, 

boshqa 


ko‘ngilochar 

maskanlarida o‘rnatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini 

ta’minlash  borasidagi  davlat  nazoratining  holati  to‘g‘risida”gi  parlament  so‘rovini  ko‘rib 

chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborish haqida qaror qabul qildilar.  

Yalpi  majlisda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  vakolatiga  kiradigan 

boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.  

Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh 

qilishga,  fuqarolar  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilishga,  bozor  islohotlarini  yanada 

chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Ularni ruyobga chiqarish aholining 

turmush 

darajasini 

yanada 

oshirish, 



mamlakatda 

barqarorlik 

va 

farovonlikni 



kuchaytirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.  

Shuning  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  to‘qqizinchi  yalpi 

majlisi o‘z ishini yakunladi.  

O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi Senatining 

Axborot xizmati 

 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

12 


 

 

BOKSCHILARIMIZNING MUHIM G‘ALABASI 



Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha nufuzli turnir – 

Butunjahon  boks  seriyasi  (WSV)  VII  mavsumining  navbatdagi  turida  mamlakatimiz 

sharafini  himoya  qilayotgan  “Uzbek  Tigers”  jamoasi  Qozog‘istonning  “Astana 

Arlans” jamoasi bilan kuch sinashdi.   

O‘zbekiston  boks  federatsiyasi  va  Xalqaro  havaskor  bokschilar  uyushmasi  (AIBA) 

hamkorligida  tashkil  etilgan  mazkur  turnirning  bu  yilgi  bahslarida  eng  kuchli  12  jamoa 

uchta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashmoqda.   

Mamlakatimizda  Olimpiya  o‘yinlari  dasturiga  kiritilgan  sport  turlarini  rivojlantirishga 

qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida boks ham jadal taraqqiy etmoqda.   

O‘tgan  yilgi  mavsumdan  buyon  ushbu  turnirda  ishtirok  etayotgan  “Uzbek  Tigers” 

jamoasi  joriy  yil  "S"  guruhida  Xitoyning  "China  Dragons",  Rossiyaning  "Patriot  boxing 

team" va Qozog‘istonning “Astana Arlans Kazakhstan” jamoalari bilan bahslashmoqda.   

–  O‘zbekiston  –  sport,  jumladan,  boks  jadal  rivojlangan  mamlakat,  –  dedi  turnir 

supervayzeri  Muhammad  Mustahsoniy.  –  Bu  yurtingiz  sportchilarining  nufuzli 

musobaqalarda erishayotgan natijalarida, mamlakatingizda yirik xalqaro sport anjumanlari 

yuqori saviyada tashkil etilayotganida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.  

...1-aprel  kuni  poytaxtimizdagi  "O‘zbekiston"  sport  majmuasida  bo‘lib  o‘tgan  “Uzbek 

Tigers”  va  “Astana  Arlans”  jamoalari  o‘rtasidagi  bellashuv  ham  qiziqarli  va  murosasiz 

janglarga boy bo‘ldi.   

49  kilogramm  vazn  toifasida  Hasanboy  Do‘smatov  va  Temirtas  Jusupov,  56 

kilogramm vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov va Ilyos Suleymenov, 64 kilogramm vazn 

toifasida  Elnur  Abduraimov  va  Dilmurod  Mijitov,  75  kilogramm  vazn  toifasida  Isroil 

Madrimov  va  Saparbay  Aydarov,  vazni  91  kilogrammgacha  bo‘lgan  bokschilar  o‘rtasida 

Zuhriddin Mahkamov va Anton Pinchuk o‘zaro kuch sinashdi.  

Musobaqada “Uzbek Tigers” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.   

–  Musobaqada  g‘alaba  qozonganimizdan  xursandmiz,  –  deydi  Elnur  Abduraimov.  – 

Bunday  nufuzli  sport  anjumanlarida  yuqori  natijalarga  erishayotganimiz  mamlakatimizda 

yoshlarga, sportchilarga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik tufaylidir.   

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling