Axborot soati materialini


Download 124.02 Kb.
Pdf просмотр
Sana28.04.2017
Hajmi124.02 Kb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

7

7

7

 

 

 

M

M

M

a

a

a

r

r

r

t

t

t

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



 

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI OSIYO TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTINI 

QABUL QILDI 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni  Osiyo 

taraqqiyot 

banki 

prezidenti 

Takexiko Nakaoni qabul qildi.  

Davlatimiz 

rahbari 

mehmonni 

qutlar  ekan,  mamlakatimiz  iqtisodiyoti 

tarmoqlari 

va 

infratuzilmasini 



modernizatsiya  qilish  bo‘yicha  ustuvor 

dastur  va  loyihalarni  amalga  oshirish 

borasida 

O‘zbekiston 

va 

Osiyo 


taraqqiyot  banki  o‘rtasidagi  o‘zaro 

manfaatli  sheriklik  izchil  rivojlanib 

borayotganini 

mamnuniyat 

bilan 

ta’kidladi.  



Bugungi  kunda  hamkorlik  portfeli 

umumiy  qiymati  14  milliard  dollardan 

ziyodni  tashkil  etuvchi  59  loyihani  o‘z 

ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq 

mablag‘i jalb qilingan.  

Tollimarjon  va  Taxiatosh  issiqlik  elektr  stansiyalarida  zamonaviy  bug‘-gaz 

qurilmalarini  barpo  etish,  yuqori  voltli  elektr  uzatish  liniyalarini  modernizatsiya  qilish, 

qishloq  joylarda  namunaviy  uy-joy  qurish,  mamlakatimizning  turli  hududlarida  suv 

ta’minoti  tizimi  va  sanitariya  obyektlarini  rekonstruksiya  qilish,  Amu-Buxoro  mashina 

kanali  tizimini  qayta  tiklash,  Maroqand-Qarshi  temir  yo‘lini  elektrlashtirish,  kichik 

biznesni,  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  va  boshqa  loyihalar  Osiyo  taraqqiyot  banki 

ishtirokida amalga oshirilgan va amalga 

oshirilayotgan  yirik  loyihalar  sirasiga 

kiradi.  

Uchrashuvda 

2017-2019-yillarga 

mo‘ljallangan  qo‘shma  dastur  doirasida 

amaliy  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish 

va 

uning 


samaradorligini 

oshirish 

masalalari muhokama qilindi.  

Aholi,  ayniqsa,  qishloq  aholisi 

turmush  darajasini  oshirish,  tadbirkorlik 

subyektlarini  qo‘llab-quvvatlash,  agrar 

tarmoqni  modernizatsiya  qilish,  yo‘l-

transport  infratuzilmasi,  muqobil  energetikani  rivojlantirish,  energiya  tejaydigan 

texnologiyalarni  joriy  etish  va  boshqa  yo‘nalishlarga  qaratilgan  ustuvor  loyihalarni 

amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

OTB 

prezidenti 



samimiy 

qabul 


va 

o‘zaro 


sheriklik 

munosabatlarini 

mustahkamlashni  qo‘llab-quvvatlayotgani  uchun  Prezidentimizga  chuqur  minnatdorlik 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



bildirib,  Osiyo  taraqqiyot  banki  O‘zbekiston  bilan  keng  ko‘lamli  hamkorlikni 

rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.  

OTB  delegatsiyasining  mamlakatimiz  vazirliklari  va  idoralarida  o‘tkazgan 

uchrashuvlari  yakuni  bo‘yicha  bankning  573  million  dollarlik  mablag‘ini  jalb  qilgan 

holda  kichik  biznes,  meva-sabzavotchilik  sohalari,  suv  ta’minoti  tizimi  va  avtomobil 

yo‘llari  infratuzilmasini  rivojlantirishga  doir  4  loyihani  amalga  oshirish  bo‘yicha 

kelishuvlar imzolandi.  

O‘zbekistonga  tashrifi  davomida  Takexiko  Nakao  Samarqand,  Buxoro  va 

Toshkent  viloyatlarida  bo‘lib,  Osiyo  taraqqiyot  banki  ishtirokida  amalga  oshirilgan 

investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi. 

 

 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI BMT BOSH KOTIBI YORDAMCHISINI QABUL 



QILDI 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  2-mart  kuni 

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh 

kotibining  siyosiy  masalalar  bo‘yicha 

yordamchisi  Miroslav  Yenchani  qabul 

qildi.  

Davlatimiz  rahbari  mehmonni  qutlar 

ekan, 

BMT 


Bosh 

kotibi 


Antoniu 

Guterrishning  O‘zbekiston  Respublikasi 

ushbu  tashkilotga  a’zo  bo‘lganining  25-

yilligi  munosabati  bilan  yo‘llagan  tabrigi 

uchun 

minnatdorlik 



bildirdi 

hamda 


O‘zbekiston  BMT  va  uning  tashkilotlari 

bilan 


hamkorlik 

munosabatlarini 

mustahkamlashda 

davom 


etishini 

ta’kidladi.  

Prezidentimiz BMTning global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy 

va  ekologik  muammolarni  hal  etish,  terrorizm,  ekstremizm,  narkotrafik,  uyushgan 

jinoyatchilik  hamda  bugungi  kunning  boshqa  xavf  va  tahdidlariga  qarshi  kurashishda 

tutgan muhim o‘rnini alohida qayd etdi.  

Mamlakatimiz  bilan  BMTning  samarali 

hamkorligi  yillarida  O‘zbekiston  tomonidan 

ilgari  surilgan  Markaziy  Osiyoda  yadro 

qurolidan 

xoli 

hudud 


barpo 

etish, 


Afg‘onistonga 

qurol-yarog‘ 

olib 

kirishga 



embargo  qo‘yish,  “6+2”  muloqot  guruhini 

tuzish, 


shuningdek, 

mintaqamizda 

taraqqiyotga erishish, Orol dengizi qurishining 

oqibatlarini  bartaraf  etish  masalalarini  global 

darajaga 

ko‘tarish 

va 

boshqa 


ko‘plab 

tashabbuslar nafaqat BMT doirasida, balki xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlandi.  

Suhbat  chog‘ida  hamkorlikning  dolzarb  yo‘nalishlari  bo‘yicha  fikr  almashildi  va 

ko‘rib  chiqilgan  barcha  masalalar  bo‘yicha  tomonlarning  pozitsiyasi  o‘xshash  ekani 

ta’kidlandi.  Istiqbolda  o‘zaro  munosabatlarni  kengaytirishning  ustuvor  yo‘nalishlari 

ham muhokama qilindi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Davlatimiz  rahbari  mamlakatimiz  va  butun  Markaziy  Osiyoda  amalga 

oshirilayotgan  rivojlanish  jarayonlarida  BMTni  yanada  faol  ishtirok  etishga, 

shuningdek,  xavfsizlikni  ta’minlash  borasidagi  mintaqaviy  dolzarb  masalalarni  hal 

qilishda hamkorlikda ishlashga da’vat etdi.  

Miroslav  Yencha  samimiy  qabul  uchun  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevga 

chuqur 


minnatdorlik 

bildirib, 

BMT 

O‘zbekiston 



bilan 

aloqalarni 

yanada 

mustahkamlashga,  o‘zaro  manfaatli  barcha  yo‘nalishlarda  keng  ko‘lamli  hamkorlikni 



rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi. 

 

 



2017-YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH 

VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

Azal-azaldan  xalqimizning  ezgu  va  go‘zal  qadriyatlarini,  uning  olijanob  orzu-

intilishlarini o‘zida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga o‘lmas meros sifatida 

bezavol  o‘tib  kelayotgan  Navro‘zi  olam  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda 

yashayotgan  millati,  tili  va  dinidan  qat’iy  nazar,  barcha  vatandoshlarimiz  orziqib 

kutadigan, tom ma’nodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.  

Sharqona  yangi  yilning  boshlanishi,  tabiat  uyg‘onishining  ramzi,  asl  milliy,  eng 

ardoqli  bayram  bo‘lmish  Navro‘zning  yurtimizda  mehr-oqibat,  hamjihatlik,  insoniylik, 

bag‘rikenglik  va  bunyodkorlik,  xayr-saxovat  muhitini  yanada  mustahkamlash,  yosh 

avlodni  milliy  an’analarimizga  sadoqat  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida 

kamol  toptirishdagi  o‘rni  va  ta’siri  tobora  ortib  borayotganini  inobatga  olib  hamda  bu 

qutlug‘ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:  

1.  2017-yilgi  Navro‘z  umumxalq  bayramiga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish 

bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  

Tashkiliy 

qo‘mita 


Navro‘z 

bayramini 

poytaxtimiz 

Toshkent 

shahrida, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va  viloyatlar  markazlarida,  barcha  shahar,  tuman  va 

qishloqlarda  umumxalq  sayillari  shaklida  yuqori  darajada  o‘tkazishga  qaratilgan 

tashkiliy-amaliy,  madaniy-ma’naviy  tadbirlar  rejasini  o‘n  kun  muddatda  ishlab  chiqsin 

va amalga oshirsin.  

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:  

Navro‘z kunlarida insonning tabiat bilan uzviyligini, o‘zini uning ajralmas bir qismi 

sifatida  his  etishini  ifoda  etadigan,  atrof-muhitni,  ona  zaminni  ardoqlab,  uning 

ne’matlarini,  bugungi  tinch  hayotni  qadrlab,  shukronalik  tuyg‘usi  bilan  yashashga 

da’vat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;  

barcha  shahar  va  qishloqlarda  bo‘lib  o‘tadigan  tadbirlarda,  ommaviy  axborot 

vositalarida  Navro‘z  bayramining  tarixi,  uni  nishonlash  bilan  bog‘liq  urf-odatlar, 

an’analar va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;  

Navro‘zning  ruhi  va  falsafasida  o‘z  aksini  topgan  mehr-muruvvat,  ahillik  va 

totuvlik, yoshi ulug‘ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e’zozlash, 

ko‘makka  muhtoj  insonlarga  beg‘araz  yordam  berish  bilan  bog‘liq  xayriya  tadbirlarini 

amalga oshirish;  

yangi  dehqonchilik  mavsumining  boshlanishi,  yasharish  va  yangilanish,  qut-

baraka,  obodlik  va  farovonlik  ramzi  bo‘lmish  Navro‘z  faslida  mahallalarda,  shahar  va 

qishloqlarda hasharlar, keng ko‘lamdagi obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini 

tashkil etish;  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  bo‘lib  o‘tadigan 

sayillarga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar, sirk artistlari, oilaviy 

ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada 

artistlarini keng jalb etish;  

sayil  dasturlarini  tayyorlashda  xalq  o‘yinlari,  folklor  san’atining  eng  yaxshi 

namunalarini, elu yurtning dilidan chuqur  joy olgan, qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy 

tuyg‘ularni tarannum etadigan kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlarga keng o‘rin berish.  

3. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda 

joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan;  

Toshkent  shahrida  respublika  byudjeti  va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjeti 

mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.  

4.  O‘zbekiston  Milliy  axborot  agentligi,  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi, 

“Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navro‘z umumxalq 

bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni 

atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.  

5. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri 

A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.  



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh.Mirziyoyev  

 

Toshkent shahri,  



2017-yil 28-fevral  

 

 



TOSHKENTDAGI O'ZBEKISTON KO'CHASIGA ISLOM KARIMOV NOMI 

BERILDI 

Toshkentdagi  O'zbekiston  ko'chasiga  Islom  Karimov  nomi  berildi  -  O'zbekiston 

yangiliklari 

Mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek 

xalqining  ulug'  va  ardoqli  farzandi,  mamlakatimizning  Birinchi  Prezidenti  Islom 

Karimov  o'zining  serqirra  siyosiy  faoliyati,  olijanob  insoniy  fazilatlari  bilan 

Vatanimizning ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. 

Shu yilning 25 yanvar  kuni davlatimiz rahbarining “O'zbekiston Respublikasining 

Birinchi  Prezidenti  Islom  Abdug'aniyevich  Karimov  xotirasini  abadiylashtirish 

to'g'risida”gi  Qarori  qabu qilingan edi. 

Ushbu  qaror  ijrosini  ta'minlash  maqsadida  xalq  deputatlari  Toshkent  shahar 

Kengashining  qarori  bilan    Mirobod,  Yunusobod,  Yakkasaroy,  Shayxontohur  va 

Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O'zbekiston ko'chasiga Islom Karimov nomi 

berildi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING QIYMATI 10000 



SO‘M BO‘LGAN PUL BELGILARINI MUOMALAGA CHIQARISH TO‘G‘RISIDA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI AXBOROTI 

2017-yilning  10-martidan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

qiymati  10000  so‘m  bo‘lgan  banknot  ko‘rinishidagi  yangi  pul  belgilarini  muomalaga 

chiqaradi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  qiymati  10000  so‘m  bo‘lgan  pul 

belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.  

Banknotning  o‘ng  tarafidagi  keng  oq  rangli  sathda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Gerbi va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.  

Oq  rangli  sathning  chap  tarafidan  qog‘oz  qatlamida  “Darcha”  va  “3D”  effektli 

yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.  

Banknot  old  tomonining 

yuqori  qismida  “O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASI 

MARKAZIY 

BANKI” yozuvi mavjud.  

Chap  qismida  naqshinkor 

elementlar  fonida  O‘zbekiston 

Respublikasi Gerbi tasvirlangan.  

Gerbning  pastki  qismida 

yettita  raqamli  nomeri  bilan  ikki 

lotin  harfidan  iborat  seriyasi 

joylashgan.  

Naqshinkor  ramkaning  o‘ng 

va  chap  burchaklarining  quyi  qismida,  shuningdek  Gerbning  o‘ng  tarafida  “10000” 

raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi.  

Gerbning  o‘ng  tarafidagi  “10000”  raqami  ustiga  yirik  harflar  bilan  “SO‘M”  so‘zi 

yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.  

Naqshinkor  ramkaning  pastki  qismida  “O‘ZBEKISTON  SO‘MI  RESPUBLIKA 

HUDUDIDA  HAMMA  TO‘LOVLAR  UCHUN  O‘Z  QIYMATI  BO‘YICHA  QABUL 

QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan.  

Banknotning 

to‘q 


ko‘k 

rangli 


naqshinkor 

ramkasi, 

“O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASI  MARKAZIY  BANKI”  yozuvi,  Gerb,  o‘ng  va  chap  tomondagi  “10000” 

raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.  

Oq  rangli  sathda  joylashgan  “10000”  raqami  tepasida  banknotning  nomeri  va 

seriyasi takror ko‘rsatilgan. 

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini 



o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli 

sakkiz qirrali naqsh mavjud.  

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan.  

Banknotning 

orqa 

tomoni  chap  qismidagi  oq 

rangli  sathda  suv  belgilari 

ko‘rinadi. 

Oq 


rangdagi 

sathning  yuqori  va  pastki 

qismlarida  ko‘k  va  binafsha 

rangda  ishlangan  naqshinkor 

bezaklar  joylashgan  bo‘lib, 

pastki  bezak  ustida  “10000” 

raqami aks ettirilgan.  

Banknotning  markazida 

“SENAT”  me’moriy  binosi, 

bino  gumbazining  tepasida  O‘zbekiston  Respublikasining  rangli  bayrog‘i 

tasvirlangan.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Tasvirning  yuqori  chap  burchagida  bir-birini  kesib  o‘tuvchi  “10000”  va  “SO‘M” 

yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan “O‘N MING” 

ko‘rsatilgan.  

Pastki  qismida  “O‘ZBEKISTON  SO‘MINI  QALBAKILASHTIRISH  QONUNGA 

MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.  

Ushbu  matnning  ikki  tomonida  “10000”  raqamlari,  shuningdek  banknotning  eng 

yuqori qismida “O‘N MING SO‘M” yozuvi aks ettirilgan.  

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 10000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda 

muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi 

subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech 

qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. 

 

 



SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH OB’YEKTLARI UCHUN VIRTUAL 

TERMINAL ISHGA TUSHIRILDI 

CLICK  kompaniyasi  savdo  va  pulli  xizmat  ko‘rsatish  ob’yektlari  uchun  plastik 

kartalardan  to‘lovlarni  qabul  qiluvchi  virtual  terminallar  xizmati  ishga  tushirilganini 

xabar qildi. 

Kompaniya  xabarida  keltirilishicha,  Indoor-to‘lovlar  yechimi  savdo  do‘koni  yoki 

pulli  xizmat  ko‘rsatish  nuqtasida  qisqa  vaqt  ichida  joriy  etilishi  hamda  bankdan  real 

savdo  terminalini  olmagan  holda  mijozlarning  plastik  kartalaridan  to‘lovlarni  qabul 

qilish imkonini beradi. 

Indoor-to‘lovlar  yechimi  yordamida  har  bir  chakana  savdo  nuqtasi  uchun  oddiy 

terminallarning to‘lov funksionalidan qolishmaydigan, akchincha bir qator afzalliklarga 

ega virtual terminal ochiladi. Shunday savdo nuqtalarning mijozlari to‘lovlarni bevosita 

o‘z  mobil  telefonlari  orqali  amalga  oshirishlari  mumkin.  Mablag‘lar  shu  zahoti 

sotuvchiga SMS bilan birga kelib tushadi. Bunda to‘lovni amalga oshirishda internetga 

ulanish talab qilinmaydi va to‘lovlar elektr energiyasi bo‘lmagan paytda ham bajarilishi 

mumkin. 

Mijozlar va sotuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida operatsiyalarni 

turli  uslublarda  bajarish  imkoniyatlari  yaratilgan:  USSD-menyu,  qisqa  USSD-so‘rov 

(*880*sotuvchining_kodi*summa#),  mobil  ilova  orqali  va  shu  bilan  birga  kassir  yoki 

sotuvchi  tomonidan  hisob  chiqarish  uslubida.  To‘lovlarni  yanada  operativ  tarzda 

amalga  oshirish  uchun  har  bir  savdo  do‘koniga  QR-kodi  taqdim  qilinmoqda.  Ushbu 

QR-kod  smartfon  orqali  munosib  ilovalardan  biri  yoki  yangilanayotgan  va  yaqin  vaqt 

ichida taqdim qilinadigan CLICK mobil ilovasi orqali o‘qilishi mumkin. 

Yuqorida  aytib  o‘tilgan  Indoor-to‘lovlar  imkoniyatini  ulatish  uchun  tadbirkorlar 

o‘zlarining  xizmat  banklariga  yoki  CLICK  tizimi  bilan  hamkorlik  qilayotgan  istalgan 

bankka  murojaat  qilishlari  zarur.  Bankda  ro‘yxatdan  o‘tayotganda  tadbirkorlarga  va 

savdo do‘konlarining egalariga to‘lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-

kod taqdim etiladi. 

“Indoor-to‘lovlar O‘zbekistonimiz uchun yangi bir yo‘nalish va bizning taklifimiz bir 

qator  afzalliklarni  kiritib  kelmoqda:  an’anaviy  to‘lovlarga  qaraganda  ushbu  to‘lovlar 

ancha  tezroq  o‘tadi,  kartalarining  PIN-kodlarini  birovlarga  e’lon  qilishning  keragi 

qolmaydi,  va,  shu  bilan  birga,  plastik  karta  yoningizda  bo‘lmagan  taqdirda  ham 

xaridlaringiz  uchun  to‘lovlarni  amalga  oshirishga  imkoniyati  ochilmoqda”,  —  deb 

ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov. 

 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



 

MAMLAKATIMIZNING 23 TUMANIDA ZA’FARON (rus-SHAFRAN) 

PLANTATSIYALARI TASHKIL ETILADI 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 24-25-fevral kunlari Qashqadaryo 

viloyatiga 

tashrifi 

davomida 

mamlakatimiz 

iqtisodiyotining 

barqarorligini 

ta’minlash 

va 

aholi 

farovonligini 

oshirishga 

qaratilgan 

istiqbolli  loyihalar  qatorida  2017-2019-

yillarda  o‘rmon  fondi  yerlari  va  fermer 

xo‘jaliklarida 

dorivor 

o‘simliklar 

plantatsiyalarini  tashkil  etish  loyihasi 

bilan ham tanishdi.  

Loyihaga  ko‘ra  mamlakatimizning  23 

tumanida  50  gektardan  ziyod  maydonda 

za’faron plantatsiyalarini tashkil etish, uning 

xomashyosidan 

farmatsevtika 

sanoatida 

foydalanish, 

mahsulotni 

eksportga 

yo‘naltirish rejalashtirilgan.  

Gulsafsardoshlar  oilasiga  mansub  za’faron  shamoldan  pana,  janub  tomonga 

biroz qiya bo‘lgan, quruq tuproqlarda o‘sadi. Uni ekish muddati o‘simlik tinim davriga 

o‘tgan  vaqtda,  ya’ni  iyul-avgust  oylariga  to‘g‘ri  keladi.  Za’faron  tuganak  piyozlari  10 

santimetr uzoqlikda, 15 santimetr chuqurlikda, 60 santimetr kenglikda ekiladi.  

Za’farondan  olinadigan  dorivor  xomashyo  –  qizil  rangli  gul  ustunchasi  oktabr-

noyabr  oylarida  teriladi  va  za’faron  tayyorlash  punktlariga  yuboriladi.  Bir  gektar 

plantatsiyadan o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm 

dorivor hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm  xomashyoning  narxi 400 dollardan 

1000 dollargacha baholanadi.  

Bugungi  kunda  za’faron  Eron,  Turkiya,  Ozarbayjon,  Rossiya,  Xitoy,  Hindiston, 

Avstraliya kabi o‘n beshdan ortiq mamlakatda yetishtiriladi.  

Mamlakatimizda  ushbu  o‘simlikni  ko‘paytirish  va  plantatsiyalarini  tashkil  etish 

bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlar  O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  Botanika  bog‘i  olimlari 

tomonidan  olib  borildi.  Tadqiqotlar  ko‘rsatishicha,  za’faron  yurtimiz  tuproq-iqlim 

sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, 

Surxondaryo,  Navoiy  va  Jizzax  viloyatlarining  tog‘  va  tog‘oldi  hududlarida,  bog‘  va 

tokzorlar qator oralarida, o‘rmon hududlarida yetishtirish imkoniyati mavjud.  

Xalq  tabobatida  za’faron  o‘nlab  xastaliklarni  davolashda  ishlatilgan.  Abu  Ali  ibn 

Sino  za’faron  ichish  rangni  chiroyli,  ko‘zni  ravshan,  yurakni  quvvatli,  nafas  a’zolarini 

sog‘lom qilishini yozib qoldirgan.  

Hozirgi  kunda  ushbu  o‘simlik  tibbiyot  va  oziq-ovqat  sanoatida  keng  ishlatiladi. 

Uning  tarkibida  50  foizdan  ortiq  bo‘yoq  beruvchi  krotsin,  2,7  foiz  yog‘,  0,32  foiz  efir 

moyi, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qand, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud bo‘lib, 

ko‘plab  kasalliklarni  davolashda  qo‘llaniladi.  O‘simlik  o‘ziga  xos  xushbo‘y  hidi,  yorqin 

rang  va  ta’m  berishi  bois  turli  taomlarga  qo‘shiladi.  Undan  qandolat  mahsulotlari, 

kremlar,  muzqaymoq  tayyorlashda  ham  foydalaniladi.  Za’faron  qo‘shilgan  oziq-ovqat 

mahsulotlari bir necha kungacha sifatini yo‘qotmaydi.  

Joriy yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida 4 

gektardan,  Shahrisabz  tumanida  3  gektar  maydonda  za’faron  plantatsiyalarini  barpo 

etish  mo‘ljallanmoqda.  Ushbu  o‘simlikni  ko‘paytirish  mamlakatimizda  dorivor 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



o‘simliklar  xomashyosini  mahalliy  sharoitda  yetishtirish,  farmatsevtika  sanoati 

ehtiyojini  ta’minlash  va  oziq-ovqat  ziravori  sifatida  eksport  qilish  imkoniyatlarini 

kengaytiradi.  

Loyiha  taqdimotida  o‘simlikning  shifobaxsh  xususiyatlari,  O‘zbekistonda  za’faron 

plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha iqlim sharoitidan kelib chiqqan  holda tanlangan 

tumanlar, o‘simlik yetishtirish agrotexnologiyasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.  

Prezidentimiz  za’faron  plantatsiyalarini  tashkil  etish  mahalliy  farmatsevtika 

sanoati  uchun  xomashyo  manbaini  yaratishda  muhim  ahamiyat  kasb  etishini  qayd 

etdi.  Za’faron  yetishtirish  uchun  mutaxassislar  tayyorlash,  buning  uchun  alohida 

kollejni  tanlash  va  yoshlarni  o‘qitish,  Toshkent  davlat  agrar  universitetida 

mutaxassislar tayyorlash lozimligini ta’kidladi.  

Za’faron o‘simligini yetishtirish, kelajakda uni ko‘paytirish bo‘yicha markaz tashkil 

etish  maqsadga  muvofiq  ekanligi  qayd  etildi.  Bu  markazda  dorivor  va  oziq-ovqat 

o‘simliklari  turlarini  tanlash,  ilmiy-tadqiqotlarni  yo‘lga  qo‘yish,  yosh  kadrlarni  sohaga 

yo‘naltirish,  pirovardida  chet  el  ilg‘or  texnologiyalarini  o‘rganish  va  eksportni  tashkil 

etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

Davlatimiz  rahbarining  bu  tashabbusi  olimlarni  yanada  rag‘batlantirdi.  Ilmiy 

tadqiqotlarimiz doirasida iqlim sharoitimizga mos shifobaxsh va oziq-ovqat tarmog‘ida 

ishlatiladigan sano o‘ti, dorivor valeriana, bo‘yoqdor ro‘yan, dorivor lavanda, tukli erva, 

dorivor  rozmarin  va  ikki  bo‘lakli  ginkgo  kabi  o‘simliklar  aniqlandi.  Kelajakda  import 

o‘rnini  bosuvchi,  eksportbop  bu  turlarni  ham  mamlakatimizda  ko‘paytirish,  dastlabki 

plantatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi. Mazkur loyihaning ishga tushishi 

za’faron va boshqa dorivor o‘simliklarning eng yaxshi namunalarini tanlab olib, ularni 

ko‘paytirish,  yaxlit  soha  sifatida ixtisoslashtirish,  farmatsevtika,  parfyumeriya  va  oziq-

ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  

Boboqul To‘xtayev, 

biologiya fanlari doktori, professor.  

Aziz Mahmudov, 

katta ilmiy xodim-izlanuvchi. 

 

 



NAFISANING BAHOR TUHFASI 

Oliy 

o‘quv 

yurtini 

muvaffaqiyatli 

tugatgan 

rassom  Nafisa  Gilmanova 

ustozi  Yanis  Salpinkidining 

saboqlari asosida ijod bilan 

mashg‘ul  bo‘ldi.  Shu  tariqa 

ranglar 

va 

mo‘yqalamga 

do‘st  tutingan  Nafisa  bir-

biridan 

mazmunli 

va 

mushohadali 

asarlarini 

yarata 

boshladi. 

Mamlakatimizda  va  xorijda 

o‘tkazilgan 

tanlovlarda 

ishtirok 

etib, 

san’atshunoslar 

va 

muxlislar e’tiborini qozonib bordi...  

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



O‘zbekiston  davlat  san’at  muzeyida  8-mart  –  Xalqaro  xotin-qizlar  kuni 

munosabati  bilan  tashkil  etilgan  «Bahor  nafasi»  ko‘rgazmasi  ham  uning  ijodiy 

namunalari namoyishiga bag‘ishlandi.  

Ko‘rgazma  ochilishida  mamlakatimizda  xotin-qizlar,  xususan,  ijodkor  ayollarning 

faolligini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor ularning iqtidor va 

izlanuvchanligini  yanada  yorqinroq  namoyon  etishida  muhim  ahamiyat  kasb 

etayotgani ta’kidlandi.  

–  Nafisa  butun  o‘y-xayolini,  tafakkurini  mo‘yqalamda  ifoda  etishi,  ranglar  bilan 

so‘zlasha  olishi  har  jihatdan  mukammal  chizmalarida  aks  etadi,  –  deydi  pedagog-

rassom  E.Nizomov.  –  Nafosat  va  nafislikka,  his-hayajonga  yo‘g‘rilgan  qalbi  haqiqiy 

san’at asarini chizishida qo‘l keladi. Bu uning o‘ziga xosligi va betakrorligidir.  

U  shu  kunga  qadar  uch  yuzdan  ziyod  asar  yaratgan.  Tabiiy  ranglarni  xush 

ko‘rgan  ijodkor  asosan  natyurmort  janrida  ijod  qiladi.  Uning  «Beshik»,  «Oq  yo‘l», 

«Kechki kapalak», «Sevgi ibodati», «Raqs», «Daryo bo‘yida», «Oq tuyalar», «Sharqiy 

karvon» asarlari xorijdagi muzeylarda namoyish etilgan.  

Nafisa Gilmanova nafaqat rangtasvirchi musavvir, balki tajribali pedagog hamdir. 

Nafisa  ko‘p  yillardan  buyon  Toshkent  arxitektura-qurilish  institutida  talabalarga  dars 

berib  kelmoqda.  U  qator  monografiya,  o‘quv  qo‘llanmasi  va  ilmiy  maqolalar  muallifi. 

Ayni  kunda  «Amir  Temur  va  boburiylar  san’ati  va  me’morchiligi»  mavzuida  ilmiy 

izlanish olib bormoqda.  

U bahor ayyomining ilk kunlarida muxlislar e’tiboriga havola etayotgan «Bog‘da», 

«Kuzgi  ne’matlar»,  «Nastarin»,  «Bahor  manzarasi»,  «Gullayotgan  olma»,  «Uzumli 

natyurmort»,  «Olmali  natyurmort»  kabi  manzara,  natyurmort,  portret,  miniatyura 

janrlaridagi yuzga yaqin asarini aziz va munis ayollarga bag‘ishlagan.  

 

 

 



 

DUNYO YANGILIKLARI 

 

DUNYO BANKLARI 8 YIL ICHIDA $321 MILLIARD JARIMA TOLASHDI 

Dunyo banklari 8 yil ichida $321 milliard jarima tolashdi - O'zbekiston yangiliklari 

Boshqaruv  kolsaltingiga  ihtisoslashgan  Boston  Consulting  Group  yetakchi 

xalqaro kompaniyasining ma'lum qilishicha, dunyoning eng yirik banklari  ohirgi 8 yilda 

qonunbuzarliklar,  shu  jumladan,  pullarni  yuvish,  bozorlarni  manipulyatsiya  qilish  va 

territorizmni  moliyalashtirgani  uchun  qariyb  321  mlrd  AQSH  dollarini  jarima  sifatida 

to'lagan. O'tgan yilning o'zida ular muvofiqlashtiruvchi idoralarga qariyb 42 mlrd AQSH 

dollarini to'lashga majbur bo'lgan. Bu raqam avvalgi yildan 68 foizga ko'pdir. 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

10 



Jahon moliyaviy inqirozidan beri deyarli o'n yil vaqt o'tganiga qaramay, aksariyat 

banklar hamon o'ziga kela olgani yo'q. 

Jarimalarning  63  foizi,  yoki  204  mlrd  AQSH  dollari  Shimoliy  Amerika  banklari 

hissasiga  to'g'ri  keladi.  Shu  bilan  birga,  AQSHdagi  muvofiqlashtiruvchi  idoralar 

jarimalarni to'latish borasida o'z banklarini ayamagan. Ularning Yevropa va Osiyodagi 

hamkorlari bu borada ancha yumshoqlik qilishgan. 

Tadqiqot natijalarida yana keltirilishicha, jahon banklari 2009-2015 yillar davlmida 

9 mlrd yevro qiymatida iqtisodiy zarar ko'rgan. 

Ekspertlarning  ta'kidlashiga  ko'ra,  muvofiqlashtiruvchi  idoralarning  banklarga 

nisbatan talablarni kuchaytirishi bo'yicha tutgan yo'li kelgusida ham saqlanib qoladi. 

 

 

GERMANIYA MISRGA $500 MLN YORDAM AJRATMOQCHI 



Germaniya  kansleri  Angela  Merkelning 

Misrga  tashrifi  chog'ida  nemis  hukumati  bu 

mamlakatga 

iqtisodiy 

dasturni 

qo'llab 


quvvatlash  hamda  o'rta  va  kichik  biznesni 

rivojlantirishga  yordam  doirasida  500  million 

AQSH  dollarini  taklif  qildi.  Bugun  bu  haqida 

mamlakatning 

investitsiyalar 

va 


halqaro 

hamkorlik  vazirligi  habar  bergan.  Hususan, 

Germaniya  tomoni  mamlakatning  iqtisodiyotini 

qo'llab-quvvatlashga  250  mln  AQSH  dollari  va 

boshqa 

sohalarga 



ham 

huddi 


shuncha 

mablag'ni ajratishi aytilmoqda. Pul  gratnlar va imtiyozli mablag'lar sifatida ajratiladi.  

 

 

FORPHEUS ROBOTI STOL TENNISI O'YNASHNI ORGATMOQDA 



Kuni 

kecha 


Ginnesning 

rekordlar  kitobi  Youtubedagi  o'z 

sahifasida  antiqa  FORPHEUS 

robotini  jamoatchilik  e'tiboriga 

havola qildi. Omron Corporation 

kompaniyasida yaratilgan ushbu 

robot  ping-pon  o'ynashga  usta. 

Uning  yagona  nuqsoni  esa  –siz 

g'alaba  qozonishingiz 

uchun 


nima qilishi kerakligini bilmaydi. 

 

Stol tennisi muhlislari o'ziga 



sherik  topa  olmagan  yoki  o'z 

ko'nikmasini  yahshilash  uchun 

devor  bilan  o'ynagan  kunlar  ortda  qoldi.  Tez  orada  ularga  sun'iy  ongga  ega  hamda 

sportning bu turida beqiyos mahoratga ega yangi robot yordamga keladi. 

Robotning funksionalligi kishini hayratga soladi. Mahsus harakatlanish datchiklari 

hamda  bir  soniyada  80  ta  kadr  tezligida  tasvirga  oluvchi  kamera  bilan  jihozlangan 

robot  nafaqat  to'pning,  balki  raqibining  harakatlarini  ham  osonlik  bilan  kuzatib,  uning 

zarbasi  tahminan  qancha  kuchga  ega  ekanligini  ham  bilib  turadi.  Bu  o'yinni  endigina 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

11 



o'rganayotganlar uchun robot to'p tushadigan joyni yoritib tura oladi.  O'zining betakror 

tekhnologik  intellektual  va  o'rgatish  imkoniyatlari  tufayli  robot-trener  Ginnesning 



rekordlar kitobida alohida o'ringa ega bo'ldi. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling