Axborot soati materialini


Download 134.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.08.2017
Hajmi134.62 Kb.
#14558

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

1

1

1

4

4

4

 

 

 

M

M

M

a

a

a

r

r

r

t

t

t

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



 

 

MAMLAKATIMIZ RAHBARINING BUXORODAGI SAFARI 



 

BARCHA EZGU ISHLARIMIZ XALQIMIZ FAROVONLIGINI YANADA 

YUKSALTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  joylarda  amalga 

oshirilayotgan  bunyodkorlik  ishlari, 

olib 

borilayotgan 

islohotlar 

jarayoni, 

yirik 

loyihalar 

bilan 

tanishish  va  xalq  bilan  muloqot 

qilish 

maqsadida 

10-mart 

kuni 

Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.  

Davlatimiz 

rahbari 

o‘zining 

saylovoldi dasturida mamlakatimizning 

barcha 


hududlari 

qatori 


Buxoro 

viloyatini  ham  rivojlantirish  bo‘yicha 

ulkan  rejalarni  bayon  etgan  edi. 

Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi 

davomida  ana  shu  rejalar  ijrosi, 

amalga  oshirilayotgan  bunyodkorlik 

ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.  

Buxoro  asrlar  davomida  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo‘shib  kelgan, 

haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor bo‘lgan muqaddas shaharlardan.  

Mustaqillik  yillarida  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  Buxoroda 

beqiyos  bunyodkorlik  ishlari  amalga  oshirildi.  "Buxoro  madaniy  markazi",  uning  tarkibidagi 

"Ko‘hna va boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvchi sayyohlarning sevimli 

maskaniga aylangan.  

So‘nggi  yillarda  bu  boradagi  ishlar  viloyatda  yanada  keng  ko‘lamda  amalga 

oshirilmoqda.  2016-yilda  viloyat  iqtisodiyotida  barqaror  o‘sish  sur’atlari  ta’minlanib,  yalpi 

hududiy  mahsulot  hajmi  7,9  foizga  oshdi.  Viloyat  yalpi  hududiy  mahsuloti  tarkibida  kichik 

biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi.  

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi davom etmoqda. Majmua tarkibiga yiliga 

8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 

maxsus  maydon  va  4  yig‘uv  punktini  o‘z  ichiga  olgan  tabiiy  gazni  to‘plash  tizimi  kiradi.  370 

kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston 

gaz  konlarini  o‘zlashtirishni  yangi  bosqichga  ko‘taradi.  Markaziy  Osiyodagi  yirik  ishlab 

chiqarish  majmualaridan  biri  bo‘lgan  ushbu  zavodda  2  mingdan  ziyod  doimiy  ish  o‘rni 

yaratiladi.  

2016-yili  eng  ulug‘,  eng  aziz  bayramimiz  arafasida  Toshkent  –  Buxoro  yo‘nalishida 

yuqori  tezlikda  harakatlanuvchi  “Afrosiyob”  elektr  poyezdining  ilk  qatnovi  amalga  oshirildi. 

Bundan viloyat ahlining ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada mustahkamlandi.  

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  viloyatga  tashrifini  buyuk  allomalarimizdan  biri 

Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.  

Eski tuzum davrida bu muqaddas maskan xarob bo‘lib qolgan edi. Istiqlol yillarida milliy, 

madaniy  va  ma’naviy  qadriyatlarimizni,  tarixiy  obidalarimizni  tiklash  borasida  keng  ko‘lamli 

ishlar  amalga  oshirildi.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  1993-yilda 

Bahouddin  Naqshband  tavalludining  675-yilligi  munosabati  bilan  mazkur  ziyoratgoh 

ta’mirlandi.  Majmuadagi  daxmalar,  maqbaralar,  masjidlar,  ayvonlar  va  madrasaning  tarixiy 

qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bugun  bu  maskan  yurtdoshlarimiz  va  xorijiy  sayyohlar  qadami  uzilmaydigan 

ziyoratgohlardan biridir.  

Taomilga binoan Qur’on tilovat qilindi.  

Prezidentimiz  mazkur  yodgorlik  majmuasini  yanada  obodonlashtirish  bo‘yicha 

mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.  

Buxoroning  jahon  sivilizatsiyasi  va  islom  madaniyati  rivojiga  qo‘shgan  hissasi  beqiyos. 

Bu  zaminda  ko‘plab  allomalar  tavallud  topgan  va  yashagan.  Ularning  boy  merosini  chuqur 

o‘rganish  va  keng  targ‘ib  qilish  uchun  bu  yerda  Toshkent  islom  universitetining  maxsus 

fakultetini tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rahbari.  

Shavkat Mirziyoyev Buxoro temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni 

borib ko‘rdi.  

Uzoq  istiqbolga  mo‘ljallangan  maxsus  dasturlar,  loyihalar  asosida  ushbu  sohada  keng 

ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buning samarasida o‘tgan 

yillarda yangi temir yo‘l liniyalari barpo etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilindi, elektrlashtirildi. 

Yangi yo‘nalishlar ochilib, yangi temir yo‘l vokzallari qurildi, mavjudlari ta’mirlandi.  

Mazkur vokzal Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 6-martdagi 2015-2019-

yillarda  muhandislik-kommunikatsiyalari  va  yo‘l-transport  infratuzilmasini  modernizatsiya 

qilish  va  rivojlantirish  dasturi  to‘g‘risidagi  qaroriga  asosan  yangidan  qurilib,  foydalanishga 

topshirilgan.  

Vokzalda  VIP  va  turli  xizmatlar  ko‘rsatish  zallari,  tibbiyot,  ona  va  bola,  dam  olish 

xonalari,  kutubxona,  savdo  shoxobchalari  mavjud.  Bino  tashqarisida  4  yangi  chiptaxona  va 

favvora qurilgan.  

Maydoni 2,9 gektar bo‘lgan vokzal bir vaqtning o‘zida 500 dan ziyod yo‘lovchiga xizmat 

ko‘rsatadi.  Bir  kecha-kunduzda  2  mingdan  ortiq  yo‘lovchini  kutib  olib,  jo‘natish  imkoniyatiga 

ega.  

Davlatimiz  rahbari  shu  yerda  Buxoro  –  Miskin  temir  yo‘l  qurilishining  borishi  bilan 



tanishdi.  Ushbu  temir  yo‘l  350  kilometrdan  ziyod.  Loyihaning  umumiy  qiymati  283  million 

dollarni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha quriladigan temir yo‘lda 8 temir yo‘l stansiyasi 

va razyezdlar barpo etish belgilangan.  

2015-yil  6-noyabrda  “O‘zbekiston  temir  yo‘llari”  aksiyadorlik  jamiyati  va  Ispaniyaning 

“Patentes  Talgo,  S.L.U”  kompaniyasi  o‘rtasida  yuqori  tezlikda  harakatlanuvchi  yana  2 

elektropoyezdni  xarid  qilish  bo‘yicha  shartnoma  imzolangan  edi.  Shartnomaga  muvofiq, 

ushbu zamonaviy elektropoyezdlarning bittasi mamlakatimizga olib kelindi.  

Prezidentimiz  yangi  “Afrosiyob”  elektropoyezdining  imkoniyatlari,  yo‘lovchilar  uchun 

yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.  

Zamonaviy  elektropoyezd  oldingilariga  qaraganda  yanada  keng  imkoniyatlarga  ega. 

Xususan,  shu  vaqtga  qadar  harakatlanayotgan  yuqori  tezlikdagi  elektropoyezdlar  215 

yo‘lovchi  sig‘imiga  ega  edi.  Yangi  poyezd  287  yo‘lovchiga  mo‘ljallangan.  Unda  "ekonom" 

toifali vagonlar soni 2 ta ko‘p.  

Tez kunlarda elektropoyezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yo‘lga 

qo‘yish  barobarida  qo‘shimcha  ish  o‘rinlari  yaratilib,  15  mashinist  va  50  ga  yaqin  vagon 

kuzatuvchisini  ish  bilan  ta’minlash  ko‘zda  tutilgan.  “O‘ztemiryo‘lmashta’mir”  unitar  korxonasi 

hududida  yuqori  tezlikda  harakatlanuvchi  elektropoyezdlarga  xizmat  ko‘rsatish  sexi 

qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini beradi.  

Prezidentimiz  “Buxoro  brilliant  silk”  O‘zbekiston  –  Xitoy  qo‘shma  korxonasida  bo‘lib, 

viloyatda  aholi  farovonligini  oshirish,  yangi  ish  o‘rinlari  yaratishga  qaratilgan  bir  qancha 

loyihalar bilan tanishdi.  

2010-yilda tashkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxonada 

pilla  qayta  ishlanib,  turli  o‘lcham,  ko‘rinish  va  rangdagi  matolar  tayyorlanmoqda.  Bunda 

buyurtmachi taklifi va bozor talabi asosida ish tutilmoqda. Hozir bu yerda “Bahor”, “Yomg‘ir”, 

“Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. Matoga bosilgan gullarning 

o‘ziga xosligi shundaki, ularning rangi o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Ipak  matolar  ekologik  toza,  har  qanday  iqlimga  mos.  Mahsulot  buyurtma  asosida 

Farg‘ona,  Samarqand,  Xorazm  viloyatlari  va  Toshkent  shahridagi  xaridorlarga  yetkazib 

berilmoqda. Tayyor mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib 

borilayotir.  

Ayni paytda “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining ipak tolalari xorijda xaridorgir. 

O‘tgan  yili  Eron,  Vetnam,  Turkiya,  Hindistonga  qariyb  2,5  million  dollarga  teng  mahsulot 

eksport qilindi.  

Bunday  korxonalarni  ko‘paytirishimiz  kerak,  dedi  davlatimiz  rahbari.  Bu  korxonalar 

uchun  malakali  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish,  hududdagi  kasb-hunar 

kollejlari bilan hamkorlik qilish lozimligini qayd etdi.  

Shavkat  Mirziyoyev  shu  yerda  “O‘zbekengilsanoat”  aksiyadorlik  jamiyati  tomonidan 

sobiq  “Buxoroteks”  AJ  negizida  tashkil  etiladigan  “Indorama  Indast  LTD”  O‘zbekiston  – 

Singapur qo‘shma korxonasi loyihasi bilan tanishdi.  

Buxoro viloyatida yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxona 

ishga  tushgach,  400  ga  yaqin  ish  o‘rni  yaratiladi.  Korxonaga  Shveytsariyaning  “Riter” 

kompaniyasida  ishlab  chiqarilgan  zamonaviy  va  energiyatejamkor  texnologiyalarni  o‘rnatish 

ko‘zda tutilgan.  

Mamlakatimizning  barcha  shahar  va  tumanlarida  paxtani  qayta  ishlaydigan  zamonaviy 

korxonalar  tashkil  etilmoqda.  Bu  hududda  yetishtirilgan  paxta  tolasini  shu  yerning  o‘zida 

qayta  ishlash,  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish,  yangi  ish  o‘rinlari  yaratish  imkoniyatini 

kengaytirmoqda.  

Prezidentimizga “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017-2018-yillarda 

Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta ishlash dasturi loyihasi haqida ma’lumot berildi.  

Bugun  Buxoroda  yetishtirilayotgan  paxta  tolasining  20,6  foizi  viloyat  hududida  sanoat 

usulida  qayta ishlanmoqda.  Yangi loyiha  bo‘yicha  viloyatning  7  shahar  va  tumanida  13  yirik 

sanoat korxonasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu viloyatda yetishtirilgan paxta 

tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.  

Dasturni  bajarish  uchun  mamlakatimiz  tijorat  banklari  mablag‘lari  va  chet  el 

investitsiyasini jalb qilish rejalashtirilgan.  

Erdan  unumli  foydalanish,  tutzorlar  barpo  etish  bo‘yicha  yangi  loyiha  taqdimoti  ham 

bo‘lib  o‘tdi.  Mamlakatimizda  yetishtirilgan  ipak  tolasiga  dunyo  bozorida  talab  yuqori. 

Davlatimiz  rahbari  mazkur  sohani  yanada  rivojlantirish,  tutzorlarni  ko‘paytirish  bo‘yicha 

ko‘rsatmalar  berdi.  Bu  boradagi  ishlarni  tizimli  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  tashkil  etilayotgan 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tarkibiy tuzilmasi bilan ham tanishdi.  

Viloyatda  agrar  tarmoqni  yanada  rivojlantirishda  hududdagi  kasb-hunar  kollejlarida 

qishloq xo‘jaligining biz yangidan o‘zlashtirayotgan sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash 

tizimini yo‘lga qo‘yish kerak, dedi davlatimiz rahbari.  

Buxoro  shahrida  ishga  tushirilayotgan  “Buxoro  kotton  tekstil”  korxonasi  loyihasi  bilan 

tanishar  ekan,  Shavkat  Mirziyoyev  mamlakatimizda  yetishtirilgan  paxtani  tola  ko‘rinishida 

sotish eng kam daromad keltirishini, paxta tolasini qayta ishlab, eksportbop tayyor mahsulot 

ishlab chiqarishni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.  

1000 kishining bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan korxonada 6,5 ming tonna ip-kalava, 

10  ming  kvadrat  metr  jinsi  mato  va  1,5  million  dona  tayyor  tikuvchilik  mahsulotlari  ishlab 

chiqariladi.  

Prezidentimizga Olot tumanidagi “Merganteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Peshku 

tumanidagi  ip-kalava  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  ko‘p  tarmoqli  korxona,  Buxoro 

shahrida  paxta  yetishtirishdan  tayyor  to‘qimachilik  mahsuloti  ishlab  chiqarishgacha  bo‘lgan 

jarayonni  qamrab  oladigan  paxta-to‘qimachilik  klasteri  tuzish,  tabiiy  va  kimyoviy  tolalardan 

integratsiya  asosida  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  loyihalari  haqida  ham 

batafsil ma’lumot berildi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Buxoro  shahridagi  Ark  qo‘rg‘oni  majmuasida  viloyatning  turizm 

salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatining turizm salohiyatini 

yanada oshirish dasturi asosida 39 loyiha hayotga tatbiq etiladi.  

Mamlakatimizda  turizmning  ziyorat  qilish,  ekologik,  ma’rifiy,  etnografik,  gastronomik, 

sport,  davolash-sog‘lomlashtirish,  qishloq,  sanoat,  ishbilarmonlik  turizmi  va  boshqa  turlarini 

rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.  

Dastur  doirasida  BMTning  Butunjahon  turizm  tashkiloti  (YuNVTO)  hamda  turizm 

bo‘yicha  nufuzli  xalqaro  va  milliy  tashkilotlar  bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  sayyohlik 

industriyasi  obyektlarini  jadal  rivojlantirish,  yo‘l-transport  va  muhandislik-kommunikatsiya 

infratuzilmasini  qurish  va  rekonstruksiya  qilish  chora-tadbirlariga  18,5  milliard  so‘m  mablag‘ 

sarflanishi ko‘zda tutilgan.  

Davlatimiz  rahbari  sohada  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan  takomillashtirish,  gidlar  va 

boshqa xodimlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar 

berdi.  

Viloyatda  raqobatbardosh  turizm  mahsulotlari  va  xizmatlarini  yaratib,  ularni  ichki  va 

xalqaro  turizm  bozorlarida  targ‘ib  qilish  bo‘yicha  strategiya  ishlab  chiqish,  sohada  reklama-

axborot faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish bugungi kun talabidir.  

Buxoroning  ko‘hna  va  boqiy  shahar,  deb  atalishida  katta  ma’no  bor,  dedi  Shavkat 

Mirziyoyev.  Bu  yerdagi  qadimiy  obidalar,  osori-atiqalar,  xalqimizning  betakror  qadriyatlari, 

o‘lmas  an’analari  asrlar  osha  yashab  kelmoqda.  Chet  elliklarning,  tarixchi  va 

mutaxassislarning ularga qiziqishi doimo yuqori bo‘lgan. Bundan samarali foydalanish kerak.  

Buxoroda kichik halqa yo‘li bunyod etish, yo‘laklarga marmar va ishlov berilgan toshlar 

yotqizish, bino va yo‘llarning yoritish tizimini zamonaviylashtirish, mehmonxona va inshootlar 

qurish, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt va gullar ekish, mahalliy va 

chet  ellik  investorlar  uchun  barcha  qulaylik  va  imkoniyatlar  yaratish  yuzasidan  zarur 

topshiriqlar berildi.  

Prezidentimiz Buxoro tarixi davlat muzeyi loyihasini ko‘zdan kechirdi.  

1,2  gektar  maydonni  o‘z  ichiga  oladigan  ushbu  muzey  qurilishiga  byudjet  mablag‘lari 

hisobidan  68,3  milliard  so‘m  sarflanishi  mo‘ljallanmoqda.  Muzey ishga  tushirilganidan  so‘ng, 

Ark  qo‘rg‘onida  saqlanayotgan  noyob  eksponatlar  u  yerga  ko‘chiriladi.  Oltmishdan  ortiq  ish 

o‘rni yaratiladi.  

Shavkat  Mirziyoyev  madaniy  meros  obyektlarining  bugungi  kundagi  holati  va  ularni 

saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.  

Buxoro  viloyatida  660  madaniy  meros  obyekti  mavjud.  Ularning  aksariyati  arxeologik 

obyektlar, monumental san’at asarlari, arxitektura yodgorliklaridir.  

Prezidentimiz  ushbu  madaniy  meros  obyektlari  xalqimizning  bebaho  boyligi,  ularni 

asrash va avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning burchimiz ekanini ta’kidladi. Madaniy 

meros  obyektlarini  saqlash  va  ta’mirlash  yuzasidan  soha  mutaxassislari  va  usta-

quruvchilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.  

Davlatimiz  rahbari  Jondor  tumanidagi  “Jondor  chinor  chorva”  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyati tomonidan tashkil etiladigan parrandachilik majmuasi loyihasi bilan tanishdi.  

Buxoro  viloyatida  parrandachilikni  rivojlantirish  maqsadida  intensiv  texnologiyalar  keng 

joriy etilmoqda. Natijada tuxum va parranda go‘shti ishlab chiqarish hajmi ortmoqda. Bugungi 

kunda viloyatda parrandalar 3,8 million boshga, tuxum ishlab chiqarish 347,7 million donaga 

yetdi.  


Parhez  go‘sht  yetishtirishni  yanada  ko‘paytirish  maqsadida  “Jondor  chinor  chorva” 

mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  Niderlandiyadan  naslli  parranda  olib  keldi.  Endi  korxona 

negizida  qo‘shimcha  ravishda  parranda  go‘shtini  qayta  ishlash  sexi,  110  ming  bosh  jo‘ja 

o‘stirishga  mo‘ljallangan  majmua  ishga  tushiriladi.  Umumiy  qiymati  15  milliard  so‘m  bo‘lgan 

mazkur  loyiha  natijasida  parranda  go‘shti  tayyorlash  2  ming  tonnaga  yetkazilib,  uning  ming 

tonnasi qayta ishlanadi. Aholiga 18 million dona tuxum, 1 million dona jo‘ja yetkazib beriladi. 

Jami 285 ish o‘rni yaratiladi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



"O‘zmilliybank"  huzuridagi  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining 

eksportini  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi  va  “Property  Industry”  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyati  ta’sischiligida  Buxoro  tumanida  38  gektarda  agrologistika  markazi  barpo  etilmoqda. 

21,8  million  dollarlik  mazkur  loyiha  doirasida  bu  yerda  Xitoy,  Germaniya,  Daniya 

texnologiyalari  asosida  meva-sabzavotlarni  quritish,  muzlatish,  murabbo,  jem  va  tuzlamalar 

ishlab chiqarish quvvatlari, muzlatkich va sublimatsiya tashkil etiladi. Bu yiliga 10 ming tonna 

meva-sabzavotni qayta ishlash, dastlabki yillarda 6,5 million dollarlik mahsulot eksport qilish 

imkonini beradi. 250 doimiy ish o‘rni yaratiladi.  

Ushbu  agrologistika  markazida  mahalliy  xomashyo  asosida  eni  12  metrlik  polietilen 

plyonkalar,  agrokimyoviy  vositalar  va  suyuq  o‘g‘itlar  ham  ishlab  chiqariladi.  Shu  paytgacha 

xorijdan  keltirilgan  bu  mahsulotlar  import  o‘rnini  bosish  bilan  birga,  eksportga  ham 

yo‘naltiriladi.  

Peshku tumanida tashkil etiladigan chorvachilik kompleksi loyihasi namoyish etildi.  

2016-yilda  Buxoro  viloyatida  qoramollar bosh  soni  2015-yilga  nisbatan  4,1  foizga,  qo‘y 

va echkilar 5,5, go‘sht yetishtirish 7,1, sut ishlab chiqarish 9,5 foizga oshdi.  

Yangi  chorvachilik  kompleksi  1000  bosh  qoramol  va  1  ming  500  bosh  qo‘y  boqishga 

mo‘ljallangan.  Umumiy  qiymati  10  milliard  so‘mdan  ortiq  bo‘lgan  mazkur  loyiha  natijasida  2 

ming  650  tonna  sut,  200  tonna  go‘sht,  2,5  tonna  jun  ishlab  chiqarish  rejalashtirilgan.  800 

gektar maydonda ozuqa yetishtiriladi. 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.  

Shu  yerda  Buxoro,  Peshku,  Romitan,  Olot  tumanlarida  tashkil  etilayotgan  chorvachilik 

xo‘jaliklari loyihalari haqida ham ma’lumot berildi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Amu-Buxoro  irrigatsiya  tarmoqlari  loyihasi  taqdimoti  bilan  ham 

tanishdi.  

Birinchi  Prezidentimizning  2015-yil  25-avgustdagi  qaroriga  muvofiq  “Amu-Buxoro 

irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu kungacha Quyi mozor, 

Qorako‘l  va  Olot  nasos  stansiyalari  rekonstruksiya  qilindi.  Umumiy  qiymati  406  million 

dollardan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha doirasida Amu-Buxoro-I yangi nasos stansiyasi quriladi, 

Amu-Buxoro-II, Quyi mozor, Qiziltepa va Qiziltepa-I nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi. 

Buning  samarasida  Buxoro  viloyatida  275  ming,  Navoiy  viloyatida  40  ming  gektar  yer  suv 

bilan  barqaror  ta’minlanadi.  Yiliga  134,2  million  kilovatt  elektr  energiyasi,  25,6  milliard 

so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i tejaladi.  

Prezidentimiz  bu  irrigatsiya  tizimi  Buxoro  uchun  juda  muhim  ahamiyatga  ega  ekanini 

ta’kidlab,  ajratilgan  mablag‘  va  texnikalardan oqilona  foydalanish,  belgilangan  tadbirlarni  o‘z 

vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.  

Shu yerning o‘zida joriy yilda Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan intensiv bog‘lar rejasi 

ham namoyish etildi.  

Buxoro  shahrida  mutasaddi  rahbarlar  va  viloyat  faollari  ishtirokida  yig‘ilish  o‘tkazildi. 

Unda viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, infratuzilmani rivojlantirish, muhandislik-

kommunikatsiya  tarmoqlarini  yaxshilash,  aholini  ish  bilan  ta’minlash  va  turmush  darajasini 

yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Ushbu  tadbirlarda  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson 

manfaatlari yili" Davlat dasturidagi maqsad-vazifalar o‘z ifodasini topdi.  

 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEV VA 

TURKMANISTON PREZIDENTI G.M.BERDIMUXAMEDOVNING QO‘SHMA BAYONOTI 

Turkmaniston  Prezidenti  Gurbanguli  Berdimuxamedovning  taklifiga  binoan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  2017-yil  6-7-mart  kunlari 

Davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ldi.  

An’anaviy  do‘stona  va  o‘zaro  ishonch  muhitida  o‘tgan  muzokaralar  davomida  davlat 

rahbarlari  ikki  tomonlama  keng  ko‘lamli  hamkorlikning  barcha  jabhalari,  shuningdek  xalqaro 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



maydondagi  hamjihatlik  sohalari  bo‘yicha  fikr  almashdilar.  Tomonlar  ko‘rilgan  barcha 

masalalar bo‘yicha qarashlar o‘xshash ekanligini ta’kidladilar.  

O‘zbek  tomoni  Turkmaniston  Prezidenti  G.M.Berdimuxamedovga  Turkmanistonda 

O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  yorqin  xotirasini 

abadiylashtirish  bo‘yicha  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  uchun  samimiy  minnatdorchilik 

bildirdi.  Davlat  rahbarlari  Turkmanobod  shahrida  O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi 

Prezidenti I.A.Karimov siymosi tasvirlangan haykalning tantanali ochilish marosimida ishtirok 

etdilar.  

Prezidentlar  muqaddam  erishilgan  kelishuvlar  va  imzolangan  ikki  tomonlama 

hujjatlarning  bajarib  borilishini  muhokama  qilib,  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy, 

madaniy-gumanitar  va  boshqa  sohalardagi  davlatlararo  aloqalar  rivojining  yuqori  sur’atini 

qayd  etdilar.  O‘zbek-turkman  munosabatlarini  yangi bosqichga  olib  chiqishga intilgan  holda, 

Davlat  rahbarlari  qardosh  xalqlar  o‘rtasidagi  tarixan  shakllangan  an’anaviy  do‘stona  va  ahil 

qo‘shnichilik  munosabatlarini  yanada  mustahkamlashga  xizmat  qiluvchi  O‘zbekiston 

Respublikasi  bilan  Turkmaniston  o‘rtasida  strategik  sheriklik  to‘g‘risidagi  Shartnomani 

imzoladilar.  

Tomonlar  teng  huquqlilik,  ahil  qo‘shnichilik,  o‘zaro  foyda,  o‘zaro  hurmat  va  bir-birining 

manfaatlarini inobatga olish tamoyillari asosida keng ko‘lamli hamkorlikni faol rivojlantirish va 

mustahkamlashni  davom  ettirishda  o‘zaro  manfaatdorlikdan  kelib  chiqqqan  holda,  ikki 

tomonlama  munosabatlarning  shartnomaviy-huquqiy  asoslarini,  turli  darajalarda  siyosiy 

maslahatlashuvlar  o‘tkazish  amaliyoti  va  hamjihatlikni  yanada  takomillashtirish  muhimligini 

e’tirof etdilar.  

Tomonlar  xalqaro  maydondagi  hamkorlik  ikkala  mamlakat  manfaatlariga  mos  kelishini 

tan  olgan  holda,  xalqaro  tashkilotlar,  eng  avvalo,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  doirasida 

o‘zaro  qo‘llab-quvvatlash  va  hamjihatlikni  mustahkamlashdan  manfaatdor  ekanliklarini 

bildirdilar.  

Tomonlar  BMT  Nizomi  maqsad  va  prinsiplari  hamda  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof 

etilgan  normalariga  rioya  qilish  asosida  jahonda  barqaror  rivojlanish,  xavfsizlik  va 

barqarorlikni  ta’minlash,  global  va  mintaqaviy  masalalarni  hal  qilishda  ushbu  tashkilot  va 

uning institutlari rolini oshirish muhimligini tasdiqladilar.  

O‘zbekiston  Respublikasi  va  Turkmaniston  yadro  qurolini  uning  barcha  ko‘rinishlarida 

tarqatmaslik  rejimini  ta’minlash  bo‘yicha  BMTning  xalqaro  sa’y-harakatlariga  ko‘maklashish 

maqsadida,  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  holi  zona  to‘g‘risidagi  Shartnoma  doirasida 

hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Davlat  rahbarlari  Orol  dengiz  havzasi  ekotizimini  qayta  tiklash,  Orolbo‘yida  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  ekologik  holatni  yaxshilash,  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  mintaqada 

yuqori  darajada  atrof  muhit  muhofazasini  ta’minlash  masalalarini  muhokama  qildilar  hamda 

Turkmanistonning  Orolni  qutqarish  Xalqaro  Fondiga  raisligi  doirasida  mazkur  yo‘nalishda 

hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Tomonlar Orolni qutqarish Xalqaro Fondiga Orol halokati ta’siri ostida qolgan hududlarni 

ekologik sog‘lomlashtirishga, shuningdek mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga 

qaratilgan  ekologik  va  ilmiy-texnikaviy  loyiha  hamda  dasturlarni  amalga  oshirish  bo‘yicha 

mintaqa  mamlakatlarining  birgalikdagi  harakatlari  uchun  universal  platforma  sifatida 

qaraydilar.  

Davlat  rahbarlari  Markaziy  Osiyo  transchegaraviy  daryolarining  suv  resurslari  mintaqa 

xalqlarining  umumiy  boyligi  ekanligi  hamda  o‘n  millionlab  insonlar  taqdiri,  butun  mintaqa 

barqarorligi  va  farovonligi  mazkur  resurslardan  adolatli  va  oqilona  foydalanishga  bog‘liq 

ekanligini qayd etdilar.  

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarida 

yangi  gidrotexnik  inshootlar  barpo  etishni  boshqa  manfaatdor  davlatlar  manfaatlariga  ziyon 

yetkazmaydigan  konstruktiv  yondashuv  va  murosa  asosida,  shuningdek  transchegaraviy 

ta’sirga  ega  bo‘lgan barcha loyihalarni  xolis  xalqaro ekspertizadan  o‘tkazish  va  quyi  oqimda 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



joylashgan  mamlakatlar  bilan  kelishishni  nazarda  tutuvchi  BMT  konvensiyalarida  belilangan 

xalqaro  suv  huquqining  umum  e’tirof  etilgan  normalariga  muvofiq  amalga  oshirish  lozimligi 

to‘g‘risidagi fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar.  

Xalqaro  terrorizm,  ekstremizm,  noqonuniy  migratsiya,  giyohvandlik  vositalari  yoki 

psixotrop  moddalarning  noqonuniy  muomalada  bo‘lishi,  transmilliy  uyushgan  jinoyatchilik 

hamda  xalqaro  xavfsizlikka  boshqa  xuruj  va  tahdidlar  bilan  kurashishdagi  hamkorlikni  ham 

ikki  tomonlama  darajada,  ham  xalqaro  tuzilmalar  doirasida  yanada  rivojlantirish  zaruriyati 

qayd etildi.  

Davlat  rahbarlari  afg‘on  xalqi  tanlagan  o‘z  mamlakatini  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish yo‘lini hurmat qilgan holda, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish, uning 

tinch  va  rivojlanayotgan  mamlakatga  aylanishiga  ko‘maklashishni  davom  ettirishga  tayyor 

ekanliklarini tasdiqladilar.  

Prezidentlar  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Turkmaniston  o‘rtasidagi  o‘zaro  manfaatli 

savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish strategik xususiyat kasb etishini ta’kidladilar.  

Shu  munosabat  bilan,  Tomonlar  yuqori  qo‘shilgan  qiymatli  mahsulotlarni  tovar 

aylanmasiga  kiritish,  jumladan,  O‘zaro  mahsulot  yetkazib  berish  to‘g‘risida  2012-yil  2-

oktabrdagi  Bitimni  amalga  oshirish  orqali  o‘zaro  savdo  hajmini  yanada  ko‘paytirish  va  uning 

nomenklaturasini kengaytirishning muhimligini tasdiqladilar.  

Prezidentlar 

Turkmanistonga 

zamonaviy 

qishloq 


xo‘jaligi 

texnikalarini 

keng 

nomenklaturada  yetkazib  berish  sohasida  davom  etayotgan  muvaffaqiyatli  hamkorlikni 



mamnuniyat bilan qayd etdilar.  

Shu o‘rinda, Tomonlar Turkmaniston hududida mazkur texnikalarga xizmat ko‘rsatish va 

ularni  ehtiyot  qismlar  bilan  ta’minlash  bo‘yicha  ixtisoslashgan  servis  markazlarini  yaratish 

borasidagi kelishuvlarni mamnuniyat bilan qayd etdilar.  

Tomonlar  tashrif  davomida  imzolangan  2018-2020-yillarga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

hamkorlik 

to‘g‘risidagi 

Shartnoma 

doirasida 

savdo-iqtisodiy 

hamkorlikni 

yanada 


chuqurlashtirish,  ikki  davlat  mintaqalari  va  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlari  o‘rtasida  o‘zaro 

manfaatli  sheriklik  aloqalarini  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlaydilar  hamda  ularning 

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmanistonda o‘tkaziladigan ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida 

ishtirok etishlariga ko‘maklashadilar.  

Davlat  rahbarlari  2017-yil  yanvarda  Ashxobod  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  Savdo-iqtisodiy, 

ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  hamkorlik  bo‘yicha  hukumatlararo  Qo‘shma  komissiyasi  o‘n 

uchinchi  majlisi  yakunlarini  ijobiy  baholadilar.  Yuqori  darajadagi  kelishuvlarni  o‘z  vaqtida  va 

so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlashda, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, 

savdo-iqtisodiy  va  transport-kommunikatsiyaviy  sohalarda  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

kelishilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqishda  Komissiyaning  samarali  mexanizm  sifatidagi 

rolini yanada kuchaytirish zaruriyati ta’kidlandi.  

Turizm  sohasidagi  hamkorlikni  kengaytirishning  ulkan  istiqbollari  e’tirof  etildi.  Tomonlar 

turizm  sohasida  “Yo‘l  xaritasi”  qabul  qilinishi  o‘zaro  turistlar  oqimining  o‘sishi,  shuningdek 

ikkala  mamlakat  yetakchi  turistik  operatorlari  o‘rtasida  uzoq  muddatli  sheriklik  aloqalarining 

o‘rnatilishiga xizmat qilishini tasdiqladilar.  

Prezidentlar tashqi bozorlarga eng qisqa va samarali chiqishni ta’minlovchi transport va 

tranzit  yo‘laklarini  rivojlantirish  sohasidagi ikki  tomonlama  hamkorlikning  ustuvor  ahamiyatini 

qayd etdilar.  

Davlat  rahbarlari  ikki  mamlakat  tranzit  salohiyatini  yuksaltirishga  imkon  beradigan 

hamda Turmaniston orqali Transkavkaz transport yo‘lagi bilan Janubiy va Markaziy Yevropa, 

Yaqin Sharq, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga tranzit yuk tashish hajmlarini 

bir  necha  marotaba  ko‘paytirishga  qulay  shart-sharoitlar  yaratadigan  “Turkmanobod-Farob” 

avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarining ochilishini yuqori baholadilar.  

Barcha  ishtirokchi  davlatlarning  iqtisodiy  manfaatlariga  bir  xilda  mos  keluvchi 

“O‘zbekiston  –  Turkmaniston  –  Eron  –  O‘mon”  xalqaro  transport  yo‘lagini  rivojlantirish 

bo‘yicha kelishuvlarni amalda tatbiq etish muhimligi alohida e’tirof etildi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Tomonlar  mazkur  transport  va  tranzit  yo‘lagini  yaratish  to‘g‘risidagi  Bitimni  amalga 

oshirish  bo‘yicha  Ishchi  qo‘mitaning  2017-yil  1-2-martda  Toshkent  shahrida  bo‘lib  o‘tgan 

birinchi majlisining ahamiyatini ta’kidladilar.  

Yaratilgan  qulay  shart-sharoitlar  va  ikki  davlat  hududida  tashqi  savdo  yuklarini  tranzit 

tashishga  2017-yilda  o‘zaro  preferensiyalarning  taqdim  etilishi  transport  kommunikatsiyalari 

va infratuzilmalarini samarali ish yuklamasi bilan ta’minlash, shuningdek tashishlarni yanada 

oshirib  borish  va  qo‘shimcha  yuk  hajmlarini  jalb  etishda  tashkilotlar  uchun  aniq  va  ravshan 

istiqbollarni belgilashga imkon yaratishi ta’kidlandi.  

Ikki mamlakat hududi orqali o‘tadigan xalqaro transport yo‘laklarining raqobatbardoshligi 

va  jozibadorligini  oshirish  maqsadida,  Tomonlar  tashqi  savdo  yuklarini  tranzit  tashish 

tariflarini  yanada  maqbullashtirish  va  preferensial  shart-sharoitlar  taqdim  qilishga 

yo‘naltirilgan tizimli o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.  

O‘zbekiston va Turkmaniston ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qardoshlik 

va hamkorlikni saqlash va mustahkamlashda o‘zlarining tarixiy ma’suliyatini anglagan holda, 

madaniyat,  ilm-fan,  san’at,  sport  va  boshqa  sohalarda  ikki  tomonlama  aloqalarni  yanada 

chuqurlashtirish va mustahkamlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar. Bu borada O‘zbekiston 

Respublikasi  Hukumati  bilan  Turkmaniston  Hukumati  o‘rtasida  madaniy-gumanitar  sohada 

2014-2016-yillarga  mo‘ljallangan  hamkorlik  Dasturini  amalga  oshirish  natijalari  ijobiy 

baholandi hamda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan tegishli dasturni imzolash topshirildi.  

Tomonlar bundan buyon ham ikki davlat hududida istiqomat qiluvchi o‘zbek va turkman 

diasporalari  uchun  ona  tili,  milliy  madaniyati,  an’analari  va  urf-odatlarini  saqlash  hamda 

rivojlantirish  masalalarida  qulay  sharoitlar  yaratib  beradilar,  o‘z  davlati  hududidagi  boshqa 

Tomon  fuqarolarining  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  ta’minlash  bo‘yicha  barcha  zaruriy 

chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.  

Davlat  rahbarlari  bo‘lib  o‘tgan  samarali  muzokaralar,  shuningdek  tashrif  davomida 

imzolangan  ikki  tomonlama  hujjatlar  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Turkmaniston  o‘rtasida 

tenglik  va  o‘zaro  manfaatdorlikka  asoslangan  an’anaviy  do‘stona  va  ahil  qo‘shnichilik 

munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildiradilar.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  Turkmaniston  Prezidenti 

G.M.Berdimuxamedovga  va  barcha  turkman  xalqiga  o‘zbek  delegatsiyasiga  ko‘rsatilgan 

mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidentiga 

o‘zi  uchun  qulay  bo‘lgan  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasida  Davlat  tashrifi  bilan  bo‘lishni 

taklif qildi. Tashrif muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                  Shavkat Mirziyoyev   

 

Turkmaniston Prezidenti                                    Gurbanguli Berdimuxamedov   

 

 



AXBOROT 

2017-yil  10-mart  kuni  Qozog‘iston  Respublikasi  Prezidentining  yordamchisi  – 

Xavfsizlik kengashi kotibi V.Jumakanov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda bo‘ldi.  

Ikki  davlat  huquqni  muhofaza  qilish  idoralari  va  davlat  muassasalari  rahbarlari 

ishtirokida  o‘tgan  muzokaralar  chog‘ida  barqarorlik  va  xavfsizlikka  raxna  soladigan 

zamonaviy tahdid va xatarlarga, diniy ekstremizm, terrorizm, noqonuniy migratsiya va boshqa 

xavflarga  qarshi  kurashish  sohasida  o‘zaro  hamkorlikni  rivojlantirish  istiqbollari  muhokama 

etildi.  

Muzokaralar  xalqaro  va  mintaqaviy  xavfsizlikning  ko‘plab  masalalari  bo‘yicha  ikki 

mamlakat pozitsiyasi bir-biriga mos va o‘xshash ekanini tasdiqladi.  

Yuzaga  keladigan  zamonaviy  tahdid  va  xavflarga  birgalikda  qarshi  turish  uchun  o‘zaro 

aloqalarni yanada rivojlantirishga doir aniq takliflar ishlab chiqildi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Ikki  davlat  ko‘p  qirrali  munosabatlarni  2013-yilda  imzolangan  O‘zbekiston  Respublikasi 

va  Qozog‘iston  Respublikasi  o‘rtasida  Strategik  sheriklik  to‘g‘risidagi  shartnoma  ruhida 

yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.  

Ikki  mamlakatning  xavfsizlik  sohasidagi  o‘zaro  hamkorligi  butun  Markaziy  Osiyo 

mintaqasida  barqarorlikni  mustahkamlash  va  mintaqaning  izchil  rivojlanishida  muhim 

ahamiyatga ega ekani qayd etildi.  

V.Jumakanov  tadbirni  yuksak  saviyada  tashkil  etgani  va  har  ikki  tomon  uchun  dolzarb 

masalalarni  atroflicha  muhokama  qilish  imkoniyati  yaratilgani  uchun  O‘zbekistonga 

minnatdorlik bildirdi.  

 

 



JAHON YANGILIKLARI DAYJESTI 

 

YeI Kengashi rahbari Donald Tusk qayta saylandi 

Donald  Tusk  Yevropa  Kengashi  raisligida  qoldi.  U  ikki  yarim  yil  davomida  davlatlar  va 

hukumatlar  rahbarlari  o‘rin  olgan  YeI  oliy  siyosiy  organini  boshqaradi.  Bryusselda  bo‘lib 

o‘tgan  saylovda  Tusk  nomzodi  uchun  27  rahbar  ovoz  berdi,  bir  kishi  qarshi  bo‘ldi.  Polsha 

Sammitga  sobiq  bosh  vazirini  saylamaslikni  tavsiya  qilib,  uni  davlatning  ichki  siyosatiga 

aralashayotganlikda aybladi. // 

Euronews

 

 



Janubiy Koreya Konstitutsion sudi Prezident Pak Kin He impichmentini tasdiqladi 

Janubiy  Koreya  Konstitutsion  sudi  Prezident  Pak  Kin  He  impichmentini  tasdiqladi.  Bu 

haqda KS a’zolari ovozlari yakuni bo‘yicha e’lon qilingan verdiktda so‘z boradi. Shunday qilib, 

10  mart  uning  davlat  rahbari  lavozimidagi  so‘nggi  kuni  bo‘ldi.  Pak  Kin  He  prezident 

dahlsizligidan  mahrum  qilinadi  va  Seul  markazidagi  “Moviy  uy”  davlat  rezidensiyasini  tark 

etishi  lozim.  Biroq  nomzodlarning  yo‘qligi  sababli  buni  qachon  amalga  oshirishi  noma’lum 

bo‘lib turibdi. Yangi prezident lavozimiga muddatidan oldin saylov, qonunga ko‘ra, kelgusi 60 

kun ichida, aniqrog‘i — 9 may kuni bo‘lib o‘tadi. // 

TASS

 

 



Aleksandr Lukashenko “tekinxo‘rlar” to‘g‘risidagi dekretni bekor qildi 

Belarus  Prezidenti  Aleksandr  Lukashenko  “tekinxo‘rlar  to‘g‘risida”  deb  nomlanuvchi 

dekretni  bekor  qildi.  Unga  ko‘ra, ishlamaydiganlar  yoki  183  kundan  kam  ishlagan  mamlakat 

fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  200  dollarga  yaqinroq  yoki  eng  kam  oylik  ish 

haqining  ikki  barobari  miqdorida  soliq  to‘lashi  lozim  edi.  Mazkur  hujjatning  qabul  qilinishi 

belarusliklar va ushbu toifadagi kishilarning noroziliklariga sabab bo‘lgan edi. // 

Euronews

 

 



Ehtiyojmand italiyalik oilalarga oyiga 480 yevro to‘lanadi 

Italiya  parlamenti  Yuqori  palatasi  payshanba  kuni  mutlaq  kambag‘allik  holatidagi 

aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi. 

Ehtiyojmand italian oilalariga har oyda 480 yevrodan mablag‘ to‘lab boriladi. Italiya hukumati 

YeIning  2  mlrdgacha  resurslarini  hisobga  olgan  holda  2  mln  kishiga  yordam  berish  ko‘zda 

tutilgan  maqsad  uchun  joriy  va  kelgusi  yilda  1,6  va  1,8  mlrd  dollar  ajratadi.  “Mutlaq 

kambag‘allik”  deganda  eng  zarur  mahsulot  va  xizmatlar  uchun  ham  mablag‘i  yo‘q  bo‘lgan 

kishilar  nazarda  tutilgan.  Bunda  ota-ona  ham  ishlayotgan,  biroq  jami  daromad  kambag‘allik 

chegarasidan  o‘tishga  imkon  bermaydigan  oilalarga  ham  ko‘mak  beriladi.  Bundan  tashqari, 

pensiyaoldi  yoshdagi  ishsizlar,  nogironlar  yashovchi  oilalar  yoki  homilador  ayollar  ham  har 

oylik  nafaqani  olishlari  mumkin.  Yordam  uchun  murojaat  qilishda  esa  bir  qator  talablar 

mavjud. Masalan, ish izlab rasman ariza topshirgan bo‘lishi, bolalar maktabga qatnashi lozim. 

//

RIA Novosti



 

 

Xitoyda  pandalar  uchun  bog‘  qurilayotgani  munosabati  bilan  172  ming  kishi 

ko‘chiriladi 

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

10 



Xitoyning  Sinchuan  provinsiyasi  hukumati  pandalar  uchun  milliy  bog‘  qurilishi 

munosabati bilan 172,2 ming kishini ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sinxua agentligi 

xabar qildi. bog‘ning maydoni 27,1 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Reja doirasida yettita 

shahar  va  shahar  okrugi  hamda  19  ta  uyezd  aholisi  ko‘chiriladi.  Avvalroq  itoy  2025  yilga 

qadar yovvoyi tabiatdagi pandalar populyatsiyasini taxminan 18 foizga — 2200 boshga qadar 

oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Ayni paytda XXRda 1864 bosh panda tabiiy 

muhitda,  yana  471  boshi  ko‘paytirish  bo‘yicha  maxsus  markazlarda  yashamoqda.  // 

RIA 


Novosti

 

 



 

Download 134.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling