Axborot soati materialini


Download 110.03 Kb.

Sana13.02.2018
Hajmi110.03 Kb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

1

1

1

4

4

4

 

 

 

n

n

n

o

o

o

y

y

y

a

a

a

b

b

b

r

r

r

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING 

SAMARQAND SHAHRIDA O‘TGAN “MARKAZIY OSIYO: YAGONA TARIX VA 

UMUMIY KELAJAK, BARQAROR RIVOJLANISH VA TARAQQIYOT YO‘LIDAGI 

HAMKORLIK” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYADA SO‘ZLAGAN 

NUTQI 

Muhtaram Yencha janoblari!  

Qadrli Mogerini xonim!  

Hurmatli  tashqi  ishlar  vazirlari, 

xalqaro  tashkilotlar  hamda  diplomatik 

missiya 


rahbarlari, 

konferensiya 

ishtirokchilari!  

Xonimlar va janoblar!  

Markaziy 

Osiyo 


mintaqasida 

xavfsizlik 

va 

barqaror 



rivojlanish 

masalalariga  bag‘ishlangan  xalqaro 

konferensiyaning  barcha  ishtirokchilari 

va mehmonlarini saxovatli O‘zbekiston 

zaminida, 

qadimiy 


Samarqand 

shahrida samimiy qutlayman.  

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  va  shaxsan  Bosh  kotib  Antoniu  Guterrish 

janoblariga  mazkur  forumni  o‘tkazish  tashabbusini  qo‘llab-quvvatlagani  uchun 

alohida minnatdorlik bildiraman.  

Ushbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, 

AQSh,  Yevropa  mamlakatlari,  Yaponiya,  Turkiya,  Eron,  Hindiston,  Pokiston, 

Afg‘onistondan  tashrif  buyurgan  yuqori  martabali  mehmonlar,  Mustaqil  Davlatlar 

Hamdo‘stligi,  Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik 

tashkiloti  va  boshqa  xalqaro  hamkor  tashkilotlar  vakillarini  ko‘rib  turganimdan 

mamnunman.  

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!  

Bugungi  Forumning  nechog‘li  muhim  va  dolzarbligi  uning  “Markaziy  Osiyo: 



yagona  tarix  va  umumiy  kelajak,  barqaror  rivojlanish  va  taraqqiyot  yo‘lidagi 

hamkorlik” deb nomlanishidan ham yaqqol ko‘rinib turibdi.  

Bizning  mintaqamiz  xalqlarini  ming  yillik  qardoshlik  va  yaxshi  qo‘shnichilik 

rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi.  

Yevroosiyoning  “yuragi”da  joylashgan  mintaqamiz  Yevropa  va  Yaqin  Sharq, 

Janubiy  va  Sharqiy  Osiyoni  bog‘lovchi  ko‘prik  bo‘lib,  Rossiya  va  Xitoy  singari  yirik 

davlatlar bilan chegaradoshdir.  

Mintaqamiz  tabiiy  resurslarga  boy,  bu  yerda  ko‘plab  mamlakatlar  va  butun 

mintaqalar  rivojiga  sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatgan  noyob  madaniyat  va  taraqqiyot 

salohiyati mavjud.  

Ayni  paytda  Markaziy  Osiyoda  qudratli  davlatlarning  manfaatlari  kesishmoqda, 

beqarorlik  va  qarama-qarshilik  o‘choqlariga  tutash  bo‘lgan  ushbu  mintaqa  yaqin  va 

uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda.  

Tabiiy savol tug‘iladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi?  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bu  yerda  qanday  kuch  ustun  keladi  –  nizo  va  qarama-qarshiliklarmi  yoki 

hamkorlik va taraqqiyotmi?  

Umumiy  aholisi  70  milliondan  ortiq  bo‘lgan  mintaqamizning  kelajagi  bugungi 

kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda.  

Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil 

intilish,  shuningdek,  barcha  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  umumiy  kelajak  uchun 

mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam 

poydevori va kafolatidir.  

O‘zbekiston  bahsli  masalalarni  tezroq  hal  qilish  va  o‘zaro  ishonchni 

yanada mustahkamlash tarafdoridir.  

Davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari 

asosida  savdo-iqtisodiy,  transport-kommunikatsiya,  madaniy-gumanitar  sohalarda, 

xavfsizlik  va  barqarorlik  masalalarida  o‘z  salohiyatini  yanada  samarali  amalga  oshira 

oladi.  

Ishonchim komil, bundan barcha – Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa 

mamlakatlar ham birdek manfaat ko‘radi.  

Bizning  bosh  maqsadimiz  –  umumiy  sa’y-harakatlarimiz  bilan  Markaziy 

Osiyoni  barqaror,  iqtisodiy  rivojlangan  va  yuksak  taraqqiy  etgan  mintaqaga 

aylantirishdan iborat.  

Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab 

va  omillarga  birgalikda  barham  bermog‘imiz,  umummintaqaviy  ustuvor  manfaatlarni 

inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur.  

Biz  bugun  taraqqiyotimizning  umumiy  ustuvor  yo‘nalishlarini  anglagan  holda, 

chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir mintaqaviy masalalarni 

yechish bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini izlamoqdamiz.  

Bugungi  konferensiya  doirasida  O‘zbekiston,  Qozog‘iston  va  Turkmaniston 



tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida  shartnoma 

imzolandi.  

Ushbu  shartnoma  muddatsiz  bo‘lib,  denonsatsiya  qilinmaydi,  u  uch  qo‘shni 

davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.  

So‘nggi  paytda  O‘zbekiston  va  Qirg‘iziston  o‘z  chegaralarining  85  foizi 

yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan 

biri deyarli hal etildi.  

Transport  sohasidagi  hamkorlik  kengaydi.  Tojikiston  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

aviaqatnovlar  tiklandi.  Tovar  ayirboshlash  hajmi  oshmoqda,  chegaraoldi  hududlar 

o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar 

faollashmoqda.  

Shu  bilan  birga,  qo‘lga  kiritilgan  dastlabki  natijalardan  xotirjamlikka 

berilishimiz mumkin emas, biz hali yo‘lning boshida turibmiz, deb hisoblayman.  

Munosib  kelajakni  ta’minlash  uchun  bugun  biz  qanday  aniq  vazifalarni 

bajarishimiz muhim va zarur?  

Birinchidan,  bu  savdo-iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  va  tovar 

ayirboshlash  hajmini  oshirish  hamda  kooperatsiyani  mustahkamlash  uchun 

qulay sharoitlar yaratishdir.  

Mintaqaviy  iqtisodiy  forumni  tashkil  etish  bu  yo‘nalishdagi  amaliy  qadam 

bo‘lishi mumkin.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bu  o‘rinda  gap  biznes  hamjamiyatlari  o‘rtasida  bevosita  muloqot  va  o‘zaro 

savdo-iqtisodiy,  sarmoyaviy  va  innovatsion  hamkorlik  borasidagi  aniq  loyihalarni 

atroflicha muhokama qilish haqida bormoqda.  

Bizning  mintaqa  mamlakatlari  ishbilarmon  doiralari  hamda  yetakchi  korxonalar 

vakillari  bilan  bir  necha  bor  o‘tkazgan  uchrashuvlarimiz  iqtisodiy  aloqalarni  sezilarli 

ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi.  

Masalan, yil boshidan buyon O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar 

aylanmasi o‘rtacha 20 foizga, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foizga o‘sdi.  

Mintaqalararo  hamkorlik  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratilishi  lozim.  Shu 

munosabat  bilan  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  hududlar  rahbarlari  (hokimlari) 



biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etishni taklif qilaman.  

BMT  ekspertlarining  hisob-kitoblariga  ko‘ra,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari 

o‘rtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10 yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki 

mahsulotni kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan bo‘lar edi.  

Ushbu  mexanizmlar  butun  Markaziy  Osiyoda  barqaror  rivojlanishni  ta’minlagan 

holda,  mamlakatlarimiz  hududlarining  sanoat,  investitsiya  va  intellektual  sohalardagi 

salohiyatini to‘la ishga solish imkonini berishiga ishonaman.  



Ikkinchidan,  mintaqaning  tranzit-logistika  salohiyatidan  yanada  samarali 

foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash lozim.  

Bu  yo‘nalishda  mintaqa  mamlakatlari  tomonidan  amaliy  qadamlar  qo‘yilganini 

mamnuniyat bilan qayd etishni istardim.  

Turkmanistonlik  do‘stlarimiz  tomonidan  Amudaryodan  o‘tadigan  Turkmanobod 

– Forob yangi temir va avtomobil yo‘llari ko‘priklari ishga tushirildi. U O‘zbekiston  – 

Turkmaniston – Eron – O‘mon transport-tranzit yo‘nalishining muhim tarmog‘idir.  

Tez  orada  O‘zbekiston  –  Qirg‘iziston  –  Xitoy  temir  yo‘li  qurilishini  boshlash 

bo‘yicha  kelishuvga  erishildi,  shuningdek,  ushbu  transport  yo‘lagi  bo‘ylab  sinov 

tariqasidagi avtopoyga amalga oshirildi.  

Shu munosabat bilan Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 

umummintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.  

Umumiy  yondashuvlarimizni  kelishib  olish  uchun  biz  2018-yilda  Toshkentda 



“Markaziy  Osiyo  xalqaro  transport  yo‘laklari  tizimida:  strategik  istiqbollar  va 

amalga  oshirilmagan  imkoniyatlar”mavzusida  xalqaro  konferensiya  o‘tkazishni 

rejalashtirmoqdamiz.  

Konferensiyaning ishida barcha sheriklarimiz faol ishtirok etishiga umid qilamiz.  

Uchinchidan, bu – Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash 

maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.  

Bugungi  kunda  mintaqaning  barcha  mamlakatlari  terrorizm,  diniy  ekstremizm, 

transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda.  

Ushbu  tahdidlarga  qarshi  samarali  kurashishni  faqat  birgalikda,  mintaqa 

mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin.  

Xavfsizlikka  tahdidlarni  “o‘ziniki  va  o‘zgalarniki”  deb  ajratishdan  voz 

kechish,  “yaxlit  xavfsizlik”  tamoyiliga  amalda  rioya  qilish  zarur,  degan  qat’iy 

fikrdamiz.  



Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  mintaqaviy  xavfsizlik  muammosini,  avvalo, 

preventiv  diplomatiya  usullaridan  foydalangan  holda  hal  qilishda  muhim  o‘rin  tutishi 

lozim.  

Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy 

tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bugungi  kunda  Markaziy  Osiyoda  barqaror  va  izchil  taraqqiyotning  istiqbollari 

qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir.  

Birinchi  galdagi  vazifalardan  biri  Afg‘onistonning  mintaqaviy  iqtisodiy 

jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.  

Bu  dunyo  hamjamiyatining  Afg‘onistonda  tinch  taraqqiyotni  ta’minlashga 

qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.  

O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, 

uning  transport  va  energetik  infratuzilmasini  rivojlantirish,  milliy  kadrlar  tayyorlash 

jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman.  

Markaziy  Osiyoda  barqarorlik  va  izchil  taraqqiyotni  ta’minlashning  ustuvor 

yo‘nalishi  –  ekstremistik  g‘oyalarga  qarshi  qat’iy  kurashishdan  iboratdir. 

Ko‘pincha hayotga endi qadam qo‘yayotgan yoshlar uning ta’siriga tushib qolmoqda.  

Markaziy  Osiyo  –  aholining  yoshi  bo‘yicha  eng  “yosh”  mintaqalardan  biridir:  bu 

yerda  aholining  qariyb  60  foizini  yoshlar tashkil  etadi  va  bu  dunyo  bo‘yicha  o‘rtacha 

ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir.  

Aynan  shu  maqsadda  O‘zbekiston  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh 

Assambleyasining  yaqinda  Nyu-Yorkda  bo‘lib  o‘tgan  sessiyasida  Yoshlar  huquqlari 

to‘g‘risidagi  xalqaro  konvensiyani  ishlab  chiqish  hamda  “Ma’rifat  va  diniy 

bag‘rikenglik” deb nomlangan  maxsus rezolutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan 

chiqdi.  

Ushbu  tashabbuslarni  Markaziy  Osiyoning  barcha  mamlakatlari  qo‘llab-

quvvatlagani  yoshlar  o‘rtasida  radikal  qarashlar  tarqalishining  oldini  olish,  to‘g‘ri 

yo‘ldan  adashganlarni  ijtimoiy  reabilitatsiya  qilish  va  ularni  sog‘lom  hayotga 

qaytarishga tayyorligimizning amaldagi yaqqol ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.  

Bizning  tajribamiz  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  birinchi  galda  yoshlarni  ilm-ma’rifatga 

o‘rgatish,  ularga  islom  dinining  insonparvarlik  mohiyati,  islom  madaniyatining  asl 

qadriyatlarini  yetkazish  ekstremizmga  qarshi  kurashishning  eng  samarali  vositasi 

hisoblanadi.  

Bu  borada  biz  Samarqandda  Imom  Buxoriy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazi 

va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik.  

To‘rtinchidan,  bu  –  davlat  chegaralarini  delimitatsiya  va  demarkatsiya 

qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga yetkazishdir.  

Biz  chegaraoldi  muammolarini  hal  etib,  mamlakatlarimiz  o‘rtasidagi  savdo-

iqtisodiy  va  madaniy-gumanitar  sohalardagi  hamkorlikni  yanada  kengaytirish  yo‘lida 

mustahkam poydevor yaratamiz.  

Biz  davlat  chegaralarini  delimitatsiya  qilish  borasidagi  muzokaralarda  yuzaga 

keladigan murakkab masalalarni hal etish bo‘yicha izchil yo‘lga qo‘yilgan va birgalikda 

chuqur o‘ylab amalga oshirayotgan ishlarimizni davom ettirish zarur, deb hisoblaymiz.  

Biz oqilona murosa va o‘zaro teng almashinuv asosida, o‘zaro manfaatlarimizni 

hisobga  olgan  holda,  bu  o‘ta  dolzarb  muammoni  tez  orada  hal  etamiz,  deb 

ishonaman.  



Beshinchidan, 

mintaqada 

suv 

resurslaridan 

adolatli 

foydalanish 

muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish lozim.  

Ishonchim  komil,  mazkur  masalalarni  hal  etishda  mintaqadagi  barcha  davlatlar 

manfaatlarini  hisobga  oladigan  xalqaro  huquqiy  me’yorlar  asosida  ish  olib  borish 

kutilgan samarani beradi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



O‘zbekiston BMT tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari 

suv  resurslaridan  foydalanish  to‘g‘risidagi  konvensiyalar  loyihalarini  qo‘llab-

quvvatlaydi.  



Orol  dengizining  ekologik  halokati  bilan  bog‘liq  eng  o‘tkir  muammolarni  hal 

etish  ham  sa’y-harakatlarimizni  birlashtirishni  talab  etadi.  Orol  muammosi  bizning 

nafaqat umumiy dardimiz, balki umumiy vazifamizdir.  

Mintaqaviy  va  xalqaro  darajada  say’-harakatlarimizni  birlashtirmasdan  turib, 

ushbu tahdidlarga qarshi munosib choralar ishlab chiqa olmaymiz.  

Biz  Orolbo‘yida  yuzaga  kelgan  dolzarb  muammolarni  hal  etish,  shuningdek, 

ijtimoiy  muhim  ahamiyatga  molik  loyiha  va  dasturlarni  amalga  oshirishga  donorlik 

ko‘magini  jalb  etish  maqsadida  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  barcha  davlatlari 

faoliyatini yanada faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz.  

Oltinchidan,  mamlakatlarimiz  va  xalqlarimiz  o‘rtasida  madaniy-gumanitar 

aloqalar, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash lozim.  

Bu  Markaziy  Osiyodagi  mintaqaviy  hamkorlikni  jadallashtirishning  asosiy 

shartlaridan biridir.  

Shu  nuqtai  nazardan,  biz  faol  madaniy-gumanitar  muloqotni  davom  ettirish, 

mamlakatlarimizda madaniyat kunlari va turli ijodiy tadbirlarni muntazam tashkil etish, 

ta’lim  va  sayyohlik  sohasidagi  almashuvlarni  “xalq  diplomatiyasi”ning  eng  muhim 

vositasi sifatida rivojlantirish tarafdorimiz.  

Oddiy  va  ochiq insoniy  muloqot  –  mintaqada  do‘stlik,  hamjihatlik  va  barqarorlik 

muhitini mustahkamlaydigan eng ishonchli usuldir.  

Hurmatli xonimlar va janoblar!  

Markaziy  Osiyodagi  dolzarb  masalalarni  mamlakatlarimizning  sa’y-harakatlarini 

umumiy  mas’uliyat  tamoyili  asosida  birlashtirish  orqaligina  hal  etish  mumkin,  degan 

fikrimga, o‘ylaymanki, sizlar ham qo‘shilasiz.  

Yuqorida  qayd  etilgan  vazifalarning  amalga  oshirilishi  Markaziy  Osiyo 



mamlakatlari 

davlat 

rahbarlarining 

o‘zaro 

maslahatlashuvlari 

bo‘yicha 

uchrashuvlarni muntazam tashkil qilishimkonini yaratgan bo‘lar edi.  

Bizning  bu  boradagi  yondashuvlarimiz  bugungi  kunda  mintaqada  umumiy 

muammolarni  hal  etishning  yo‘llarini  birgalikda  izlab  topishga  real  zarurat  mavjud 

ekanini anglashdan kelib chiqqan yondashuvdir.  

Bu  yondashuv  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  72-

sessiyasi  doirasida  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tashqi  ishlar  vazirlarining 

bayonotlarida ham o‘z ifodasini topgan.  

Bu o‘rinda gap Markaziy Osiyoda yangi xalqaro tashkilot tuzish yoki o‘z ustavi va 

milliy  davlat  organlaridan  ustun  turadigan  integratsiyalashuv  sohasida  qandaydir 

tuzilma tashkil etish haqida ketmayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.  

Mintaqaviy  muloqotlarimiz  faqat  mintaqamiz  taraqqiyotiga  oid  hal  qiluvchi 

masalalar yuzasidan faoliyatimiz yo‘nalishlarini kelishib olishga yo‘naltiriladi.  

Bugungi konferensiyamiz yakunlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 

AssambleyasigaMarkaziy  Osiyo  mintaqasida  tinchlik,  xavfsizlik  va  barqaror 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  ta’minlash  bo‘yicha  mintaqaviy  va  xalqaro 

hamkorlikni  mustahkamlashga  doir  maxsus  rezolutsiya  qabul  qilish  haqida 

murojaat qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.  

Bunday  rezolutsiyaning  qabul  qilinishi  BMT  va  butun  xalqaro  hamjamiyat 

tomonidan  amaliy  muloqotni  mustahkamlash,  o‘zaro  manfaatli  hamkorlikni 

kengaytirish  va  mintaqadagi  mavjud  muammolarni  hal  etish  bo‘yicha  kelishilgan 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



yondashuvlarni  ishlab  chiqish  borasida  bizning  davlatlarimiz  olib  borayotgan  sa’y-

harakatlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘lur edi.  

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!  

Markaziy  Osiyo  –  bu  haqiqatdan  ham  noyob  imkoniyatlar  va  hali  ishga 

solinmagan ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan mintaqadir.  

Mintaqada  mustahkam  taraqqiyot,  barqarorlik  va  farovonlikni  ta’minlash  – 

bizning to‘liq erisha oladigan mushtarak vazifamizdir.  

Hech  shubhasiz,  bugungi  konferensiyamiz  ana  shu  ezgu  maqsadga  erishish 

yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘lib, hal qiluvchi ahamiyatga ega vazifalarni amalga 

oshirish, barchamizning “Markaziy Osiyo” deb ataladigan umumiy diyorimizda tinchlik 

va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan, hayotning o‘zi talab qilayotgan 

yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishga xizmat qiladi.  

Forumning  barcha  ishtirokchilari  va  mehmonlari  ish  faoliyati  samarali  bo‘lishini, 

azim Samarqand shahrida ularga yaxshi kayfiyat yor bo‘lishini tilayman.  

E’tiboringiz uchun rahmat. 

 

 



O‘ZBEKISTON VA AQSH TAHDIDLARGA QARSHI HAMKORLIKNI 

OSHIRISHGA KELISHIB OLDI 

O‘zbekiston  Prezidenti  va  AQSH  Prezidenti  yordamchisining  o‘rinbosari  Nyu-

Yorkdagi  teraktni  muhokama  qilib,  umumiy  tahdidlarga  qarshi  hamkorlikni  oshirishga 

kelishib olishdi. 

9  noyabr  kuni  AQSH  Prezidenti  yordamchisining  o‘rinbosari,  Janubiy  va 

Markaziy  Osiyo  masalalari  bo‘yicha  bosh  direktor  Liza  Kertis  Toshkentda  Prezident 

Shavkat  Mirziyoyev  bilan  uchrashdi,  deya  xabar  qildi  AQSHning  Toshkentdagi 

elchixonasi matbuot xizmati. 

Tomonlar  31  oktyabr  kuni  Nyu-Yorkda  sodir  etilgan  terror  hujumini  muhokama 

qilib,  umumiy  tahdidlarga  qarshi  hamkorlikni  oshirishga  kelishib  olishdi.  Liza  Kertis 

O‘zbekistonning  yaqindagi  iqtisodiy  islohot,  adolatli  mehnat  tajribalarining  o‘sishi  va 

mintaqaviy munosabatlari yaxshilanayotganini qo‘llab-quvvatladi. 

Uchrashuvda  Janubiy  Osiyo  bo‘yicha  yangi  strategiya  va  ikki  tomonlama 

hamkorlik  masalalari  ham  muhokama  qilindi.  Liza  Kertis  Amerika  Qo‘shma  Shtatlari 

tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  hukumati  va  mintaqadagi 

hamkorlar bilan ishlashga sodiq ekanini ta’kidladi. 

 

 

O‘ZBEKISTON, QOZOG‘ISTON VA TURKMANISTON CHEGARALARNING 



TUTASH HUDUDI TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMANI IMZOLADI 

O‘zbekiston,  Qozog‘iston  va  Turkmaniston  tashqi  ishlar  vazirlari  —  Abdulaziz 

Kamilov, Qayrat Abdrahmonov va Rashid Meredov 10 noyabr kuni Samarqandda uch 

davlat chegaralarining tutash hududi to‘g‘risida shartnomani imzoladi. 

Marosim «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish 

va  taraqqiyot  yo‘lidagi  hamkorlik»  mavzuidagi  xalqaro  konferensiya  doirasida  bo‘lib 

o‘tdi. 

O‘zbekiston  va  Turkmaniston  TIV  rahbarlari  ikki  davlat  o‘rtasida  strategik 



sheriklik  to‘g‘risidagi  shartnoma  ratifikatsiya  qilingani  haqidagi  yorliqlar  almashildi. 

Shunday  qilib,  6  mart  kuni  O‘zbekiston  Prezidentining  Ashxobodga  qilgan  davlat 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



tashrifi  doirasida  imzolanib,  ikki  davlat  parlamentlari  tomonidan  ratifikatsiya  qilingan 

hujjatlar kuchga kirdi. 

 

 

AYIRBOSHLASH SHOXOBCHALARIDA PLASTIK KARTOCHKALARDAN 



XORIJIY VALYUTA SOTIB OLISH BOSHLANDI 

Yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  o‘z  hisob  raqamlaridan  xorijiy  valyuta  sotib  olish 

huquqiga  ega  bo‘ldi.  Valyuta  ayirboshlash  shoxobchalarida  plastik  kartochkalardan 

xorijiy valyuta sotib olish boshlandi. 

O‘zbekiston  Markaziy  banki  jismoniy  shaxslar  bilan  valyuta  ayirboshlash 

operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari to‘g‘risidagi 

nizomni

 tasdiqladi. 



Hujjatga  muvofiq,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan 

turib  tijorat  banklarining  konversion  bo‘limlarida  o‘z  hisob  raqamlaridan  xorijiy 

valyutani sotib olish huquqiga ega bo‘ldi. 

Banklarning ayirboshlash punktlari xorijiy valyutani nafaqat naqd pul ko‘rinishida, 

balki xalqaro plastik kartalardan ham xarid qiladi. Agarda ayriboshlanayotgan mablag‘ 

eng  kam  oylik  ish  haqining  500  barobari  yoki  undan  ko‘p  miqdorda  bo‘lsa,  shaxsni 

tasdiqlovchi hujjat (norezidentlar uchun — pasport) talab qilinadi va hujjat nusxasi olib 

qolinadi. 

 

 

JIZZAXDA SHAROF RASHIDOV HAYKALI OCHILDI 



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora 

Rashidova Jizzaxda Sharof Rashidov haykalini ochdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora 

Rashidova  Jizzaxda  Sharof  Rashidov  haykalini  ochdi.  Marosim  davlat  arbobi  va 

yozuvchi tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. 

Prezident o‘z nutqida Sharof Rashidov oddiy xalq orasidan chiqqani, noyob aql-

zakovati, mehnatsevarligi va kamtarligi bilan katta obro‘-e’tibor qozongani, xalqimizga 

sadoqat bilan halol xizmat qilganini ta’kidladi. Sharof Rashidov umr bo‘yi o‘z  xalqiga, 

barcha  sof  niyatli insonlarga  yaxshilik  qilib,  ularni  ulug‘  maqsadlar  yo‘lida  birlashtirib, 

ezgu ishlarga safarbar etib yashadi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Bu  olijanob,  donishmand  va  bag‘rikeng  inson,  qanday  suronli  sinovlarga  duch 

kelgan  bo‘lmasin,  yuksak  gumanistik  g‘oyalarga  doimo  sodiq  bo‘lib,  xalqimiz  qalbida 

yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirdi, dedi Prezident. 

Tadbirda  akademiki  Oqil  Salimov,  mehnat  faxriysi  Ismoil  Jo‘rabekov,  uchuvchi-

kosmonavt  Vladimir  Jonibekov,  mehnat  faxriysi  Qallibek  Kamalov,  Sharof 

Rashidovning qizi, akademik Sayyora Rashidova va boshqalar Sharof Rashidov bilan 

bog‘liq xotiralari, u kishining hayoti va faoliyati haqida so‘zladi. 

 

 



IIBB IDISH-TOVOQLARNI QAYTA SOTISH BILAN SHUG‘ULLANGAN 

MOLDOVA FUQAROLARINI QO‘LGA OLDI 

Toshkent  IIBB  poytaxt  bozorlarida  sotib  olingan  idish-tovoqlarni  qimmat 

narxlarda qayta sotgan chet el fuqarolari shaxsini aniqladi. 

Toshkent IIBB  xodimlari poytaxt  bozorlarida sotib olingan idish-tovoqlarni aldov 

yo‘llari  bilan  shaharning  har  xil  tumanlarida  qimmat  narxlarda  qayta  sotgan  chet  el 

fuqarolari shaxsini aniqladi. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



IIBB  saytida 

xabar  qilinishicha

,  o‘tkazilgan  tezkor  tadbirlar  natijasida  6  noyabr 

kuni  to‘rt  nafar  sigan  millatiga  mansub  bo‘lgan  Moldova  Respublikasi  fuqarolari  —

Nenita  Matfey  (1991  yilda  tug‘ilgan),  Kira  Yerimey  Igorevich  (1995),  Radukan  Nikita 

(1992)  va  Nenita  Mixail  (1973)  aniqlandi.  Ular  Toshkent  shahrida  joylashgan 

mehmonxonada vaqtincha yashab kelayotgan bo‘lgan. 

5 noyabr kuni esa ikki nafar sigan millatiga mansub bo‘lgan Moldova fuqarolari 

—Pleshko Aleksandr (1991 yilda tug‘ilgan) hamda Chebotar Aleksandr (1987) 

qo‘lga 


olingan

 edi. 


Mazkur  shaxslar  Chilonzor  tumanidagi  «Abu  Saxiy»  bozoridan  oshxona 

anjomlari,  idish-tovoq  komplektlari  va  shu  kabi  boshqa  buyumlarni  arzon  narxlarda 

sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda 

supermarketlarda 

go‘yoki 

mazkur 


buyumlar 

Yevropa 


davlatlarida 

ishlab 


chiqarilganligini  bildirib,  xaridorlarni  aldash  orqali  qimmat  narxlarga  sotib  kelayotgani 

ma’lum bo‘ldi. 

IIBB  saytida  yuqorida  tilga  olingan  shaxslarning  javobgarlikka  tortilgani 

to‘g‘risida  ma’lumot  bermagan.  Boshqarma  faqatgina  fuqarolarni  bozorlarda, 

mahallalarda  va  boshqa  jamoat  joylarida  turli  shaxslardan  buyumlar  sotib  olishda 

ogohlikka chaqirgan. 

«…xarid qilishdan avval buyumning haqiqiy ekanligi, ishlab chiqarilgan joyi, sifati 

hamda narxiga e’tibor bering va bu orqali aldanib qolishingizni oldini oling», — deyiladi 

IIBB xabarida. 

Bundan  avvalroq  ijtimoiy  tarmoqlarda  Yevropada  ishlab  chiqarilgan,  deya 

sotilgan, biroq sifati talablarga javob bermaydigan idish-tovoqlar savdosi to‘g‘risida bir 

necha bor xabarlar e’lon qilingan edi. 

 

 

BUXORODA "ELEKTRON POLIKLINIKA”LAR ISH BOSHLADI 



Buxoro  shahrida  istiqomat  qiluvchi  fuqaro  uyidan  turib,  o‘ziga  xizmat 

ko‘rsatayotgan  hudud  poliklinikasiga  internet  orqali  shifokor  qabuliga  yozilishi 

mumkin.  Bunga  birlamchi  tibbiy-sanitariya  tizimi  muassasalarida  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani tufayli erishildi.  

Mamlakatimizda  sog‘liqni  saqlash  tizimida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar 

samarasida soha moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, profilaktika va davolashning 

zamonaviy texnologiyalari keng joriy etilmoqda.  

Prezidentimizning  shu  yil  29-martdagi  “O‘zbekiston  Respublikasida  birlamchi 

tibbiy-sanitariya 

yordami 

muassasalari 

faoliyatini 

tashkil 


etishni 

yanada 


takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  bu  borada  muhim  dasturilamal 

bo‘lmoqda.  

Mazkur  hujjat ijrosi doirasida Buxoro  shahridagi 10-oilaviy poliklinika va shahar 

tibbiyot  birlashmasi  “Elektron  poliklinika”  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimiga  ulandi. 

Mazkur  muassasalar  “Salomatlik-3”  loyihasi  doirasida  46  zamonaviy  komputer  va 

elektron  monitor  vazifasini  bajaruvchi  20  dan  ziyod  televizor  bilan  ta’minlandi.  Bu 

“Elektron  poliklinika”lar  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  orqali  sohaning  yuqori 

organlari tarmoqlariga bog‘landi.  

– “Elektron poliklinika” faoliyatida xizmat ko‘rsatiladigan aholi haqida ma’lumotlar 

bazasi  muhim  ahamiyatga  ega,  –  deydi  Buxoro  shahridagi  4-oilaviy  poliklinika  bosh 

shifokori H.To‘xtayeva. – Shuning uchun hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi 

aholi  yashash  joyi,  ularning  salomatligi,  qachon  va  qaysi  masalada  bizga  murojaat 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



qilgani,  kasallik  tarixi,  tibbiy  ko‘rik  natijalari,  shifokor  tomonidan  berilgan  dorilar 

retsepti,  bolaning  emlangani  va  boshqa  turli  ma’lumotlarning  elektron  shakli 

yaratilmoqda.  Bu  muassasamizga  keluvchilarning  amaldagi  tibbiy  kartochkalariga 

ehtiyoj qoldirmaydi, qog‘ozbozlikka barham beradi.  

 

 

FUTBOL YULDUZI KARLES PUYOL O‘ZBEKISTONDA 



Poytaxtimizdagi  “Hyatt  Regency”  mehmonxonasida  futbol  bo‘yicha 

Yevropa  va  jahon  chempioni,  ispaniyalik  taniqli  sportchi  Karles  Puyol 

ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.  

Anjumanda  O‘zbekiston  futbol  federatsiyasi  a’zolari,  yosh  futbolchilar,  muxlislar 

hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

O‘zbekiston  futbol  federatsiyasi  tomonidan  millionlar  o‘yini  –futbolni  yanada 

ommalashtirish  va  mazkur  sport  turi  bilan  shug‘ullanuvchilarning  mahoratini  oshirish 

maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Ana  shunday  tadbirlardan  biri  futbol  yulduzi  Karles  Puyolning  Toshkentga 

kelishidir.  

–  O‘zbekistonga  ikkinchi  marotaba  kelishim,  –  deydi  Karles  Puyol.  –  Yurtingiz 

menga  juda  yoqadi,  xalqingiz  mehmondo‘st.  Tunda  kelishimga  qaramay  tantanali 

kutib  olishganini  ko‘rib,  quvondim.  Mamlakatingizda  so‘nggi  yillarda  sport  jadal 

rivojlanayotgani  va  sportchilaringiz  erishayotgan  yuksak  g‘alabalardan  xabardorman. 

Ilk  marotaba  kelganimga  qariyb  o‘n  yil  bo‘ldi.  O‘tgan  vaqt  ichida  poytaxtingiz  tanib 

bo‘lmas darajada o‘zgargani havasimni keltirdi.  

K.Puyol 

tashrifi 

doirasida 

poytaxtimizdagi 

futbol 

akademiyalarida 



shug‘ullanayotgan  yosh  sportchilarga  mahorat  saboqlari  o‘tkazadi.  Shuningdek, 

O‘zbekiston  chempionati  oliy  ligasi  28-turi  doirasidagi  “Paxtakor”  va  “Olmaliq” 

jamoalari o‘rtasidagi bahsni kuzatadi.  

 

 



 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling