Axborot soati materialini


Download 185.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.03.2017
Hajmi185.9 Kb.
#1819
  1   2

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

1

1

1

4

4

4

 

 

 

F

F

F

e

e

e

v

v

v

r

r

r

a

a

a

l

l

l

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



 

 

 



HUDUDLARNING RIVOJLANISHI BUTUN MAMLAKAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  joylarda  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarning  borishi,  amalga  oshirilayotgan  bunyodkorlik  va  obodonlashtirish  ishlari,  yirik 

loyihalar  bilan  tanishish,  xalq  bilan  muloqot 

qilish  maqsadida  10-fevral  kuni  Surxondaryo 

viloyatiga tashrif buyurdi.  

Surxondaryo  viloyati  iqtisodiy  salohiyati, 

tabiiy  boyliklari  bilan  mamlakatimiz  taraqqiyotida 

alohida  ahamiyatga  ega.  Mustaqillik  yillarida  ana 

shu 

salohiyat 



va 

imkoniyatlarni 

xalqimiz 

manfaatlari  yo‘lida  ishlatish  bo‘yicha  ulkan  ishlar 

amalga  oshirildi.  Viloyat  iqtisodiyoti  barqaror 

sur’atlar  bilan  rivojlanmoqda.  Buning  tasdig‘ini 

2016-yilda  yalpi  hududiy  mahsulot  hajmi  8  foiz 

o‘sgani misolida ham ko‘rish mumkin.  

To‘palang 

gidroelektrostansiyasi, 

Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, “Sharg‘un 

ko‘mir”,  “Xo‘jaikon  tuz”  aksiyadorlik  jamiyatlari,  “Xonjizza”  kon-boyitish  majmuasi  kabi  yirik  korxonalar 

viloyat sanoatida yetakchi o‘rin tutmoqda.  

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  ham  jadal  rivojlanmoqda.  Mazkur  sohaning  yalpi 

hududiy mahsulotdagi ulushi 75,3 foizni tashkil etmoqda. Mehnat bilan band aholining 80 foizdan ziyodi 

ayni shu sohada ish yuritmoqda.  

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  Surxondaryoga  tashrifi  davomida  o‘zining  saylovoldi  dasturida 

viloyatni  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlantirish  bo‘yicha  belgilangan  rejalar  ijrosi,  shahar  va  tumanlarda  amalga 

oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.  

Dastlab davlatimiz rahbari Termiz tumanidagi “Gold Agro Fresh” agrofirmasi faoliyati bilan tanishdi.  

Xalqimiz  farovonligi,  yurtimiz  bozorlarining  qishin-yozin  to‘kinligiga  Surxondaryo  fermer  va 

dehqonlari  ham  munosib  hissa  qo‘shmoqda.  Mamlakatimizdagi  ekin  maydonlarining  7  foizi  mazkur 

viloyatga to‘g‘ri keladi. Voha dehqonlari yurtimizda yetishtiriladigan paxta va g‘allaning 8-9 foizini, meva 

va sabzavotning 11 foizdan ziyodini yetkazib bermoqda.  

Keyingi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, qishloq xo‘jaligi tarkibiy o‘zgartirilayotgani natijasida 

meva-sabzavot yetishtirish ko‘paymoqda, ularni qayta ishlash sanoati rivojlanmoqda.  

“Gold  Agro  Fresh”  agrofirmasi  sabzavot  mahsulotlari  yetishtirish  va  ularni  eksport  qilishga 

ixtisoslashgan  istiqbolli  loyihalardan  biridir.  Qiymati  35  million  AQSh  dollari  bo‘lgan  korxonaning 

zamonaviy  issiqxonalarida  yiliga  30  million  dollarlik  mahsulot eksport  qilish,  shuningdek,  1000  ish o‘rni 

yaratish rejalashtirilgan. Hozir 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning 

xaridorgir navlari o‘stirilmoqda. 70 blokning barchasi ishga tushgach, issiqxonalarning umumiy maydoni 

100  gektardan  oshadi.  Bundan  tashqari,  434  gektar  yerda  mavsumiy  ekinlar  ekilib,  23  million  dollarlik 

mahsulot eksport qilish, 2 ming 100 kishini ish bilan ta’minlash, kelgusida 100 gektar yerda intensiv bog‘ 

yaratish rejalashtirilgan.  

Prezidentimiz  bu  yerda  yetishtiriladigan  mahsulotlar  turini  kengaytirish,  5  ming  gektarda  anor,  5 

ming  gektarda  limon  yetishtirishni  yo‘lga  qo‘yish,  odamlarning  daromadini  ko‘paytirish  zarurligini 

ta’kidladi.  

Davlatimiz rahbari shu yerning o‘zida meva-sabzavot yetishtirish, parrandachilik, chorvachilik kabi 

tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi.  

Angor  tumanida  qurilayotgan  meva-sabzavot  yetishtirish,  saqlash  va  qayta  ishlashga 

ixtisoslashtirilgan  "Angor  Gold  Fruits"  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  loyihasiga  muvofiq  530  gektar 

intensiv  bog‘,  uch  ming  tonna  meva-sabzavotni  saqlash  imkoniyatiga  ega  muzxona  qurilishi  ko‘zda 

tutilmoqda.  

Jarqo‘rg‘on  tumanida  qurilishi  rejalashtirilayotgan  “Fabullo  stroy  servis”  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyati  ham  meva-sabzavot  yetishtirish,  saqlash  va  qayta  ishlashga  ixtisoslashtirilgan.  Mazkur  loyiha 

amalga oshirilishi natijasida 150 ish o‘rni yaratiladi. Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va 

poliz mahsulotlari yetishtiriladi va eksport qilinadi. Sig‘imi 2 ming tonna bo‘lgan zamonaviy muzlatgichda 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



yil  davomida  6  ming  tonna  mahsulot  aylanadi.  Meva-sabzavot  mahsulotlarini  quritish  uskunasining 

quvvatini yiliga 8 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.  

Prezidentimiz  bu  boradagi  ishlar  samaradorligini  oshirish,  meva-sabzavotlarning  noan’anaviy 

turlarini ko‘proq ekish va qayta ishlash, eksportni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.  

Qiziriq  tumanida  ikki  ming  bosh  qoramol  boqishga  mo‘ljallangan  zamonaviy  chorva  kompleksi 

barpo  etilmoqda.  762  gektar  maydonda  qurilayotgan  va  qiymati  11,5  milliard  so‘m  bo‘lgan  ushbu 

majmuada  yiliga  to‘rt  ming  tonna  sut,  ikki  yuz  tonna  go‘sht  yetishtiriladi.  2,5  milliard  so‘mlik  zamonaviy 

asbob-uskunalar bilan ta’minlanadigan korxonada yuzdan ortiq kishi mehnat qiladi.  

Prezidentimiz  chorvachilik  komplekslari  bilan  birgalikda  agrofirmalar  tashkil  etib,  sut  va  go‘shtni 

qayta ishlash, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.  

Muzrabot  tumanida  parrandachilik  kompleksi  tashkil  etilmoqda.  Loyiha  qiymati  5,5  million  dollar 

bo‘lgan  mazkur  majmuada  yiliga  59,1  million  dona  tuxum,  1,4  million  jo‘ja  va  198  tonna  tovuq  go‘shti 

yetishtirish, 100 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Sentabr oyida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu 

kompleksning umumiy maydoni 15 gektar bo‘lib, uning 2,5 gektarida ishlab chiqarish binolari joylashadi.  

Majmua  rahbarlari  bilan  uchrashuvda  odamlarga  jo‘ja  va  yem  yetkazib  berib,  oilalar  farovonligini 

oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Shavkat Mirziyoyev “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida ingichka tolali paxtani qayta 

ishlash  korxonasi,  zararkunandalarga  qarshi  kurashishga  qaratilgan  ishlanmalar,  limon  va  pista 

yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiyalar loyihalarini ko‘zdan kechirdi.  

Davlatimiz  rahbari  Hakim  at-Termiziy  maqbarasini  ziyorat  qildi.  Bu  yerda  olib  borilayotgan 

rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.  

Prezidentimiz  Termiz  tumanida  tashkil  etiladigan  baliqchilik  kompleksi  loyihasini  amalga  oshirish 

ishlarini borib ko‘rdi.  

Mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan 

ta’minlash  maqsadida  chorvachilik,  baliqchilik,  parrandachilik  kabi  sohalar  rivojiga  katta  e’tibor 

qaratilmoqda.  Barcha  hududlarda  shu  yo‘nalishlarga  ixtisoslashgan  yangi  korxona  va  xo‘jaliklar  ishga 

tushirilmoqda.  

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ular safiga 

«Termiz agro fish eksport» agrofirmasi ham qo‘shiladi. Bu yerda baliq yetishtirish bilan birga, baliq uchun 

ozuqa ishlab chiqarish, baliq mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ishlari ham amalga oshiriladi.  

Korxonada  Vetnam  texnologiyalari  asosida  Afrika  laqqasi,  karp  kabi  baliqlar  yetishtiriladi.  Ilg‘or 

usullari bilan ajralib turuvchi ushbu texnologiya baliq yetishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi 

bilan  ahamiyatlidir.  Kompleksda  500  tonna  baliqni  qayta  ishlash,  105  ish  o‘rni  tashkil  etish 

rejalashtirilgan.  

Xalqimiz  baliqni  luqmai  halol  deb  atashida  katta  hikmat  bor,  dedi  Prezidentimiz.  Uning  tarkibida 

inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan elementlar, vitaminlar serob. Surxondaryo baliqchilik uchun 

zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, tarmoqni yanada rivojlantirish uchun 

maxsus  dastur  ishlab  chiqish  kerak.  Baliqchilikni  chuqur  o‘zlashtirgan  mutaxassislar  tayyorlash 

maqsadga muvofiqdir.  

Davlatimiz  rahbari  Surxondaryo  viloyatida  suv  resurslaridan  samarali  foydalanish  loyihasi  bilan 

tanishdi.  

Loyihada  viloyatdagi  gidrotexnika  inshootlari,  kanal  va  boshqa  suv  tarmoqlarini  rekonstruksiya 

qilish,  yangilarini  qurishga  qaratilgan  122,7  million  dollarlik  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  ko‘zda 

tutilmoqda.  Uning  89,5  million  dollari  Islom  taraqqiyot  bankining  krediti  hisobiga  qoplanadi.  Natijada 

viloyatning  Sherobod,  Sariosiyo,  Denov,  Oltinsoy,  Sho‘rchi,  Boysun,  Qumqo‘rg‘on  tumanlaridagi  103,5 

ming gektar maydonda suv ta’minotini yaxshilashga erishiladi.  

Prezidentimiz  O‘zbekiston  Respublikasi  Kasaba  uyushmalari  federatsiyasi  kengashiga  qarashli 

«Termiz marvaridi sanatoriyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya 

ishlarini ko‘zdan kechirdi.  

Uchqizil suv ombori bo‘yidagi bahavo hududda joylashgan ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya 

va ma’danli suv, qum va quyosh nurlari bilan davolanadi.  

Bugungi  kunda  sihatgohning  80  o‘rinli  binosi  to‘liq  rekonstruksiya  qilindi.  Keyingi  bosqichda  60 

o‘rinli  yangi  bino  qurish  va  uni  ilg‘or  tibbiy  uskunalar  bilan  jihozlash,  qozonxonalarni  modernizatsiya 

qilish, hududda bolalar  maydonchasi, futbol,  voleybol,  basketbol, qo‘l to‘pi  va  boshqa  sport  turlari bilan 

shug‘ullanishga mo‘ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.  

Davlatimiz  rahbari  mutasaddilarga  mazkur  hududda  tom  ma’nodagi  zamonaviy  dam  olish 

kompleksini bunyod etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.  

Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etish rejalashtirilgan “Huashen 

Silkworm Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi. Joriy 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



yilda  foydalanishga  topshiriladigan  ushbu  korxona  ipak  qurti  yetishtirishga  ixtisoslashtirilgan  bo‘lib,  bu 

yerda 3 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.  

Surxondaryo  viloyati  ipakchilik  sohasida  katta  tajribaga  ega.  2016-yili  3  ming  394  fermer  xo‘jaligi 

tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirildi.  

Davlatimiz  rahbari  mazkur  loyiha  bilan  tanishar  ekan,  Surxon  vohasi  mahsuldor  ipak  qurti 

parvarishlash uchun qulay tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanini ta’kidladi.  

Yangi korxona mamlakatimiz yengil sanoatini sifatli xomashyo bilan ta’minlash, voha aholisi uchun 

yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida 

Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Shodi bobo va u kishining umr yo‘ldoshi 

Salomat  momo  bilan  oilaning  kundalik  hayoti,  farzandlar  kasb-kori  va  nabiralar  tarbiyasi  to‘g‘risida 

suhbatlashdi.  

Sizlar  kabi  ko‘pni  ko‘rgan,  yuzidan  nur  yog‘ilib  turgan  otaxon  va  onaxonlar  jamiyatimizning 

mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir, dedi Prezidentimiz.  

Erdan  unumli  foydalanilsa,  Surxondaryo  sharoitida  yilda  uch  martagacha  hosil  olish  mumkinligi, 

harakat  qilgan  odam  o‘zini  ham,  xalqini  ham  boy  qilishi  ta’kidlandi.  Mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan o‘zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so‘z yuritildi.  

Xonadon  egalari  davlatimiz  rahbari  xalq  ichiga  kirib,  odamlarning  fikrini  o‘rganayotganidan 

yurtdoshlarimiz juda mamnun bo‘layotganini ta’kidladi. Odamlar og‘irini yengil qilish, turmushini yanada 

farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Sherobod  tumanidagi  “G‘urjak-1”  massivida  yangilangan  namunaviy  loyihalar 

asosida barpo etilgan uy-joylar, bu yerda aholi uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.  

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizga, avvalo, 

farzandlarimizga hech kimdan kam bo‘lmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 

21-oktabrdagi  “2017-2021-yillarda  qishloq  joylarda  yangilangan namunaviy  loyihalar bo‘yicha  arzon  uy-

joylar  qurish  dasturi  to‘g‘risida”gi  qarori  bu  boradagi  ishlarni  yangi  bosqichga  ko‘tarishda  muhim 

dasturilamal bo‘lmoqda.  

Mazkur  qarorga  muvofiq  Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yilida  Surxon  vohasida  1009 

arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilayotir. Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida qisqa muddatda 

32  xonadondan  iborat  2  qavatli  ikkita,  xo‘jalik  imoratlari  va  hovlisi  bo‘lgan  bir  qavatli  o‘nta  shinam  uy 

bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.  

Zamonaviy  va  milliy  me’morlik  andozalari  asosida  qurilgan  yangi  massivda  ijtimoiy  infratuzilma 

obyektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi 

va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.  

Davlatimiz rahbari yosh oila – O‘ktam Abdullayev va Malohat Jumayeva xonadonida bo‘lib, ularni 

yangi  uyga  ko‘chib  o‘tgani  bilan  tabrikladi.  Yangi  uyda  yosh  oila  baxtiyor  va  farovon  yashashi  uchun 

yaratilgan  qulayliklar  bilan  qiziqdi.  3  xonali  uyning  hovlisida  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ekish  uchun 

tomorqa  bor.  Xonadon  sohibining  buvisi  Karomat  momo  Abdullayeva  ko‘rkam,  obod  va  shinam  uylar 

olishda  keng  imkoniyatlar  yaratilayotgani,  bu  yosh  oilalarni  qo‘llab-quvvatlash,  ularning  manfaatlarini 

ta’minlashga xizmat qilayotganini aytib, davlatimiz rahbarini duo qildi.  

Shavkat  Mirziyoyev  16  xonadondan  iborat  ikki  qavatli  uyda  yashayotgan  uy  sohiblari  bilan  ham 

suhbatlashdi. Xalqimizning tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib 

hayot  sharoiti  yaratib  berish  bugungi  kundagi  asosiy  vazifalardan  ekanini  alohida  qayd  etdi. 

Mutasaddilarga  viloyatning  qishloq  massivlarida  aholiga  shahardagidan  qolishmaydigan  turmush 

sharoitlari  yaratish,  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  ko‘lamini  yanada  kengaytirish  yuzasidan  tegishli 

tavsiyalar berdi.  

Prezidentimiz  Sherobod  tumanidagi  Abu  Iso  Muhammad  at-Termiziy  ziyoratgohida  amalga 

oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.  

Buyuk  ajdodimiz  hadis  to‘plashdan  tashqari  huquqshunoslik,  tabiatshunoslik,  tabobat,  ilmi  nujum, 

tilshunoslik,  axloq  va  boshqa  ko‘plab  sohalarda  ham  asarlar  yaratgan.  Musulmon  olamida  buyuk 

muhaddislardan biri sifatida mashhur bo‘lgan ulug‘ allomaning bebaho merosi bugungi kunda ham keng 

o‘rganilmoqda.  

Shu  kunlarda  bu  yerda  keng  ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Majmua  yonidagi  qabriston 

obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi.  

Davlatimiz  rahbari  majmuani  yanada  obod  maskanga  aylantirish,  qulay  sharoitlar  yaratish 

ziyoratchilar oqimini ko‘paytirish imkonini berishini ta’kidladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  Sherobod  tumanida  “Olmaliq  kon-

metallurgiya  kombinati”  aksiyadorlik  jamiyati  tomonidan  barpo  etilayotgan  sement  zavodi  qurilishi  bilan 

tanishdi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Surxondaryo  viloyatida  iqtisodiyotning  yetakchi  tarmoqlarini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya 

qilish, sanoat korxonalarini texnik va texnologik yangilash, yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etish 

yuzasidan  qator  istiqbolli  loyihalar  amalga  oshirilmoqda.  Mamlakatimizda  bunyodkorlik  ko‘lami 

kengaygani, iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga ehtiyoj tobora ortib borayotgani qurilish materiallari ishlab 

chiqaradigan  yangi  korxonalar  barpo  etishni  taqozo  etmoqda.  Shu  ma’noda  ushbu  zavodning  ishga 

tushirilishi ayni muddao bo‘ladi.  

Tumandagi  “Vandob”  qishloq  fuqarolar  yig‘ini  hududida  bunyod  etiladigan  sement  zavodi  qurilish 

sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Loyiha  qiymati  212,8  million  dollar  bo‘lgan  ushbu  sanoat  korxonasida  yiliga  1,5  million  tonna 

portlandsement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Korxona ishga tushirilgach, bu yerda mingdan ziyod ish 

o‘rni yaratiladi.  

Davlatimiz  rahbari  ushbu  zavod  nafaqat  viloyat,  balki  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  muhim  o‘rin 

tutishini  ta’kidladi.  Loyihachi  va  quruvchilar  bilan  suhbatda  qurilish  sur’atlarini  jadallashtirish,  sifat  va 

muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.  

Termiz  shahrida  Surxondaryo  viloyati  faollari  bilan  uchrashuv  bo‘lib  o‘tdi.  Yig‘ilishda  viloyatni 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish, aholi  turmush  darajasini  yanada oshirish,  yosh avlodni  tarbiyalash  va  ish 

bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

 

 



INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH UCHUN AVVALO UNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI, 

OSUDA VA FAROVON HAYOTI HIMOYA QILINMOG‘I KERAK 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat 

Mirziyoyev raisligida 9-fevral kuni ichki ishlar organlari 

faoliyati,  tizimda  mavjud  muammo  va  kamchiliklar, 

istiqboldagi  vazifalarga  bag‘ishlangan  videoselektor 

yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Unda  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi, 

tegishli  vazirlik  va  idoralar  rahbarlari,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  raisi,  viloyatlar,  Toshkent 

shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari ishtirok etdi.  

Prezidentimiz 

Shavkat 

Mirziyoyev 

istiqlolning 

dastlabki  yillaridan  yurtimizda  xavfsizlik  va  barqarorlikni 

ta’minlash,  jamoat  tartibini  saqlash  vazifalariga  ustuvor 

ahamiyat  berilayotganini  alohida  ta’kidladi.  Bu  profilaktika, 

tezkor-qidiruv,  tergov,  yo‘l  harakati  xavfsizligi,  yong‘in 

xavfsizligi,  qo‘riqlash,  patrul-post  xizmatlari,  alohida  vazifalarni  bajaruvchi  safarbarlik  otryadlari  qayta 

tashkil  etilganida,  ichki  ishlar  organlarining  moddiy-texnik  bazasi  muntazam  mustahkamlab 

borilayotganida namoyon bo‘lmoqda.  

Ichki  ishlar  organlari  xodimlari  bilan aholi  o‘rtasidagi  munosabatlarda  o‘zaro  ishonch  va  ochiqlikni 

ta’minlash  maqsadida  profilaktika  inspektorlari,  militsiya  tayanch  punktlari,  “Mahalla  posboni”  kabi 

institutlar tashkil etilgani yurtimizda tinch-osuda hayot ta’minlanishiga xizmat qilmoqda.  

Davlatimiz  rahbari  keyingi  vaqtlarda  huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  jinoyatchilikka  qarshi 

kurashish,  jamoat  tartibini  saqlash,  fuqarolarning  haq-huquqlarini  himoya  qilish,  jamoatchilik  bilan 

aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.  

Ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda. So‘nggi 

besh  yilda  "Tezkor-qidiruv  faoliyati  to‘g‘risida",  “Huquqbuzarliklar  profilaktikasi  to‘g‘risida”gi  qonunlar 

qabul  qilinib,  “O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to‘g‘risida”gi  qonunga  zamon  talablaridan  kelib 

chiqqan holda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

2016-yilda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani bu boradagi huquqiy-me’yoriy 

poydevorni yanada mustahkamladi.  

Ichki  ishlar  idoralarining faoliyat  samaradorligini oshirish,  mahalliy  hokimliklar, fuqarolarning  o‘zini 

o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.  

Prezidentimiz  bugun  ichki  ishlar  organlari  zamon  talablariga  nechog‘li  javob  bera  olayotganiga 

e’tibor  qaratdi.  Inson  manfaatlari  bilan  bog‘liq  masalalarni  kechiktirmasdan  hal  qilish  lozim  bo‘lgan 

bugungi  kunda  eskicha  fikrlash,  ishni  eski  “qolip”lar  asosida  tashkil  qilish,  o‘z  burchini  elga  xizmat 

tamoyiliga  asoslanib  emas,  balki  shaxsiy  manfaatlardan  kelib  chiqqan  holda  bajarish  kabi  amaliyotlar 

davom etmoqda.  

Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin. Lekin ayrim joylarda 

ularning  faoliyati  odamlar  e’tiroziga  sabab  bo‘lmoqda.  Ayniqsa  mol-mulkka  jinoiy  tajovuz  kabi  salbiy 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



holatlarga  to‘liq  chek  qo‘yilmagan.  Qasddan  tan  jarohati  yetkazish,  firibgarlik,  yo‘l-transport  hodisalari 

kamaymagan.  

Shavkat  Mirziyoyev  jinoyatlarni  ochish  borasida  ham  qator  kamchiliklar  mavjudligini  ta’kidladi. 

Xususan, o‘g‘irlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan.  

Jinoyat-qidiruv  faoliyatida  jiddiy  nuqsonlar  uchramoqda,  ayrim  joylarda  huquqni  muhofaza  qilish 

idoralari  o‘rtasidagi  hamkorlik  talab  darajasida  emas.  Qidiruvda  yurgan  aksariyat  shaxslarning  qo‘lga 

olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g‘oyat tashvishli holdir.  

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona 

va  sifatli  tergov  qilish,  shaxsning  jinoiy  qilmishiga  munosib,  adolatli  huquqiy  baho  berish  muhim  o‘rin 

tutadi.  Lekin  tergov  idoralari  ixtiyorida  qisqa  muddatda  tezkor  qonuniy  qarorlar  qabul  qilish  imkoniyati 

mavjud  ekaniga  qaramay,  qo‘shimcha  surishtiruv  yoki  tergov  harakatlari  talab  etilmaydigan  materiallar 

bo‘yicha  asossiz  ravishda  muddatni  uzaytirish,  cho‘zish,  fuqarolarni  sarson  qilish  kabi  salbiy  amaliyot 

hamon uchramoqda.  

Shavkat  Mirziyoyev  tergov  va  ayblash  bilan  cheklanmay,  jinoyatlarning  kelib  chiqish  sabablari, 

ularning shart-sharoit va omillarni o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar 

organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligini 

ta’kidladi.  

Yana  bir  tashvishli  holat:  xorijdagi  fuqarolarimizning  aksariyati  ishlash  maqsadida  yurtimizdan 

ketgan,  lekin  ularning  ayrimlari  turli  diniy-ekstremistik  oqimlar  ta’siriga  tushib  qolmoqda.  Chet  elga  ish 

qidirib  ketgan  fuqarolarni  aniqlash  va  qaytarish,  mahalla  raislari,  ma’naviyat-ma’rifat  markazlari,  imom-

xatiblar,  diniy  ma’rifat  va  ma’naviy-axloqiy  tarbiya  masalalari  bo‘yicha  maslahatchilar  bilan  hamkorlikda 

aholi  orasida  diniy  ekstremizmning  salbiy  oqibatlarini  targ‘ib  qilish  borasidagi  ishlar  zamon  talabi 

darajasida emas.  

Davlatimiz rahbari haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb 

e’lon qilishni taklif etdi. Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy 

telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha 

tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.  

Yoshlar  va  ayollar  jinoyatchiligi  borasidagi  ahvol  ham  kishini  tashvishga  solmay  qo‘ymaydi. 

Masalan,  2016-yilda  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  o‘quvchilari  mingdan  ziyod  jinoyatga  qo‘l 

urgani,  umumiy  jinoyatlarning  oltitasidan bittasini xotin-qizlar  sodir  etgani  afsuslanarlidir.  Buning asosiy 

sabablaridan biri o‘rta maxsus bilim yurtlarida o‘quvchilarning davomati tushib ketgani, bu holni o‘rganish 

va nazorat qilish bo‘yicha mukammal tizim yaratilmaganidir.  

Yig‘ilishda militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining 

turmush  sharoitini  yaxshilash,  ichki  ishlar  organlari  tizimini  kompleks  isloh  qilish,  uning  tarkibiy 

tuzilmalarini  optimallashtirish  masalalari  ko‘rib  chiqildi.  Ichki  ishlar  vazirligining  tashkiliy  tuzilmalari 

tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi.  

Mamlakatimizda  tadbirkorlar  huquqini  himoya  qilishga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  Prezidentimiz 

Shavkat  Mirziyoyev  ichki  ishlar  organlarining  tadbirkorlar  faoliyatiga  qonunga  xilof  ravishda  aralashishi 

yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.  

Murojaatlar  bilan  ishlash  tizimini  tubdan  takomillashtirish  ichki  ishlar  idoralarining  eng  dolzarb 

vazifalaridan biridir. Shu bois fuqarolar bilan munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish, odamlar bilan 

doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalq bilan hamnafas bo‘lib yashash va inson manfaatlaridan kelib chiqib 

ishlash lozim, dedi davlatimiz rahbari.  

Yig‘ilishda  ichki  ishlar  vaziri  A.Azizov,  Toshkent  shahar  va  viloyatlar  hokimlari,  ichki  ishlar 

boshqarmalari boshliqlarining axborotlari eshitildi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir 

rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lib  qolishi,  muammolarni  kabinetda  o‘tirib  emas,  balki  xalq 

orasida  yurib  aniqlashga  va  ularning  yechimini  topishga  qaratish,  yakuniy  natija  uchun  rahbarlarning 

shaxsiy javobgarligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini qisqa muddatlarda hal qilish, ishda aniq tartib va 

qat’iy  intizom o‘rnatish,  sohani  malakali  kadrlar bilan  ta’minlash,  ishdagi har  qanday salbiy  holatlarning 

oldini olish  va  bunday  illatlar  ildizini quritish –  ichki  ishlar organlarining  ustuvor  vazifasi  ekanini  alohida 

ta’kidladi.  

Mutasaddi  rahbarlarga  fuqarolarning  har  bir  murojaati  e’tiborsiz  qolmaydigan  tizim  yaratish, 

xizmatga  munosabatni  tubdan  o‘zgartirish,  jinoyat  tafsilotlarini  muhokama  qilish  mexanizmini 

shakllantirish,  ichki  ishlar  organlarining  xalq  vakillari  oldida  hisobot  berish  tizimini  yo‘lga  qo‘yish  orqali 

ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.  

Prezidentimiz  ichki  ishlar  organlari  quyi  bo‘g‘in  bo‘linmalari,  militsiya  tayanch  punktlari  va 

profilaktika  inspektorlari  faoliyati  samaradorligini  oshirish,  ichki  ishlar  bo‘limlari  faoliyatini  reyting  orqali 

baholash  tizimini  joriy  etish,  yoshlar  sodir  etayotgan  jinoyatlarni  chuqur  tahlil  qilib,  ularning  sababi  va 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



kelib  chiqishiga  zamin  yaratuvchi  shart-sharoitlarni  aniqlash,  barcha  ta’lim  muassasalariga  profilaktika 

inspektorlarini biriktirib, ular kundalik ish faoliyatini ta’lim muassasalaridan boshlashni amaliyotga tatbiq 

etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berdi.  

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari malakasini oshirish bo‘yicha tizim yaratish kerakligiga 

alohida  e’tibor  qaratdi.  Shu  maqsadda  Ichki  ishlar  vazirligi  akademiyasi  va  viloyatlardagi  oliy  o‘quv 

yurtlari bilan hamkorlikda maxsus kurslar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.  

Davlatimiz  rahbari  ekstremizm,  terrorizm  va  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  masalalari 

yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.  

Majlisda  ichki  ishlar  organlarining  har  bir  xodimi  bildirilgan  fikrlardan  tegishli  xulosa  chiqarib, 

mamlakatimizda  hukm  surayotgan  tinchlik-osoyishtalikni  yanada  mustahkamlash,  jamoat  tartibini 

saqlash,  har  bir  oila,  har  bir  inson,  mahalla  xavfsizligini  ta’minlashdek  murakkab,  ayni  vaqtda  sharafli 

vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-g‘ayratini safarbar etishi lozimligi ta’kidlandi.  

 

 


Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling