Axborot soati materialini


TIBBIYOT  SOHASINI  ZAMON  TALABI  DARAJASIDA  TAKOMILLASHTIRISH  INSON


Download 185.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.03.2017
Hajmi185.9 Kb.
#1819
1   2

TIBBIYOT  SOHASINI  ZAMON  TALABI  DARAJASIDA  TAKOMILLASHTIRISH  INSON 

MANFAATLARINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI 

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  2017-yil  5-

yanvar  kuni  sog‘liqni  saqlash  sohasi  mutaxassislari 

bilan  uchrashib,  ushbu  tizimni  takomillashtirish, 

muammo  va  kamchiliklarni  bartaraf  etish  bo‘yicha 

ko‘rsatmalar bergan edi. Xalqimiz salomatligi, ayniqsa, 

yosh  avlod  kelajagiga  daxldor  bu  soha  Prezidentning 

doimiy e’tiborida bo‘lishini alohida ta’kidlagandi.  

Davlatimiz  rahbari  mamlakatimiz  hududlariga  safari 

chog‘ida  qishloq  vrachlik  punktlari  va  klinikalarda  bo‘lib, 

shifokor  va  bemorlar  bilan  muloqot  qilmoqda.  Bu 

Prezidentimizning mazkur sohaga – xalqimiz salomatligiga 

doimiy e’tiboridan dalolat beradi.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

Shavkat 


Mirziyoyev  raisligida  7-fevral  kuni  5-yanvardagi  majlisda 

belgilangan vazifalar ijrosi, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga 

bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Majlisda  tegishli  vazirlik  va  idoralar  rahbarlari,  oliy  tibbiyot  o‘quv  yurtlari  rektorlari,  respublika 

ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlari  direktorlari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  raisi, 

viloyatlar,  Toshkent  shahri,  tuman  va  shaharlar  hokimlari,  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  rahbarlari 

ishtirok etdi.  

Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish 

yuzasidan  amalga  oshirilayotgan  ishlar  samaradorligi,  rahbarlar  mas’uliyati  va  shaxsiy  javobgarligi 

xususida atroflicha to‘xtaldi.  

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi 

vaziyatni  o‘zgartirish  ishlari  talab  darajasida  olib  borilmayapti.  Buni  aholidan  Xalq  qabulxonalari  va 

Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko‘plab ariza va shikoyatlar tasdiqlab turibdi.  

Birlamchi  tibbiyot  muassasalari,  ayniqsa,  qishloq  vrachlik  punktlari,  oilaviy  poliklinikalar,  patronaj 

xizmati,  tez  tibbiy  yordam  tizimining  faoliyati  hamon  qoniqarsiz  ahvolda  qolmoqda.  Shifoxonalar  va 

aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil 

etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.  

Tibbiyot  muassasalarini  malakali  kadrlar  bilan  ta’minlash,  respublika  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot 

markazlarining  faoliyatini  takomillashtirish  bo‘yicha  sezilarli  ishlar  ko‘zga  tashlanmayapti.  Sog‘liqni 

saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga yetarlicha e’tibor berilmayapti.  

Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-

uy  yurib,  kasalliklarni  profilaktika  qilishi,  sohadagi  o‘zgarishlarni  odamlar  sezishi  kerak.  Buning  uchun 

shifokorlarning  madaniyatini,  ma’naviyatini,  mas’uliyatini  oshirish,  ishga  va  bemorlarga  munosabatini 

o‘zgartirish zarur, dedi davlatimiz rahbari.  

Qishloq  vrachlik  punktlari  joylashuvini  qayta  ko‘rib  chiqish,  samarasiz  ishlayotgan  punktlarni 

optimallashtirish,  ularga  sarflanayotgan  mablag‘larni  talab  yuqori  bo‘lgan  QVPlarni  moddiy-texnik 

jihatdan  mustahkamlash,  maqsadga  muvofiqlarini  poliklinikalarga  aylantirish,  malakali  shifokorlarni 

rag‘batlantirishga  yo‘naltirish  zarurligi  ta’kidlandi.  Qishloq  vrachlik  punktlari  tunu  kun  ishlashi,  vrach  u 

yerda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



O‘tgan  yillarda  aholini  tibbiy  xizmat  bilan  qamrab  olish  bo‘yicha  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi. 

Joylarda  qishloq  vrachlik  punktlari  bunyod  etildi,  zamonaviy  asbob-uskunalar  bilan  ta’minlandi.  Lekin 

odamlar  quruq  binoga  bormaydi,  mutaxassisga  boradi.  Shu  bois  qishloq  vrachlik  punktlari  va 

poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika 

va  viloyat  shifoxonalaridagi  malakali  vrachlar  jadval  asosida  qishloq  vrachlik  punktlari  va  oilaviy 

poliklinikalarda  qabullar  o‘tkazishi  lozim,  dedi  Prezidentimiz.  Shunda  xalqimiz  tibbiy  xizmatdan  rozi 

bo‘ladi.  

Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  va  uning  hududiy  tuzilmalari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish, 

ixtisoslashtirilgan  markazlarning  tuman  tibbiyot  birlashmalari,  bu  birlashmalarning  qishloq  vrachlik 

punktlari va poliklinikalar bilan hamkorligini mustahkamlash haqida so‘z yuritildi. Tibbiy xizmatning qaysi 

turlari bepul amalga oshirilishi va qaysilariga pul to‘lanishini aniq belgilash, har bir muassasada ko‘rinarli 

joyga yozib qo‘yish zarurligi qayd etildi.  

Davlatimiz  rahbarining  2016-yil  31-oktabrda  qabul  qilingan  «Aholini  dori-darmon  vositalari  va 

tibbiyot  buyumlari  bilan  ta’minlashni  yanada  yaxshilashga  doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  qaroriga 

muvofiq  bu  mahsulotlarning  narxi  ancha  arzonlashdi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi 

huzuridagi  departament,  tegishli  vazirlik  va  hokimliklar  vakillari  ishtirokida  dori-darmon  vositalarining 

belgilangan narxlarda sotilishi nazorat qilib borilmoqda.  

Prezidentimiz dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, 

xalq  manfaatlarini  ta’minlash  maqsadida  Bosh  prokuratura  huzuridagi  departamentda  “Ishonch 

telefonlari” tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qo‘yiladi, 

televideniye orqali ko‘rsatiladi.  

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri A.Ikromov, 

vazirning  birinchi  o‘rinbosari  A.Hojiboyev,  vazir  o‘rinbosari  E.Bositxonova,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  departament  boshlig‘i  Z.Do‘sanov,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 

Jo‘qorg‘i  Kengesi  raisi  M.Erniyazov,  Toshkent  shahri,  Andijon,  Surxondaryo,  Samarqand,  Xorazm, 

Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Bekobod, Oltiariq, Vobkent tumanlari hokimlarining 

axborotlari tinglandi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  tibbiy  xizmat  samaradorligini  yanada 

oshirish,  bu  borada  belgilangan  ustuvor  yo‘nalish  va  vazifalarni  bekamu-ko‘st  bajarish  bo‘yicha 

mutasaddilarga  alohida  topshiriq  va  ko‘rsatmalar  berdi.  Tanqidiy  tahlil  ruhida  o‘tgan  yig‘ilish  tibbiyot 

sohasini  yanada  takomillashtirish,  tibbiy  xizmat  sifati  va  samaradorligini  zamon  talablari  darajasiga 

ko‘tarish ishlari tizimli ravishda olib borilishi va qat’iy nazoratda ekanligini ko‘rsatdi.  

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HARAKATLAR 



STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va 

suverenitetni  mustahkamlash,  xavfsizlik  va  huquq-tartibotni,  davlatimiz  chegaralari  daxlsizligini, 

jamiyatda  qonun  ustuvorligini,  inson  huquq  va  erkinliklarini,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik 

muhitini  ta’minlash  uchun  muhim  poydevor  bo‘ldi,  xalqimizning  munosib  hayot  kechirishi, 

fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.  

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor 

islohotlari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgani  va  pul-kredit  siyosati  puxta  o‘ylab  olib  borilgani 

makroiqtisodiy  barqarorlikni,  iqtisodiyotning  yuqori  sur’atlar  bilan  o‘sishini,  inflatsiyani  prognoz 

ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik 

harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.  

Ayni  vaqtda  mamlakatimiz  bosib  o‘tgan  taraqqiyot  yo‘lining  chuqur  tahlili,  bugungi  kunda  jahon 

bozori  kon’yunkturasi  keskin  o‘zgarib,  globallashuv  sharoitida  raqobat  tobora  kuchayib  borayotgani 

davlatimizni  yanada  barqaror  va  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlantirish  uchun  mutlaqo  yangicha  yondashuv 

hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.  

Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va  jamiyatning  har  tomonlama  va 

jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning 

barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:  

1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi 

qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik 

muhokamasi  natijasida  ishlab  chiqilgan  hamda  quyidagilarni  nazarda  tutadigan  2017-2021-yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish 

va  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  parlamentning  hamda  siyosiy  partiyalarning  rolini  yanada 

kuchaytirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  isloh  qilish,  davlat  xizmatining  tashkiliy-huquqiy  asoslarini 

rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, 

jamoatchilik  nazorati  mexanizmlarini  amalda  tatbiq  etish,  fuqarolik  jamiyati  institutlari  hamda  ommaviy 

axborot vositalari rolini kuchaytirish;  

qonun  ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh  qilishga  yo‘naltirilgan  sud 

hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  hamda  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya 

qilish  kafolatlarini  mustahkamlash,  ma’muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‘jalik  qonunchiligini,  jinoyatchilikka 

qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv 

tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;  

iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirishga  yo‘naltirilgan  makroiqtisodiy  barqarorlikni 

mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarini  saqlab  qolish,  milliy  iqtisodiyotning 

raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda 

davlat  ishtirokini  kamaytirish  bo‘yicha  institutsional  va  tarkibiy  islohotlarni  davom  ettirish,  xususiy  mulk 

huquqini  himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va 

hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;  

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, 

ijtimoiy  himoyasi  va  sog‘lig‘ini  saqlash  tizimini  takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini 

oshirish,  arzon  uy-joylar  barpo  etish,  yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy 

infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 

ta’lim,  madaniyat,  ilm-fan,  adabiyot,  san’at  va  sport  sohalarini  rivojlantirish,  yoshlarga  oid  davlat 

siyosatini takomillashtirish;  

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli 

va  amaliy  ruhdagi  tashqi  siyosat  yuritishga  yo‘naltirilgan  davlatimiz  mustaqilligi  va  suverenitetini 

mustahkamlash,  O‘zbekistonning  yon-atrofida  xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini 

shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.  

2. Quyidagilar:  

2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq;  

Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor 

yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar 3-7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.  

3. Belgilab qo‘yilsinki:  

Harakatlar  strategiyasini  o‘z  vaqtida  va  samarali  amalga  oshirish  barcha  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruvi  organlari  hamda  ularning  mansabdor  shaxslari  faoliyatining  birlamchi  vazifasi  va  bosh 

ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi;  

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har 

bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.  

4.  2017-yil  O‘zbekiston  Respublikasida  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili”  deb  e’lon 

qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.  



2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 

bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili”da  amalga 

oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  

5.  Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor 

yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, 

o‘z  vaqtida  va  sifatli  bajarilishini  tashkil  etish  va  nazorat  qilish,  shuningdek  Harakatlar  strategiyasini 

2018-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi 

yuklansin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan 

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar 

bilan  birgalikda  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  nodavlat 

notijorat  tashkilotlarining  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  bo‘yicha faoliyati 

muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin.  

Belgilab  qo‘yilsinki,  Davlat  dasturi  bajarilishining  borishi  to‘g‘risidagi  umumlashtirilgan  axborot 

Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor 

yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



6.  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  mas’ul  davlat  organlari  va 

tashkilotlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:  

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari  bilan  ishlash  tizimini  tubdan  takomillashtirish,  aholi 

bilan ochiq  muloqotni  yo‘lga qo‘yishning  yangi,  samarali  mexanizm  va  usullarini  joriy etish,  mansabdor 

shaxslarning  aholi  oldida  hisobot  berishi  tizimini  amalda  tatbiq  etish,  shu  asosda  xalqning  davlat 

hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga;  

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlarini  ko‘rib  chiqishda  byurokratik  to‘siq  va  g‘ovlar 

yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka;  

Davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi 

davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  deputatlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  organlari,  nuroniylar,  xotin-qizlar,  yoshlar,  ijodiy  va  ilmiy  muassasalar  vakillarining  keng 

ishtirok etishiga.  

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  normativ-huquqiy 

hujjatlar  loyihalarining  sifatli  va  o‘z  vaqtida  ishlab  chiqilishi,  kelishilishi  va  kiritilishi  ustidan  monitoring 

qilish  hamda  uning  natijalari  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devoni  va  Vazirlar 

Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta’minlasin.  

8.  O‘zbekiston  Milliy  axborot  agentligi,  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi,  O‘zbekiston 

Matbuot  va  axborot  agentligi  ommaviy  axborot  vositalarini  jalb  etgan  holda,  shuningdek  O‘zbekiston 

mustaqil  bosma  ommaviy  axborot  vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish 

jamoat  fondi,  Elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi,  O‘zbekiston  nodavlat  notijorat 

tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:  

mazkur  Farmonning  maqsad  va  vazifalarini  ommaviy  axborot  vositalarida,  shu  jumladan  Internet 

tarmog‘ida  keng  sharhlab  borilishini,  uning  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishga,  kuchli  fuqarolik 

jamiyatini  shakllantirishga,  shuningdek  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishni  ta’minlash,  aholi 

farovonligini  oshirish,  fuqarolarning  hayotiy  muammo  va  ehtiyojlarini  hal  etish,  jamiyatda  qonun 

ustuvorligi,  qonuniylik  va  adolat,  mamlakatimizda  tinchlik-osoyishtalik,  millatlararo  va  fuqarolararo 

totuvlikni  qaror  toptirish  maqsadida  davlat  organlarining  aholi  bilan  ochiq,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotini 

kuchaytirishga yo‘naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;  

Davlat dasturi doirasida  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlarning  borishi  va  natijalari  to‘g‘risidagi 

xolis, to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.  

9.  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  Harakatlar  strategiyasida  nazarda  tutilgan 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlarini  amalga  oshirish  bo‘yicha 

komissiyalarga  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ijtimoiy-siyosiy  va  sotsial-iqtisodiy  taraqqiyot 

tajribasini,  zarur  bo‘lganda,  xalqaro,  xorijiy  hukumat  va  nohukumat  tashkilotlari  vakillarini  jalb  qilgan 

holda, o‘rganishda ko‘maklashsin.  

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov 

va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.Mirziyoyev  

 

Toshkent shahri,  



2017-yil 7-fevral  

 

 



QONUN HUJJATLARINI TARQATISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 

Qabul qilingan qonun hujjatlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishida normativ-huquqiy hujjatlarni 

o‘z  vaqtida  tarqatish,  ijrochilarga  va  aholiga  ularning  mohiyati  va  mazmunini  tushuntirishning  samarali 

mexanizmlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.  

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, qonun hujjatlarini tarqatishning 

yaxlit tizimi shakllanmagan, normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan rasmiy tarqatmalarni ijrochilarga 

yetkazishning,  tushuntirish  ishlarini  olib  borishning  tartibi  va  muddatlari  hamda  bu  sohadagi  nazorat 

o‘rnatilmagan.  

Fuqarolarni  huquqiy  xabardor  qilish  asosan  an’anaviy  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  qog‘oz 

ko‘rinishida amalga oshirilmoqda, bu esa huquqiy axborotning to‘liqligi va erkin foydalanilishiga, uning o‘z 

vaqtida  tarqatilishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bunda  aholining  ijtimoiy  faol  qatlamlari,  shu  jumladan 

tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyoj va so‘rovlari inobatga olinmayapti.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

10 



Mavjud  kamchiliklar  mamlakatda  olib  borilayotgan  islohotlarni  amalga  oshirish,  jamiyatda  qonun 

ustuvorligi va qonuniylik tamoyillari samaradorligiga salbiy ta’sir qilmoqda.  

Normativ-huquqiy  hujjatlarni  tarqatish  tizimini  tubdan  takomillashtirish,  ijrochilar  va  aholini  qonun 

hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan ta’minlashning sifatini oshirish, ushbu 

sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida:  

1.  Qabul  qilingan  normativ-huquqiy  hujjatlarni,  ularga  kiritilgan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalarni 

ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlash, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek 

tegishli  qonun  hujjatlari  matnidan  moneliksiz  foydalanish  imkonini  yaratish  va  o‘z  tarkibiy  va  hududiy 

bo‘linmalarida  qonun  hujjatlari  normalarining  bir  xilda  qo‘llanilishi  ustidan  doimiy  nazoratni  amalga 

oshirish  vazirlik,  davlat  qo‘mitalari,  idoralar,  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlarining muhim vazifalari etib belgilansin.  

2. 2017-yilning fevralidan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  kiritilayotgan  qonun  loyihalari 

matnlarida tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va 

aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari, 

shu jumladan davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatilishi shart;  

hujjat  nazoratni  amalga  oshirish  yuklatilgan  mas’ul  davlat  organi  yoki  tashkiloti,  shuningdek 

mansabdor  shaxslar  tomonidan  imzolangandan  keyin,  uni  ijro  etish,  ijrochilarga  yetkazish  hamda 

mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi;  

normativ-huquqiy  hujjatlar  imzolangan  kuni  axborot-tahliliy  materiallari  bilan  birga  (normativ-

huquqiy  hujjatning  konsepsiyasi  bayon  etilgan  tushuntirish  xati,  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar 

tushuntirilgan  holdagi  taqqoslash  jadvali)  qog‘oz  va  elektron  shaklda  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligiga yuboriladi;  

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  bir  kunlik  muddatda  normativ-huquqiy  hujjatlarni  va 

tegishli  axborot-tahliliy  materiallarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadigan  ro‘yxat  bo‘yicha  barcha davlat organlari  va  tashkilotlariga  elektron  shaklda  yetkazilishini 

ta’minlaydi;  

davlat  organlari  va  tashkilotlari  normativ-huquqiy hujjatlarning  axborot-tahliliy  materiallari  asosida, 

qabul  qilingan  qonun  hujjatlarini  ijrochilarga  yetkazish  hamda  mohiyati  va  ahamiyatini  aholiga 

tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.  

3.  Qonun  hujjatlarini  tarqatish,  ularning  mohiyati  va  ahamiyatini  ijrochilar  va  aholiga  tushuntirish 

sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  

4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin:  

normativ-huquqiy  hujjatlarni  barcha  davlat  organlari  va  tashkilotlariga  o‘z  vaqtida  yetkazish, 

ularning  normativ-huquqiy  hujjatlarni  tarqatish  bo‘yicha  faoliyatini  samarali  muvofiqlashtirish,  uslubiy 

rahbarlik va nazorat qilish;  

davlat  organlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  va 

ommaviy  axborot  vositalari,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  jalb  qilgan  holda  jamiyatda 

huquqiy targ‘ibotni tashkil etish;  

davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirish va 

takomillashtirish,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  sud-huquq  tizimini  rivojlantirish,  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarni  chuqurlashtirish,  shuningdek  mamlakatda  qonun  ijodkorligi,  huquqni  qo‘llash,  huquqni 

muhofaza  qilish  faoliyati  sohasida  fundamental  va  amaliy  tadqiqotlarning  amalga  oshirilishini 

muvofiqlashtirish;  

sud  ekspertizasi  faoliyatini  yanada  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlarini  ishlab  chiqish,  sud 

ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;  

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy 

asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish.  

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining Qonun hujjatlarini  turkumlash  va  huquqiy axborot 

boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi negizida:  

boshqaruv  xodimlarining  cheklangan  umumiy  soni  tegishli  ravishda  10  va  28  shtat  birlik  bo‘lgan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  Huquqiy  targ‘ibot  va  axborot  boshqarmasi  va  uning 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  adliya  boshqarmalaridagi 

hududiy bo‘limlari;  

boshqaruv  xodimlarining  cheklangan umumiy  soni  7  shtat  birlik  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Adliya  vazirligining  Yuridik  ta’lim  va  sud-ekspertiza  faoliyatini  muvofiqlashtirish  boshqarmasi  tashkil 

etilsin.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

11 



6.  Huquqiy  targ‘ibot  va  ma’rifat  bo‘yicha  davlat  organlari  ishlarini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha 

Idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda – Idoralararo kengash)ning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq 

tasdiqlansin.  

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  bir 

haftalik  muddatda  hududiy  adliya  boshqarmalari  boshliqlari  rahbarligida,  tarkibiga  boshqa  huquqni 

muhofaza  qiluvchi  organlarning,  sudlarning,  davlat  boshqaruvi  organlarining,  ta’lim  muassasalarining, 

nodavlat  notijorat  va  boshqa  tashkilotlarning  vakillarini  kiritgan  holda  Idoralararo  kengashning  hududiy 

komissiyalarini tashkil etsin.  

Quyidagilar  Idoralararo  kengash  va  uning  hududiy  komissiyalarining  asosiy  vazifalari  etib 

belgilansin:  

ijrochilar  va  aholini  qonunchilikning  mohiyati  va  ahamiyati  to‘g‘risida  xabardor  qilishning  sifatini 

tubdan oshirish,  ushbu faoliyatni  tashkil qilishga prinsipial yangi  yondashuvlarni  ishlab  chiqish  bo‘yicha 

kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;  

aholining  turli  qatlamlari,  shu  jumladan  tadbirkorlar  va  yoshlarning  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojlarini 

hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy 

etish;  


davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanilishini ta’minlash, 

ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish 

faoliyatini muvofiqlashtirish.  

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi, 

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har yili tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi 

Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning ahvoli to‘g‘risidagi 

axborotining eshitilishi amaliyotga joriy qilinsin.  

8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi  (keyingi  o‘rinlarda  –  Milliy 

baza)ga 2017-yilning 25-sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomi 

berilishi munosabati bilan:  

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  Huquqiy  axborot  bilan  ta’minlash  markaziga 

(keyingi  o‘rinlarda  –  Markaz)  qonun  hujjatlarining  Milliy  bazada  rasmiy  nashr  etilishini  ta’minlash 

mas’uliyati yuklatilsin;  

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki 

oy  muddatda  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  hamda  davlat  organlari  va  tashkilotlari  o‘rtasida 

qonun  hujjatlarini  tezkor  tarqatish  maqsadida  himoyalangan  aloqa  kanallari  (VPN)  orqali  idoralararo 

elektron hamkorlikni tashkil etsin;  

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudiga Konstitutsiyaviy sud 

qarorlarini, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan 

tushuntirishlar  berish  to‘g‘risidagi  qarorlarini  ular  imzolangan  kundan  e’tiboran  bir  kun  ichida  elektron 

shaklda Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborish tavsiya etilsin;  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Tashqi 


ishlar 

vazirligi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

xalqaro 

shartnomalarining elektron versiyalarini ular kuchga kirgan kundan e’tiboran bir kun ichida Milliy bazaga 

joylashtirish uchun Markazga yuborsin;  

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 

va  boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda  Milliy  baza  doirasida  eng  ko‘p  talab 

qilinadigan  normativ-huquqiy  hujjatlar  matnlarining  ingliz  tilidagi  ma’lumotlar  bankini  yaratish,  Milliy 

bazani  takomillashtirish  va  Markazning  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  bo‘yicha  ishlarni 

moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda texnik ko‘mak (grantlar)ni jalb qilish masalasini ishlab chiqsin.  

9.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  normativ-huquqiy  hujjatlarni  tarqatish  va  huquqiy 

targ‘ibot  tizimini  takomillashtirish  maqsadida  adliya  organlari  va  Markazning  moddiy-texnika  bazasini 

rivojlantirish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan  ro‘yxatlarga  ko‘ra  olib 

kiriladigan  O‘zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqarilmaydigan  uskuna,  komputer  va  server  texnikasi, 

texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun 3-yil muddatga bojxona 

to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.  

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:  

normativ-huquqiy  hujjatlarni  tarqatishning  ta’sirchan  mexanizmlarini,  ularni  aholi  o‘rtasida  keng 

tushuntirish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni  nazarda  tutuvchi  “Huquqiy  axborotni  tarqatish  va  undan 

foydalanishni  ta’minlash  to‘g‘risida”gi  qonun,  shuningdek  yangilangan  Huquqiy  targ‘ibot  va  ma’rifat 

bo‘yicha  davlat  organlari  ishlarini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  Idoralararo  kengash  to‘g‘risidagi  nizom 

loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;  

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi 

va  O‘zbekiston  milliy  teleradiokompaniyasi  bilan  birgalikda  ommaviy  axborot  vositalarining  qabul 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

12 



qilinayotgan  normativ-huquqiy  hujjatlarning  mohiyati  va  ahamiyatini  yetkazish  bo‘yicha  rolini  yanada 

kuchaytirishni,  qonun  hujjatlariga  mustaqil  ekspertlar,  mutaxassislar  va  aholining  fikri  va  munosabatini 

aks  ettiruvchi  tahliliy  tok-shoular,  munozaralar,  bahslar  hamda  qonun  hujjatlari  va  huquqni  qo‘llash 

amaliyotini  keng  muhokama  qilishning  boshqa  zamonaviy  shakllarini  joriy  qilishni  nazarda  tutuvchi 

Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;  

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning ekspert tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib 

chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi  X.Sulaymonova  nomidagi  Respublika  sud 

ekspertizasi markazi hududiy bo‘linmalarining sonini ko‘paytirishga doir takliflar kiritsin;  

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan 

o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.  

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.  



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh.Mirziyoyev  

Toshkent shahri,  



2017-yil 8-fevral  

Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling