Axborot soati materiallari


Axborot soati materialini


Download 0.7 Mb.
Pdf просмотр
bet4/4
Sana15.12.2019
Hajmi0.7 Mb.
1   2   3   4
Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

16 


 

roʻyxatini Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirish belgilangani, avvalambor, ogʻir 

va eng murakkab joylarni obod qilish imkonini beradi. 

Yana bir yangilik 

– Xalq qabulxonalari sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, 

murojaatlar  bilan  ishlash  holati  yuzasidan  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashlari  majlisida 

muhokama qilish uchun har chorakda axborot kiritadi hamda ushbu axborot yuzasidan mutasaddi 

tashkilotlar rahbarlari hisoboti eshitiladi. Ayni mana shu mexanizm hududlarda murojaatlar bilan 

ishlash  borasidagi  xato-kamchiliklar  kamayishiga  xizmat  qiladi,  rahbarlarning  xalq  oldida  hisob 

berish tizimini yanada samarali 

yoʻlga qoʻyish imkonini yaratadi. 

Bunda respublika darajasida hal etiladigan muammolar 

toʻgʻrisida maʼlumotlar Oʻzbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  Fuqarolar  huquqlarini  himoya  qilish,  murojaatlar  bilan  ishlashni 

nazorat  qilish  va  muvofiqlashtirish  masalalari 

boʻyicha  maslahatchisi  tomonidan  Vazirlar 

Mahkamasiga hal qilish uchun kiritiladi. 

Shu bilan birga, Xalq qabulxonalariga bir qator 

qoʻshimcha vazifalar ham yuklatildi. Xususan, 

endi  Xalq  qabulxonalari  sektorlar,  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlarning  uyma-uy  yurish, 

ijtimoiy va boshqa obyektlarni 

oʻrganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish 

borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi. 

Hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ommaviy va sayyor 

qabullar 

oʻtkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilishi esa bunday tadbirlar samaradorligini 

oshirishga xizmat qiladi, albatta. 

Yana  bir  jihati,  mazkur  farmon  asosida  Xalq  qabulxonalarining  mahallalar  hududlarining 

ijtimoiy-iqtisodiy  holatini  baholash  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  sohadagi  hududiy,  tarmoq  va  davlat 

dasturlarini  ishlab  chiqish  va  ijrosini  nazorat  qilishda  ishtirok  etishi  bunday  hujjatlarda 

murojaatlarda 

koʻtarilgan muammolar kengroq aks ettirilishi uchun puxta zamin yaratadi. 

Har  doim 

eʼtiborimiz  markazida  boʻlib  kelayotgan  dolzarb  masala  –nogironligi  boʻlgan 

shaxslar,  kam 

taʼminlangan  va  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamlariga  koʻmaklashish 

masalasi 

boʻyicha farmonda tegishli vazifalar belgilab berilgan. Bundan buyon davlat organlari va 

boshqa  tashkilotlarning  mazkur 

yoʻnalishdagi  ishlarini  muvofiqlashtirish  Xalq  qabulxonalari 

tomonidan amalga oshiriladi. 

Xalq  qabulxonalari 

oʻzining  faoliyat  yoʻnalishlari  boʻyicha  jamoat  va  nodavlat  notijorat 

tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  hamkorlik  qilishi  yuzasidan  belgilab 

qoʻyilgan 

vazifalar ular faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni 

taʼminlash, amalga oshirilayotgan keng koʻlamli 

ishlardan jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda yangi imkoniyatlar yaratib beradi. 

Qayd  etilgan  bunday  keng 

koʻlamli  vazifalarning  bajarilishini  taʼminlash  uchun  Xalq 

qabulxonalariga bir qancha imkoniyatlar ham berilmoqda. Masalan, Xalq qabulxonalari sektorlar, 

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va 

boshqa  obyektlarda  aniqlangan  muammolarni  hal  qilish  borasidagi  faoliyatini  tizimli 

oʻrganish, 

koʻrib  chiqilishi  majburiy  boʻlgan  taqdimnomalar  kiritish,  shuningdek,  sektorlar  faoliyatini 

baholashda ishtirok etadi. 

Xalq  qabulxonalariga  sektorlar  shtabi  tarkibiga  kiritilgan  davlat  organlari  hududiy 

boʻlinmalarining  mansabdor  shaxslari  va  xodimlarini  ragʻbatlantirish  yoki  yoʻl  qoʻyilgan  jiddiy 

kamchiliklar  uchun  ularni  lavozimidan  ozod  etishgacha 

boʻlgan  intizomiy  javobgarlikka  tortish 

boʻyicha yuqori turuvchi davlat organlariga taklif kiritish huquqi ham berilmoqda. 

Shular  qatorida  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlardan  faoliyat  uchun  zarur 

boʻlgan 

axborot hamda hujjatlarni 

soʻrash va olish, ularning mutaxassislarini jalb qilish, davlat organlari 

va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  ular  faoliyati  va 

koʻrsatadigan  xizmatlariga  oid  tartib-

qoidalarning aholiga 

toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrish huquqi 

berildi. 

Tabiiyki, bunday muhim va 

masʼuliyatli vazifalarni bajarish uchun salohiyatli kadrlar zarur. 

Shu  munosabat  bilan  Farmonda  Xalq  qabulxonalari  moddiy-texnik  bazasini  yanada 

mustahkamlash,  ularning  kadrlari  tarkibini  aholi  bilan  bevosita  ishlash  uchun  zarur 

boʻlgan 

bilimga,  tashkilotchilik  va  tahlil  qilish  qobiliyatiga,  yuksak 

maʼnaviy-axloqiy  va  psixologik 

fazilatlarga  ega 

boʻlgan  malakali  mutaxassislar  bilan  taʼminlash,  muntazam  ravishda  malaka 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

17 


 

oshirishini 

yoʻlga  qoʻyish,  faoliyatida  yuqori  koʻrsatkichlarga  erishgan  xodimlarni  moddiy  va 

maʼnaviy  ragʻbatlantirib  borish  yuzasidan  bir  qator  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  koʻzda 

tutilgan. 

Shular  qatorida  Xalq  qabulxonalarining  yangilangan  nizomi,  ularning  sektorlar,  davlat 

organlari  va  boshqa  tashkilotlar  bilan 

oʻzaro  hamkorligi  tartibi,  Xalq  qabulxonalari  faoliyatini 

baholash tartibi va mezonlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Misol uchun, 

Xalq qabulxonalarining aholi muammolari bilan ishlash samaradorligi indeksini aniqlashda uyma-

uy  yurish  orqali 

oʻrganib  chiqilgan  uy  xoʻjaliklari,  ijtimoiy  va  boshqa  obyektlar,  muammolarning 

hudud darajasida hal etilishi holati, respublika darajasida hal etilishi, belgilangan muammolarga 

yechim topish uchun zarur choralar 

koʻrish darajasi, muammoni hal etishning oʻrtacha muddati 

kabi mezonlarga tayanilishi rejalashtirilgan. 

Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini 

taʼminlash asnosida endi mahallalar 

hududlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  holati  u  yerdagi  ijtimoiy  infratuzilma,  iqtisodiy  vaziyat,  ijtimoiy 

muhit,  ijtimoiy  soha  obyektlarining  holatidan  kelib  chiqib, 

“namunali”,  “yaxshi”  va  “qoniqarsiz” 

toifalarga ajratilgan holda baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, bundan buyon turli dastur va 

loyihalarni  amalga  oshirishda  birinchi  navbatda  eng 

ogʻir  hududlarga  eʼtibor  qaratilib, 

muammolarni yechish chora-tadbirlari 

koʻriladi. 

Shuningdek,  farmonda  uy-joylar, 

yoʻl  qurilishi,  elektr  energiyasi,  tabiiy  gaz,  ichimlik  suvi 

tarmoqlari,  kanalizatsiya  va  boshqa  kommunal 

xoʻjalik  obyektlari,  ijtimoiy  soha  maskanlarini 

qurish  va 

taʼmirlash  hamda boshqa  davlat  dasturlari,  shuningdek, aholini  ijtimoiy  himoya  qilish 

uchun ajratilgan 

mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv 

davlat  xizmatlari  portalida  tuman  va  shahar  kesimida  joylashtirilishi  va  muntazam  ravishda 

yangilab borilishini 

taʼminlash boʻyicha aniq koʻrsatma berilgan. 

Farmonda yana bir muhim masala yechimi 

koʻrsatib oʻtilgani katta amaliy ahamiyatga ega. 

Bunga 


koʻra,  “Hudud” axborot  tizimi  yanada takomillashtirilib,  unga  barcha  Xalq  qabulxonalari, 

davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi. Natijada Xalq qabulxonalari xodimlari, 

sektorlar  shtablari 

aʼzolari  turli  hujjatlarni  toʻldirish,  yuritish,  saqlash,  rasmiylashtirish  kabi 

ishlardan xalos 

boʻlib, asosiy vaqtini fuqarolar bilan koʻproq bevosita muloqot qilish, muammolarni 

joyida 

oʻrganish uchun uzoq hududlarga chiqish ishlariga sarflash imkoniyati koʻproq boʻladi. 



Mazkur  choraning  mantiqiy  davomi  sifatida  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlarning 

hududiy 


boʻlimlari  faoliyati  hamda  ular  koʻrsatadigan  xizmatlarga  oid  tartib-qoidalar  zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari,  xususan,  mobil  ilovalar,  veb-saytlar,  elektron 

toʻlov 

vositalari orqali aholiga 



toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishi 

fuqarolarimizning ham vaqtini, ham 

mablagʻini tejashga xizmat qiladi. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  2019  yilning  1  iyuliga  qadar  barcha  davlat  organlari  va  boshqa 

tashkilotlarning viloyat 

boʻlinmalari veb-saytlarini, 2020 yilning 1 yanvariga qadar tuman va shahar 

boʻlinmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qoʻyilgani fuqarolarga davlat organlarining hududiy 

boʻlinmalariga bevosita elektron murojaat qilish imkoniyatini yaratadi. 

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Prezidentimiz 

tomonidan  ilgari  surilgan  va  bugun  hayotimizdan  tobora  chuqur 

oʻrin  olayotgan  ushbu  tamoyil 

yurtdoshlarimizning hayotdan rozi 

boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda. Bugun poytaxt Toshkent 

shahridan  to  mamlakatimizning  eng  uzoq  hududida  yashayotgan  yurtdoshimizga  qadar 

islohotlarning real natijasini 

oʻz hayotida koʻra boshlagani, bu yangilanishlar minglab oilalar hayoti, 

millionlab  insonlarning  ongi,  qalbi  va  dunyoqarashi 

oʻzgarishiga  ham turtki boʻlayotgani buning 

yaqqol  isbotidir.  Prezidentimizning 

“Aholi  muammolari  bilan  ishlash  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi  farmoni  Xalq  qabulxonalari  faoliyatini  yangi 

bosqichga 

koʻtarishi  barobarida,  islohotlar  taʼsirchanligini  yanada  oshirishga,  xalqimizning 

hayotdan rozi 

boʻlishi uchun yanada keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi 



shubhasiz. 

manba 

O‘zA 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling