Axborot Sohasida Globallashuv
Download 256.17 Kb.
|
axborot
Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi. Ingliz olimi Voterning fikriga ko‘ra, “g‘arblashtirish” jarayonini “zamonaviylashtirish” jarayoni deb ham aytish mumkin. Biroq “zamonaviylashuvning ijtimoiy tuzilishi” bo‘lgan kapitalizm, mustamlakachilik, sanoatlashuv, byurokratizm, imperalizm va hokazolar globallashuv jarayonining asosiy negizini tashkil qiladi. Ya’ni gap “g‘arblashtirish” haqida ketganda, g‘arbiy kapitalizmning jahon miqyosida ustun turishi nazarda tutiladi. Masalan, 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 304 millionni tashkil etgan.
Umumbashariy madaniyat insonning ong-u shurini nurafshon etadi. Millatning qarashlariga ijobiy ta’sir qiladi. Biroq vayronkor g‘oyalarning bir dasta gul ichida o‘tkir xanjar kabi yashirinib turishi globallashuvning salbiy jihatlari ham borligini esga soladi. Chetdan o‘tkazilayotgan mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar globallashuv shabadasini bo‘ronga va dovulga aylantirib yuborayotganidan ko‘z yummasligimiz kerak. Shu o‘rinda rossiyalik olim A.Zinovevning «Globallashuv yangi jahon urushi. U yangi tipdagi jahon urushi...» degan ta’kidi kishini ancha sergak torttiradi.
Download 256.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling