Axborot texnalogiyalari fanidan 3-mustaqil ta’lim
Formulalar. Formulalarni qo'yish
Download 269.34 Kb.
|
3-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Formulalar. Formulalarni qoyish.
- Royxatdagi malumotlarni tashkil qilish va tekshirish
1. Formulalar. Formulalarni qo'yish. Formula ishchi varag'ida ma'lumotlarni qayta ishlashning muhim vositasidir. Formula yozishning qoidasi. Formulaga quyidagi elementlar kirishi mumkin: operatorlar, funktsiyalarning nomlari, yacheykaning adresi. Formulalarni yozish har doim "q" belgi bilan boshlanadi, keyin formulalarning boshqa elementlari yoziladi. Masalan: =SUMM (Al, A2) -ikki A1 va A2- yacheykalar adresi, ya'ni yig'indisini topish kerak bo'ladi. Ta'kidlash kerakki, funktsiyaning argumentlari har doim doiraviy qavslarda joylashadi, bo'lish uchun "," dan foydalaniladi. Boshqa yozuv ham bo'lishi mumkin =A1=A2. Aytish lozimki, yacheykalar adresini yozish faqat lotin alfavitining harflari bilan bajariladi. Formula yozishda ishlatiladigan belgilar: "+" - yig'indi, "-" - ayirma, "/" -bo'linma, "*" - ko'paytma.
2. Ro'yxatdagi ma'lumotlarni tashkil qilish va tekshirish Ro'yxat o'xshash ma'lumotlardan iborat ishchi varag'idagi ketma-ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg'ulotda ko'plab ro'yxatlarni o'quvchilarning o'zlaridan ham foydalanib keltirish mumkin. Bu ro'yxatlar ma'lumotlar bazasi bo'lib ham xizmat qiladi. Masalan, agar o'quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo'lsalar, familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar belgisi (metka) maydon nomi desa bo'ladi. Ro'yxatlar ustida quyidagi amallarni o'tkazish mumkin: - izlash;- saralash;- yakunlash;- ro'yxatdagi ma'lumotlarni filtrlash. Bu erda shuni ta'kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, ro'yxatni ma'lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro'yxat bilan ishlash izlash, saralash va turli ma'lumotlar bilan ishlashni birmuncha engillashtiradi.
Download 269.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling