Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz? Axborot texnologiyalari
Ijtomoiy sohani rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati qanday deb o’ylaysiz?
Download 382.38 Kb.
|
Muhammadali
Ijtomoiy sohani rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati qanday deb o’ylaysiz?
Ijtimoiy sohada axborot – kommunikasiya texnalogiyalarining asosiy mamalakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “ Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo`nalishlari”ga bag`ishlangan Vazirlar mahkamasi Majlisidagi ma`ruzasida “ Bugungi sharoitda internet va elektronika davrida iqtisodiyota tarmoqlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir” - deb takidladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy va iqtisodiy sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning naqadar muhimligi va samaradorligi jahon miqyosida mazkur yo`nalishda olib borilgan tadqiqotlarda va tahlillarda yaqqol namoyon bo`ladi. Bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to`g`ri kelishi, 2020-yilda bu ko`rsatkichda 9 foizdan oshishi, mamlakatimizda yalpi ichki maxsulotning atigi 2 foiziga yaqini axborot - kommunikatsiya texnologiyalar xissasiga to`g`ri kelishi ushbu sohasning jadal sur`atlarda rivojlantirishni taqozoetadi. Mamlatimiz ijtimoiy sohasida zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan mamlakatimiz oily ta`lim muassasalarida axborot - kommunikatsiya texnologiyalar barcha sohalarda joriy etishga qodir bo`lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotgani, zamonaviy texnalogiyalatga asoslangan ishlab chiqarishning sanoat va qishloq xo`jaligiga joriy etilishi, ushbu sohada ilg`or tajribaga ega bo`lgan Koreya Respublikasi hamkorlik mamalakat eksport salohiyatning yildan-yilga oshib borishi mazkur sohani rivojlantirishga zamin bo`lib xizmat qiladi. Malumki, dunyoda sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning barchasida axborot - kommunikatsiya texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish joriy etilgan. Axborot – kommunikasiya texnalogiyalarining iqtisodiy va ijtimoiy o`sishni ta`minlashdagi ro`li. Ayniqsa davlatlarning global moliyaviy - iqtisodiy inqiroz oqibatlariga qarshi kurash jarayonida yana ham o`sdi. Axborot – kommunikasiya texnalogiyalarining saoa tarmog`i odatda telekomunikatsiya xizmatlar ko`rsatish, electron usukunalar, hisoblash texnikalari, va dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarishdan tarkib topgan bo`lib, iqtisodiyotning rivojida muhim o`rin tutadi. Yuqori tezlikda internet, keng polosali mobil aloqa va kompyuter xizmatlariga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanishning kengayishi odamlarning o`zaro munosabatlarini yengillashtiradi va tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi hamda ijtimoiy samaraga va iqtisodiy o`sishga olib keladi. Keyingi yillarda mamalakatimizda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egallagan sanoat tarmoqlari bialn bir qatorda, agror sohada ham axborot tizimlaridan foydalanish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dehqonvhilikda o`simliklarning mineral oziqaga va suvga bo`lgan talabni aniqlash, unmdorligi bo`yivha tuproq xaritalarini chizish, yerlarni tekislash, yetishtirilgan mahsulotni qabul qilib olish va istemilchiga yetkazib berish tizimini takommillashtirib berish, tochilab sug`orish va boshqa qator agro texnik tadbirlarda aborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish yo`lga qo`yilmoqda bu esa fermerlar uchun qulayliklar yaratishga, ishlab chiqarishga maxsulotning yalpi ichki maxsulotdagi hissasini oshishga olib keladi. Shu o`rinda bir misol savdo sotiq jarayoniga axborot tizimi joriy etilishdan oldin yetarli axborotga ega bo`lmagan Hindistonlik fermerlar tomonidan o`zlarining soya, tamaki, bug`doy kabi dehqonchilik maxsulotlarini an`anaviy bozorlarda juda arzon narxlarda sotilgan. Axborot sohasining rivojlanishi esa istemolchi bilan fermerning to`g`ridan to`gri axborot almashishga va tavarlarni savdo agentlariga to`lov to`lamasdan to`g`ridan to`g`ri sotishga imkon yaratgan. Axborot – kommunikasiya texnalogiyalarining ijtimoiy sohani isloh qilishda ham muhim yo`nalishlarda biriga aylanib ulgurdi. Aholi salomatligini saqlash va atrof muhitning muhofaza qilishda yuqori texnolgiyalarga asoslangan informatsion tizimlardan keng foydalanishni yo`lga qo`yish, yani atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, o`simliklar qoplami aholining yashash muhiti va salomatligining holati hamda hududlari kesimida ekologik axborot bazasini yuritish bo`yicha ekologik monitorning o`tkazish va boshqalar axborot kommunikarsiya texnologiyalarining ijtimoiy soha tarqqiyotidagi nufuzini yanada oshishga olib kelmoqda. Ko`rib turganimizdek ijtimoiy sohada axborot – kommunikasiya texnalogiyalarining vazifalari, rivojlanish juda jadal kechmoqda. Nafaqat yuqorida misol keltirgan sohalarimizdan tashqari har bir mikro sohadan tortib makro sohagacha axborot texnalogiyalaridan foydalanish, texnologiyalarsiz ishning bitmasligi, 21 asr kompyuter texnologiyalar asri deb bejiz aytilmagan. Hozirgi kunda har bir ishimiz texnologiyalarga bog`liq bo`lib qoldi, hayotimizning bir qizsmiga aylandi desak ahm mubolag`a bo`lmaydi. Bundan tashqari: Bilimlar darajasini orttirish uchun odamlarni zarur axborotdan voqif qilish, bilimlarni muntazam ravishda egallab, yangilab borishga nisbatan ularda ishtiyoq uyg’otish, ijodiy n tafakkurni kuchaytirish kerak. Tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ya’ni inson informatika yordamida avlod ajdodlarimiz to’plagan va umumlashtirgan ijtimoiy hamda ishlab chiqarish tajribalarni, ilmiy bilimlar, ijtimoiy g’oyalar, estetik boyliklar va boshqalarni o’zlashtirar ekan, ongida yangi dunyoqarashni shakllantiradi. Axborot infratuzilmasi - axborotni to’plash, qayta ishlash va ommaga etkazish shartsharoitlarni rivojlantirish imkonini beruvchi vositalar majmuasidir. Download 382.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling