Axborot texnologiyalari faniga kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar axborot texnologiyalariga kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar
Download 8.01 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia
- MULTIMEDIA VOSITALARI
MULTEMEDIA TEXNOLOGIYASI
Multimedia – turli ma'lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo‘llash tartiblarini ta'riflovchi texnologiya. Multimedia – kompyuter apparat ta'minoti (kompyuterda kompakt disklar o‘qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma'lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystick va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi). Multimedia – bu bir necha ma'lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Shuningdek, multimedia atamasi ma’lum hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan tezkor foydalanish huquqini beruvchi axborot tashuvchilarni tavsiflashda ham qisman qo’llaniladi (bunday tipdagi birinchi axborot tashuvchilar CD – Compact Disklar bo’lgan). MULTEMEDIA TEXNOLOGIYASI MULTIMEDIALI TEXNOLOGIYA Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. MULTIMEDIA VOSITALARI Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalrok o’zlashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi hotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi. Download 8.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling