Axborot-texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar


Download 18.07 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi18.07 Kb.
#1100830
Bog'liq
Kelajakda IT olamida mening o


Kelajakda IT olamida mening o’rnim
REJA:
I Kirish “Axborot-texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar”
II Asosiy qism: 1. Axborot-texnologiyalarining ta’lim sohasida tutgan o’rni
2. IT sohasi va uning istiqbollari
3. Dasturlashni o’rganishning asosiy sabablari
III Xulosa
XXI asr axborot texnologiyalari asri deb ta’kidlanadi. Darhaqiqat, hozirgi zamonni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha jihatlariga sezilarli darajada ta'sir ko‟rsatmoqda. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi: Ma`lumotlarga ishlov beruvchi aхborot teхnologiyalari. Ular ma`lum aniq algoritmlar bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo`ljallangan.
Masalan, har bir tashkilotda o`zining хodimlari haqidagi aхborotga ishlov beruvchi. Boshqarishning aхborot teхnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan insonlarning aхborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning aхborot tizimlari tashkilotning o`tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi aхborotni beruvchi. Tashkilot aхborot teхnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy aхborot teхnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va aхborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maхsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi. Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko`plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi aхborot teхnologiyalarini ta`minlay oladi. Haqiqatdan ham bugungi jamiyatning ayni damdagi rivoji axborot va axborotlashtirish bilan bevosita bog’liq.
Ayniqsa ta’lim tizimida uning o’rni va roli toboro kuchayib bormoqda. Negaki, dunyo tamaddudining keying bosqichida har bir davlatning iqtisodiy taraqqiyotini hohlaymizmi yo’qmi zamonaviy qilib aytganda IT sohasini puxta o’zlashtirgan kadrlar belgilashi o’z-o’zidan ayon. Mamlakatimizda ham keyingi yillarda bu borada amaliy ishlarga qo’l urilmoqda. Xususan, axborot texnologiyalari sohasida o’quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun hech qanday sohani IT mutaxasislarisiz tasavvur etib bo’lmaydi: Statistik ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, tezkor uzatish ma’lumotlarni deyarli har bir sohada sifatli o’zgarishlarga olib keldi. Ishlab chqishni avtomatlashtirish, davlat boshqaruvi va tibbiyotda electron hujjatlarni aylanishi, masofaviy ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning yorqin misolidir.
IT-ingliz tilidan olingan “Information Technology” so’zlarining qisqartmasi bo’lib, o’zbek tilida “Axborot texnologiyalari” deb yuritiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimdek, hozirgi kunda yurtimizda dasturchilik sohasida ko’plab ko’zga ko’ringan ajoyib yangiliklar, loyihalar, tanlovlar ishlab chiqilmoqda. Dasturchilik bu “kelajak” kasbi ekanligini deyarli barchamiz bilib oldik. IT sohasida kata o’zgarishlar bo’lmoqda, asosiy maqsad esa yangi malakali mutaxasislarni yetishtirib chiqarishdir. Dasturchilik sohasining taraqqiyoti uchun ko’plab amalga oshirilgan ishlarga misol qilib, yurtimizning ko’pgina viloyatlarida IT parklar tashkil etilyotganini keltirish mumkin. IT park-axborot texnologiyalariga doir loyihalarni o’z ichiga olgan innovatsion maskan. Men aniq ayta olamanki, IT parkga o’xshash loyihalar yurtimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko’rish imkoniyatini beradi. Men o’ylamanki, bundan keyin ham bunday loyihalar ko’payadi va ular O’zbekistonda IT sohasini yanda rivojlanishi uchun katta hissa qo’shadi! Apple korporatsiyasining asoschisi Stiv Jobs shunday so’zlari bor :
“Barcha insonlar dasturlashni o’rganishi kerak, Chunki dasturlash insonni fikrlashga o’rgata oladi”
Bu juda mulohazali so’zlardir. Bizlar ham A.Navoiy, Abu Rayxon Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek kabi judayam ko’plab buyuk allomalarning avlodlarimiz, bizdan ham Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg kabi taniqli insonlar chiqishi kerak. Dasturlashni o’rganishga 3 ta sabab bor:
1. Dasturchi bo’lish uchun
2. Mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o’z-o’ziga ishonchni oshirish uchun
3. Faoliyati davomida qo’llash uchun
Hozirda ko’plab ta’lim maskanlarida, o’quv kurslarida IT sohasini o’rganib kelayotgan kadrlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Men ham shunday kadrlar qatoridaman. Hozirda IT sohasiga endi qadam qo’ymoqdaman, dasturlash tillari haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Men bu sohani mukammal o’rganib, yaxshi mutaxasis bo’lish uchun oldimga maqsadlar qo’ydim. IT sohasini rivojlanishida katta ishlar qilishni niyyat qilganman.
Download 18.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling