Axborot texnologiyalari kafedrasi «malumotlar bazasini boshqarish»


Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlar


Download 462.24 Kb.
bet7/11
Sana21.01.2023
Hajmi462.24 Kb.
#1106893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M B mustaqil ish

Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlar modeli.

Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.


Ma’lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:



ORACLE ma’lumotlar bazasi.
Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi.


Ma’lumot bazasi tizimining arxitekturasi.
Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi
MB alohida olingan modullardan tashkil topgan. MB boshqarish bloki disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) orasidagi intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha:
Fayl mеnеdjеri - ma'lumotlar to`zilmasi bilan disklar o`rtasidagi bog`lanishni boshqaradi.
Guery - prosеssor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
Prеkompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi:
1. MB dan ma'lumotlarni ajratib olish,
2. MB ga ma'lumotlarni kiritish,
3. MB dan ma'lumotlarni olib tashlash,
4. MB ni modifikatsiya (o`zgartirishlar) qilish.
Kompilyator DDL (Dala Definition Language)- MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MB ning tuzilmasi ko`pincha jadval shaklida bo`ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dеyarli barcha MB lar asosan rеlyatsion modеllar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft
Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarga ega, bu dastur
vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi profеssional xujjatlar tayyorlash imkonini bеradi. Shulardan biri MB lar bilan ishlashga mo`ljallangan Microsoft Access dasturi bo`lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki. bu foydalanuvchiga xar tomonlama mukammal bo`lgan xujjatlar tayyorlashga yordam beradi


Download 462.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling