Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot texnologiyalari texnikumi
Download 297.88 Kb.
|
Amalyot hisoboti { Umidjon }
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oz-ozidan qayta yuklanish.
- Sasser
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko'pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo'lganida hamda dasturiy ta'minotda muammolar bo'lganida paydo bo'ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD ning farqi kompyuter ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko'rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba'zida ekranda umuman o'qib bo'lmaydigan "yozuvsimon shakllarni" ko'rish mumkin. Agar o'chib qolish sabablari to'g'risidagi axborotni o'qib ulgursangiz, BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko'ring.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o'tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo'lib, tezda yo'q bo'lsa va kompyuter qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko'rish mumkin. Ba'zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi. O'z-o'zidan qayta yuklanish. Agar kompyuter o'z-o'zidan qayta yuklanadigan bo'lsa unda birinchi bo'lib, quvvat blokini tekshirib ko'rish zarur bo'ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan - quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O'z-o'zidan qayta yuklanishning yaxshi ma'lum bo'lgan va jonga tekkan ta'minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo'lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo'lishi to'g'risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday dasturni o'rnatmagan bo'lsangiz va qayta yuklanishni to'xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko'plab sharhlaridan biri sababchi bo'lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak. Kompyuterning o'z-o'zidan o'chib qolishi. Kompyuterning o'z-o'zidan o'chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma'lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o'chiradi. O'chirilishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlar BIOS da o'rnatiladi.Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba'zi platalarda dasturiy monitoring, ko'rsatkichlarni ba'zan juda oshirib yuborib, ba'zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko'rib (ehtiyot bo'ling - kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkizib turish mumkin bo'lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkizib turish mumkin bo'lmasa, kulerning yaxshi o'rnatilganligini tekshirib ko'rishga to'g'ri keladi. Agar kuler to'g'ri o'rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo'lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo'ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o'rnatish haqida o'ylashga to'g'ri keladi. Download 297.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling