Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot texnologiyalari texnikumi
Download 0.99 Mb.
|
Amalyot hisoboti { Ro\'zimuhamedova Orzigul}
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS-DOS va Windows
- Windows 95/98
- MS-DOS
Windows operatsion tizimlari
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga imkon qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga Windows operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar oldinroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham Windows operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. Windows 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun Windows 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. Bill Geyts 1983 yilda Nyu-Yorkda rokning chiqarilishini rasman e'lon qildi. Windows 1.0 yaratilishi davomida 24 ta sinov o'tkazildi. Chakana savdoda interfeys ikki yil ichida - 1985 yilda kutilgan edi. Bitta mahsulot narxi 99 dollar, Nimechchini esa 399 marka. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: – o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay; – foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; – sodda, dasturlar majmuasi barkamol va yuqori unumlilikka egadir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling