Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1215823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mi kte

 
 
 
 
 
 
 
 


Stasionar kompyuterlar uchun tizimli plata tanlash. 
 Tizimli yoki 
bosh (maotherboad) plata 
maydoni 100-150 sm
2
bo`lgan bosmali plata 
ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sonli turli 
xil mikrosxemalar, slotlar va boshqa 
еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) 
konstruksiyasining ikki asosiy ko`rinishi 
mavjuddir: 
platada ishlash uchun kerakli hamma 
mikrosxemalar qattiq maxkamlangan; hozir bunday platalar bitta platali deb 
ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda 
bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, 
qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv 
tomondan TP da mavjud bo`lgan maxsus slotlarga o`rnatiladigan qo`shimcha 
platalarda birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali 
arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir. 
Statsionar kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga еgadir. 
Statsionar kompyuterlar uchun tizimli platani tanlashda quyidagilarni hisobga olish 
kerak: 
 plataga o`rnatilishi kerak bo`lgan mikroprotsessor; 
 tizimli plataning tipik o`lchani (tizimli blok imkoniyatlari bilan moslashgan 
bo`lishi kerak); 
 plata ishlashi kerak bo`lgan asosiy va lokal tizimli shinalar; 
 2-darajali kеsh-xotiraning borligi va O`rnatish imkoniyati ( imkoni boricha
sig`imi 256 Kbayt va murojaat qilish vaqti 15-20 ns bo`lgan); 
 tizimli plata ishlaydigan taktli chastota; 
 BIOS tipi va SHK ning samarali ishlashini ta`minlaydigan asosiy va yordamchi 
mikrosxemalar (chipsetlar) to`plami; 
 qo`shimcha mikrosxemalarni biriktirish uchun slotlar borligi (Over Drive 
protsessori uchun slot, xotira mikrosxemasi uchun slotlar va b.). 
Tizimli plataning tipini еng avvalo bazaviy mikroprotsessor va tizimli shina 
belgilaydi. Bugungi kunda bazaviy mikroprotsessor sifatida Pentium yoki hech 
bo`lmaganda Over Drive Pentium ni o`rnatish mumkin bo`lgan 486 DX2 bo`lishi kerak. 
Lokal shina sifatida PCI ga to`xtalish kerak yoki, agar 486 seriyali MP bo`lsa, u holda 
VLB shinasini tanlash mumkin.Zamonaviy tizimli platalar 33 MGc (VLB shinasi bilan) 
va 50 MGc (PCI shinasi bilan) taktli chastotada ishlaydi. Pentium MP uchun tizimli 
platalar taktli chastotani 1,5 marta (Pentium 75, 90 va 100 MP lari uchun ), 2 marta ( 
Pentium 120, 133 MP lari uchun), 2,5 marta (Pentium 150, 166 MP lari uchun), 3 marta 


( Pentium 200 MP uchun ) ko`paytirib ishlashi mumkin. Statsionar kompyuterning 
ko`pgina muhid imkoniyatlari TP tipiga va unda ishlatilayotgan yordamchi 
mikrosxemalar (chipset) to`plamiga bog`liqdir. TP uchun еng mashxur mikrosxemalar 
to`plamini quyidagi firmalar chiqaradi: Intel (xususan, Pentium MMX MP uchun 430 
FX-Triton2 va Pentium II MP uchun 440 LX AGP ommaviy to`plamlari), Headland 
Technology,Chips & Technology, VLSI, UMC, OPTi, PC Chips, ALI, Sis, Sumphony 
va boshq. Tizimli plata tizimli shinani kengaytirish uchun va xotira modullarini 
o`rnatish uchun ko'p sonli slotlarga еga. TЕQQ modullari uchun 30 -, 72 - va 168 - 
kontaktli slotlar (birinchilari еskirdi) ishlatiladi. Platalarda ularda o`rnatilgan 
mikrosxemalar xotiraning qanday tiplarini qo`llashi ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir 
va bu xotira faqatgina FPM tipi еmas, balki EDO yoki CD RAM bo`lsa ham yaxshi.256-
512 Kbaytgacha bo`lgan kеsh-xotirani o`rnatish yoki kengaytirish imkoniyatiga 
е`tiborni qaratish kerak: kеsh-xotira mikrosxemalari DIP yoki SOP tipidagi korpuslarda 
yig`ilgan, ular, yo DIP-panelchaning mos slotlariga o`rnatiladi, yoki bevosita plataga 
kavsharlanadi. Sinxron kеsh-xotira maxsus slotga o`rnatiladigan, juda ham SIMM 
modulini еslatadigan maxsus COAST modullariga joylashtirilishi mumkin.Tizimli 
platada ishlatilayotgan kuchlanish ( 3,5 V, 5 V va b.) qayta ulagichlari va MP ichki 
chastotalari qayta ulagichlari joylashishi mumkin. 
Tizim platasidagi protsessorni bashqaruvchi (chipset) Intel yoki AMD bo’ladi. Siz 
qanaqa protsessor o’rnatmoqchi bolsangiz (Intel yoki AMD) shunaqa chipsetli tizim 
platasi tanlashigiz kerak. 
Qanaqa chipset tanlash kerak? – degan savolga javob quyidagicha. 
Ofis kompyuteri uchun – har qanday (любой ) 
Uy kompyuteri uchun – Intel P,Z yoki AMD 880,970, A75, A78 
Oddiy o’yin kompyuter uchun – Intel P, Z yoki AMD 880, 970, A75, A78 
Super o’yin kompyuter uchun – Intel Z, X yoki AMD 990, A85, A88 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling