Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya fakulteti


 Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish


Download 53.43 Kb.
bet10/12
Sana08.05.2023
Hajmi53.43 Kb.
#1443938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mo\'minov Mirjalol

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
5. Sh.M.Mirziyoyevning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi mohiyati” nomli Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
2017-yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida yechiladigan aniq takliflar va muammoli masalalarga e’tibor berish shart. Majlisni asosan muloqot tarzida o‘tkazishni taklif etaman. Qo‘yilgan savollarga beriladigan javoblar aniq-ravshan va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat Bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari va shu zalda o‘tirgan majlis ishtirokchilariga, balki barcha shahar va tuman rahbarlariga ham birdek tegishlidir. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.
Eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak.
Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim.
Birinchi – fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O‘ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari faol ishtirok etadi.
Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Qonunchilik palatasi Spikeri – Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi – Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash darkor.
Ana shu ishlarning bosh maqsadi – fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir. Bu borada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas.Buni xalq hech qachon kechirmaydi!
Bundan buyon agar arizachi olgan javob xatidagi o‘z qonuniy muammosi yechimidan qanoat hosil qilmasa, bunday murojaat nazoratdan olinmaydi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.
Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov, iqtisodiyot vaziri G.Saidova va moliya vaziri B.Xo‘jayevning joriy yil yakuni bo‘yicha Davlat byudjeti defitsiti prognoziga doir takliflariga qo‘shilib bo‘lmaslikni alohida ta’kidlamoqchiman.

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling