Axborot texnologiyalari


Kriptografik kalitlarni boshqarish


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana28.10.2021
Hajmi1.18 Mb.
#169334
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
axborot xavfsizligi

 

Kriptografik kalitlarni boshqarish 

Har  qanday  kriptografik  tizim  krpitografik  kalitlardan  foydalanishga asoslangan. 

Kalit  axboroti  deganda  axborot  tarmoqlari  va  tizimlarida  ishlatiluvchi  barcha  kalitlar 

majmui  tushuniladi.  Agar  kalit  axborotlarining  yetarlicha  ishonchli  boshqarilishi 

ta’minlanmasa,  niyati  buzuq  odam  unga  ega  bo’lib  olib  tarmoq  va  tizimdagi  barcha 

axborotdan  hohlaganicha  foydalanishi  mumkin.  Kalitlarni  boshqarish  kalitlarni 

generatsiyalash,  saqlash  va  taqsimlash  kabi  vazifalarni  bajaradi.  Kalitlarni  taqsimlash 

kalitlarni boshqarish jarayonidagi eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. 

Simmetrik  kriptotizimdan  foydalanilganda  axborot  almashinuvida  ishtirok 

etuvchi  ikkala  tomon  avval  maxfiy  sessiya  kaliti,  ya’ni  almashinuv  jarayonida 

uzatiladigan  barcha  xabarlarni  shifrlash  kaliti  bo’yicha  kelishishlari  lozim.  Bu  kalitni 

boshqa  barcha  bilmasligi  va  uni  vaqti-vaqti  bilan  jo’natuvchi  va  qabul  qiluvchida  bir 

vaqtda  almashtirib  turish  lozim.  Sessiya  kaliti  bo’yicha  kelishish  jarayonini  kalitlarni 

almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi. 

Asimmetrik  kriptotizimda  ikkita  kalit-ochiq  va  yopiq  (maxfiy)  kalit  ishlatiladi. 

Ochiq kalitni oshkor etish mumkin, yopiq kalitni yashi-rish lozim. Xabar almashinuvida 

faqat ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish lozim. 

Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi:  

•  taqsimlashning operativligi va aniqligi;  

•  taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi. 

Kompyuter  tarmoqlaridan  foydalanuvchilar  o’rtasida  kalitlarni  taqsimlashning 

quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.  

1. Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.  

2.  Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish. 

 

Birinchi  usulning  muammosi  shundaki,  kalitlarni  taqsimlash  markaziga  kimga, 



qaysi  kalitlar  taqsimlanganligi  ma’lum.  Bu  esa  tarmoq  bo’yicha  uzatilayotgan  barcha 

xabarlarni  o’qishga  imkon  beradi.  Bo’lishi  mumkin  bo’lgan  suiiste’mollar  tarmoq 

xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. 



 

- 27 - 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling