Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modillashtirish


Algoritmlash asoslari haqida. Algoritmlash asoslari haqida


Download 16.1 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1241237
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modillashtiris-fayllar.org

Algoritmlash asoslari haqida.

Algoritmlash asoslari haqida.

Algoritm so`zi barchamizga ma`lum bo`lganidek, vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ismini yevropacha talaffuzidan kelib chiqqan. Demak, hozirda keng foydalanilayotgan algoritmlashning asosi bizning Vatanimizdan boshlangan.

Maktab informatika kursidan ma`lumki, algoritm bu – ma`lum masalani hal qilish uchun bajarish kerak bo`lgan amallar ketma-ketligi. O`sha mashhur choy damlash algoritmidan chekingan holda hayotiy misol keltiramiz. Hayotda eng ko`p bo`ladigan holatimiz bu uyqu. Ko`pchilik rejim bilan uxlaydi , ya`ni uxlashga ma`lum bir vaqtni belgilagan. Misol uchun siz uxlashga yotish uchun 22:00ni tanladingiz. Har safar soatga qaraganingizda uxlash vaqti bo`lgan yoki bo`lmaganini tekshirasiz. Miyangizda esa quyidagi jarayon bo`ladi:

Algoritmlashning asosi matematika hisoblanadi. Bunda fikrlash muhim rol o`ynaydi. So`zimni quyidagicha isbot qilaman. Dasturlash sanoatida gigant korporatsiya hisoblangan Microsoftning asoschisi Bill Geytsning shunday so`zlari dasturchilar orasidda mashhur:"Qo`shish va ayirishni biladigan har qanday inson dasturchi bo`la oladi". Bu so`zlarni mag`zini chaqish uchun sizlarni boshlang`ich sinflarga qaytishga taklif etaman. Har birimiz boshlang`ich sinflarda qo`shish va ayirish amallarini o`rgangan edik. Ko`pchilik buni barmoqlari orqali bajargan. Chunki barmoqlar 10ta va raqamlarni qo`shish va ayirishda qo`l keladi. Keyinchalik matematik evolutsiyamiz sonlar bilan qo`shish va ayirish amallarini bajarish bosqichiga yetib keladi. Bu rivojlanish jarayoni yangi amallar bilan boyidi va endi bir xil raqamlarni bir necha marta qo`shishni osonlashtirish uchun ko`paytirish jadvalini o`rgandik. E`tibor bering, ko`paytirish algoritmi qo`shish algoritmining asosiga qurilgan. Rivojlanishimiz davom etib, endilikda qoldiqli bo`lish va shu kabi murakkabroq amallarga o`tamiz. Maktabni bitirish vaqtida esa juda murakkab amallarni ham bajara oladigan darajada bo`lamiz. Ana ko`rdingizmi, hamma murakkab amallarning asosi qo`shish va ayirishdan boshlanadi. U yog`i esa fikrlash doirangiz kengligiga bog`liq. Demak, dasturlashdagi asosiy masalalar matematik fikrlashga bog`liq.


Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling