Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazimi nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SO‘X HAQIDA ILIQ FIKRLARI
Download 1.19 Mb.
|
Zaxiriddin Muhammad Bobur - Mustaqil ish
ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SO‘X HAQIDA ILIQ FIKRLARI
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani tabiati g‘oyat maftunkor. Baland tog‘lar, tiniq buloqlar, jo‘shqin soylar, yashil alanga kabi ko‘kka talpingan archalar… “O‘zbekiston tarixi” muzeyiga kirgan kishi bilaguzuk shaklidagi qo‘shilon tamg‘asini ko‘rib, beixtiyor qadimiy sirli saltanat qudratini his qiladi. Tarixdan biroz xabari bor odam, bu miloddan avvalgi V asrlarda gullab-yashnagan va hozirgi So‘x hududida hukm surgan davlat ramzlaridan biri ekani, ana shu belgi ortida qanchadan-qancha taloto‘p, ravnaq va tanazzul yashiringanini yaxshi biladi. “Seleng‘ur” g‘ori devoridagi suratlar esa yanada qadim zamonlardan so‘zlaydi. So‘xliklar buyuk davlat arbobi va shoir Zahriddin Muhammad Bobur bizning tumanda ham bo‘lgan, mana shu tog‘larda bir muddat yashagan, deb hisoblaydi va bundan faxrlanadi. “Boburnoma”da 1493 yil voqealari qalamga olinar ekan, buyuk bobomiz taqdir taqozosiga ko‘ra, “So‘x va Hushyor ko‘hpoyalariga kelib, bir yilcha yovuq” yashaganini sog‘inch bilan xotirlaydi. Unda, jumladan, shunday bitiklar bor: “Isfara viloyati to‘rt bo‘luk ko‘hpoyadir: bir Isfara, yana bir Vorux, yana bir So‘x, yana bir Hushyor…”, “…So‘x bila Hushyor-ko‘hpoyalariga kelib, bir yilg‘a yovuq tanqislik bila o‘tkarib, Kobul azimati qildim”. Adib Qamchibek Kenja bu haqda shunday yozadi: "Demak, Bobur Mirzo Hushyorda turib kelgusi taqdirini belgilagan, atrof-javonibdagi qishloqlar, yo‘llar, dovonlarni puxta o‘rgangan va Farg‘ona davlatidan chiqib ketishda Ovchi, Obburdon, Matcho qishloqlari orqali Qorategin dovonidan oshib, Hisor orqali bobomeros Kobulga o‘tib ketgan. Oqibat, adolat shiori bo‘lgan Bobur keyinchalik Hindistonning Agra shahrida o‘tkazgan katta to‘y-izdihomlaridan biriga andijonlik, samarqandlik ko‘ngil yaqinlari bilan birga hushyorliklarni ham taklif qiladi va o‘z ta’biricha, “beviloyat va bevatan yurgan” chog‘larida joniga oro kirgan hushyorlik qadrdonlariga alohida izzat-ikrom ko‘rsatib, ularga boshqa mo‘tabar mehmonlar qatori chakmon, qimmatli sarpolar, oltin, kumush kiyimliklar in’om etadi". Shuningdek, Bobur Mirzo So‘x daryosi atrofida joylashgan Tul qishlog‘i yaqinida, tog‘ tepasidagi “Sangi oyna”ga alohida e’tibor qaratgani, u joydagi buloq suvida yuz-qo‘lini yuvib, shu go‘zal tog‘ oraliqlaridan oqib kelayotgan sho‘x daryoga ko‘prik qurgani, u hozir ham "Bobur ko‘prigi", degan nom bilan mashhurligi ko‘pchilik ziyolilar va mahalliy aholiga yaxshi ma’lum. Bobur nazari tushgan “Sangi oyna” bugungi kunda ziyoratgohga aylantirilgan. Bu Tosh oyna haqida Bobur shunday yozadi: “Isfaraning bir shar’isida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, “Sangi oyna” derlar, uzunligi taxminan o‘n qari bo‘lg‘ay, balandlig‘i ba’zi yeri kishi bo‘yi, pastlig‘i, ba’zi yeri kishining belicha bo‘lg‘ay, oyinadek har nima mun’akis bo‘lur”. Bobur Mirzo davrida Hushyor – So‘x atrofidagi nohiya, qishloqlar -Isfara, Xo‘jand, O‘ratepa, Botkent, Qadamjoy, Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Bolo, Ovchi, Obburdon, Daxkat, Matcho, Vorux qishloqlari Farg‘ona hududiga kirgan, u yerlarda shahzoda Bobur ko‘p marotaba bo‘lgan. Shuning uchun ham Boburburchak, Qorovultepa, Bobur ko‘prigi, Bobur namozgohi, Taxti Bobur (yapaloq tosh) kabi ulug‘ vatandoshimiz bitiklar yozgan bir necha katta tosh ta’rifi xalq orasida tildan-tilga o‘tib, asrlar osha bizgacha yetib kelgan. Ayni kunlarda xalq tilida “Osh tog‘i” deb ataluvchi maskan ham doimo gavjum. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling