Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy


Download 404.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.05.2023
Hajmi404.9 Kb.
#1449447
Bog'liq
KT5



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Kompyuterni tashkillashtirish fanidan
4-Topshiriq ishi 
Bajardi: 316_21-guruh talabasi
Abdullayev A.
Tekshirdi: Axrorov F. 
 
 
 
 
 


AGP 
(ingl. tilidan olingan boʻlib, Accelerated Graphics Port — 
tezlashtirilgan grafik port degan maʼnoni bildiradi) — Intel kompaniyasi 
tomonidan 1997-
yil ishlab chiqilgan boʻlib, videokarta uchun moʻljallangan 
32-bitli tizimli shina. Intel Pentium MMX chipset MVP3, Super Socket 7 li 
MVP5 protsessorlarga moʻljallangan chipsetlar bilan bir vaqtda paydo 
boʻlgan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy vazifasi oʻrnatiladigan video xotira 
sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va videokarta 
narxini 
kamaytirish. Intel gʻoyasiga koʻra AGP-kart uchun katta hajmdagi 
video xotira kerak emas edi, chunki texnologiya umumiy xotiraga yuqori 
tezlikdagi kirishni koʻzda tutar edi. 
Undan avval boʻlgan PCI shinadan farqi: 

66 MGs takt chastotada ishlashi; 

yuqori oʻtkazuvchanlik qobiliyati; 

DMA va DME xotirasi bilan ishlash rejimi; 

operatsiya va maʼlumotlar uzatishga soʻrovlar ajratish; 

PCI farqli ravishda katta energiya isteʼmoli bilanvideokartalarni qoʻllash 
imkoniyati. 
AGP modifikatsiyasi 
Birinchi turi (AGP1.0 spetsifikasi) AGP 1x kamdan- kam ishlatiladi, chunki 
DME rejimida xotira bilan ishlashda kerakli tezlikni taʼminlab beradi, 
shundan soʻng darxol loyixalashda 1 ta taktda 2 ta maʼlumotlar blokini 
yuborish imkoniyati qoʻshildi, bu AGP 2x edi. 1998 yilda ikkinchi turi 
(AGP2.0 spetsifikasi) AGP 4x chiqdi, u bitta taktda 4 ta blokni qayta 
yuborishi mumkin edi va 1 gb/s atrofida oʻtkazuvchanlik imkoniyatiga ega 
edi. Kuchlanish darajasi odatiy 3.3 V oʻrniga 1.5 V gacha kamaytirildi. AGP 
8x shinasi (AGP3.0 spetsifikasi) bitta taktda endi 8 ta blokni uxatadigan 
boʻldi, shu tariqa shinaning oʻtkazuchanlik qobiliyati 2 Gb/s ga etdi. 
Shuningdek standartga 2 ta videokartani (analog tarzda ATI Cross Fire, 
Nvidia SLI) qoʻllash imkoniyati kiritilgan edi, biroq ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan bu imkoniyat ishlatilmadi. Zamonaviy videokartalar 40 Vt dan 
yuqori boʻlgan katta quvvatni talab qilar edi, AGP shina esa buni beraolmas 
edi. Shu tariqa qoʻshimcha mabba raz’yomlar mavjud boʻlgan AGP Pro 
spetsifikatsiya paydo boʻldi. 


Xotiraga kirish imkoniyati 

- DMA (ingl. Direct Memory Access) 
— xotiraga kirish imkoniyati, ushbu 
rejimda asosiy xotira boʻlib kartada oʻrnatilgan videoxotira xisoblanadi, 
teksturalar ishlatilishidan avval kompyuterning tizimli xotirasidan u erga 
nusxalanadi. Ushbu rejim yangi emas edi, xuddi shu printsip asosida 
ovozli kartalar, ayrim kontrollerlar va shunga oʻxshashlar ishlaydilar. 

- DME (ingl. Direct in Memory Execute) 
— ushbu rejimda viduo asosiy 
va videoxotira goʻyoki umumiy adres muxitida mavjud boʻlganday 
boʻladi. Umumiy muxit adreslarni koʻrsatuvchi adres yrdamida bloklar 
tomonidan 4 kb boʻyicha emulyatsiyalanadi. (Graphic Address 
Remapping Table, GART). Shu tariqa maʼlumotlarni asosiy xotiradan 
videoxotiraga nusxalash endi kerak emas, bu jarayon AGP 
teksturatsiyalash deb ataladi. 
Soʻrovlar navbati 
Maʼlumotlarni asosiy xotiradan videoxotira kartaga uzatish ikki etapda 
amalga oshiriladi, dastlab 64 bitli adres yuboriladi, u erdan maʼlumotlarni 
oʻqib olish kerak, soʻng maʼlumotlarni oʻzi uzatiladi. AGP shinasi uzatish ikki 
variantni koʻzda tutadi: 
1. birinchisi 
— PST shinasi bilan mos maʼlumotlar va adres soʻrovlari 
bitta kanal boʻyicha amalga oshiriladi; 


2. ikkinchisi 
— SBA (Side Band Addressing) rejimida, aloxida yon 
tomonlama shina boʻyicha, shu tariqa, oldingilarini olishni kutmasdan 
turib, yangi maʼlumotlarga soʻrovni yuborishi mumkin. 
Rivojlanish 
Xozirgi vaqtda AGP slotli ona platalari amalda chiqarilmayapti, AGP 
standart barcha gʻoyalari tezroq boʻlgan PCI Express tomonidan bozordan 
siqib chiqarildi. AGP standartning videokartalari kam miqdorda 
chiqarilmoqda va analogli PCI- 
E kartdan qimmatroq turadi („oʻtkazma — 
mikrosxema“ PCI — E AGP qoʻllanilishi uchun). 

Download 404.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling