Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantirish vazirligi muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universteti
AXBOROT XIZMATINING NAZARIY ASOSLARI
Download 63.95 Kb.
|
Akademik yozuv mustaqil ish 1 asl
AXBOROT XIZMATINING NAZARIY ASOSLARIReja: Axborot xizmatining nazariy asoslarini tashkil etuvchi fanlar. Jurnalistika nazariyasiga oid fanlar talqini. Inglizcha “Rublic Relations” (Pablik rileyshnz – PR, piar) – Jamoatchilik bilan aloqalar fani sifatida. Fanlararo fan. Qadimiy sharq manbalarida jamoatchilik bilan aloqalar g‘oyasi va uning mazmun-mohiyati. Axborot xizmati xodimi qalami o‘tkir, mahoratli jurnalist bo‘lishi lozim. U teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash bobida teran bilim va malakaga ega bo‘lishi zarur. Internet jurnalistika va fotojurnalistika sirlarini ham puxta bilishi darkor. Demak, Axborot xizmatining nazariy poydevorini avvalo jurnalistikaga oid fanlar tashkil etadi. Matbuot, televideniye, radio, internet jurnalistika, fotojurnalistikaga oid ilmiy tadqiqotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar Axborot xizmatining birinchi nazariy asoslarini tashkil etadi. Axborot to‘plash va tarqatish bilan bir qatorda Axborot xizmati xodimlarining yana bir muhim vazifasi – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishdir. Bu boradagi ishlarni ilmiy tashkil etish va tegishli vazifalarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun ular jamoatchilik bilan aloqalar ilmi va nazariyasini ham puxta bilishlari lozim. Demak, jamoatchilik bilan aloqalarga oid fanlar axborot xizmatining eng muhim nazariy asosi hisoblanadi. Jamoatchilik bilan aloqalarning nazariy asoslarini inglizcha “Public Relations” (Pablik rileyshnz – PR, piar) fani zamiridan o‘rganamiz. Bu fan asoschisi AQShlik olim Eduard Bernayz hisoblanadi. Uning 1923 yili chop etilgan “Jamoatchilik fikrining kristallashuvi” kitobi PRning fan sifatida maydonga chiqishi va ilmiy asoslanishida muhim o‘rin tutgani e’tirof etaladi. PR – “Jamoatchilik bilan aloqalar”, “Ommaviy aloqalar” degan ma’nolarni anglatadi. Mohiyatan uni – xalq bilan muloqot, deyish mumkin. PR mohiyatini teranroq anglash uchun uning qisqacha tarixiga to‘xtalib o‘tamiz. Bu ibora ilk bor AQShning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tomonidan qo‘llanilgan. U 1807 yili o‘zining “Kongressga yettinchi murojaati”da ushbu atamani birinchi marta qayd etgan. Bundan maqsad, o‘sha davrda hukumatning jamoatchilik bilan aloqalarini davlat darajasiga ko‘tarish, ilmiy-tashkiliy jihatdan yo‘lga qo‘yish edi. Demokrat arbob sifatida nom qozongan Tomas Jeffersonning quyidagi so‘zlari demokratiya yo‘lini tanlagan qator gazetalar uchun shiordek bo‘lib qoldi: “Agar menga hukumat bo‘lsinu gazetalar bo‘lmasin yoki gazetalar bo‘lsinu hukumat bo‘lmasin – birini tanlang, deyishsa, men hech ikkilanmay hukumat bo‘lmasa ham gazetalar bo‘lishi kerak, degan bo‘lardim”1. Bu fikrni biryoqlama talqin qilmaslik kerak. Tomas Jefferson jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi mumkin bo‘lgan gazetalar mavqeini, mas’uliyatini oshirishni ham ko‘zda tutgani ehtimoldan holi emas. Hukumat yo biror tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini matbuotsiz tasavvur etib bo‘lmasligini demokrat rahbar muayyan maqsadda ifodalagani ko‘rinib turibdi. Aslida “matbuotning ijtimoiy mohiyati, asosiy funksiyalari nuqtai nazaridan qaraganda uning yana bir xususiyati – jamoatchilik fikrining ifodachisi ekanligida yaqqol ko‘rinadi,– deb yozadi filologiya fanlari doktori Muxtor Xudoyqulov.– Matbuot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayotini aks ettirar ekan hamda ijtimoiy borliq bilan ijtimoiy ongning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishida faol harakat etuvchi omil vazifasini bajarar ekan, bu borada jamoatchilik fikriga tayanib ish ko‘radi”2. Download 63.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling