Ma’lumotlarni olish, ishlov berish, tahlil qilish, vizuallashtirish saqlash masalalarini birlashtiruvchi boshqaruvni shartli ravishda oltita vaqtli avlod (bosqich)ga ajratish mumkin. Birinchi avlod (e.a. 4000-yillardan – 1900-yilgacha), taxminan, olti ming yil mobaynida axborotlarni ifodalashda loyli jadvallardan papirusga, so’ngra pergamentga va nihoyat qog’ozga o’tish kuzatilgan. Ma’lumotlarni ifodalashda ko’plab yangiliklar kiritilgan: fonetik alifbolar, bayonlar, kitoblar, kutubxonalar, chop qilish nashriyotlari. Bu katta yutuq bo’lgan, ammo bu davrda axborotlarga ishlov berish qo’lda amalga oshirilgan. Ikkinchi avlod (1900 – 1955-yillar) perfokartalar texnologiyasi bilan bog’liq bo’lib, undagi ma’lumotlar ikkilik tarkib ko’rinishida ifodalangan. Katta hajmdagi qog’ozli axborot manbalarining hajmini kamaytirishga erishilgan. Uchinchi avlod (yozuvlarga ishlov berish dasturlangan qurilmalari, 1955– 1965-yillar) har biri o’n minglab perfokartalardagi axborotlarni saqlashi mumkin bo’lgan magnit lentalar texnologiyasining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi dasturli va sekundiga yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron kompyuterlar ishlab chiqildi. Yangi texnologiyaning asosiy jihati dasturiy ta’minot bo’ldi. Uning yordamida oson dasturlash va kompyuterdan foydalanish mumkin bo’ldi. Paketli ishlov berish kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo, uning ikkita muhim kamchiligi bor edi: asosiy faylga ishlov bergunga qadar xatoliklarni aniqlay olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning mavjud emasligi. Uchinchi avlod (yozuvlarga ishlov berish dasturlangan qurilmalari, 1955– 1965-yillar) har biri o’n minglab perfokartalardagi axborotlarni saqlashi mumkin bo’lgan magnit lentalar texnologiyasining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi dasturli va sekundiga yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron kompyuterlar ishlab chiqildi. Yangi texnologiyaning asosiy jihati dasturiy ta’minot bo’ldi. Uning yordamida oson dasturlash va kompyuterdan foydalanish mumkin bo’ldi. Paketli ishlov berish kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo, uning ikkita muhim kamchiligi bor edi: asosiy faylga ishlov bergunga qadar xatoliklarni aniqlay olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning mavjud emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |