Bu oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet sahifalarida ma’lumotlarni saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi. Multimedia-texnologiyalar Multimedia – ovoz va tasvir ko’rinishidagi axborotlarga ishlov beruvchi dasturiy-apparat vositalar to’plamidir. Multimedia ovoz, ma’lumotlar va tasvirlarni hududiy, regional va global tarmoqlar (masalan, shaxsiy videokonferentsiyalar o’tkazish uchun) orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda multimedia texnologiyasining rivojlanishi bilan jahonda faoliyatning turli sohalarini kompyuterlashtirishning yangi bosqichi kuzatilmoqda. Foydalanuvchi interfaol rejimida grafika, animatsiya, foto, video, ovoz, matn va boshqa axborotlar ustida ishlashi uchun yangi imkoniyatlarga ega bo’lgan integrallashgan axborot muhitini yaratadi. Multimedia texnologiyalari ta’limda ham keng qo’llanilmoqda – yoshlardan qarilargacha va oliy o’quv yurtlari auditoriyalaridan uy sharoitigacha. Multimdia mahsulotlaridan turli-tuman axborot, namoish etish va reklama maqsadlari uchun ham samarali foydalanmoqdalar. Geoaxborot texnologiyalar Hozirgi kunda yangi axborot texnologiyalarining talablariga ko’ra, elektron kartada axborotni tasvirlash zarurati bilan bog’liq bo’lgan, ko’plab boshqaruv tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin: - geoaxborot tizimlari;
- hududiy boshqaruv tizimlari;
- loyihalash tizimlari;
- harbiyga mo’ljallangan tizimlar va boshqalar.
Bu tizimlar biror bir amaliy muhitda (geografik, iqtisodiy va boshqalar) faoliyat ko’rsatayotgan texnik va ijtimoiy tizimlar faoliyatini boshqaradi. Biror bir vaziyatni kompyuter ekranida grafik taqdim etish deyilganda, turli grafik namunalarning tasvirlanishi tushuniladi. Geoaxborot ko’rinishlarni amalga oshirishda asosiy muammo aniq predmet sohasini formal bayon etishning qiyinligi va uni elektron kartada tasvirlash hisoblanadi. Axborotni himoyalash texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |