Axborot texnologiyalari yordamida raqobat Reja
Download 0.88 Mb.
|
Raqobat (1)
VIRTUALLASHTIRISH.
Virtuallashgan hisoblash resurslar to’plamini taqdim etish protsessidir (masalan,hisoblash quvvati va ma’lumotlarni saqlash), shuning uchun unda jismoniy konfiguratsiya va geografik makon cheklanmagan, bu resurslar hammabopdir.Virtuallashda iste’molchi bitta jismoniy resursdan (masalan, server yoki ma’lumotlarni saqlash uskunasi) foydalanib, ko’p mantiqiy resurs ega bo’lishi mumkin. Masalan , server yoki meynfrem ko’p nushali operatsion tizimni yushga tushirish uchun skonfigurirlangan bo’lishi mumkin(yoki turli operatsion tizimlar) va u ko’p turdagi mashinalar kabi faoliyat ko’rsatadi. Har bir virtual server haqiqiy jismoniy dastur serveri bo’lib ko’rinadi va bir necha virtual serverlarni bir mashinada paralell bajarish mumkin. Virtuallashtirishda bir necha jismoniy resurslarni ya’ni ma’lumotlarni saqlash tizimi yoki serverlar bilan bo’lganidek, bitta mantiqiy resursdek ko’rsatish mumkin (masalan, server yoki ma’lumotlarni saqlash uskunasi). Faraz qilamiz – o’quvchi restoranga keladi va smartfonini ochib, undagi Foursquare o’yinini ochadi va unda o’ynay boshlaydi. Biroz vaqtdan so’ng u qandaydir natijalarga erishib, tegishli ochko va medal oladi. Bunga qiziqqan holda u o’z o’yinini yana davom ettiradi va diqqat qiling: u bu vaqtda o’yinlar orqali beriladigan bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni u qiziqish bilan, o’ynab turib bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunga o’xshash o’yin mexanikasidan o’yin bo’lmagan holatlarda ham foydalanish jarayoni geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon jahondagi ko’pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga qo’yilgan. Zynga kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar pul ishlab olganini eslatish kifoya. Geymifikatsiya tarafdorlari o’yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan Codeacademy ni ko’rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga bo’lingan bo’lib, o’quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o’quv materiali uning yodida qolishiga va yaxhsi o’zlashtirilishiga olib keladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling