Axborot texnologiyalarini tashkilotda va global boshqarish. Global axborot texnologiyalarini boshqarish


Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan raqobatga kirishmoqdalar


Download 109.84 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi109.84 Kb.
#1081485
1   2   3
Bog'liq
at Boshqaruvda (2)

Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan raqobatga kirishmoqdalar.

Apple iPhone telefonlari va planshet kompyuterlari hamda Android uyali aloqa qurilmalari hamkorlikni ta’minlash maqsadida yuz minglab ilovalarni yuklab olishi mumkin, lokatsiyaga asoslangan xizmatlar, kasbdoshlar bilan muloqot qila olish uchun juda qulay vositalardir. iPad va Kindle Fire kabi kichik planshet kompyuterlar iste’molchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun odatiy noutbuklar va platformalardan afzal bo‘lib qolmoqda.

Boshqaruv

Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, o‘zaro bilim almashinuv jarayonini yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minotlarini o‘zlashtiradilar.

Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida foydalanilib kelinmoqda.

Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar

Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi.

Virtual uchrashuvlar

Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan foydalanishadi


Download 109.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling