Axborot texnologiyalarini tashkilotda va global boshqarishda qo’llanilishi


Download 136.61 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi136.61 Kb.
#1013813
Bog'liq
at Boshqaruvda (1)


Axborot texnologiyalarini tashkilotda va global boshqarishda qo’llanilishi
Boshqaruv axborot tizimlari biznesni eng dolzarb mavzu sifatida bilishadi. Texnologiyalarni tezkor o‘zgarishi, yaratilgan biznes modellar boshqaruv axborot tizimini biznes muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.
IPhone, iPad, Android planshetlar va smartfonlar nafaqat plaginlar yoki o‘yin-kulgi vositalari. Ular yangi rivojlanayotgan kompyuter tizimlari vakili bo‘lib, yangi apparat va dasturiy ta'minot texnologiyalari bilan bir qatorda turadi.
Ko‘proq hisob-kitod ishlari ushbu mobil vosita va qurilmalarga o‘tmoqda. Menejerlar ishni boshqarish uchun ushbu qurilmalardan foydalanishi tobora o‘sib bormoqda. Biz bu rivojlanishni “mobil raqamli platformalar” deb ataymiz.
Menejerlar muntazam ravishda onlayn hamkorlikni va ijtimoiy texnologiyalardan foydalanishni xush ko‘radilar. Jamoalar va loyihalar ustida ish olib borish, xodimlarni o‘zaro ulay oladigan ijtimoiy tarmoq yordamida rejalar bajariladi, menejerlar esa engil ravishda kompaniyalarni boshqaradilar. Onlayn muloqat, dunyoning soat zonalaridan qat’iy nazar xodimlar boshqalar bilan aloqada bo‘la olishini ta’minlaydi.
Bulut kompyuteri va mobil raqamli platformalar tashkilotlarda masofaviy faoliyat va uzoqdan turib qaror chiqarishni ta’minlaydi. Bir turdagi platforma esa firmalarni ko‘proq ish bajarishga va bozordagi faoliyat turini aniqlaydi. Bu esa korxonalarda yetkazib beruvchi va sotuvchi o’rtasida hamkorlik yaratib, yangi mahsulotlar yaratishga, yoki mavjud mahsulotlarni samarali ishlatishga yordam beradi

O‘zgarish

Biznesga ta’siri

Texnologiya

Bulut hisoblash platformasi innovatsiyalarning asosiy tijorat sohasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Kompyuterlarning Internetdagi egiluvchan yig‘ilishi korporativ kompyuterda bajariladigan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Ko‘plab tijorat ilovalari internet xizmati sifatida onlayn tartibda yetkazib beriladi (Servis tariqasidagi dasturiy ta’minot yoki Saas).

Katta ma’lumot

Firmalar Veb traffik, elektron pochta xatlari, ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari hamda mashinalardagi katta hajmdagi ma’lumotlardan ularning mohiyatini qidirishadi, buning uchun ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va tahlil qilish (qayta ishlash) uchun yangi axborot boshqarish vositalari talab qilinadi.

Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan raqobatga kirishmoqdalar.

Apple iPhone telefonlari va planshet kompyuterlari hamda Android uyali aloqa qurilmalari hamkorlikni ta’minlash maqsadida yuz minglab ilovalarni yuklab olishi mumkin, lokatsiyaga asoslangan xizmatlar, kasbdoshlar bilan muloqot qila olish uchun juda qulay vositalardir. iPad va Kindle Fire kabi kichik planshet kompyuterlar iste’molchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun odatiy noutbuklar va platformalardan afzal bo‘lib qolmoqda.

Boshqaruv

Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, o‘zaro bilim almashinuv jarayonini yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minotlarini o‘zlashtiradilar.

Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida foydalanilib kelinmoqda.

Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar

Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi.

Virtual uchrashuvlar

Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan foydalanishadi

Tashkilotlar

Ijtimoiy biznes

Korxonalar o‘zlarining xodimlari, mijozlari va islab cyiqaruvchilari bilan muloqotni tezlashtirish maqsadida Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoq platformalari hamda ichki korporativ ijtimoiy vositalardan foydalanishadi. Xodimlar bloglar, viki, elektron pochta matnlari hamda SMS xabarlaridan foydalanib onlayn jamiyatda muloqotni tezlashtirishlari mumkin.

Masofadan ishlash ish joyidagi jarayonni tezlashtiradi.

Internet, simsiz noutbuklar, smartfonlar va kompyuter planshetlari son jihatdan o‘sib borayotgan ishchilarga ish joyidan turib uzoqda ishlash imkonini yaratadi. Ellik besh foiz Amerika korxonalarida o‘ziga xos masofadan bajariladigan ish dasturlari mavjud.

Biznes qiymatni hamkorlikda yaratish

Korxonalarda qiymat manbai ichki ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘lib, yetkazib berish tizimlari hamda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kundan kunga global hamkorlikda amalga oshirilib borilmoqda, mijozlarning o‘zaro hamkorligi korxonalarga yangi mahsulot va xizmatlarni aniqlash imkonini yaratib bermoqda.

Download 136.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling