Axborot tizimini boshqarish turli komponentlardan iborat, jumladan: Dasturiy ta'minot: Bu ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to'plamini anglatadi
Download 360.29 Kb.
|
Sessiya
17-47-bilet1. Relyatsion ma’lumotlar modeli. Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida tavsiflash qulay. Jadval tushunarli va inson uchun oddiy. Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ierarxik, tarmoqli va boshqa ma’lumotlarni tasvirlash usullarini shunday ikki o‘lchamli jadvalga keltirish mumkin. Bunday jadvallar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi. 1. Jadvalni har bir ma’lumot elementi maydon hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo‘lmaydi; 2. Barcha ustunlar bir jinslidir; 3. Har bir ustunga nom tayinlangan;
4. Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi; 5. Bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.2.SQL tili – bu (Strusture Query Language), ya’ni strukturalangan so‘rovlar tili hisoblanadi. SQL tili operatorlarni erkin formatda yozilishini ta’ minlaydi. Buning ma’nosi, operatorlar elementlarini yozilishi ekrandan fiksirlangan joylarga bo g‘liq emas. Komanda tuzilmasi bir qancha kalit xizmatchi so‘zlar bilan beriladi, masalan: CREATE TABLE – jadval yaratish; INSERT – ma’lumot kiritish; SELECT – ma’lumotlarni tanlab olish. SQL operatori xizmatchi so‘zlar va foydalanuvchi qo‘llaydigan so‘zlardan tashkil topadi. Xizmatchi so‘zlar SQL tilining doimiy qismi bo‘lib, ular aniq qiymatga ega. Ularni standartda ko‘rsatilgandek yozish kerak va ularni bir satrdan ikkinchisiga ko‘chirish mumkin emas. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan so‘zlar, foydalanuvchi tomonidan ma’lum sintaksis qoidalari asosida beriladi. SQL tilida operatorlar o‘rnatilgan sintaksis qoidalariga moslab joylashtiriladi. Til standartida bu ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, SQL tilining ko‘rinishida matn tugallanganini bildiruvchi belgi, ko‘pgina hollarda nuqtali vergul (;) ishlatiladi. SQL operator komponentalarini ko‘pchiligi registrga bog‘liq emas, ya’ ni ixtiyoriy har qanday katta va kichik harflar ishlatishi mumkin. Bularda bitta istisno bor. Bu istisno simvollarga tegishli. Ularga mos bo‘lgan ma’lumotldar bazasidagi qiymatlar qanday saqlansa shunday yozilishi kerak. Masalan, agar ma’lumotlar bazasida familiyaning qiymati “Qosimov” ko‘rinishida bo‘lsa, qidirish shartida “Qosimov” ko‘rinishida berilmasa, bunga tegishli yozuv hech qachon topilmaydi. SQL tili erkin formatga ega bo‘lgani uchun SQL alohida operatorlari va ularning ketma-ketligini alohida ajratib yozish mumkin. SQL tilidan foydalanishda quyidagi qoidalarga bo‘ysunish talab etiladi: operatordagi har bir konstruksiya yangi satrdan boshlanishi kerak; har bir konstruksiya boshlanishida tashlab ketiladigan bo‘sh joy, boshqa operator konstruksiyalarida ham bo‘lishi kerak; agar konstruksiya bir necha qismdan iborat bo‘lsa, ularning har biri yangi satrlardan bo‘sh o‘rinlarni oldingi konstruksiyaga nisbatan siljitib yoziladi3.Ma’lumotlar bazasida ishlaydigan ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni berishi kerak: - ma’lumotlar bazasi arxitekturasi va tavsifini yarata olish; - ma’lumotlarni manipulyasiya qilishni asosiy amallarini, jumladan jadvalga ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish, tanlash va ularni takomillashtirish, jadvaldan ma’lumotlarni olib tashlash; Download 360.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling