Axborot tizimlari dasturiy ta’ minotining hayotiy sikli


Download 319.8 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi319.8 Kb.
#1450473
1   2   3
Bog'liq
Azimova Gulmira axb tiz

Axborot tizimi hayotiy siklining yordamchi jarayonlari.

  • Hujjatlashtirish jarayoni,

  • konfiguratsiyalarni boshqarish jarayoni,

  • sifatni ta'minlash jarayoni,

  • verifikatsiya jarayoni,

  • attestatsiya jarayoni,

  • birgalikda baholash jarayoni,

  • audit jarayoni,

muammolarni hal etish jarayoni.
Konfiguratsiyalarni boshqarish jarayoni axborot tizimining butun hayotiy sikli davomida tizim qismlarining holatini aniqlash, takomillashtirishlarni boshqarish, ularga oid hisobotlar tayyorlash uchun ma'muriy va texnik protseduralarni qo‘llashni, shuningdek, tizim qismlarining to‘laligicha to‘g‘ri va muvofiq kelishini ta'minlashni nazarda tutadi. Axborot tizimining konfiguratsiyasi, bu – axborot tizimining texnik hujjatlarida qayd etilgan hamda apparat-dasturiy qismlaridan o‘rin olgan tavsifiy funksional va fizik ko‘rsatkichlar jamlanmasidir.
Verifikatsiya jarayoni tizim qismlarining, tizim hozirgi holatining avvalgi inkor etib bo‘lmaydigan harakatlar mahsuli sanaluvchi talab va shartlarni to‘liq qanoatlantirayotganini aniqlashdan iborat jarayondir.


Shartlarni tekshirish; talablarning tizimga zid kelmasligi va foydalanuvchi ehtiyojlari hisobining darajasi; zahiralarga talabgorlik tahlili, ya'ni yetkazib beruvchining talablarni bajara olish imkoniyatlari; standartlar, protseduralar va ishlab chiqish muhitining axborot tizimi hayotiy siklining jarayonlariga to‘g‘ri kelishi; loyihalashdagi o‘ziga xosliklarning berilgan talablarga mos kelishi; tizim qismlari bir bitunlikka jamlanishining to‘g‘ri amalga oshirilgani; hujjatlarning to‘g‘riligi, to‘laligi hamda ziddiyatli emasligi – bularning bari verifikatsiya jarayonini tashkil etadi.


Attestatsiya jarayoni bu axborot tizimi ustida o‘tkazilgan sinovning haqqoniyligini tasdiqlash va baholashdan iborat bo‘lgan jarayondir.


Axborot tizimi hayotiy siklining modellari
Axborot tizimi mavjud boʻlishi va boshqarilishini belgilovchi maqsadlar va vazifalarning oʻzaro aloqasi hamda bajarilish ketma- ketligining tuzilmasiga axborot tizimi hayotiy siklining modeli deyiladi.

Axborot tizimini bunyod etishdan avval tashkilot, muassasa yoki korxonada axborot tizimini yaratish va joriy etishga bo'lgan ehtiyoj oʻrganiladi, bundagi butun tahlil tizimli yondashuvga asoslanadi. Axborot tizimiga ehtiyojning tizimli tahlili axborot tizimi hamda uning dasturiy ta'minoti hayotiy siklini tavsiflashga, zarur talablarni shakllantirishga, loyihalashga va qurishga, hayotiy sikl modelini tanlashga asos boʻladi.





Kaskadli modelning ustunlik tomonlari:
Har bir etap oxirida bajarilish natijalari bulgan loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Oxirgi etaplarda foydalanuvchiga kursatmalar xam tayyorlanadi.
Mantikiy ketma-ketlikdagi bajariladigan ishlarning tugatish vaqti va unga ketadigan xarajatlarni rejalashtirishga imkon beradi.
Kaskadli model ko’pincha muxandislik vazifalarini bajarishda o’zining yaxshi tomonlarini ko’rsatdi.
Kaskadli modelning kamchiliklari:
Natijani olish uchun loyiha oxirigacha kutish kerak.
Bir etapda yul quyilgan kamchilik keyingi etaplardagina bilinadi, keyingi etapda utilganda esa oldingi etap hujjatlashtirilgan buladi.
Buyurtmachi oralik etap natijalarini kurmaydi.
Tavakkalchilik yukori darajada va kiritilgan mablag koplanishi xavf ostida koladi
Etaplarda topilgan kamchiliklar uni boshkarishda xam kiyinchiliklar tugdiradi.
Xato topilgandan sung uni aybdorini kidirish boshlanadi, kollektivda axillik buziladi.

Spiral modelda AT ni ishlab chiqish iterastion jarayonda amalga oshadi.


Xar bir iterastiya tayyor mahsulotga olib keluvchi tugallangan sikl hisoblanadi, tayyor mahsulot esa iterastiyadan iterastiyaga mukammallashtirib boriladi.
Spiral modelning ustun tomonlari:
Har bir sikl oxirida buyurtmachi tizimni ishlatib ko’radi va fikrlarini bayon qiladi.




Download 319.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling