Axborot tizimlari dasturiy ta’ minotining hayotiy sikli


Download 319.8 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi319.8 Kb.
#1450473
  1   2   3
Bog'liq
Azimova Gulmira axb tiz



Axborot tizimlari dasturiy ta’ minotining hayotiy sikli

Reja:
Kirish.


1.Axborot tizimining hayotiy sikli tushunchasi.
2. Axborot tizimi hayotiy siklining asosiy jarayonlari.
Asosiy qism.
3. Axborot tizimi hayotiy siklining yordamchi jarayonlari.
4. Axborot tizimi hayotiy siklining modellari
Xulosa.
5.Axborot tizimi hayotiy siklining ishlashi.


Kirish
Axborot tizimining hayotiy sikli tushunchasi.
Axborot tizimining hayotiy sikli deganda axborot tizimini bunyod etish qarori paydo bo‘lib, uni yaratishga kirishilgan paytdan boshlab, toki foydalanishdan to‘liq olib tashlashgancha bo‘lgan davr tushiniladi.
Axborot tizimining hayotiy siklidagi jarayonlar tarkibini tartibga soluvchi asosiy meyoriy hujjat ISO/IEC 12207:1995 halqaro standarti hisoblanadi. Mazkur standart asosan axborot tizimini yaratishda kechadigan jarayonlarni, bajarilishi kerak bo‘lgan amallar va vazifalarni, ya'ni hayotiy sikl tuzilmasini aniqlaydi. Bu standartda jarayon kirish ma'lumotlarini chiqish ma'lumotlariga aylantiruvchi o‘zaro bog‘langan hatti-harakatlar jamlanmasi sifatida talqin etilgan.

Axborot tizimi hayotiy siklining har bir jarayoni tegishli muayyan masalalar va ularni yechishning muayyan uslublari bilan, o‘zidan oldinga jarayondan olingan ma'lumotlar (kirish) va natijalar (chiqish) bilan tavsiflanadi.


E'tibor bilan qaralsa, axborot tizimining hayotiy siklida mavjud barcha jarayonlar uch xil guruhga mansub bo‘la olishi ko‘zga tashlanadi:
sotib olish, yetkazib berish, ishlab chiqish, ishlatish, kuzatish va qo‘llab- quvvatlash, bularni – asosiy jarayonlar;
boshqarish, infratuzilma, takomillashtirish, o‘rgatish, bularni esa – tashkiliy jarayonlar deb hisoblashimiz mumkin.


Axborot tizimi hayotiy siklining asosiy jarayonlari.
Axborot tizimi hayotiy siklining har bir jarayoni, tabiiyki, ko‘plab xatti-harakatlar va masalalardan iborat bo‘ladi. Ularni sanab o‘tamiz, ayrimlarida qisman to‘xtalamiz:
Xaridlar qilish jarayoni, bu jarayon o‘z ichiga xaridlar tashabbusi, talab etiluvchi takliflarni tayyorlash, shartnomani tayyorlash va tartibga keltirish, eltib beruvchi faoliyati ustidan nazorat, qabul qilib olish, tizimga qo‘yiladigan talablar, tizim apparat qismlari va dasturiy ilovalari ro‘yxatini tuzish, shart qo‘yishlar va kelishuvlar, texnik cheklovlar kabilarni qamrab oladi.
yetkazib berish jarayoni, bu axborot tizimi va xizmatlarni yetkazib berish bilan bog‘liq amallar hamda vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqish jarayoni axborot tizimini ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriluvchi hatti-harakatlarni nazarda tutadi hamda berilgan talablarga mos tarzda axborot tizimining qismlarini va yalpisiga tizimni yaratish bilan bog‘liq ishlarni qamrab oladi, buning tarkibiga loyiha va foydalanishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, tizimning ishlash qabiliyatini tekshirish uchun hamda personal ishini sifatli tashkillashtirish uchun zarur ashyolarni tayyorlash kabi masalalar ham kiradi.
Mazkur jarayon bosqichlari quyidagi ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi: tayyorgarlik ishlari, tizimga qo‘yiladigan talablar tahlili, tizim arxitekturasini loyihalash, dasturiy ta'minotga qo‘yiladigan talablar tahlili, dasturiy ta'minot qurilishining loyihasi, dasturiy ta'minotning bandma-band loyihalanishi, kodlashtirish va sinovdan o‘tkazish, zarur dasturiy vositalarni jamlash, dasturiy vositalarni tasnifiy sinovdan o‘tkazish, tizim tashkil etuvchilarini bir butunlikda jamlash, tizimning tasnifiy sinovi, axborot tizimini qabul qilib olish.
Ayni shu jarayonda, aniqrog‘i uning tayyorgarlik bosqichida, axborot tizimining modeli tanlaniladi.
Navbatdagi jarayon ishlatish jarayoni bo‘lib, u tizimni ishlatish bilan bog‘liq hatti-harakatlar va masalalarni o‘zi ichiga qamrab oladi.

Kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash jarayoni axborot tizimi ishlashini kuzatib, bir maromda ishlashini ta'minlab turuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Tabiiyki, mazkur jarayon axborot tizimini boshqa muhitga moslashtirishga to‘g‘ri kelib qolganda, axborot tizimini takomillashtirishga ehtiyoj tug‘ilganda, axborot tizimi ishlashida muammolar yuzaga kelganda faollashadi. Shuningdek, mazkur jarayon tayyorgarlik ishlaridan tortib axborot tizimini kerak bo‘lmay qolganda foydalanishdan olib tashlashga qadar bosqichlarni o‘z ichiga olishi mumkin.




Download 319.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling