Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Accessda forma – bu jadval ma‟lumotlarini kiritish va tasvirlash
uchun vosita. Forma boshqaruv elementlarini o„z ichiga olgan oynani ifodalaydi. Axborotni tasvirlash, ma‟lumotlarni kiritish va o„zgartirish, formani jihozlash uchun qo„llaniladigan vizual obyekt boshqaruv elementi deyiladi. Boshqaruv elementlariga imzolar, matn maydonlari, boshqaruv tugmalari, grafik obyektlar: chiziq, ramka va h.k. misol bo„lishi mumkin. forma hech qanday axborot saqlamaydi, faqat axborot bilan ishlashning qulay vositalari bilan ta'minlaydi. Forma jadval rejimida ma‟lumotlarga ishlov berishga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: odatda forma bir yozuv maydonlarini tasvirlagani bois, alohida yozuvga e'tibor qaratish imkonini beradi. Jadval rejimida esa, bir necha yozuvlar tasvirlanadi va maydondagi ma‟lumotlarni ko„rish uchun oynani surishga to„g„ri keladi; ma‟lumotlar bilan ishlash va o„qishni osonlashtiruvchi boshqaruv elementlarini qulay tartibda joylashtirish mumkin; turli boshqaruv elementlari ma‟lumotlarni kiritish va o„zgartirish imkoniyatiga ega; berilganlar bazasining ba'zi obyektlari – rasmlar, animatsiya, ovozlar va videokliplar – ovoz berishi yoki tasvirlanishi mumkin. Microsoft Access tarkibidagi masterlar yordamida yaratilgan barcha ma‟lumotlar omborlari ma‟lumot kiritish, yoki jadval, yoki so„rovlarda saqlanayotgan axborotlarni ko„rish ucun formalarni o„z ichiga oladi. Boshqaruv elemnenti yordamida axborotlarni o„zgartirish yoki kiritish uchun unda sichqoncha tugmasi bosiladi va element turiga bog„liq qo„shimcha amallar bajariladi – masalan, matn maydoniga belgilar kiritish yoki ro„yxatdan qiymat tanlash. Bir necha elementga ketma-ket axborot kiritish uchun ularning birinchisi faollashtiriladi, so„ngra navbatdagi elementga o„tish uchun [Tab] yoki [Enter] klavishi bosiladi ([Shift]+[Tab] klavishlar kombinatsiyasini bosish bilan avvalgi elementga qaytiladi). Yozuvni o„zgartirish yoki kiritish tugallanib, yangi yozuvga o„tilganida Access yangi yozuvni avtomatik ravishda saqlaydi. Bundan tashqari yozuvning holatini ixtiyoriy vaqtda saqlash mumkin. Buning uchun Записи / Сохранить запись (Records / Save Record) buyrug„i beriladi yoki [Shift]+[Enter] klavishlar kombinatsiyasi bosiladi. Formaning asosiy vazifasi ekranda ma‟lumotlarga ishlov berish va ko„rishdan iborat bo„lsa ham, uni ma‟lumotlari bilan birga chop qilish mumkin. Bu amallar boshqa Office dasturlaridagi kabi Файл (File) www.ziyouz.com kutubxonasi 57 menyusining Параметры страницы (Page Setup), Предварительный просмотр (Print Priview) va Печать (Print) buyruqlari yordamida bajariladi. Параметры страницы muloqot oynasining Поля (Margins) qo„yilmasida Печать только данные (Print Data Only) bayroqchasi o„rnatilsa, ekrandagi ma‟lumotlarni tayyor qog„oz blankka chop qilish imkonini beradi. Formani bir necha usul bilan yaratish mumkin, ammo ko„pgina hollarda berilganlar bazasi oynasining Формы (Forms) qo„yilmasida Создать (New) tugmasini bosishdan boshlanadi. Bu tugma bosilganda, Новая форма (New Form) muloqot oynasi ochiladi. Новая форма muloqot oynasi ro„yxatidan yangi forma yaratishning turli usullarini tanlash mumkin. Bular quyidagilar: Конструктор (Design View) qiymati mustaqil forma yaratishni ta'minlaydi. Мастер форм (FormWizard) qiymati tanlanganda, Access sizning ko„rsatmalaringiz asosida forma yaratadi. Bu holda, formaga qo„shiladigan aniq maydonni tanlash mumkin (bir yoki bir necha jadval yoki so„rovga tegishli bo„lgan). Автоформа (AutoForm) ning uch qiymati tezda aniq forma turini ochadi va yaratadi (ustunli, lentali yoki jadvalli). Bundan tashqari, Автоформа orqali yaratilgan forma har doim bir jadval yoki so„rovning barcha maydonlari uchun boshqaruv elementini o„z ichiga oladi. Диаграмма (Chart Wizard) qiymati tanlanganda Access ma‟lumotlarni jadval yoki so„rovdan oladi va ular asosida Microsoft Graph yordamida diagramma yaratadi. Сводная таблица (PivotTable Wizard) qiymadi taqqoslangan jadval yaratadi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling