Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

vositalari predmet sohasini samarali taqdim etishni ta‟minlaydi. Ularga 
axborot modellari, axborotni tasniflash va kodlash tizimlari va boshqalar 
kiradi. Matematik vositalar samarali qaror qabul qilishni ta‟minlovchi 
funksional masalalarni yechish va axborot jarayonlarini tashkillashtirish 
modellarini o„z ichiga oladi. Matematik vositalar avtomatik ravishda 
ularni amalga oshirishni ta‟minlovchi algoritmik vositalarga o„tadi. 
Texnik va dasturiy vositalar axborot texnologiyalarini ham yaratishda, 
ham tadbiq etishda amalga oshirish darajasini beradi. Negiz axborot 
texnologiyalari asos texnologik amallar negizida quriladi. Bundan 
tashqari, bir qator spesifik model va anjomiy vositalarni o„z ichiga oladi. 
Bu tur texnologiyalar ma‟lum bir sinf masalalarini yechishga 
mo„ljallangan va alohida tashkil etuvchi sifatida aniq texnologiyalarda 
foydalaniladi. 
Multimedia-texnologiyalar 
Multimedia – ovoz va tasvir ko„rinishidagi axborotlarga ishlov 
beruvchi dasturiy-apparat vositalar to„plamidir. Multimedia ovoz, 
ma‟lumotlar va tasvirlarni hududiy, regional va global tarmoqlar 
(masalan, shaxsiy videokonferentsiyalar o„tkazish uchun) orqali uzatish 
uchun ishlab chiqilgan. 
Har birimiz quyidagi jumlani bir necha bor eshitganmiz – 
«kompyuter hamma narsaga qodir». Ammo, real hayotda bunday 
ta‟riflashning tasdig„ini ko„rish qiyin, chunki kompyuterning to„liq 
imkoniyatlari asosan kichik doiradagi mutaxassislar uchungina ma‟lum. 
Bu imkoniyatlarni odatiy axborot muhitida ochib beruvchi multimedia 
texnologiyasining yuzaga kelishi bilan vaziyat o„zgardi. Hozirgi kunda 
multimedia texnologiyasining rivojlanishi bilan jahonda faoliyatning 
turli sohalarini kompyuterlashtirishning yangi bosqichi kuzatilmoqda. 
Foydalanuvchi interfaol rejimida grafika, animatsiya, foto, video, ovoz, 
matn va boshqa axborotlar ustida ishlashi uchun yangi imkoniyatlarga 
ega bo„lgan integrallashgan axborot muhitini yaratadi. Multimedia 
texnologiyalari ta‟limda ham keng qo„llanilmoqda – yoshlardan 
qarilargacha va oliy o„quv yurtlari auditoriyalaridan uy sharoitigacha. 
Multimdia mahsulotlaridan turli-tuman axborot, namoish etish va 
reklama maqsadlari uchun ham samarali foydalanmoqdalar. 
Axborot jamiyatida multimedia-texnologiyalarining rivojlanishini 
industrial 
jamiyatda 
kinoning 
yaratilishi 
bilan 
taqqoslaydilar. 
Multimedia mahsulotlarining farqlanuvchi tavsifi katta hajmli axborot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


85 
hisoblanadi. 
Hozirgi kunda bunday mahsulotlarning asosiy tashuvchisi standart 
hajmi 700 Mbayt bo„lgan CD-ROM optik disklari hisoblanadi. 1996-yilda 
5,1 mln. CD-ROM sotilgan bo„lsa, 1999-yilga kelib savdo hajmi 52,1 
million diskni tashkil etdi. Jahon bozorida savdo hajmi 3 yilda 10 
barobar ortgan boshqa sektor mavjud emas. Jahon bozorida CD-ROMda 
minglab multimedia mahsulotlari taklif qilinmoqda. 
Odatda kataloglar quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi: 
ensiklopediyalar va ma‟lumotnoma (справочник)lar; 
ta‟lim; 
qiziqishlar (развлечения); o„yinlar; 
o„rgatuvchi (o„qituvchi) va rivojlantiruvchi o„yinlar. 
Keng savdoga mo„ljallangan mahsulotlar bilan bir qatorda 
universitetlarda o„quv jarayonlari uchun ishlab chiqilgan multimedia 
ilovalar ham mavjud (Proceedings of ED-MEDIA 94-World Conference 
on Educational Multimedia and Hypermedia, Vancower, Canada, June, 
1994). Bu ilovalar asosan mahsulot sifatiga ega emas, ammo uslub, 
tezkorlik va o„quv yurtlari ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan katta 
ustunlikka ega hisoblanadi. 
Tez rivojlanayotgan yo„nalishlardan yana biri multimedianing 
telekommunikatsiyalarda qo„llanilishi hisoblanadi. Ko„plab katta 
firmalar 
ISDN 
standartidagi 
shisha-tolali 
tarmoqlar 
asosida 
kommunikatsiyalarni 
ishlab chiqish bo„yicha izlanishlar olib 
bormoqdalar. Bunday tarmoq kanalining o„tkazuvchanlik qobiliyati 64 
Kbit/sek va foydalanuvchi uchun bir vaqtda bir nechta kanal taqdim 
etilishi mumkin. Taklif qilinayotgan qo„llanishlar doirasi keng – 
multimedia katalog bo„yicha mahsulotga buyurtma berish va buyurtma 
teleko„rsatuvni ko„rishdan zarur bo„lgan kitobni tanlash va multimedia 
telekonferensiyada ishtirok etishgacha. Bunday ishlanmalar umumiy 
nomga ega – Information highway va hozirgi kunda ularni davlat dasturi 
doirasida birlashtirish ko„zda tutilmoqda. 
Hozirda multimedia-texnologiyalar axborot texnologiyalarining 
jadal rivojlanayotgan sohalaridan hisoblanadi (Apple, Motorola, Sony, 
Philips, Intel, IBM va boshqalar). Qo„llanilish sohasi turlicha: interfaol 
o„qitish va axborot tizimlari, ko„ngilochar dasturlar, avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimlari (SAPR – системы автоматизированного 
проектирования – avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) va h.k. 
Multimedia texnologiyasining asosiy xarakterli xususiyatlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


86 
a)
ko„p tashkil etuvchilardan iborat axborot muhitini (matn, ovoz, 
grafika, foto, video) yagona raqamli ko„rinishda ifodalash; 
b)
katta hajmli axborotlarni ishonchli (nusxalashda yo„qotishlarning 
mavjud emasligi) va uzoq muddatli (o„nlab yillar) saqlash; 
c)
axborotlarga ishlov berishning soddaligi. 
Hozirda erishilgan texnologiya yangi optik tashuvchi – DVD 
standartiga asoslangan. Bu standart o„nlab Gbaytgacha hajmga ega va 
avvalgilarining barchasini almashtiradi: CD-ROM, Video-CD, audio-CD. 
DVDni qo„llash raqamli axborotning bir turliligini ta‟minlash imkonini 
berdi. Birgina qurilma audiopleyer, videomagnitafon, CD-ROM, disk 
yurituvchi va boshqalarni almashtiradi. 
Ko„plab tashkil etuvchilardan iborat multimedia muhitini uch 
guruhga bo„lish maqsadga muvofiq: audioqator, videoqator va matnli 
axborot. 
Audioqator suhbat, musiqa, turli effekt (samara)larni (Wave (to„lqin) 
belgilanishi orqali birlashtiriluvchi shovqin, g„ichirlash, chaqmoq va h.k. 
turdagi ovozlar) o„z ichiga oladi. 
Videoqator audioqatorga nisbatan elementlarining ko„pligi bilan 
farqlanadi. Videoqator grafika (rasmlar, yuza, grafik rejimdagi belgilar) 
va rasmni (fotografiya va skanerlangan tasvirlar) o„z ichiga oladi. Audio 
va videoqatorlarni amalga oshirishdagi sezilarli hajm (to„liq bir ekran 
62,5 dan 300 Kbayt.gacha) axborot tashuvchiga, videoxotiraga va 
axborotni uzatish tezligiga yuqori talablarni qo„yadi. 
CD-ROMga matnli axborotni joylashtirishda, optik diskning katta 
hajmli axborot sig„imi bilan bir qatorda, hech qanday murakkabliklar va 
chegaralanishlar yo„q. 
Multimedia-texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo„nalish-
lariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
ma‟lumot olish maqsadlari uchun elektron nashrlar, ko„ngilochar 
dasturlar va h.k.; 
telekonferentsiyalarda qo„llash mumkin bo„lgan buyurtma 
teleko„rsatuvlarni ko„rishdan multimedia- konferentsiyalarda 
ishtirok etish uchun zarur kitobni tanlashgacha; 
foydalanuvchi so„roviga asosan ko„rgazmali axborot beruvchi 
multimediali axborot tizimlari («multimedia-kiosk»). 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling