Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Qaror qabul qilish tizimlari DSS (Dechision Support System) turli 
tavsiflari bo„yicha ma‟lumotlarni saralash va tahlil qilishni amalga 
oshiradi va quyidagi vositalarni o„z ichiga oladi: 
berilganlar bazasiga kirish; 
turli ta‟minotchilardan axborotlarni olish; 
ish faoliyati strategiyasi va qoidalarni modellashtirish; tahlil 
natijalarini ifodalash uchun ish grafikasi; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


45 
«agarda» tahlili; 
ekspert tizim darajasida sun‟iy intellekt. 
Tezkor analitik ishlov berish tizimlari OLAP (OnLine Analysis 
Prochessing) qaror qabul qilish uchun quyidagi vositalardan 
foydalanadi: 
maxsus OLAP turidagi kuchli ko„p protsessorli hisoblash 
texnikasi; ko„p o„lchamli tahlil maxsus usullari; 
Data Wapehoyse maxsus ma‟lumotlar saqlagichlari. 
Qaror qabul qilish tizimi tarkibiga uchta asosiy tashkil etuvchi 
(komponent) kiradi: berilganlar bazasi, modellar ombori, berilganlar 
bazasini boshqarish tizimi va bulardan tashqari, modellar omborini 
boshqarish tizimi, foydalanuvchi va kompyuter o„rtasida interfeysni 
boshqarish tizimlaridan tashkil topgan dasturiy tizimosti. 
Berilganlar bazasi qaror qabul qilish tizimida muhim ahamiyatga 
ega. Undagi berilganlar foydalanuvchi tomonidan matematik modellar 
yordamidagi hisoblar uchun foydalanilishi mumkin. 
Berilganlarning bir qismi axborot tizimidan keladi. Ulardan 
samarali foydalanish uchun qo„shimcha ishlov berilishi lozim. Buning 
uchun ikkita imkoniyat mavjud: 
qaror qabul qilish tizimi tarkibiga kiruvchi berilganlar bazasini 
boshqarish tizimini korxona faoliyati haqidagi ma‟lumotlarga 
ishlov berish uchun qo„llash; 
maxsus berilganlar bazasini yaratgan holda, qaror qabul qilish 
tizimi tashqarisida ham ishlov berishni amalga oshirish. Bu usul 
ko„plab tijorat amallarini bajaruvchi korxonalar uchun qulay. 
Ishlov berilgan korxona faoliyati haqidagi ma‟lumotlar fayllarni 
tashkil qiladi. Ishonchlilikni orttirish va tezkor kirishni ta‟minlash 
uchun qaror qabul qilish tizimi tashqarisida saqlanadi. 
Qaror qabul qilish tizimining ishlashi uchun firma faoliyati haqidagi 
ma‟lumotlardan tashqari ichki ma‟lumotlar ham talab qilinadi, masalan, 
o„z vaqtida jamlanishi, kiritilishi va qo„llanilishi lozim bo„lgan 
injenerlik, xodimlarning harakati va boshqa ma‟lumotlar. 
Yuqori darajalarda qaror qabul qilishda tashqi manbalardan olingan 
ma‟lumotlar muhim ahamiyatga ega. Zaruriy tashqi ma‟lumotlar sifatida 
quyidagilarni ko„rsatish mumkin: raqobatchilar, milliy va jahon 
iqtisodiyotidagi ma‟lumotlar. Ichki ma‟lumotlardan farqli ravishda, 
tashqi 
ma‟lumotlar 
ularni 
yig„ishga 
yo„naltirilgan 
maxsus 
tashkilotlardan olinadi. 
Bunda berilganlarni boshqarish tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega 
www.ziyouz.com kutubxonasi


46 
bo„lishi lozim: 
agregirlash va filtrlash jarayonlarini qo„llagan holda turli 
manbalardan olinayotgan ma‟lumotlarning kombinatsiyasini 
tuzish; 
u yoki bu ma‟lumotlar manbaini tez qo„shish yoki o„chirish; 
foydalanuvchi atamalarida ma‟lumotlarning mantiqiy tarkibini 
qurish; 
korxona doirasida bajarilayotgan boshqa berilganlar 
bazalariga nisbatan mantiqan to„liq bog„liqsizligini 
ta‟minlash. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling